SYURREALIZM (frans. surrealisme — öta realizm) — 20a,ning 10—20y.larida fransuz adabiyotida paydo bölib, tasviriy san'at, haykaltaroşlik, teatr, kino soğalariga, keyinçalik boşqa mamlakatlar (Belgiya, Çexoslovakiya, Yugoslaviya, AQŞ, Meksika, Yaponiya)ga ham tarqalgan avangardlik yönalişi. Markiz de Sad, J. Nerval, şuningdek, A. Rembo, Lotreamondan A. Jarri, G. Apolliner va S. Reverdiga qadar bölgan yozuvçilar ijodi S.ning paydo bölişida manba vazifasini ötagan. S. vakillari aqliy faoliyatdagi, hatto jamiyat xayotidagi şakllangan tizimni tubdan özgartiriş da'vosi bilan çiqqanlar. S.ning yangi adabiy yönaliş sifatida maydonga kelişida «Litterature» («Adabiyot», 1919 —24) jurnali muhim rol öynadi. Bu jurnali atrofida birlaşgan L.Aragon,L. Breton, F. Supo kabi yozuvçilar S.ga asos soldilar. Köp ötmay, ular davrasiga P. Elyuar, R. Desnos, A. Arto va b. kelib qöşilişdi.
S. miyaga ilk bor kelib qolgan söz, nutq parçalari, turlituman xayollarning dastlabki, kutilmagan bir holatdagi ajabtovur şaklini har qanday ijodiy faoliyatning xamirturuşi, asosi, deb e'lon qilgan. Syurrealistik teatr (asosçisi A. Arto) va kinematografiyada qam ayrim sahna va kadrlarning birbiri bilan mantiqsiz boğlanişi va umuman aqlzakovat doirasidan çetga çiqiş «haqiqiy reallik» sifatida tan olingan.
Töliq öqiş — yana 3 xatboşi
Dastlab syurrealistlarning turfa tögaragiga S.ning isyonkorlik ruxiga uçgan, tevarakatrofdagi dunyo tartibotini xuş körmagan, insonning jamiyatdagi xdyotida uçrab turadigan kiyinçiliklarni örganiş va bartaraf etiş xayoli bilan yaşagan yirik yozuvçilar xam a'zo bölişgan. S.ning ijtimoiy tizimni kayta quriş xaqidagi niyati afsonavor uydirma ekanligini tuşungan, S. estetikasidagi badiiy asarga xos ma'nodorlik va yaxlitlikning bekor qilinganini körgan katta iste'dod egalari syurrealistlar safini tark etganlar. 30y.larning oxiriga kelib, mistikaga oşkora ravişda berilgan A. Breton boşçiligidagi ayrim şoirlargina S.ga sodiq bölib qoldilar va ular safi taklidçilar hisobiga kengaydi. 40y.larning boşlarida A. Breton, S.Dali, I. Tangi va b.ning muhojirlikka ketişi bilan S.ning markazi AQŞga köçdi. Fransiyada S.ni qayta tiklaşga qaratilgan uriniş Samara bermadi.
S. adabiy-badiiy yönaliş sifatida öz umrini ötagan bölsada, uning gullagan davrida işlab çiqilgan ayrim badiiy usul va vositalardan tasviriy san'at, teatr va kinodan taşqari, amaliy san'atda ham istifoda etilmoqda. Ad.: Andreyev L. G., Syurrealizm, M., 1972.
Naim Karimov.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 820-b. — ziyouz.com