VEKSEL (nem. Wechsel — ayirboşlaş) — körsatilgan muddatda muayyan miqdordagi pulni tölaş majburiyati qayd etilgan qarzdorlik haqidagi rasmiy hujjat; qimmatli qoğoz. U universal tölov, kredit va hisob vositasi bölib, xalqaro savdoda tölov majburiyati; qisqa muddatli (6 oy) tijorat-kredit vositasi; banklararo uzoq muddatli munosabatlarni şakllantiruvçi vosita; banklardan ssuda oliş uçun garov (şuningdek tijorat banki markaziy bankdan ssuda olişda beradigan garov) tarzida keng qöllaniladi. V.ning asosan oddiy V. (qarzdor tomonidan muayyan summani belgilangan muddatda qaytariş haqida qarz beruvçi oldidagi majburiyat), ötkazma V. (qarz beruvçining qarzni V.ni taqdim etuvçiga yoki hujjatda körsatilgan şaxsga tölaş haqidagi buyruği), xazina V. (öz xarajatlarini qoplaş uçun davlat tomonidan çiqariladi), moliya V. (bir bank boşqa bankka qarz puli oliş uçun beradi), tijorat V. (tovar egasiga garov tarzida beriladi) va b. turlari bor.
V. hisob vositasi va ayirboşlaş hujjati sifatida Yevropa mamlakatlarda 17-a.da şakllandi. 19-a.ning oxiridan boşlab Turkistondagi xususiy tijorat banklari savdo-sotiqda V. muomalasini keng yölga qöygan. Sobiq Ittifoqda, şu jumladan Özbekistonda V. yangi iqtisodiy siyosat davrida (davlat hamda kooperativ korxonalar örtasidagi munosabatlarda) ham işlatilgan. 1930—32 y.lardagi kredit islohotida bevosita maqsadli bank orqali kreditlaşga ötilişi b-n mamlakat içida V. muomalasi tugatilgan. Boşqa köpgina davlatlarda V. muomalalari 1930 y. Jenevada qabul qilin-gan «Veksel töğrisida»gi konvensiyaga muvofiq olib boriladi. Unda V.ning kuyidagi majburiy unsurlari bölişi qatiy belgilangan: V. belgisi — «Veksel» yozuvi; V.da körsatilgan summani sözsiz tölaş majburiyati; qarz tölovçi va birinçi V. egasining nomi; remitent nomi; tölov muddati va joyi; V. töldirilgan sana va manzil; V. beruvçining imzosi.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 94-b. — ziyouz.com