TROP (yun. tropos — nutqning özgarişi, boşqaça tuye olişi) — nutqning ifodaviyligi va ta'sirçanligini oşiriş maqsadida söz va iboralarning köçma ma'noda qöllanişidan iborat poetika va stilistika tuşunçasi; şunday ma'noda qöllangan söz va iboralarning umumiy nomi. Bunda odatiy tarzda ma'lum bir predmet (hodisa, jarayon, xususiyat va b.) nomini atovçi söz, söz birikmasi muayyan nutq vaziyatida boşqa predmet (voqea, jarayon va b.) ni bildiriş uçun qöllanadi; hosila söz, ya'ni köçma ma'nodagi söz özining kelib çiqişiga asos bölgan söz (söz birikmasi) bilan öxşaşlik yoki aloqadorlik jihatdan boğliq böladi. Ular orasida ma'lum darajada miqdoriy yoki sifatiy tafovutlar bölişi mumkin. Mac, «burgut» sözi quşning nomi böliş bilan birga, şu quşning odatiy sifatlari, xususiyatlari (şiddatkorlik, közi ötkirlik, qörqmaslik)ga ega bölgan kişining tavsifi sifatida ham qöllanadi. «Stadion ğoliblarni olqişladi», «tirnoqqa zor bölmoq» iboralaridagi «stadion» va «tirnoq» sözlari ham asl ma'nosidan boşqaça ma'noda qöllangan. T.ning köp tarqalgan turlari: istiora (metafora), metonimiya, sinekdoxa, majoz (allegoriya), kinoya, sifatlaş (vasf, epitet), kiçraytiriş (litota), mubolağa (giperbola), jonlantiriş (taşxis, intoq), perifraza va b. «T.» termini dastlab yunon faylasufi Aristotel tomonidan ayrim T.larni, xususan, metaforani örganiş jarayonida sillogizm şaklini ifodalaş maqsadida qöllangan (mil. av. 4-a.). Strukturaviy tilşunoslik, matn lingvistikasi kabi tilşunoslik tarmoqlarining yuzaga kelişi T.ga bölgan munosabatni tubdan özgartirdi. Natijada T. semantik transpozitsiya (ma'noviy köçiş) ning hosilasi tarzida örganiladigan böldi. Özbek tilşunosligida T.ning mazkur körinişlari alohidaalohida tadqiqotlarning manbai bölib, badiiy matnlar asosida atrofliça örganilgan.
Ad.: Lingvistika i poetika, M., 1979; Özbek tili stilistikasi, T., 1983.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 661-b. — ziyouz.com