TOVAR (rus.) — 1) işlab çiqariş. iqtisodiy faoliyatning moddiybuyum şaklidagi har qanday mahsuloti; 2) sotuvçilar va xaridorlar örtasida oldisotdi, bozor munosabatlari obyekti. T. bozorda sotiş, ayirboşlaş uçun va şu orqali boşqalarning ehtiyojlarini qondiriş uçun işlab çiqariladigan mehnat mahsulotidir. T. faqat modsiy şaklga ega bölmay, u turli xizmatlar, ma'naviy ne'matlar va b. körinişlarda ham bölişi mumkin. T. şaklini olgan mahsulot ikki yoqlama xususiyatga ega bölişi, ya'ni bir tomondan, u faqat sotiş uçun işlab çiqarilgan, ikkinçidan, kişilarning bironbir ehtiyojini qondira olişi kerak. Iqtisodiyotda T.ning bu ikki yoqlama xususiyati — iste'mol qiymati, uning mehnat mahsuli ekanligi qiymat tarzida örganiladi.
T.larning iste'mol qiymati ularning boşqa tovarlar bilan almaştiriş imkonini beradi. Şuning uçun tovar işlab çiqaruvçilarni tovarning almaşuv qiymati qiziqtiradi. Tovarlarni sotişdagi ularning narx körsatkiçi almaşuv qiymatini körsatadi. T.ning almaşuv qiymati — biror turdagi iste'mol qiymatning boşqa turdagi iste'mol qiymatga ayirboş qilinadigan mikdoriy nisbatdir. Tovarlarning almaşuv qiymatiga qaraşlarda turliça ta'limotlar mavjud bölib, ulardan biri «qiymatning mexnat nazariyasi» deb nom olgan. Bu nazariya asosçilari A.Smit, D. Rikardo, U.Petti va b. fikriça, tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi — oğirligi, şakli, hajmi kabilar almaşuv qiymatiga asos böla olmaydi, uning asosini tovarga sarflangan mexnat, almaşişning zarur şartini esa ayirboşlanadigan tovarning har xil iste'mol qiymatlari (xususiyatlari) taşkil etadi. Lekin har xil tovarlarning iste'mol qiymati sifat jihatidan turliça bölişi mumkin. Bu qaraş tarafdorlarining fikriça, tovarlarni miqdor va sifat jihatlardan soliştiriş, ya'ni barobarlaştiriş asosi faqat unga sarflangan mehnat bölişi mumkin. T.da mujassamlaşgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini taşkil qiladi.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 432-b. — ziyouz.com