STENOGRAFIYA (yun. stenos — tor, siqiq, qisqa va ... grafin) — qisqartirilgan tezkor yoziş usuli va şunday yozuv; alohida qisqa belgilarning mavjudligi, söz unsur (qism)larini qisqartiriş yoki yozmay taşlab ketiş, sözlar va söz birikmalarini qöşib yoziş S.ning asosiy belgilaridir. S. oğzaki nutqni sinxron (nutq jarayonida) yozib oliş hamda yozuv texnikasini takomillaştirişga imkon beradi. Stenografik yozuv tezlik böyiça oddiy yozuvdan 4—7 marta ustunrokdir. S. juda qad. zamonlardan ma'lum bölgan (Yunonistonda mil. av. 350 y.ga mansub S. belgilari yozilgan marmar taxtaça topil gan). Kdd. Rimda mil. av. 1-a. da Sitseronning quli Tiron rimça S. tizimini kaşf etgan va Tiron, notalari deb ataladigan bu tizim 11-a. gaça qöllanib kelgan.
«S.» termini 1602 y.da Angliyada stenograf J. Uillis tomonidan qöllangan. S. belgilari dunyo tillari uçun umumiydir. Faqat har bir tilning öziga xos xususiyati va undagi har bir fonemaning oz yoki köp uçraşiga qarab belgi tanlanadi. Hoz. S.da geometral va qiya yozuv (kursiv) tizimlari farqlanadi. Ularning har ikkalasi ham Angliyada: geometral S. J. Uillis (1602) tomonidan, qiya yozuv S.si esa S. Bordli (1789) tomonidan yaratilgan. Geometral S. belgilari har xil geometrik şakllarning bölaklaridan iborat bölib, amalda yoziş uçun noqulay deb topilgan. Qiya yozuv S.sidagi belgilar oddiy yozuv belgilarining ayrim unsurlaridan iborat bölib, asosiy xat çizik, ustida yoziladi va xat tekisligi yaxşi sakdanadi. Şu sababdan qiya yozuv tizimi geometral tizimdan afzalroq hisoblanadi. Qisqartiriş usuliga köra, S. tizimlarining 2 turi: morfologik yoki imloviy (oddiy yozuv imlosiga amal qilgan holda sözlarni boşlanma xarfigaça qisqartiriladi) va fonetik (qisqartiriş maqsadida yaxşi eşitilmaydigan tovuşlar yozuvda tuşirib qoldiriladi) turlari farkdanadi. Geometral tizimlar qisqa sözlar nisbatan köproq bölgan gillar (mas, ingliz, fransuz, ispan tillari) uçun, qiya yozuv tizimlari esa uzunroq sözlar köproq bölgan tillar (mas, slavyan, skandinav va nemis tillari) uçun qöllanadi.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 602–603-b. — ziyouz.com