SIZIGIYA (yun. syzygia — qöşiliş, juftlik) — Oyning ikki fazasi — yangi oy va tölin oyning umumiy nomi. Bu davrda Yerdan qaraganda Oy yangi oy paytida Quyoşga juda yaqin burçak masofadan ötib, u b-n «qöşilgani» tufayli şunday nom olgan. S. paytida
Quyoş va Oy Yer b-n bir töğri çiziqda yotadi. Ularning Yer sirtiga beradigan kötarilişlari maksimum qiymatga ega böladi. Quyoş va Oy tutilişlari doimo S. davriga töğri keladi. «S.» atamasi Quyoş b-n birlaşiş va unga röpara turiş ma'nosida sayyoralarga nisbatan ham qöllaniladi. SIZIF, Sisif (lot. Sisyphus) yunon mifologiyasida şamol ma'budi Eolning öğli. Korinf ş. bunyodkori va şohi. Vafotidan söng yer osti zulmat dunyosi — Aidaa oğir mehnatga mahkum etilgan. Unga köra, S. oğir xarsangtoşni dumalatib toğning tepasiga çiqarişi lozim bölgan, biroqhar gal endi çöqqiga yetdim deganda toş pastga qulab keta bergan. Oğir. tuganmas, samarasiz iş va azobuqubatni anglatuvçi «Sizif mehnati», «Sizif toşi» iborasi şundan. S.ning mana şunday azobga mahkum etilganining sababi haqida miflarning turli xil variantlari saqlanib qolgan (xudolarning sirlarini oşkor qilib qöygani va b.). S obrazi yunon dramaturgiyasi (Esxil, Sofokl, Yevripidlarning saqlanmagan asarlari) yangi davr adabiyotida (A. Kamyu, F. Merl) va tasviriy san'atda (Titsian) saqlangan. SIZLOĞIÇ, follikulit tuk (soç) xaltaçasi oğzi (follikula)ning yiringli yalliğlanişi. Stafilokokklar qözgatadi. Teri tozaligi va şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, terining tirnalişi va çaqalanişi, organizmda moddalar almaşinuvining buzilişi, A va S vitaminlar yetişmasligi, köp terlaş va boşqalar S.ga sabab böladi. Faqat yuzdagi soç xaltaçasi (q. Soç) yalliğlanganda sikoz röy beradi va surunkali keçadi. Terining tukli qismida: yuz, böyin, son va b. sohalarda uçraydi. Yuza va çuqur S. farq qilinadi. Yuza S.da mayda (0,5 sm ça), dumaloq qizil tugunça hosil böladi, uning atrofi bir oz qiçişadi, tez orada şu tugunçadan örtasida soçi bor sarğimtiryaşil yiringça uç beradi. Ba'zan yiringlagan joy atrofi qizarib qoladi. Yuza S, odatda, heç qanday iz qoldirmay 2—3 kunda yöqolib ketadi. Çuqur S.da tugunçalar xiyla kattaroq (diametri 1 sm ça), konussimon şaklda böladi, teri qipqizarib turadi: şu joy qattiq bölib, bezillab oğriydi, yorilganda içidan yiring çiqadi. Kasallik 7—10 kunda tuzaladi, lekin örnida doğ qoladi. Teriga 1—2 dona mayda yiringçalar toşib, içidan soç çiqib turgan hollarda dastlabki davo sifatida 1% li brilliant köki, metilen köki va b. b-n artiş tavsiya etiladi. Agar yiringçalar soni köp bölsa, darhol vraç ga uçraşiş lozim. S.ni (xususan, yuzdagi S.ni) sitiş yaramaydi, aks holda infeksiya tarqalib ketişi mumkin. S. surunkali keçganda parhez sakdaş, aççiq, şirin, şör ovqatlar iste'mol qilmaslik; sut va ösimliklardan tayyorlangan servitamin ovqatlar tanovvul qiliş tavsiya etiladi. S.ning oldini olişda teri tozaligiga alohida e'tibor beriş ayniqsa muhim.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 345–346-b. — ziyouz.com