TERMAL SUVLAR (frans. therma iliq, yun. therme — iliq, issiq) — Yer pöstidagi yuqori trali (20° va undan ortiq) yer osti suvlari. 20° trali izotermalar köp yillab töngib yotgan hududlarda 1500—2000 m dan, subtropiklarda 400 m va undan kamroq çuqurlikda, tropiklarda esa yuzada böladi. Artezian havzalarda 2000—3000 m li burği quduqlari yordamida 70—100° va undan yuqori trali issiq suvlar oçilmoqda. Toğlar (mas., Alp, Kavkaz, Tyanşan va Pomir toğlari)da T.ye. issiq buloqlar (trasi 50—90°), harakatdagi vulkanli rnlarda geyzerlar, qaynoq suv va buğ aralaşmalari (trasi 150— 200°) holida namoyon böladi. Kimyoviy, gaz tarkibi va minerallaşuviga köra — çuçuk va şörroq gidrokarbonatli, natriyli, azotli, karbonat angidridli va vodorod sulfidli, şör va namakob xloridli, natriyli va kalsiynatriyli, azotmetanli va metanli, ayrim joylarda vodorod sulfidli suvlar mavjud (q. Mineral suvlar). T.ye.dan qadimdanoq davolaş maqsadlarida, kurortlarda, şuningdek, texnik maqsadlarda hamda uyjoy va işlab çiqariş. binolarini, issiqxonalarni isitişda va b.da keng foydalaniladi. T.ye. mavjud bölgan joylarda elektr styalar qurilgan. Toşkentda qisqa muddat T.s.dan maişiy xizmatlar, Qoplonbekda issiqxonalarni isitiş maqsadlarida foydalanildi. Foydalaniladigan zaxirasining çeklanganligi, xususan, T.yening davo xususiyatlari va sifatli ta'mi uçun Toşkent T.s.dan hozirda faqat balneologik va iste'mol maqsadlarida foydalaniladi. Issiklik bilan ta'minlaşda T.ye. kuçeiz termal (20—50°), termal (50—75°), yuqori termal (75 — 100°) suvlarga bölinadi (yana q. Yer osti suvlari).
Özbekistonda ilk marotaba Oltinsoy T.ye. koni foydalaniş zaxirasini hisobga olgan holda (issiqxona xöjaliklarini isitiş uçun) razvedka kilingan. Mazkur T.ye. manbai Navoiy viloyati Xatirçi tumani hududidagi Oqtovning jan. yon bağrida joylaşgan.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 310-b. — ziyouz.com