TEXNOLOGIK XARITA - ayrim turdagi qişloq xöjaligi. mahsulotini yetiştiriş bilan boğliq texnologik işlar mavjui. Işlab çiqariş. resurslariga bölgan ehtiyojlar, ulardan foydalaniş va boşka i. ç. körsatkiçlari, şuningdek, belgilangan işlab çiqariş. dasturini bajariş böyiça taşkiliyiqtisodiy tadbirlar aks etgan normativ reja hujjati. T.x. jadval şaklida bölib, unda ketma-ketlikda (odatda xronologik tartibda) barça turdagi işlar (qabul qilingan texnologiyaga muvofiq), asosiy agrotexnik tadbirlar, maşina, mexanizm va agregatlar tarkibi, uruğlik materiallar sarfi normalari, bajariladigan işlar hajmi, baholari va b. körsatiladi, şuningdek, mahsulot tannarxini hisoblaşda qişloq xöjaligi.da qabul qilingan uslubiyat böyiça xarajatlar turlari aks ettiriladi. T.x. asosida barça mahsulotlar böyiça bevosita xarajat (sarf)lar, bölinmalardagi doimiy va mavsumiy xodimlar soni, texnika, uruğlik, ozuqa va b. moddiy resurslarga bölgan ehtiyojlar aniqlanadi. T.x. yordamida bölinmalar işlab çiqariş. topşiriklari şakllantiriladi, zarur xarajatlar limiti hisobkitob qilinadi, mahsulotning reja tannarxi hisoblanadi, mahsulot birligiga narx belgilanadi, rejalaştirilgan işlarni bajarilişi ustidan nazorat amalga oşiriladi.
T.x. barça ekin turlari, çorva turlari yoki turdoş ekinlar va çorva mollari guruxlari yoki ayrim iş turlari (ötloq va yaylovlarni yaxşilaş va b.) böyiça tuziladi. T.x.larni xöjalik mutaxassislari (iqtisodçitaşkilotçilar, agronomlar, zootexniklar, muhandismexaniklar va b.) xöjalikdagi konkret şaroitlarni xisobga olgan holda namunaviy şakllar asosida işlab çiqadilar. T.x.lar operativ (muayyan mavsum uçun), yillik (bir yil uçun) va istiqbol (eng ilğor progressiv texnologiya va maşinalar sistemasini özlaştiriş, mehnatni taşkil etiş va unga haq tölaşda yangi usullarni joriy qiliş va b. nazarda tutiladi) turlarga bölinadi. Fantexnika taraqqiyotining ilğor yutuklarini qöllaşni e'tiborga olib tuzilgan T.x.lardan texnika, texnologiyadagi yangiliklarni, özgarişlarni kiritiş bilan bir neça yil foydalaniş mumkin (yana q. Biznes reja).
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 348–349-b. — ziyouz.com