XMELNITSKIY VILOYATI (1954 y.gaça Kamenets-Podolskiy) — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1937 y. 22 sent.da taşkil etilgan. Mayd. 20,6 ming km2. Aholisi 1396 ming kişi (2004), asosan, ukrainlar (90,8%); şuningdek, rus, polyak, yahudiy, belorus va b. millat vakillari ham yaşaydi. Şahar aholisi 32%. Muhim şaharlari: Xmelnitskiy, KamenetsPodolskiy, Şepetovka, Slavuta. 20 tuman, 24 şaharça bor. Markazi — Xmelnitskiy ş.
Tabiati. X.v. Podoliya qirlarining markaziy qismida joylaşgan. Iklimi mö'tadil, kontinental. Yozi iliq va sernam; iyulning örtaça trasi 19,4°; qişi yumşoq, yanv.ning örtaça trasi —5,6°. Yiliga 563—622 mm yoğin tuşadi. Vegetatsiya davri 217 kun. Daryolari Dnestr, Jan. Bug, Gorin, Sluç. Tuprogi, asosan, kam çirindili qoratuproq, podzollaşgan krratuproq, sur va oç sur tusli, qumoq, çimlipodzollaşgan, çimlikarbonatli tuproklar. X.v., asosan, örmonli daşt zonasida. Hududining 13,4% örmon (dub, qayin, toğterak, grab, zarang, jöka ösadi). Quyon, tulki, böri, yelik, los, tiyin, kemiruvçilar bor.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
Xöjaligi. Oziq-ovqat sanoatida, ayniqsa, şakarqand tarmoği rivojlangan. Moysir korxonalari, göşt ktlari, sabzavotkonserva, pivo, qandolatpazlik sanoat tarmoqlari bor. Yengil sanoat tarmoklaridan movut i.ç., tikuvçilik, trikotaj, könattorlik, poyabzal, yigiruvtöquv tarmoklari rivojlangan. Stanoksozlik va asbobsozlik zavodlari, elektrotexnika, avtomatlaştiriş va boşqaruv sistemasi vositalari priborsozligi, radiotexnika, traktor va q.x. maşinasozligi, avtoagregat, maşinasozlik (yengil va oziq-ovqat sanoatlari uçun maşinalar) zavodlari bor.
Q.x. gallaçiliklavlagikorlik bilan sutgöşt çorvaçiligiga ixtisoslaşgan. Ğalla, sabzavot va kartoşka, yemxaşak, texnika ekinlari ekiladi. Boğdorçilik rivojlangan. Krramol, çöçqa, qöy va parranda boqiladi. Hovuz baliqçiligi va asalariçilik bilan ham şuğullaniladi. T.y. uzunligi 732 km. Dnestr daryosida kema qatnaydi. Xmelnitskiy ş. avialiniyalari orqali Kiyev, Lvov, Çernovsi va b. viloyatlar bilan boğlangan. 3 oliy öquv yurti, 3 muzey, 2 teatr, filarmoniya bor.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 157–158-b. — ziyouz.com