XOLDING, xolding kompaniya (ing. holding — egalik) — asosiy faoliyati korxonalarning aksiyalarini öz tasarrufiga oliş orqali ularning işini nazorat qiliş va boşqarişdan iborat bölgan kompaniya, boş korxona. X. tarkibida asosiy korxona va şö'ba korxona yoki bir neça şö'ba korxonalar mavjud böladi. Xolding kompaniyaning özi i.ç. faoliyati bilan şuğullanmasligi mumkin, lekin köp hollarda X.lar aksiyalarni boşqariş bilan bir katorda moliyakredit, savdo, transport va b. faoliyat turlari sohasida tadbirkorlik bilan şuğullanadi. Iş okilona taşkil etilganda X. yagona ilmiytexnika, investitsiya, taşqi iqtisodiy siyosatni ötkaziş, ayrim xizmatlarni markazlaştiriş imkoniyatini yaratadi. X. boşqa korxonalar aksiyalarining paketlariga egalik qiliş orqali nazoratidagi korxonalarning direktorlar kengaşi, boşqaruvi va b. rahbar organlariga özi taklif etadigan nomzodlarning saylanişini ta'minlaş imkoniyatiga ega böladi. X.ning asosiy belgisi bir korxona (boş korxona) boşqa korxona yoki korxonalar (şö'ba korxonalar) tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni nazorat qiliş imkoniyatiga egaligida. Bir qança korxonalarni boşqarişning X. şakli ularning mustaqilligini bekor qiliş bilan bir korxonaga birlaştiriş, bir markazga töliq böysundiriş va özaro faoliyatni muvofiqlaştiriş uçun teng huquqli korxonalar assotsiatsiyasini taşkil etiş örtasidagi oraliq şakl hisoblanadi. Özining taşkiliyhuquqiy şakliga köra, X., odatda, aksiyadorlik jamiyati qatoriga kiradi. Öz navbatida, aksariyat hollarda, X. aksiyalariga uning özi nazorat qiladigan korxonalar egalik qiladi, bu esa korxonalarning manfaatlarini özaro va X. kompaniya manfaatlari bilan uyğunlaştiriş imkoniyatini yaratadi.
Özbekistonda 20-a.ning 90-y. lari örtalaridan yoqilği sanoatida «Özneftgaz» milliy xolding kompaniyasi, mebel sanoatida «Fayz» xolding kompaniyasi; oziq-ovqat sanoatida «Özmevasabzavotuzumsanoat xolding» kompaniyasi, qişloq xöjaligi maşinasozligida «Özqişloqxöjalikmaşxolding» kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat olib boradi. Köp hollarda boşqa korxonalar faoliyatini nazorat qiladigan (ularning aksiyalariga egalik qiliş orqali) kompaniyaning özigina emas, balki X. orqali özaro boğlangan yuridik şaxslar majmui ham X. deb ataladi.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 171-b. — ziyouz.com