TÖRĞAY PLATOSI, Törğay supasimon ölkasi — Qozoğistonning şim. ğarbidagi platosimon qir. Şim.da Ğarbiy Sibir tekisdigi, ğarbda Jan. Ural va Muğojar toğlari etaklari, şarkda Qozoğiston past toğlari, jan.da Turon pasttekisligi bn çegaradoş. T.p. çekka qismining mutlaq bal. 200—300 m. Törğay soyligi (yölagi)ni ham öz içiga oladi. Meridional yönalişda 630 km, kenglik böylab 300 km ga çözilgan. T.p. tölqinsimon tekislik bölib, asosan, pastroq qirlar (supa toğlar) va yassi tekisliklardan iborat. Ular orasida esa quruq vodiylar joylaşgan. Platoda şamol va suffozion jarayonlar natijasida vujudga kelgan botiqçalar köllar bn band.
T.p.ning örta qismi pastroq (Törğay soyligida 80—150 m ga pasayadi). Platoning zamini paleozoy davri kristalli toğ jinslaridan tuzilgan, ularning ustini qalin mezozoy va kaynozoy ğovak jinslari (gil, mergel, qum, konglomerat va b.) qoplagan. Iqlimi keskin kontinental va quruq, qişi sovuq va uzoq, yozi issiq. Jan.ga borgan sari qurğoqçil. Yanv. ning örtaça trasi şim. qismida —15°, — 16°, jan.da —13°, —14°. Iyulning örtaça trasi şim.da 23°, jan.da 25°. Ba'zi yillari qişda tra —45°, —46° ga pasayadi, yozda esa 42°, 44°ga kötariladi. Yillik yoğin, şim.da 3000— 3500 mm, jan.da 150—200 mm. Dare kam, şim.ga Tobol va uning tarmoği — Ubagan, jan.ga qarab Törğay, Irğiz va b. daryolar oqadi. Yirik köllari: Quşmurun, Oqsaut, Sariqara, Tenteksör, Qarasör va b. Törğay soyligida joylaşgan. T.p. ning şim. qismi daşt landşaftlaridan iborat. Oç rangli qoratuproqlar, jan. da kaştan, qönğir tuproqlar tarqalgan. Dare vodiylarida ötloq, köllar atrofida şörxokbotqoq tuproqiar uçraydi. Ösimliklardan şim. qismida çalov, betaga, jan.da çalov, betaga bn birga burgan, şuvoq, şöralar, dare, köl böylarida qarağay, tol, terak va qamişzorlar tarqalgan.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 850-b. — ziyouz.com