YIĞI MAROSIMI — ölim va dafn marosimi b-n boğliq udumlardan biri. Ölim oila boşiga tuşgan oğir musibat. Köp yerlarda, xususan, qişloq joylarda Y. m. odat tusiga kirgan bölib, ma'lum tartibda ötadi. Ayollar yakka tarzda yoki bir-birlari b-n körişib yoki davra qurib ötirib (ba'zan tik turib) yiğlaydilar. Ötirib yiğlaşda katta davra quradilar. Odatda, qişloqda, şahar mahallalarida aza qöşiğini aytuvçi yiğiçi (göyanda) ayollar bölgan. Ta'ziya marosimida yiğini göyanda boşlaydi, örtaga tuşib va vafot etganning belboği, marhum, ayol bölsa, römolini böyniga taşlab, uning yaxşi xislatlarini, tirikligida qilgan işlarini yaqinlari tilidan ta'sirli qilib aytib yiğlaydi. Azador qiz va kelinlar yiğiga qöşiladilar, boşqa ayollar ham jör böladilar. Y.m. ning ikkinçi körinişi sadr (sadr tuşiş) nomi b-n ma'lum. Bunda marosimga yiğilgan ayollar tik turib, davra qurib yiğlaydilar. Aytuvçi davraning örtasida turadi, u b-n davra içida şu xonadonning ayollaridan biri (onasi, xotini, qizi va b.) ham bölgan. Aytuvçi yuqoridagi tartibda, marhum nomini va uning yaxşi xislatlarini aytib yiği boşlaydi. Ayollar aylanib, tepinib davrani buzmasdan, gir aylanib yiğlaydilar. Aytuvçi yiğining bu körinişi qişloqda yoki mahallada bir yil davomida ölgan kişilarning nomini navbat b-n aytib bölmagunça davra yiğisi davom etgan. Bu odatlar Movarounnahr va Xorazm ölkasida qadimdan mavjud bölib, bizgaça yetib kelgan. Köp joylarda, Mas, Özbekistonning jan. viloyatlarida sadr tuşiş odati kam uçraydi. Lekin islomda, hadisi şariflarda marhumga faryod urib yiğlaş ma'qul sanalmaydi. Marhumning el-yurtga kilgan yaxşi amallarini xotirlab, unga Allohdan rahmat tilaşga çaqiriladi.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 11-b. — ziyouz.com