HANAFIYLIK — sunniylikvyat diniy-huquq mazhablaridan biri. Abu Hanifa Nu'mon ibn Sobit (q. Imomi A'zam) asos solgan. H. qoidalari Abu Yusuf Yoqub (795 y. v.e.), Muhammad aş-Şayboniy (804 y. v.e.), Quduriy (1036 y. v.e.) va b. asarlarida işlab çiqilgan. Bu mazhab tarafdorlari fiqhning 4 asosiy manbaini e'tirof etiş bilan birga boşqa mazhablar vakillariga nisbatan fiqh talablariga rioya etişning qiyos va ijtihod usullaridan kengroq foydalanadi. Bu mazhabning asosiy xususiyatlari quy-idagilardan iborat: Qur'oni karimdan hukm olişda oyatlarning nosix va mansuxlarini obdon aniqlab oliş; hadisi şariflardan huquqqa doirlarini şar'iy hukmlarga asos qilib olişda har bir hadisning sahihli-giga katta e'tibor beriş va ularning nosix, mansuxligini çuqur aniqlaş; sahobalarning ittifoqlik ila çiqargan qarorlari (ijmo') hamda qiyos va ijtihod usullariga binoan huquqiy xulosa çiqarişdan taşqari istihson deb ataluvçi qöşimça manbadan ham foydalaniş.
H. mazhabi oddiy huquq (urf-odat) dan ham huquqning keng mustaqil yordamçi manbai sifatida foydalanadi, bu hol hayotiy ehtiyojlarni va mahalliy odatlarni hisobga olib huquqiy qarorlar qabul qiliş imko-nini beradi. Bu mazhab qoidalari mö'tadilligi, birmunça yumşoqli-gi, qulayligi, xalqlarning mahalliy an'analarini e'tiborga olganligi sababli 11-a.dan boşlab şimol va şarqqa keng yoyilgan. Kiçik Osiyo, Bolqon, Şim. Kavkaz, Qora dengiz, Volga böyilari, Örta Osiyo mamlakatlari, Afğoniston, Hindiston va Xitoyning olis hududlariga tarqalgan. Hoz. davrda dunyo musulmonlarining qariyb yarmi, şu jumladan, yurtimiz musulmonlari H. mazhabiga amal qilgan holda musulmonçilik qonun-qoidalarini bajarib kelmoqda.
Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 85–86-b. — ziyouz.com