XLOROZLAR (yun. chloros — oç yaşil, yaşilsarğiş), ösimlik barglarining rangeizlanişi — barglarning kisman yoki butunlay sarğayişi bilan keçadigan kasallik. X.da bargda xlorofill hosil bölişi buziladi va fotosintez jarayoni susayadi (barglarning maydalaşuvi, ularning barvaqt tökilişi, poya uçlarining qurişi, ildiz tuklarining nobud bölişi va b. kuzatiladi). Patogen mikroorganizmlar, tuprokda temir va b. mikroelementlarning yetişmasligi hamda yuqori namlik sabab böladi. Köproq mevali va manzarali ösimliklar zararlanadi. Infeksion (yuqumli) X.ga virus lar, zamburuğlar va b. mikroorganizmlar, şuningdek, virusli X.ni tarqatuvçi zararkunandalar (tripe, şiralar va b.) sabab böladi. Irsiy X. (ola çiporlar) manzarali ösimliklarning ma'lum şakli va navlari uçun normal holat. Noinfeksion yoki funksional X. noqulay tuproqiqlim şaroiti hamda ekinlarni östiriş texnologiyasi buzilganda kelib çikib, tabiatda köproq uçraydi. Noinfeksion X. mineral oziq moddalar — temir, rux, magniy va b. yetişmasligi yoki ular faolligining buzilişi natijasida yuz berişi mumkin. Xlorozlar q.x. ga katta zarar keltiradi. Karbonat angidrid gazining özlaştirilişi va organik moddalar hosil bölişining keskin susayişi tufayli kasallangan ösimlik ösiş hamda rivojlanişdan orqada qoladi, hosil kamayadi va sifati yomonlaşadi. Suğorib yetiştiriladigan ekinlarda X. karbonat tuzlariga boy tuprokli joylarda köp kuzatiladi, çunki karbonatlar temir tuzlarini suvda erimaydigan birikmalarga aylantirib yuboradi, temir yetişmasligi sababli barglar rangsizlanadi. Şuningdek, ekinlarda X. suv kuçli minerallaşganda, ya'ni tuprokda har xil mineral tuzlar köp bölganda ham yuz berişi mumkin.
Kuraş çoralari: yerga temir tuzlari, mineral va mikroöğitlar soliş, drenajlar quriş, söruvçi haşarotlar va begona ötlarga qarşi kuraş, almaşlab ekiş, kuzgi şudgorlaş.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 155-b. — ziyouz.com