TOKAMAK (rus. «toroidal»,. «kamera», «magnit», «katuşka» (ğaltak) sözlarining qisqartmasi) — termoyadro reaktorlarida plazma trasini nihoyatda oşiriş uçun (10 mln. gradus va undan yuqorigaça) qöllaniladigan magnit tutqiçli qurilma. U toroidal vakuum kameradan iborat. Uning ustiga kuçli (bir neça tesla) toroidal magnit maydoni hosil qiluvçi ğaltaklar kiydirilgan. Temir özakka qöyilgan ğaltakli kamera transformatorning ikkalamçi urami vazifasini ötaydi. Özakka öralgan birlamçi çulğamdagi tok kuçi uzgarganda kamerada uyurma elektr maydoni vujudga kelib, kamerani tuldirgan iş gazini ionlaştiradi va buylama elektr tokli toroidal plazma şnuri vujudga keladi. Bu tok plazmani qizdiradi, uning magnit maydoni esa ğaltakning maydoni 6n birga plazmani devorlardan termoizolyatsiyalaydi. Plazmaning trasi kötarilişi bilan uning elektr qarşiligi ortmaydi, aksinça, kamaya boradi ğamda ma'lum tok kuçida şnurning qizişi kamayadi. T.da tok kuçini biror çegara qiymatdan orttirib bölmaydi. Agar tokning magnit maydoni galtakning toroidal maydoniga nisbatan juda katta bölib qolsa, şnur egila boşlaydi va devorga taşlanadi. Şu sababli, plazmani 10 mln. gradus va undan yuqori tragaça qizdiriş uçun T.da plazmaga tez atomlar (zaryadlangan zarralar kameraga magnit maydonga köndalang ravişda uçib kirolmagan bölar edi) dastalarini injeksiyalaş yoki kameraga yuqori çastotali elektromagnit maydon kiritib hosil qilinadigan qöşimça qizdiriş usullaridan foydalaniladi. Şu tarzda T.dagi plazmani 70 mln. gradusgaça qizdiriş mumkin.
T. ğoyasi 1950 y.da boşqariladigan termoyadro sintezö muammosi masalasini hal etiş maqsadida I.Ye. Tamm va A.JXCaxapoe tomonidan takdim etilgan. L.K.Arsimoviç rahbarligida bir neçta rus olimlari T. tipidagi tizimlarni örganiş va ularni takomillaştirişga muhim hissa qöşdilar. 1956 y.dan boşlab I.V.Kurçatov nomidagi Atom energiyasi in1»ida bu tizimlar ustida tajriba yöli bilan tadqiqot olib borildi.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 465–466-b. — ziyouz.com