VOLGOGRAD VILOYATI - RF tarkibidagi viloyat. 1936 y. 5 dek.da taşkil etilgan. Mayd. 113,9 ming km2. Aholisi 2645 ming kişi (1999), şaharliklar 76%. V. v.da 19 şahar, 32 şaharça bor (1991). Markazi — Volgograd ş.
V. v. Quyi Volga böyida daşt va çala çöl zonasida. Volga daryosi vodiysi viloyat hududini 2 qismga: ğarbiy — öng sohil va şarqiy (Zavoljye) qismlarga ajratadi. V. v.da neft, tabiiy gaz, oş tuzi va magniy tuzi (Elton kölida), fosforit konlari topilgan. Mineral buloqlar mavjud. V. v. ning iqlimi kontinental, quruq. Yanv. ning örtaça t-rasi — 8 dan — 12» gaça, iyulniki 23°. Yiliga 350 mm yoğin yoğadi. Asosiy daryolari: Volga va Don. Yirik köllari: Elton, Gorkosolyonos; Simlyansk va Volgograd suv omborlari bor. V. v. energetika asosini Volga GES, Volgograd GRESlari va b. issiqlik elektr markazlari taşkil qiladi. Metallurgiya (pölat sim-kanat, quvur, alyuminiy z-dlari), maşinasozlik (traktorsozlik, minora kranlari, podşipniklar, elektrotexnika, neft, oziq-ovqat sanoatlari uçun jihozlar) sanoatlari rivojlangan. Viloyatda kimyo va neft kimyosi (sintetik tola, sintetik kauçuk, şina, texnik rezina, azot-kislorod z-dlari) sanoatlari katta örin egallaydi. Quriliş materiallari işlab çiqariladi. Yengil (asosan töqimaçilik), yoğoçsozlik va oziq-ovqat (göşt, sut, un-yorma, yoğ-moy, konserva) sanoati tarmoqlari rivojlanmoqda. Asosiy sanoat markazlari — Volgograd, Voljskiy, Kamişii, Uryupinsk, Mixaylovka. V. v.da ğalla ekinlaridan burdoy, tariq, texnika ekinlaridan xantal (gorçitsa) ekiladi, polizçilik (tarvuz), sabzavotçilik rivojlangan. Çorvaçilikda köproqqoramol, qöy va çöçqa boqiladi. Boğdorçilik rivojlangan. Transportida t.y., suv yöli va avtomobil yöllari katta örin tutadi. V.v.da 8 oliy öquv yurti, 4 teatr, 5 muzey bor (1999).
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 230–231-b. — ziyouz.com