SÖZANA (fors. — igna bilan tikilgan) — maşina yoki qölda matoga kaşta tikib tayyorlanadigan badiiy buyum. Ip gazlama, şoyi, baxmal kabi sidirğa matolarga turli çoklar (bosma, yörma, popop)da kaşta tikiladi. Kaşta zamini sifatida mato rangi S. koloritini hosil qilişda muhim rol öynaşi bilan palaksan farq qiladi. Naqş mujassamoti markaziy maydon (aylana gul va b.) va hoşiya (takrorlanuvçi 1—2 naqş bölagi)dan tuzilgan törtburçak, murabba şaklga ega bölib, asosan, ösimliksimon (ba'zan tasvirli, syujetli) naqşgullardan iborat. Nakş mujassamotining asosiy çiziklari axta yordamida matoga tuşiriladi. S.ning badiiyligi, nafosati çevarning mahorati, uning ijodiy didi bilan belgilanadi. Ayniqsa, zardözlikdz. tayyorlanadigan S.lar jilosi, jozibasi bilan ajralib turadi. S, odatda, xonani bezatiş uçun devorga osiladi (ayrim mintaqalarda kelinkuyovlarning örni ustiga yopiladi).
Suzana (19-a. oxiri, Şaxrisabz). Özbekiston va Tojikiston hududida S. qadimdan keng tarqalgan. Samarqand, Buxoro, Toşkent, Şaxrisabz va b.da öziga xos tarzda tayyorlangan S.lar kaştasi, naqşi, rangi jihatdan xilmaxil bölib, ulardan namunalar respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylarida, xususiy töplamlarda saqlanadi. 20-a.ning 20— 30y.larida S.ning asosiy mujassamoti şakllandi (hoşiya ingiçkalaşdi, gullar yetakçi örinni egalladi), 40y.lardan maşina kaştadözligining rivojlanişi bilan S. kaştalari maşinada ham tikila boşlandi, mavzuli, tasvirli S. mujassamotlari yuzaga keldi. 20-a. oxiriga kelib Özbekiston mustaqilligi (1991) dan keyin amaliy bezak san'atining barça sohalarida bölganidek, kaştadözlik (jumladan, uning S. turi) ham jadal rivojlandi, S. uçun mato va kaştalar uçun iplar tayyorlaş keng yölga qöyildi. Bunda Buxoro (3. A'loberdiyeva, 3. Obloqulova va b.), Surxondaryo (A. Xolyorova va b.), Samarqand (S. Rahmatullayeva, M. Haydarova va b.), Toşkent (I.Davlatov, Z.Fayzullayeva va b.), Qaşqadaryo (3. Hamidova va b.) kabi S. tayyorlaş markazlarining hissasi katta. Zamonaviy mujassamotli, nafis koloritli, serjilo, rangbarang S.lar yaratilmoqda, ular xalqaro körgazmalar (AQŞ, Fransiya, Italiya va b.)da namoyiş etiladi, muzey va xususiy töplamlarda saqlanadi.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 828–829-b. — ziyouz.com