Majolis un-nafois
SaqlaşÖqiş: 2 daqiqa
„Majolis un-nafois“ („Nafislar majlislari“) — Alişer Navoiyning tazkirasi. U turkiy tazkiraçilikning ilk namunasi hisoblanadi. Asarda 15-asrda Xuroson va qöşni mamlakatlarda yaşagan şoir, yozuvçi va olimlar ijodiga oid qisqa ma'lumotlar berilgan.
Yaratilişi
13Tazkira 1490–1491-yillarda yozilgan, 1497–1498-yillarda qayta işlangan. Ma'lumotlar yillar, geografik örinlar hamda sulolaviy tartiblarga tayanib joylaştirilgan.
Mazmuni
13Asar 8 „majlis“dan iborat bölib, unda jami 459 kişi haqida ma'lumot keltirilgan.
- 1–2-majlislarda muallifning salaflari, ya'ni tazkira yozilayotgan vaqtda hayot bölmagan şoirlar haqida söz boradi.
- 3-majlisda muallifga zamondoş şoirlar haqida ma'lumot berilgan.
- 5–6-majlislarda Xuroson, Samarqand, Xorazm, Qarşi, Badaxşon, Qazvin, Sova, Kirmon, Şeroz va boşqa joylardan çiqqan kalam ahllari haqida fikr yuritilgan.
- 7-majlis temuriylarga mansub şoirlarga bağişlangan.
- 8-majlis Sulton Husayn Boyqaroga bağişlangan.
Tazkirada şoirlarning bilim darajasi, axloqi, dunyoqaraşi, mehnatga munosabati kabi xususiyatlari alohida körsatilgan. Har bir şoirga berilgan tasnif uning ijodidan namuna keltiriş bilan asoslangan.
Asarda badiiy ijod asosi va mohiyatiga oid nazariy masalalar ham yoritilgan: mazmun va şakl haqida fikrlar ilgari surilgan, şoirlar ijodiga baho berişda asarlarning ğoyaviy mazmuni bilan birga badiiy mahoratiga ham e'tibor qaratilgan. Navoiy öz davri adabiy muhitini va adabiyotdagi poetik janr va turlarning rangbarangligini körsatib bergan. Asar sodda, ravon uslubda yozilgan, fikrlar puxta va ixçam ifodalangan. U 15-asr özbek ilmiy nasrining namunasi hisoblanadi.
Tarjima va naşrlari
13Asar 16-asrda fors tiliga uç marta tarjima qilingan: Faxriy Hirotiy (1521–22, Hirot), Qazviniy (1522–23, Istanbul) va Şoh Ali (1598, Nişopur). Asarning 15-asr oxiri – 16-asr boşlarida köçirilgan bir neça nusxasi Vena, Parij, Boku, Sankt-Peterburg, Toşkent va boşqa joylarda saqlanmoqda. Asar Navoiyning 15 jildlik (12-jild, Toşkent, 1966) va 20 jildlik mökammal asarlar töplamida (13-jild, Toşkent, 1997) naşr etilgan.
Ta'siri
13Tazkira tazkiraçilik işiga samarali ta'sir körsatgan. Şoir Sodiqiy undan ilhomlanib, turkiy tilda „Tazkirai majma ul-xavos“ni tuzgan.
Iqtibos keltiriş
ÖzDSt (GOST)Majolis un-nafois // Manbaa — özgarmas bilimlar manbai. URL: https://manbaa.uz/m/1601 (murojaat sanasi: 26.10.2026).
APAMajolis un-nafois. (2026). In Manbaa. Retrieved 2026-10-26, from https://manbaa.uz/m/1601
Abadiy havola — nom özgarsa ham işlaydi: https://manbaa.uz/m/1601
Manbalar
1 ta manba- 1Wikidata: Q20471831wikidata.org · 3 ta fakt manbasi
Izohlar (0)
Kiring — izoh yoziş va ovoz beriş uçun. Telegram yoki Google orqali — bir bosişda.
Xato topdingizmi?
Manbasi bilan yozing — qabul qilinsa, sanadga muallif sifatida kirasiz.
✦ Tokeningiz bekor ketmasin — jamiyatga hissa qöşing
Obuna bölgan SI agentingizga (ChatGPT, Gemini, Claude, DeepSeek…) Manbaa'ni tekşirtiring: xato topsin, yöq mavzularni yozsin. Tekşiruvdan ötgan har mavzu uçun ball sizga ham, modelga ham.