SKIFLAR PODŞOLIGI, Skiflar davlati — Şim. Kora dengiz böylarida taşkil topgan köçmançi qabilalarning konfederativ siyosiy uyuşmasi (mil. av. 4-a.ning örtasi — mil. 3-a.ning 2-yarmi). Yunonrim manbalarining xabar berişiça, Skifiya hududi 3 qismga bölinib, ularning har biri mustaqil qabila — podşolik bölib, ularning öz tödasi va harbiy qabila sardori bölgan. Qabila — podşolik qoşida oqsoqollar kengaşi bölib, u qonun çiqaruvçi oliy organ vazifasini bajargan. Uning huquqiy doirasi çeksiz bölib, qabila sardorini jazolaşi va hatto ölimga maxkum etişi mumkin bölgan. Podşolik harbiydemokratik asosda boşqarilgan. Qabilaviy siyosiy uyuşmalar tepasida Gerodot xabariga köra, «skif podşolari» turgan va ular skif fuqarolariga qul sifatida qaragan.
Mil. av. 5-a.da skiflarda mulkiy tabaqalaniş jarayoni jadal keçayotgan bölsada, ammo, ijtimoiy hayotda hali ibtidoiy jamoaçilik an'analari hukmron edi. Mil. av. 4-a. örtalarida skif sardorlaridan Atey barça skif qabilalarini öziga böysundirib podşolik barpo etgan, lekin u mil. av. 339 y. makedoniyalik Filipp II b-n bölgan jangda halok böladi. Atey davrida Quyi Dnepr böylarida Skifiyaning poytaxti qurilgan edi. Sarmatlarning siquvi b-n mil. av. 3—2-a.larda poytaxt Qrim ya.o.ga köçadi (q. Neapol, Skiflar Neapoli). Aynan şu vaqtlarda S. p. Qora dengiz böylaridagi yunon şahar-davlatlari b-n iqtisodiy va madaniy aloqalarni kuçaytiradi. Ammo, skiflar yunon şahar-davlatlari ustiga xarbiy yurişlar ham uyuştirib turadilar. Mil. av. 2-a. oxirida yunon şahar-davlatlari b-n bölgan navbatdagi harbiy töqnaşuvlardan birida skif podşolaridan Skilur va Palaklar halok böladilar. Ammo, S p. harbiy jihatdan hali qudratli edi. Ular b-n hatgo Rim imperiyasi milodning boşlarida ham hisoblaşişga majbur edi. Mil. 1-a.ning 2-yarmida S. p. podşolar Farzoy va Inismey davrida yana kuçayib, Bospor podşoligi b-n bir neça marta uruş qilgan. S. p.ning qudrati to mil. 3-a.ning 2-yarmigaça uz mavqeini saklab keldi, söngra S.p. gotlar tomonidan tormor etilgan.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 448-b. — ziyouz.com