VENTILYATSIYA (lot. ventilatio — şamollatiş) — xonalarning havosini almaştirib turiş hamda bu işni amalga oşiradigai qurilmalar majmui. Şaxtalar, sanoat korxonalari, turar joy binolari, jamoat uylari havosini yangilaş uçun qöllaniladi. Binolarning havosi vaqt ötişi b-n fizik va kimyoviy jihatdan salbiy tomonga özgaradi, çunki odam terisi, nafas a'zolari orqali, uskunalarning işlaş jarayonlari tufayli va b. yöllari b-n taşqi muhitga issiqlik. suv buğlari, karbonat angidrid va qölansa hidli moddalar (ter, organik moddalarning buziliş mahsulotlari va b.) ajraladi. Ma'lumki, katta yoşdagi odam normal (20°) t-rada taşki muhitga 1 soatda 22— 40 l karbonat angidrid, 100—200 kkal issiqlik va 50 g suv buği çiqaradi. Yopiq xonalar havosi özgarganda organizmdagi ba'zi jarayonlar buzilib: kişi dimiqib qoladi. Ba'zi sanoat korxonalaridan çiqadigan badböy hid va kimyoviy moddalardan ifloslangan havo kişilarning markaziy nerv sistemasi, yurak-tomir sistemasi, içki a'zolari va hatto muşaklariga ta'sir etib, kon bosimini oşiradi, yurak uruşini tezlaştiradi, içki bosimini kötarib yuboradi va h.k. Kişilarning yaşaşi, işlaşi va dam olişi uçun mö'tadil şaroit yaratiş da V. muhim omil hisoblanadi. Issiq mintaqali joylarda, şu jumladan Örta Osiyo hududida V. ning ahamiyati ayniqsa katta. Şuning uçun bölsa kerak ota-bobolarimiz, ustalarimiz, qad. me'morlarimiz unga azaldan e'tibor berib kelişgan. Eşik va derazaning yuqori qismiga işlangan panjaralar, oşxona, novvoyxonalar tomidagi oçiq mörilar V. vazifasini ötagan.
V. ning tabiiy vasun'iy xillari böladi. Tabiiy V.da xonalar deraza va eşiklar orqali şamollatiladi. Sun'iy V.da maxsus qurilmalar (ventilyator va b.) işlatiladi. Sun'iy V. havo öz-özidan almaşinadigan (xona içidagi va taşqi havo oğirliklari orasidagi farq hisobiga) va majburan (ventilyator yordamida) almaştiriladigan xillarga bölinadi. Sanoat binolarida zararli va portlaş xavfi bölgan gaz hamda çanglar ejektor yordamida çiqarib turiladi. Turar joylarda eşik, rom orqali havo doimo almaşinib turadi (tabiiy V.), taşki havo t-rasi xonadagi havo t-rasidan qança köp farq qilsa, havo şunçalik yaxşi almaşinadi. Köp qavatli uylarda xonalar havosini toza tutiş uçun oşxona, vanna, hojatxona havosi V. tizimi yordamida almaştirib turiladi. V. umumiy (hamma xonalar markazlaşgan usulda şamollatiladi) va mahalliy (xonalar alohida-alohida şamollatiladi) xillarga ham bölinadi. Teatr, kinoteatr, restoran, maktab, kasalxona va b. jamoat binolarida asosan sun'iy va umumiy şamollatiş tizimi işlatiladi. Xonalarni V. yordamida şamollatib turişdan taşqari ularning t-rasi va namligini mö'tadillab turiş ham zarur. Bu tadbir konditsioner va isitiş tizimlari yordamida amalga oşiriladi.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 124–125-b. — ziyouz.com