TAQLID (arab. — öxşatiş, köçiriş, nusxa oliş) — ijtimoiy, ma'naviy hayotda, turmuş tarzida, kasbhunarda, badiiy ijodda özgalarga öxşaşga intiliş, ergaşiş. T. köpinça san'at, badiiyestetik soha bilan boklits. Estetik T. nazariyasini işlab çiqişga, uning inson tarbiyasi uçun muhim amaliy ahamiyatga egaligi haqidagi mulohazalarni tizimga solişga urinişlar borasida Sokrat, Pifagor, Platon, ayniqsa, Aristotel qaraşlari diqqatga sazovor. Aristotel «Metafizika», «Poetika» («Şe'r san'ati», «Ritorika» («Notiklik san'ati»), «Fizika» asarlarida T.ga estetik tamoyil sifatida qaradi, T.ning şakllangan nazariyasini yaratdi. Uning fikriça, san'at mohiyatan Olamiy aqlga, ilohiy va tabiiy olamga bölgan T.ning mahsulidir. Forobiy va Ibn Sino Aristotelning T. nazariyasini şarhlab, uni yuksak poğonaga kötardi. Forobiy «Şe'r san'ati» risolasida «şe'r biror narsaga T. qilingan sözlardan taşkil topişi kerak», deydi. Ibn Sino «Fan aşşe'r» asarining ikkinçi faslini T. nazariyasiga bağişlagan.
Insoniyat tarixida butui bir madaniyestetik davrlar T. bilan boğliq; mazkur davrlar jamiyatlari taraqqiyotida T. katta iz qoldirgan. Qad. Rim madaniyatining Yunoniston madaniyatiga taqlidan rivojlanganligi buning yaqqol misolidir.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
Psixologiyada T. yangi, namunaviy narsalar va hodisalar taşqi körinişiga asoslangan holda ularni egallaşga intiliş jarayoni. U barça yoşdagi insonlarga xos xususiyatdir. T.ning taşqi öxşaşligiga qaramasdan, har bir yoş davridagi T. öziga xos xususiyatlarga ega. Ilk bolalikda odam T. orqali kattalar bilan dastlabki aloqa, muloqot örnatişga intiladi. Maktabgaça yoşda inson faoliyatining muhim tarkiblariga kirişga harakat qiladi. Bolalar syujetli, rolli öyinlar ijro etişda oşkora voyaga yetganlar hayoti va faoliyatiga, xulqatvorita kirib boradi, voqelik, vaziyat mohiyatini aks ettira boşlaydi. Ösmirlik yoşida kattalarga yoki tengdoşlariga öxşaşlikka intiliş orqali özi uçun ahamiyatli şaxs fazilati, xulqodobini özlaştiradi. Öspirinlarda kasbiy faoliyatga T. qiliş kuçliroq aks etadi. Voyaga yetgan odamlar ham T. qilişga moyildirlar. Ular yurişturişda, iş yuritişda, imorat qurişda, kiyinişda, sportda va şu kabida T. qilişga intiladilar.
Abdulla Şer, Ergaş Ğoziyev.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 188–189-b. — ziyouz.com