TORMOZ (yun. tormos — ğildirakni aylantirmay qöyadigan mix tiqiladigan teşik) — maşina yoki mexanizmning harakat tezligini pasaytiriş yoki butunlay töxtatiş uçun, kötariştaşiş maşinalarida esa yukni osilgan holatda tutib turiş uçun möljallangan qurilma. Işlaş usuli böyiça mexanik (friksion, işqalanma), gidravlik (suyuklikli) va elektr (elektromagnit, induksion va b.); tuzilişiga köra, kolodkali, tasmali (lentali), disksimon, konussimon va b. turlarga bölinadi. Maşinalar va mexanizmlar (kötariştaşiş maşinalari, stanoklarning mexanizmlari, t.y. vagonlari)da taşqi kolodkali, avtomobillarda içki kolodkali T.lar, qöl T.lari işlatiladi. Bunday T.larda kolodkadan taşqari baraban, şarnir, tortiş prujinalari (riçag tizimlari) böladi. Tasmali T.da kolodkalar örniga barabanni kamrab turuvçi tasma (lenta) işlatiladi. Bunday T.lar kötariştaşiş maşinalarining kötariş, suriş va buriş mexanizmlarida qöllanadi. Diskli T.larda mexanizm vali bilan birga aylanuvçi disklarning boşqa qözğalmas diskka qisilişi tufayli tormozlaniş yuz beradi. Bunday T.lar transport maşinalarining turli mexanizmlarida, metall kesiş stanoklarida işlatiladi.
Oğir transport maşinalari, mas., yuk avtomobillarida diskkolodkali T.lar işlatiladi. Bunda tormozlaniş disk yon sirtining friksion kolodkalar bilan işqalanişi xisobiga yuz beradi. Kötariş maşinalari, konverterlar, sinov qurilmalari va b.da tezlik (tezlikni çeklaş) T.lari işlatiladi. Bunday T.larning markazdan qoçma, dinamik (gidravlik), uyurma (induksion) va b. turlari böladi. T.larni boşqariş uçun mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektrgidravlik, elektrmexanik va b. yuritmalardan foydalaniladi. Mas., yengil avtomobillar va kötariş kranlarida gidravlik boşqariş tizimi, yuk avtomobillari, avtobuslar, tramvaylar, t.y. poyezdlarida, samolyotlarning şassisida pnevmatik tizim qöllanadi.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 506–507-b. — ziyouz.com