TARONA (fors.) — qöşiq, aşula turi. Ötmişda ruboiy şaklidagi şe'rlar bilan ijro etiladigan qöşiq va aşulalar T. deb yuritilgan. T. atamasi, ayniqsa 14—15 a.lardan keng qöllanila boşlagan. Najmiddin Kavkabiy va Darvişali Çangiypşnt musiqa risolalarida kuy (qöşiq)ning muayyan şakli sifatida tuşuntirilgan; Ön ikki matsom tizimida Uşşoq maqomi T. deb xam atalgan. «T.» atamasi bizgaça maqomlarning tarkibiy qismi (xususan, 15—17 a.larda keng qöllanilgan naqş, amal, kor, qavl, rexta, saj', savt, zarbayn kabi kuy va qöşiq şakllari)ning umumlaşgan nomi sifatida yetib kelgan. Ularni Şaşmaqom, Xorazm va Farğona — Toşkent makom turkumlari .tarkibidagi T.lar orkali tasavvur et'iş mumkin. Jumladan, Şaşmaqom ning 1guruğ şö'balari tarkibidagi T.larning umumiy soni 57 ta bölib, ular hajman ixçam körinişdan tortib, şaklan rivojlangan, bastakorlik ijodiyotiga mansub aşulalargaça bölgan namunalarni özida mujassam etgan (mas., xalq qöşiğiga yaqiya bölgan Saraxbori Dugoxning 2 T.si, bastakorlik ijodiyotiga mansub 6T.si) va b. Xorazm maqomlari turkumida sof «T.» nomli yöllaridan taşqari, özga maqomlarda uçramaydigan Suvora, Naqş, Faryod kabi aşula qismlari mavjud. T.ga turdoş mazkur aytimlarning musiqiy tuzilişi asosan rivojlangan şö'ba şakliga moye keladi, ularning har biri murakkab usullariga asoslanib, mumtoz şoirlar şe'rlari bilan aytiladi. Farğona — Toşkent maqomlari tarkibida dastlabki qismlardan keyin keluvçi aşulalarning ayrimlari özining tuzilişi, vazni va doyra jihatidan T.larni eslatadi. Uşbu turkum taronalari ham Xorazm maqom taronalari singari şaklan şö'balar darajasiga yetgan aşulalardir. Mazkur T.larning musiqiy tili ham, uslubi ham murakkab. Ba'zan T.larning kuy rivojida namudlar ham uçraydi. T.lar köpinça 3/4, 4/4, 3/4=3,8, 3/4Q4/4, 6/4 va, hatto murakkab 13/4 ölçovidagi Suvora usuliga boğlab aytiladi. Maqom T.lari makrmlarning 2 asosiy şö'basini özaro boğlaydi, hajman yirik, tabiatan vazmin asosiy şö'balar orasida yangilaniş (kontrast)ni yuzaga keltiradi, asosiy şö'balarning ijroçi (yetakçi hofiz)lariga dam oliş imkoniyatini yaratadi. T. atamasi hoz. zamon musiqa amaliyotida kuy, oğang ma'nosida ham keng qöllaniladi (mas., «Şarq taronalari», «Çang taronalari»).
Şahnoza Oyxöjayeva.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 141–142-b. — ziyouz.com