TORF (nem. torf) — botqoqlik ösimliklarining öta namgar va havo kirib borişi qiyin bölgan şaroitda tabiiy çirişi va çala parçalangan qoldiklarining töplanişidan hosil böladigan foydali qazilma, yoqilği. T.ning organik moddasi turli darajada parçalangan ösimlik qoldiqlaridan iborat. T. yer ustida yoki mineral yotqiziqlar qoplami ostida birinçi ön m lardagi çuqurlikda yotadi. Çirindi (gumus) T.ga qoramtir rang beradi. Kimyoviy tarkibi T. hosil qiluvçi ösimliklarning kimyoviy tarkibiga va T.ning parçalaniş darajasiga boglik bölib, unda 50—60% uglerod, 5— 6,5% vodorod, 30—40% kislorod, 1— 3% azot, 0,1—1,5% oltingugurt bor. T.ga xos xususiyatlar: tabiiy şaroitda juda köp nam (88—96%) saqlaş, ğovaklik (96—97% gaça) va b. T.ning teksturasi bir jinsli, ba'zan qatlamli, strukturasi, odatda, tolasimon va plastik. Rangi sariq yoki qönğirqora. T.ning quruq holatda ziçligi (0,3 g/sm3 gaça), issiqlik ötkaziş koeffitsiyenti kam, gaz yutiş xususiyati esa köp böladi. T.ning dunyodagi zaxirasi 500 mlrd. t bölib, konlarining maydoni dunyo böyiça 176 mln. ga. T. tez uvalanişidan uzoqqa taşib boriş kiyin. Şuning uçun mahalliy yoqilği sifatida foydalaniladi. Briketlangan hodda taşiş kulay. T. yirik elektr styalari, issiklik elektr markazlari xamda zd va fka qozonxonalarida yoqiş uçun işlatiladi. T.dan quriliş materiallari (plitalar) ham tayyorlanadi. Gazlaştiriş va çala kokslaş yöli bilan kimyoviy moddalar olinadi. Q.h.da va ohak aralaşmasini tayyorlaşda torfammiakli öğitlar işlab çiqariş.da, sabzavotçilik va gulçilikda biologik yoqilği, çorvaçiliqda töşama sifatida, tibbiyotda davolaş muolajalarida işlatiladi. T. konlari barça materiklarda: Şim. yarim şarda — Ğarbiy Sibir va ğarbga tomon Atlantika okeanining sohillarigaça hamda Şim. Amerikaning şim.şarqiy qismida bor. Jan. yarim şarda esa Jan. Şarqiy Osiyo olaridagina topilgan.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 511-b. — ziyouz.com