TERRASA (frans. terrasse, lot. terra — yer) — 1) (geol. va geogr.da) daryo, köl va dengizlar qirğoqlari hamda toğlarning yon bağirlaridagi kelib çiqişi turliça bölgan, tik yon bağir bilan çegaralangan gorizontal yoki nişab tabiiy sahn; şuningdek, ular dengiz sathidan pastda suv tagida ham uçraydi. T. yakka holda yoki ustmaust joylaşgan bölib, zinapoya körinişga ega. T. tektonik kötarilişlar, iklimning özgarişi natijasida dare özanining vaqtvaqti bilan öyilişi, dengiz va köllar sathining pasayişi natijasida vujudga keladi. Erozion, erozionakkumulyativ va akkumulyativ T. farqqilinadi. Erozion T. tektonik kötarilişlarning kuçayişi, suv oqimining köpayişi va daryolar quyiladigan dengiz va köllar sathi (bazis eroziya)ning pasayişi oqibatida kelib çiqadi hamda tub jinslardan tuzilgan böladi. Erozionakkumulyativ T.ning yuqori qismi dare yotqiziqlari (allyuviy), pastki qismi tub toğ jinslaridan iborat. Akkumulyativ T. faqat daryo yotqiziqlaridan taşkil topgan. Daryo T.si keng tarqalgan bölib, ular daryo özani va qayirining osti hisoblanadi. T.ning soni erozion sikllar va ularda daryo yotqiziqlarining töplaniş sonini körsatadi. Eng yuqori T. nisbatan qad., pastdagisi eng yoşi hisoblanadi. Daryo vodiysidagi T. soni turliça böladi. Mac, Çirçiq daryosining quyi qismida 4—5 ta, yuqori qismida 20 dan ortiq T. bor. Eng keng T. tekisliklarda oqayotgan daryolarda bölib, eni önlab km ni taşkil qiladi. T.dan qişloq xöjaligi.da, yöllar, şağar va qişloklar barpo etişda foydalaniladi; 2) asosiy binoning umumiy tomi ostida qöşimça qurilgan yölaksimon ayvon, peşayvon, ustunli, ba'zan oynavandli, bir yoki köp qavatli T., uç tomoni oçiq, ba'zan usti ham oçiq bölişi mumkin. Dala hovli, dam oliş uylari, sanatoriylarda köp uçraydi, oçiq havoda dam oliş xonasi vazifasini ötaydi. T.lar bino va inşoot qiyofasiga körkamlik baxş etib, foydalaniş uçun qulaydir.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 335-b. — ziyouz.com