XOREOGRAFIYA (yun. choreia — raqs va ... grafiya) — 1) şartli belgilar asosida yoki sözlar bilan bayon etiş orqali raqsni yoziş. 15-a. oxiridan raqsni yoziş böyiça urinişlar bölgan bölsada, asosan, 17-a. oxiri — 18-a. boşlaridagina bal va sahna raqsi nazariyasini işlab çiqilgani tufayli bir guruh fransuz baletmeysterlari va raqs öqituvçilari (P. Boşan, R. Fyoye, Favye, P. Romo) raqsni yozib oliş tizimini işlab çiqsilar. «X.» atamasi dastlab R. Fyoye tomonidan «Xoreografiya, yoxud rake yozuvi san'ati» kitobi (1700)da qöllanilgan. 20-a. davomida dunening turli mamlakatlarida raqs yozişning 70 dan ortiq tizimlari joriy qilingan bölib, şu asosda xalq raqslari, balet spektakllarini yozib oliş yölga qöyilgan. Ularni, asosan, 3 toifaga böliş mumkin: rake harakatlarini şartli belgilar bilan ifoda qiliş, söz bilan bayon etiş va nota yozuvida şartli belgilar qöşib yoziş. Oxirgi bandi Xitoy va Jan. Koreyada keng tarqalgan. Özbekistonda garçi raqs asrlar davomida yaşab, rivojlanib kelgan bölsada, ötmişda raqs yozilmagan. Natijada qançadanqança mumtoz va xalq raqslari izsiz yöqolib ketgan. 1936— 41 y.lardagina etnograf Iraida Vaxta «Katta öyin» nomli Farğona raqs turkumini söz bilan yozib olgan. Unga Ğulom Zafariy va musiqaşunos Ye. Romanovskaya yaqindan yordam bergan. Şu davrda Usta Olim Komilov bilan Tamaraxonim «Doyra darsi» maşgulotlarini yaratib, şu asosda yoş ijroçilarni tarbiya qila boşlagan. Ammo rake yozuvini yaratiş uçun muayyan bir tizim işlab çiqiş lozim edi. Bu işni Roziya Karimova raqs harakatlari asosida işlab çiqdi. «Farğona raqsi», «Xorazm raqsi», «Buxoro raqsi», qöllanmalari, «Özbek raqslari» dareligi va b.; 2) xalq raksi yönalişidagi va balet spektakllarini ijod qiliş san'ati. Şu ma'noda «X.» atamasi 19-a. örtalaridan qöllana boşlagan. Şu sababli «baletmeyster» atamasi örniga ba'zan «xoreograf» atamasi işlatiladi; 3) san'atşunoslikda 19-a. oxiri — 20-a. boşlaridan «X.» atamasi umuman raqs san'atini, balet teatrini ifodalovçi keng ma'noda işlatila boşlandi. (Yana q. Raqs).
Ad..Karimova R., Özbek raqslari, T., 2003.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 235-b. — ziyouz.com