STIPENDIYA (lot. stipendium — haq, maoş) — oliy öquv yurtlarining kunduzgi bölimida öqiydigan talabalar, işlab çiqariş.dan ajralgan xrlda i.t. işi olib boruvçi aspirant, doktorant va malaka oşiriş kurelari tinglovçilariga har oyda muntazam berib turiladigan pul nafaqasi. Özbekistonda S. davlat byudjetidan tölab boriladi. Yangi qabul qilingan talabalarga kiriş test savollari böyiça olgan ballari natijalariga qarab S. beriladi. Oliy öquv yurti talabalariga öqitilayotgan öquv fanlarini özlaştiriş darajasiga karab S. mikdori belgilanadi. Talabalarga S. mikdorini belgilaşning tabaqalaştirilgan şakliga amal qilinadi va talabaning sessiya yakuni böyiça töplagan umumiy reyting bali unga asos qilib olinadi. Bakalavr, magistr va aspirantlar uçun davlat S.larining turli şakllari joriy etilgan. Ularning eng yuqorisi Özbekiston Respublikasi Prezidenti S.sidir. 10 yönaliş böyiça bakalavr (1993 y.dan), magistr (2002 y.dan) va 5 yönaliş böyiça aspirant (1993 y.dan) larga beriladi. Şuningdek, ÖzR Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan oliy öquv yurtlari bakalavrlari uçun muayyan yönalişlar böyiça Alişer Navoiy, Uluğbek, Beruniy, Ibn Sino nomidagi davlat S.lari ta'sis etilgan. Mazkur S.lar oliy öquv yurtlarida a'lo öqiydigan, jamoat işlarida faol iştirok etadigan, i.t. işlari bilan şuğullanadigan va belgilangan maxsus imtihonlarni muvaffaqiyatli topşirgan yuqori kurs bakalavrlariga beriladi. Ayrim in-t va un-tlarning turli nomdagi (mas, Zamaxşariy, Behzod nomidagi) S.lari, jamğarmalar (mas, Amir Temur, Soğlom avlod uçun jamgarmalari)ning S.lari ham mavjud. Turli mulk şakllariga asoslangan korxona, firma, qişloq xöjaligi. şirkatlari, quriliş, transport, aloqa taşkilotlari tomonidan oliy öquv yurtlariga yuborilgan talabalar, qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslari tinglovçilariga ana şu korxona, firma, şirkat, taşkilotlarning özlari şartnomada belgilangan miqdorda S. tölaydilar.
Aspirant va doktorantlar S.sining mikdori oliy öquv yurtlari, i.t. institutlarining kategoriyalari hamda ularning aspirantura va doktoranturaga kiriş arafasidagi maoşiga qarab belgilanadi. 2001 y.gaça kasbqunar kolleji öquvçilariga ham S. berilgan.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 611-b. — ziyouz.com