Amerika prof. Lengli benzin b-n işlaydigan, quvvati 50 o.k. ga teng motor örnatilgan samolyot qurdi, bu samolyot katapulta yordamida uçirib sinalayotganda havoga kötarildi-yu, şu zahoti ağdarilib tuşdi. Fransuz konstruktori Kleman Ader körşapalak şaklidagi uçiş apparati («Avion»)ni qurdi (1897), u 300 m uçib borib, yerga ağdarildi. Nemis muhandisi Otto Liliyental 1891—96 y.larda özi loyihalagan planerlarda juda köp marta uçdi va 1896 y. 9 avg.da 20 m balandlikdan planerda yerga qulab, halok böldi.
AQŞda aka-uka Vilbur va Orvil Raytlar planerda uçişni örganib olganlaridan keyin samolyot qurdilar. Orvil Rayt bu samolyotda 1903 y. uçib kördi. Bu samolyotga quvvati 16 o.k.ga teng dvigatel örnatilgan edi. Birinçi uçişda samolyot 32 m gaça parvoz qildi, uçiş 3,5 sek. davom etdi. A.ning rivojlanişida N. Ye. Jukovskiy va S. A. Çapligin asarlari muhim rol öynadi: Jukovskiy samolyot qanotlariga ta'sir qiluvçi kuçlar hisobini berdi, bir qança qanot şakllarini yaratdi va ularni sinovdan ötkaziş usullarini körsatdi, Çapligin katta tezliklar aerodinamikasiga asos soldi.
A. 20-a. boşidan tez sur'atlar b-n rivojlana boşladi, 1908 y. uçiş uzoq,ligi böyiça qöyilgan rekord 2 soat 18 min.ni, 1912 y. 13 soat 17 min.ni, tez uçiş rekordi esa 1909 y. 80 km/soatni, 1912 y. 170 km/soatni taşkil etdi. Samolyotda 1909 y. atigi 510 m balandda uçilgan bölsa, 1913 y. 5610 m balandda uçildi. 1909 y.da fransuz konstruktoruçuvçisi L. Blerio «Blerio-XI» nomli samolyotida Lamanş böğozi orqali Fransiyadan Angliyaga uçib ötdi. Şu yili bir qança mamlakatlarda dastlabki A. z-dlari qurildi. Akad. B. N. Yuryev 1910 y. bir vintli vertolyot loyihasini tuzdi va şu loyiha asosida vertolyot qurdi (1912). Moskvada taşkil etilgan xalqaro körgazmada vertolyot uçun Yuryev oltin medal b-n mukofotlandi.
Rus muhandisi Ya. M. Gakkel 1910 y. qöş qanotli samolyot qurdi. 1911 y. köp yuk kötara oladigan va uzoq, masofaga qönmay uça oladigan samolyot loyihalanib, sinab körildi. Şu yili rus ixtiroçisi I. I. Sikorskiy 4 motorli «Ilya Muromets» samolyotini qurdi. 1914 y. AQŞda «Kertiss» samolyoti, 1915 y. Germaniyada «Simens Şukker» samolyoti qurildi. 1914 y. rus konstruktori V. A. Slesaryov «Svyatogor» samolyoti loyihasini tuzdi, bu samolyot ikki motorli, qöş qanotli edi. Rus konstruktori D. P. Grigoroviçning M-5 (1915) va M-9 (1916) markali uçar qayiqlari öşa davrda eng yaxşi gidrosamolyot hisoblangan. A. texnikasining rivojlanişi b-n bir qatorda dunyo olimlari aerodinamika va samolyotning mustahkamligi sohasida nazariy izlanişlar va tajribalar ötkazdilar, samolyot va havo vinti nazariyasi, samolyotlarning tezligi va uçiş balandligi ustida işladilar.
20-y.lar boşlarida A. sanoatida metall konstruksiyali samolyotlar qurilişi tez rivojlana boşladi. A. N. Tupolev 1923 y. ANT-1, söngra ikki örinli ANT-2 samolyotini yaratdi. Tupolev rahbarligida loyihalangan ANT-3 («Proletariy») samolyotida 1926 y. uçuvçi M. M. Gromov Yevropani aylanib uçib ötdi. Amerikaning «Rayan» firmasida tayerlangan samoletda 1927 y.da uçuvçi Ç. Lindberg birinçi marta AQŞdan Atlantika okeani orqali Yevropaga uçib ötdi. 1928 y.da «Bremen» W-33 (Germaniya) samolyotida birinçi marta Yevropadan Atlantika okeani orqali Şimoliy Amerikaga uçib ötdi. Amerikaning «Duglas» firmasi tayyorlagan DS-3 va S-47 samolyotlaridan köp yillar davomida dunyoning köpgina mamlakatlarida foydalanildi. Tupolev rahbarligida loyihalangan ANT-4 (TB-1) samolyotida 1929 y. uçuvçi S. A. Şestakov Moskvadan kötarilib, Sibir, Tinç okean orqali 20000 km parvoz qilib, Nyu-Yorkka qöndi. 1928 y. ANT-9, keyin ANT-25 (RD) samolyotlari yaratildi.
1937 y. 18—20 iyunda uçuvçilar V. P. Çkalov, G. F. Baydukov va şturman A. B. Belyakovlar ANT-25 samolyotida Moskva—Şimoliy qutb—Vankuver (AQŞ) marşruti böyiça 8504 km masofani 63 soatu 16 min.da qönmay uçib ötişdi. 30-y.lardan boşlab biplanlan monoplanga ötildi. Bu esa aerodinamika, quriliş mexanikasi va dvigatel qurilişidagi yutuqlarga boğliq edi. Mustahkamlikka hisoblaşning aniq usullari yaratildi. Samolyotlar ğildiraklarini tormozlaşni işlab çiqiş hamda qanotni mexanizatsiyalaş qanotlarga tuşadigan kuçlarni oşirişga imkon berdi va şu b-n uçiş tezligi oşirildi. 1915 y.da «Fokker» (Germaniya) samolyoti uçiş tezligi 150 km/soat, uçiş balandligi 5000 m bölgan bölsa, 1920 y.da bu körsatkiç «Fokker» D-VII, «Fokker» D-VIII (Germaniya), «Balilla» A-1, «Ansaldo» SVA-10 (Italiya) da 200 km/soat, 7000 m ga, 1940 y.da esa Xauker «Xarrikeyn», «Spit-fayer», Mk-1 (Angliya), «Brusten» F2A-1, «Kertiss» R-36A, «Boum» V-150 (AQŞ) samolyotlarida 660 km/soat, 12000 m ga yetdi. Şu bilan birga samolyotlarning uçiş uzoqligi ham ortib bordi. 1915 y.da bu körsatkiç 400 km bölgan bölsa, 1940 y.ga kelib 4000 km ga yetdi. Seriyalab işlab çiqariladigan dvigatellarning quvvati 700 o. k.dan 2000 o. k.gaça yetkazildi. Rossiya, Angliya, Germaniya, Italiya va AQŞ da reaktiv dvigatel yaratiş borasida qizğin iş olib borildi. 1943—50-y. larda Angliyaning De Xevillend va Komitem Brabazen aviatsiya firmasi 40 yölovçiga möljallangan «Komet-1» reaktiv samolyotini işlab çiqdi va sinovdan ötkazdi. Uning uçiş tezligi 800 km/soat, uçiş balandligi 12 km, uçiş uzoqligi 1650 km. 1952 y.da uning «Komet-2», «Komet-ZV» va «Komet-4» zamonaviylaştirilgan modellari işlab çiqarila boşlandi. 1955 y. A. N. Tupolev rahbarligida TU-104 reaktiv samolyoti qurildi. Bu samolyot soatiga 800 km tezlik b-n 8000—10000 m balandlikda 3000 km masofani qönmay uçib öta olgan.
1958 y.da AQŞ da birinçi «Boing-707-120» reaktiv samolyoti qurildi. 120 yölovçiga möljallangan bu samolyotning uçiş tezligi 845 km/soat, uçiş balandligi 11 km, uçiş uzoqligi 6000 km. 1959 y.da Fransiyada «Karavella» samolyoti qurildi. Reaktiv yölovçi samolyotlarning tejamsizligi tufayli turbovintli dvigatel (TVD) örnatilgan samolyotlar işlab çiqarişga ötildi. 1952 y.da ingliz konstruktorlari ana şunday konstruksiyali «Bristol-175» («Britaniya») samolyotini yaratdilar (63—79 örindiqli, tört dvigatelli, uçiş tezligi 570 km/soat, uçiş uzoqligi 8600 km bölgan). 1957 y. turbovintli IL-18 samolyoti qurildi. 1956 y. O. K. Antonov rahbarligida 2 ta turbovintli dvigatel örnatilgan 40 örinli AN-24 samolyoti, şundan keyin 4 ta turbovintli dvigatel örnatilgan 84 örinli AN-10 samolyoti qurildi. Keyinçalik 1959 y.da «Elektra» (AQŞ) samolyoti işlab çikarila boşlandi. Söngra S. V. Ilyuşinning 186 örinli IL-62 yölovçi samolyoti, 350 örinli IL-86 aerobusi yaratildi. Rus ixtiroçisi I. P. Bratuxin ikkita dvigatel örnatilgan «Omega» vertolyotini va ikki motorli B-11 vertolyotini kurdi. 1961 y. turbovintli V-2 hamda V-8, V-12 vertolyotlari qurildi.
1966 y.da Fransiya, Germaniya, Angliya, Niderlandiya va Ispaniyadagi aviatsiya firmalari birgalikda Yevropada yangi Eyrbas Indastri konsernini tuzdi. Şu yili AKŞ dagi Lokxid, Boing, Duglas firmalari va Eyrbas Indastri konserni keng fyuzelyajli samolyotlar — aerobuslar yaratişga kirişdi. Şundan söng AQŞ dagi firmalar L-1011 «Trister», «Boing-747» va DC-10 aerobuslarini, Eyrbas Indastri konserni esa A-300 samolyotlari ni köplab işlab çiqara boşladi. 500 yölovçiga möljallangan «Boing-747» samolyotining uçiş tezligi 935 km/soat, uçiş uzoqligi 10000 km dan ortiq. Keyingi yillarda bu samolyotning bir neça zamonaviylaştirilgan modellari işlab çiqarildi: 500 yölovçiga möljallangan «Boing-747-100», 516 yölovçiga möljallangan «Boing-747- 200V», 670 yölovçiga möljallangan «Boing-747SR» va b. A-300 samolyotlari 280—345 yölovçiga möljallangan ikki dvigatelli, uçiş tezligi 917 km/soat, uçiş uzoqligi 2600—3900 km.
1983 y.da bu samolyotning keyingi avlodlaridan A-300—600 uça boşladi. Keyinçalik «Boing-747» aerobusi b-n raqobatlaşadigan A-310, A-320, A-330, A-321, A-340 va b. işlab çiqarildi.
Köp mamlakatlarda 1960 y. oxiridan boşlab tovuşdan tezuçar samolyotlar yaratiş ustida qizğin iş olib borilmoqda. Rossiyada Tu-144, Angliya va Fransiyada «Konkord», samolyotlari yaratildi. Bular soatiga 2500—3000 km tezlik b-n bir neça ming km masofaga qönmay uça oladi. Harbiy samolyotlar 30 km balandlikda 10000 km masofaga qönmay uçadi.
Harbiy A. Qadimda Xitoy va b. ba'zi mamlakatlarda harbiy maqsadlarda varrakdan foydalanilgan. Harbiy A. har qaysi mamlakatda turli vaqtlarda paydo bölgan. 1910 y. Fransiyada birinçi marta samolyotlar manyovrda iştirok etib, razvedka vazifalarini bajardi. 1911 — 12 y.larda Tripolitaniya jangida (Italiya b-n Turkiya örtasida bölgan uruşda) harbiy A. birinçi sinovdan ötdi. 1913 y. Bolqon uruşida ham A. dan foydalanildi. 1913 y. «Ilya Muromets» samolyotiga 4 ta pulemyot va bomba taşlaş uçun maxsus asboblar örnatildi. Öşa yili bomba taşlaş tajribasi asosida yangi aeroballistika faniga asos solindi. 1-jahon uruşi boşlanganida Rossiyaning harbiy aviatsiyasida 263 ta, Germaniyada 232 ta, Fransiyada 156 ta, Avstriya-Vengriyada 65 ta, Angliyada 30 ta, AQŞ da 30 ta, Italiyada 30 ta samolyot bölgan. l-jahon uruşi paytida qiruvçi samolyotlar yaratildi. Qiruvçi samoletlarning uçiş tezligi razvedka samolyotlarinikidan yuqori bölgan. 1915 y. maxsus bombardimonçi samolyotlar ixtiro qilinadi. Xuddi öşa paytlarda dengiz samolyotlari ham paydo böldi, ular dengizda razvedka qiliş, duşman kemalariga, obyektlarga bomba taşlaş vazifasini bajardi. Öz ustida 5—7 ta samolyotni olib yura oladigan avianosetslar paydo böldi. 1-jahon uruşidan keyin A. alohida va mustaqil qöşin turi bölib qoldi. 1-va 2-jahon uruşlari örtasida A. sohasida katta siljiş böldi. 1920 y. Rossiyada quvvati 200 o.k.ga teng dvigatelli samolyot işlab çiqarildi. 30-y. lar boşida A. N. Tupolev TB-1 hamda TB-3 markali oğir bombardimonçi samolyotlarni, 1935 y. uzun qanotli bir motorli SAGI-25 samolyotini yaratdi. Bu samolyotda Moskvadan Şim. qutb orqali Amerikaga qönmasdan uçib ötildi. S. V. Ilyuşin ikki motorli bombardimonçi RB-3 samolyotini, A. S. Yakovlev eng yengil va tez uçadigan qiruvçi YAK-1 samolyotini yaratdi. Uruş yillarida Yakovlev yana boşqa köplab qiruvçi samolyotlarni ixtiro qildi. 1940 y. A. I. Mikoyan b-n N. G. Gureviç 7—8 km balandlikda 600 km tezlik b-n uçadigan MIG-3 samolyotini işlab çiqdilar. V. M. Petlyakov uzoqqa uça oladigan bombardimonçi samolyot yaratdi. 2-jahon uruşida Angliyada «Tayfun», «Moskito», «Lankester», «Galifaks» nomli yangi bombardimonçi samolyotlar işlab çiqara boşlandi, AQŞ da tört motorli, öta tezuçar qal'a B-29, «Eyrkobra», «Boing-17» bombardimonçi samolyotlari yaratildi. 1940—42 y.larda birinçi reaktiv dvigatelli samolyot «Kompini-Kaproni», KK-1, KK-2 (Italiya), «Gloster» (Angliya), «Erkomet» (AQŞ)lar uçdi. 1942 y.da turboreaktiv dvigatelli Me-262, Me-263 (Germaniya), «Meteor» (Angliya) samolyotlari işlab çiqarila boşlandi. 1945 y.da «Gloster Meteor-VI» samolyotida uçiş tezligi böyiça jahon rekordi örnatildi (969,9 km/soat), 1947—48 y.larda sobiq Ittifoqda La-15 va MiG- 15 reaktiv samolyotlari, YAK-23 reaktivqiruvçi, IL-28 va Tu-14 bombardimonçi samolyotlar yaratildi. 50—60-y. larda aerodinamika fanidagi yutuqlar, yuqori quvvatli dvigatellarning yaratilişi «tovuş tezligi»dan tez uçadigan samolyotlarni yaratişga imkon berdi. Ular boşqariladigan raketalar b-n qurollantirildi. Yadro quroli va turli raketalar b-n qurollangan qiruvçi samolyotlar, razvedkaçi, bombardimonçi, transport samolyotlari reaktiv hamda turbovintli motorlar b-n ta'minlandi. 80—90-y.larda Mig, Yak, Su markali samoletlarning turli zamonaviylaştirilgan modellari, AQŞda «Fantom» F-4, F-111, SR-71, Fransiyada «Miraj-III», «Miraj-IV», Angliyada «Xarriyer» samolyotlari işlab çiqarila boşlandi. Qurolli kuçlar ixtiyorida bölgan A. öz vazifasiga köra jangovar harbiy-dengiz, havo hujumiga qarşi mudofaa hamda transport A.lariga, harbiy samolyotlar öz taktik-texnik körsatkiçlari jihatidan oğir strategik, örta strategik, yengil taktik bombardimonçi, qiruvçi, razvedkaçi, havoda samoletlarning benzin olişiga imkon beradigan samolyotlar va transport samolyotlariga bölinadi.
Özbekiston ham samolyotsozlik rivojlangan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Özbekistonda samolyotlar işlab çiqariş 40-y.lar boşiga töğri keladi. 1941 y. Ximki ş. (Moskva viloyati)dan Toşkentga köçirib keltirilgan V. P. Çkalov nomidagi aviatsiya z-di negizida barpo qilingan Toşkent aviatsiya z-di (1996 y.dan «Toşkent aviatsiya işlab çiqariş birlaşmasi» davlat aksiyadorlik jamiyati)da dastlab jangovar samolyotlar tayyorlangan. Uruşdan keyingi yillarda IL-14, 1958 y.dan transport samolyotlari AN-10, AN-8, AN-12, 1966 y.dan AN-22 «Antey» samolyotlari, 1973 y.da 40 t yuk kötaradigan birinçi superlayner Il-76 işlab çiqarildi. Il-76 samo-lyotning uçiş tezligi 850 km/soat, uçiş balandligi 12,1 km, uçiş uzoqligi 8 ming km. 90-y.larda z-dning asosiy mahsuloti IL-76 MF transport samolyotlari böldi. 1992 y.da birlaşma özining birinçi yangi Il-114 samolyotini qurdi. 1995 y. bu samolyot Jukovskiy ş.da ötkazilgan körgazmaga qöyildi. 1997 y.da avg.da Davlatlararo aviatsiya qömitasining Aviaregistri tomonidan Il-114 samolyotiga uçişga yaroqli degan sertifikat berildi. Bu samolyot (64 örinli, ikki dvigatelli) S. V. Ilyuşin nomidagi konstruktorlik byurosida yaratilgan bölib, ekologik jihatdan toza, şovqinsiz, tejamli, qulayligi b-n ajralib turadi; yengil boşqariladi, betonli va gruntli yölkadan uçib çiqadi va qönadi. Uning maksimal tezligi 530 km/soat, uçiş balandligi 7800 m, uçiş uzoqligi 1000 km. Dvigateli Rossiya va Kanada mamlakatlarida işlab çiqariladi. 1997 y.da S. Ilyuşin nomidagi aviatsiya kompaniyasi (Rossiya) Il- 114 samolyotini i. ç. va Il-76 MF samolyotini ta'mirlaş huquqini beradigan xalqaro sertifikatlarni Toşkent aviasozlariga topşirdi.
Ad.: Vinogradov R. I., Ponomarev A. N., Razvitiye samolyotov mira, M., 1991; Ruzmetov A. G., Krilya nezavisimogo Uzbekistana, T., 1999.
Zoir Şamsiyev.