BOYSUNTOĞ — Hisor toğ tizmasining eng uzun jan.ğarbiy tarmoği. Surxondaryo viloyatining asosan Boysun, qisman Sariosiyo tumanlari hududida joylaşgan. Şim. şarkdan jan.ğarbga 150 km ga çözilgan. Eng baland joyi — 4425 m (Xöjapiryox toği). B.ning ayrim qismlari turli nomda ataladi: (şim.şarqdan jan. ğarbga) Quştang (3723 m), Ketmonçopti, Sarimas (1886 m), Suvsiztoğ (2124 m). Urtaça bal. 2500—3000 m. B. tizmalari Şeroboddaryo b-n Surxondaryoning suvayirğiçi. B.da 3000 m dan baland dovonlar (Belovti — 3712 m, Gaza — 3018 m) bor. B. gersin va alp orogenezlari davrida burmalangan. Asosan paleozoy erasi granit, granodiorit, gneys, slanets jinslaridan tarkib topgan. Yon bağirlari soy özanlari b-n parçalangan, denudatsiya tektonik şakllari kup tarqalgan. Karst hodisasi rivojlangan. B.ning jan.şarqiy yon bağrilari tik va kambar, şim.ğarbi esa qiya. Jan.şarqiy yon bağrining iklimi ança yumşoq (3000 m gaça) va sernam. Dengiz sathidan 1200—1500 m balandlikda yezda tra 25°, qişda 0°, 2500—3000 m balandlikda esa yezda 17°, qişda — 6°. 750—1800 m balandlikda minimal tra —17°, 1800—2800 m balandlikda — 17° dan —25° gaça. Örtaça yillik yoğin mikdori Boysunda 445 mm, 2000 m balandlikda 800 mm. B.dan kup sersuv dare va soylar boşlanadi (Maçaydaryo, Qayroqsoy, Xöjaipok, Boysunsoy, Şotutsoy, Palğar va b.). Böz tuproq, qönğir, qoraqönğir toğ örmon, oçqönğir ötloqidaşt, oçqönğir baland toğ tuproqlarida toğdaşt, arçazorsiyrak daraxtli örmon, örmon, ötloqdaştyaylov ösimliklari ösadi. B. dorivor, efir moyli, mevali daraxtlar, yem-xaşak va b. maqsadlarda foydalaniladigan ösimliklarga boy. Antropogen ta'sir oqibatida ösimlik qoplamlari maydoni qisqarib, turlarning zaxiralari kamaymoqda. B.da yovvoyi hayvonlar ham köp. Toğdan asosan yaylov sifatida foydalaniladi. Lalmi va suğorma dehqonçilik, boğdorçilik rivojlangan. B.da tuproq eroziyasi, yaylov degressiyasi, toğ landşaftlari degradatsiyasi (yemirilişi), tabiiy ofat hodisalari (sel, öpiriliş, köçki), sodir bölişi keng tarqalgan. B.da 60 mln. yil ilgari yaşab ötgan dinozavr izlari topilgan.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 475–476-b. — ziyouz.com