TOĞ JINSLARINING BURMALANIŞI, burmalanişning hosil bölişi —tektonik deformatsiyalar natijasida toğ jinslari katlamlarining ezilib, burmalaniş jarayoni. Burmalar majmuasi şakli, kelib çiqişi va hosil bölişining kinematik şaroitlariga qarab farqlanadi. T.j.b. morfologik belgilarga qarab töliq, golomorfli yoki uzun, ingiçka burmalardan taşkil topgan, qavariq (antiklinal) va botiq (sinklinal) burmalangan zonalarni muntazam töldirib turuvçi çizikdi (alpinotipli); uzuqyulukli yoki alohida, tarqoq, köproq antiklinal burmalarga yakin turli şakldagi (vallar, gumbazlar, notöğri körinişli kötarilmalar) töğri yotgan qatlamlar maydonlari bilan bölingan guruhlardan taşkil topgan idiomorfli; oralik, burmalanişli va b. tiplarga bölinadi. Töliq burmalanişda hududning qamma maydoni antiklinal va sinklinal burmalar bilan band bölib, gorizontal katlamlar uçramaydi. Unda, asosan, suriliş va uşaliş, toğ jinslarining jipslaşişi va metamorfizmi sodir böladi. Uzuqyuluq burmalanişga braxiantiklinal va braxisinklinallar, kötarilmalar, gumbazlar, diapir burma va b. kiradi. Ularda tik tektonik buzilişlar köp uçraydi. Oraliq burmalanişlar 2 xil: qirrasimon va sandik,simon böladi. Qirrasimon burmalanişda jarlik, siqiq antiklinal va keng tekis sinklinallar navbatmanavbat keladi, tog oldi bukilmalarida uçraydi. Sandiqsimon burmalaniş sandiqsimon antiklinal va sinklinallardan iborat. Turli davrlarda hosil bölgan turli yoşdagi burmalanişlar ma'lum. Mas., Baykal (tokembriy oxiri — kembriy boşi), Kaledon (quyi paleozoy oxirida), Gersin (yuqori paleozoyda), Kimmeriy yoki Tinç okean (yuqori yura va bur davrlarida) va Alp (kaynozoyda) burmalanişlari. T.j.b.ni örganiş faqat nazariy emas, balki amaliy ahamiyatga ega, çunki burmali deformatsiyalar foydali qazilmalar yotişining tavsifiga va konsentratsiyasiga ta'sir körsatadi. T.j.b. paytida neft, gaz va ba'zi bir ruda konlari hosil böladi va töplanadi.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 601–602-b. — ziyouz.com