XOR (yun. choros — davra öyin qöşiği) — 1) antik davr teatr tomoşalarining jamoaviy iştirokçisi; birgalikda kuylab, raqsga tuşib dramatik holatlarga, qahramonlar harakatiga izoh beradigan aktyorlar guruhi; 2) xonandalar jamoasi. Tarkibiga köra, bir turdagi (erkaklar xori, ayollar xori, bolalar xori) va aralaş, şuningdek, ijroçilar soniga qarab kamer (12— 20 kişidan iborat), kiçik va katta [100—120 gaça; qöşma X.larda 500— 1000 va undan ortiq iştirokçi qatnaşişi mumkin] X.larga bölinadi. Yevropada professional unison X.lar xristian çerkovlarda 4-a.dan ma'lum (kliros). 10—13-a.lardaX. jamoasining ovoz (partiya)larga bölinişi boşlandi. Gomofoniya uslubi va mumtoz garmoniyanutt rivoji davri (17-a.)dan aralaş X. jamoasi 4 ta (soprano, alt, tenor, bas) partiyaga ajratildi. X. ijroçiligi musiqa çolğulari jörligida va jörsiz (a kapella) böladi. Özbekistonda köp ovozli X. ijroçiligi 19-a. oxiridan rivojlana boşladi (V. Sakoviç, N. Mironov. S. Kuzmenko va b. rahbarligidagi jamoalar). Professional X.lar 20-a. örtalarida taşkil topgan: Özbek radiosi X.i (1947, V. Verov), Navoiy teatri X.i (1948), Özbek filarmoniyasining Davlat akademik kapellasi (1952, S. Valenkov va A. Sultonov). Aynan şu davrdan boşlab X. ijroçiligi maxsus musiqa ta'limi tizimiga kiritildi, professional jamoalar qatorida öquv, havaskor, bolalar X.lari keng rivoj topdi. Hozirda Özbekistonda bir neça professional X. jamoalari faoliyat körsatmoqda. Özbekiston davlat akademik kapellasi (1978—2001 y.larda badiiy rahbari va boş dirijyori — A. Hamidov, 2002 y.dan D. Jdanov). Repertuaridan çet el kompozitorlari (Kerubini, Motsart, Verdi, Fore, Gendel, Taneyev, Çesnokov, Raxmaninov va b.)ning mumtoz asarlari, şuningdek, qayta işlangan özbek xalk, qöşiqlari, Özbekiston kompozitorlari asarlari örin olgan. Özteleradiokompaniyasi qoşidagi Respublikada xizmat körsatgan xor jamoasi (taşkilotçisi — B. Umidjonov, 1960; 2003 y.dan badiiy rahbari — D. Malikova, dirijyori —J. Şukurov). Ijro uslubida Yevropa xor an'analari bilan milliy xonandalik. uslublari uyğunlaşgan. Repertuaridan M. Burhonov, B. Umidjonov, S. Boboyev, Ik. Akbarov, M. Nasimov va b. qayta işlagan xalq qöşiklari, M. Bafoyev, F. Alimov, B. Lutfullayev, D. Omonullayeva, N. Ğiyosov va b. özbek kompozitorlarining poema, kantata, oratoriyalari asosiy Urin tutadi. Xususiy taşkil etilgan «Ipak yöli» kamer xori (2001, D. Jdanov) faoliyat yuritmoqda. Repertuaridan jahon xalqlari qöşiqlari, çet el mumtoz asarlari urin olgan (yana q. «Bulbulça»).
Barno Musaboyeva.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 192–193-b. — ziyouz.com