TEST (ing. test — sinaş, tekşiriş) (psixologiyada) — şaxsning aqliy taraqqiyoti, qobiliyati, irodaviy sifatlari, şuningdek, uning boşqa ruhiy xususiyatlarini tekşirişda qöllaniladigan qisqa standart maşklar. Ijtimoiy amaliyotda T. odamning qanday kasbhunar egallaşi mumkinligi, uning kasbga layokati yoki layoqatsizligini, iste'dodli yoki akdi zaifligini aniqlaşda, muayyan hamkorlikdagi faoliyatga şaxslarni saralaşda keng qöllaniladi. Uning yerdamida tajribaning ilmiylik darajasi, kafolatligi, tekşiriluvlarning mahorati, qiziqişi, töplangan amaliy ma'lumotlarning haqqoniyligi, işonçlilik körsatkiçi bir neça mezonlarga asoslanib tax,lil qilinadi. T.ning nazariy asoslarini ingliz psixologi Fransis Galton (1822—1911) işlab çiqqan (1883). «T.» terminini birinçi marta amerika psixologi Jeyms Kettell (1860— 1944) qöllangan (1890). U T.lar yerdamida tanaga ta'sir etuvçi qözğatuvçilarning idrok qilinişi vaqtini, refleks tezligini, reaksiya muddatlarini, teriga ta'sir ötkazişda hosil böluvçi oğriq sezgilarini, harflar qatorini esda olib qoliş darajalarini aniklaş mumkin, deb hisobladi. Fransuz psixologi A. Bine va uning şogirdi T. Simon insonning akliy ösişi va iste'dodi darajalarini ölçaş imkoniyati borligi ğoyasini olğa surganidan keyin akliy T.lar nazariyasi keng yoyidsi. Mikdoriy ma'lumotlarni statistika metodikalari yerdamida hisoblab çiqiş yuzaga keldi. Amerikalik Lyuis Permen (1877—1955) insonlarning akliy qobiliyatlarini uzluksiz 50 y. davomida örgangan.
Hoz. davrda T.lar quyidagi turlarga ajratiladi: maqsadga erişuv T.lari (bilimlarni ölçaşga qaratilgan); akliy T.lar (zehn, aklidroq, aklzakovat, iste'dodni aniklaşga yönaltirilgan); ijodiyot T.lari (ijodkorlik, bunyod etişlik darajalarini tekşiruvçi); mezoniy möljal T.lari (öquv yoki kasbiy bilimlar va topşiriklarni qaysi könikma, malaka, xattiharakat tizimi orqali ölçaş mumkinligi); şaxsga oid T.lar (xususiyat, bezovtalaniş, sifat, fazilat, xislatlarni ölçaşga aloqador); proyeksiyaviy T.lar (taşqi ta'sirsiz şaxs özini özi oşkor qilişiga möljallangan) va b.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 339-b. — ziyouz.com