SUBSTANSIYA (lot. substantia — mohiyat) — narsa va hodisalarning mohiyatini, asosini ifodalovçi tuşunça. Odatda, materiya, modda sözining sinonimi sifatida qöllaniladi. S. falsafada xilmaxil olamning, obyektiv reallikning, tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuri tarixini, inson bilimlarining natijalarini ham öziga qamrab oluvçi konkretlikning nazariy in'ikosi, biliş nazariyasining asosiy tuşunçasi sifatida talqin etiladi. Bunday universal mohiyat muayyan narsa, hodisalar va ularning özaro aloqadorliklari orqali namoyon böladi. Yunon faylasuflari S. deb narsalarning doimiy, tub va özgarmas xususiyatini, asl mohiyatini anglaşgan, un-ta aksidensiya tuşunçasini qaramaqarşi qöyişgan. Keyinçalik sxolastlar butun mavjudotning asl mohiyatini taşkil etuvçi S. — xudodir degan ğoyani ilgari surdilar (q. Sxolastika). Olamning moddiy sababi va ilohiy S. haqidagi dualistik talqinni R. Dekart olğa surdi, u Spinoza falsafasida yanada rivojlantirildi. I. Kant Sni tafakkurning aprior şakli, ya'ni tajribadan olingan bilimlarni sintezlovçi şakli deb izohladi. Uning fikriça, S.ning doimiyligi barça vaqt mobaynida ötkinçi bölgan narsalarga nisbatangina namoyon böladi. Gegel Sni narsalardagi özgaruvçan, ötkinçi tomonlarning yaxlitligi sifatida ta'riflab, uni «har qanday haqiqiy rivojlanişning asosidir», deydi.
Şarq falsafasida Forobiy Sni eng umumiylik sifatida tuşuntirgan. Ibn Sino Sni «substansional umumiylik va aksidental umumiylik»ning özaro munosabati doirasida talqin etib, ularning birbiri bilan boğlanganligiga, biri ikkinçisisiz mavjud böla olmasligiga e'tiborni qaratdi. Sni tuşunişda ham materialistik, ham idealistik qaraş bor. Materialistlar S. deb obyektiv reallikni, materiyani, idealistlar esa, xudoni, mutlaq ğoyani, ruhni, umuman moddiy bölmagan asosni tuşunadilar. Pozitivistlar Sni mavhum tuşunça sifatida ta'riflab, bu tuşunça tadqiqotçini çalğitib, uning fikrini yöq narsaga boğlab qöyadi, aslida odam xilmaxilliklar va ularning birliklaridan iborat, bunga esa moddiylik ham, ma'naviylik ham kiradi deb hisoblaşadi. Hoz. zamon tabiatşunosligi uçun S. faqat rasmiy tuşunça bölib, hodisalarni ifodalovçi degan ma'noni bildiradi.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 634–635-b. — ziyouz.com