GEOGRAFIYA (yun. geo... va ...grafik) — Yerning geografik qobiği, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar böyiça özaro ta'siri va taqsimlanişini örganadigan fanlar majmui. Antik dunyo ğarb olimlari Yer yuzasining manzarasini G. sözi b-n ifodalaganlar. G. terminini dastlab Eratosfen (mil. av. 276—194 y.larda yaşagan) kiritgan. Örta Osiyoda 9— 10-a. lardan boşlab G. sözi ma'nosida «surati arz», «yetti iqlim», «Kitob almasolik valmamolik» («Mamlakatlar va masofalar kitobi») iboralari qöllanilgan. 19-a.da va 20-a. boşlarida özbek tilida G. arabça talaffuz b-n «juğrofiya» şaklida yozilgan. Keyinroq G. şakli rasmiy tus oldi. Hoz. davrda «G.» örniga «G. fanlari sistemasi» iborasini qöllaş ilmiy jihatdan töğriroqdir. G. fanlari sistemasi 3 asosiy tarmoqqa bölinadi: a) tabiiy, ya'ni tabiiy geografik fanlar — ularga tabiiy geografiya (umumiy yer bilimi, landşaftşunoslik va paleogeografiyani öz içiga oladi), geomorfologiya, iqlimşunoslik, quruqlik gidrologiyasi, okeanologiya, glyatsiologiya, geokriologiya, tuproklar G.si va biogeografiya kiradi; b) ijtimoiy va iqtisodiy geografik fanlar — umumiy va regional iqtisodiy G., xöjalik tarmoqlari G.si (sanoat G.si, q. x. G.si, transport G.si va b.), aholi G.si, siyosiy G.; v) xaritagrafiya. Undan taşqari G.ga mamlakatşunoslik, tibbiy G., rekreatsiya va harbiy G.-ham kiradi. Keyingi yillarda, koinotni örganiş rivojlanişi b-n selenografiya (Oy G.si), kosmos yerşunosligi kabi sohalar ham vujudga keldi. Yer sun'iy yöldoşlari va kosmik kemadan turib Yer yuzasining suratini oliş va xaritasini tuziş usullari ham yaratildi. G. eng qad. fanlardandir. Odamzod paydo bölgandan keyin muayyan davr ötgaç, tabiiy muhit b-n jamiyatning özaro munosabatlari natijasida, ovçilik, yerni işlaş va savdo-sotiq ehtiyojlariga köra yaqin-uzoq masofalarga borib keliş, tevarak-atrofni biliş va turli-tuman xalklar örtasida özaro muomala qiliş boşlangan. Odamlar ilmiy-amaliy maqsadlarda dengiz yöllarini va joylarning tabiatini, xöjaligi va xalqlarini örganib turganlar. Şu yöllar b-n geografik ma'lumotlar töplangan, devor va toşlarga bitilgan, qoğozga yozilgan. Mil. av. qad. dunyoning madaniyat markazlarida (Turon, Şim. Hindiston, Xitoy, Bobil va Ossuriya, Misr va Yunonistonda) dastlabki ilmii xulosalarga erişildi. Doira 360 gradusga bölindi, sutka 24 soat deb belgilandi, geografik kenglik va uzunlik ifodalari yuzaga keldi. Yer şar şaklida degan fikr maydonga keldi (yunon olimlari Fales, Pifagor, Eratosfen va Aristotel), dastlabki globus va ibtidoiy xarita yasaldi (Anaksimandr), dunyo qit'alariga nom berildi. Iskandariyalik matematik va geograf Eratosfen (mil. av. 3-a.da) Yer aylanasining uzunligini ölçab körgan va Yer meridianining (hoz. ölçov birligida) 39816 km ligini aniqlagan. Bu esa haqiqiy uzunligiga ança yaqindir. Yer yuzida issiq, mö'tadil va sovuq mintaqalar borligi, ya'ni geografik zonallik tuşunçasi ham qad. dunyo G.sining nazariy yutuqlaridandir. Öşa davrda ba'zilar Yer yuzida suvlik köp desalar, boşqalar, aksinça, quruqlik köp der edilar. Şuningdek, Quyoş b-n Yerning munosabati xususida ham ikki mulohaza bölgan. Ayrim olimlar (ayniqsa Ptolemey) olamning markazini Yer hisoblab, Quyoş va sayyoralar esa uning atrofida aylanadi (geotsentrik nazariya) desalar, boşqa olimlar geliotsentrik nazariyani ilgari surdilar, ya'ni olamning markazi Quyoşdir, Yer va b. sayyoralar uning atrofida aylanadi deganlar. Aleksandr (Iskander Makduniy)ning Eron, Turon va Hindistonga yurişlari hamda finikiyaliklarning Örta dengiz va Afrika tevaragidagi suzişlari geografik tasavvurlarni birmunça kengaytirdi. Umuman, yunon olimlari Şarqdagi ilm-fan markazlarining yutuqlaridan xabardor bölganlar va ulardan öz asarlarida foydalanganlar. Strabon (mil. av. 63 yil — mil. 21 y.) dunyo G.sidan 17 jildli kitob yezdi (2 jildi umumiy G., 8 jildi — Yevropa, 1 jildi — Afrika, 6 jildi — Osiyo), Klavdiy Ptolemey (90—168 y.lar) G. va xaritagrafik proyeksiyalarga doyr 8 jild kitob yezdi. Turonlik va eronliklarning muqaddas kitobi Zend Avestoda ayrim geografik ma'lumotlar bor. Unda dunyodagi mamlakatlar — Eronvej, Sugd, Muru (Marv), Baxdi (Baqtriya), Nisoim (Jan. Turkmenistan), Höruyu (Xirot), Hafta Hendu (Yetti Hindiston) va b. tilga olingan, ba'zilari ta'riflang a n . Örta asrlarda vizantiyalik Zemarx (6-a.) Şarqiy Daşti Qipçoqqa sayohat qildi, normanlar (skandinaviyaliklar) 9—10-a. larda Atlantika okeanining şim.da suzib, Islandiya, Grenlandiya va Şim. Amerikagaça safar qildilar, rus pomorlari Şim. Muz okeanidagi ayrim orollarni özlaştira boşladilar. 13-a. örtalarida Fransiya qiroli Lyudovik IX ning elçisi sifatida Örta Osiyoga Rubruk kelib ketdi, italiyalik Plano Karpini Mongoliyagaça yetib bordi. Örta asrlarda yevropaliklarning geografik tasavvurlariga eng katta ta'sir etgan voqea — Marko Poloning 25 yil davom etgan Xitoy sayohati (13-a. oxiri) böldi. Örta asrlarda Şarq mamlakatlarida madaniyatning yuksalişi, bir qança mustaqil davlatlarning barpo etilişi, savdo-sotiq avj olişi natijasida Turkiya, Iroq, Eron, Hindiston va Movarounnahrda G. fani ança rivoj topdi. Uning eng yirik namoyandalaridan biri Muhammad ibn Muso Xorazmiy (8-a. oxiri — 9-a. örtalari) G.ga doyr «Surat ul-arz» kitobini yezdi. Unda dunyodagi 537 şaharning koordinatalari va qisqaça izohi berilgan. Aslida bu kitob kattagina bir geografik atlasning izohnomasi bölgan. Xorazmiy bu kitobini yozişda Ptolemeyning «Geografiya» asaridan qisman foydalangan. Bu b-n qad. dunyo G.sining merosi saqlab qolindi. 9-a.dan e'tiboran arab va fors tillarida yaratilgan barça geografik asarlar Xorazmiy kitobiga asoslangan. Şunday qilib, Xorazmiy butun Şarq G.sining asosçisi bölib qoldi. Ahmad Farğoniy (9-a.) va Abu Abdulla Jayxoniy (9—10-a.)lar ham geografik asarlar yaratişdi. Farğoniy Misrdagi Nil daryosi suvining sathini kuzatiş uçun Qohira ş. yonida «miqyos jadidi» — nilometrni yaratganini alohida ta'kidlaş lozim. Bundan taşqari Quyoş tutilişi, Yerning yumaloq şaklda ekanligini isbotlagan. Yerning ölçamlari töğrisida hoz. zamon ma'lumotlariga juda ham yaqin bölgan kattaliklarni işlab çiqqan. Abu Zayd ibn Sahl Balxiy (850—934) «Suvor ulaqolim» («Iqlimlar surati») geografik asarini yozib, unga köpgina xaritalarni ilova qildi, Abu Zayd asarini eronlik Istahriy va Ibn Havqal yana kengaytirib, «Kitob almasolik valmamolik» asarini yozdilar. 10-a.da yaşagan arab geograflari Mas'udiy va Muqaddasiylar, 12-a. olimi Idrisiy öz zamonasi ahdini dunyo G.si b-n taniştirişda katta xizmat qildilar. Şarq G.si faniga Beruniy va Ibn Sinoning ta'siri juda katta böldi. Beruniyning barça yirik asarlari («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Geodeziya», «Ma'sud qonuni») köp jihatdan G.ga taalluqli. Beruniy Şarqda birinçi bölib globus yasadi, «Ma'sud qonuni» kitobida 603 joyning geografik koordinatalarini aniqlab yozdi, boşqa bir kitobiga dunyo xaritasini ilova qildi. Beruniy Hindistonda turib, Yer aylanasining uzunligini ölçadi. «Geodeziya» kitobida Amudaryoning oqimi özgargani va Qoraqum çölining paydo bölişini tasvirladi va h. k. U nazariy jihatdan ilk bor ğarbda, Atlantika okeani ortida katta quruqlik mavjudligini ta'kidlagan. 5 asrdan söng yevropaliklar bu quruqlikning Amerika qit'asi ekanligini kaşf etganlar. 11-a.da balxlik Nosir Xisrav 7 yil davomida sayohat qilib, 15 ming km yöl bosdi — Movarounnahrdan Afrika şim.gaça, Arabiston va Hindistongaça sayohat qilib, «Safarnoma» kitobini yozdi. Maxmud Koşğariy Markaziy Osiyodan Kiçik Osiyo ya.o.gaça kezib, turkiy qabilalarning tili, urf-odatlari, şaharlari, daryo-köllari, toğyaylovlarini tasvirlagan «Devonu luğotit turk» asarini yozib qrldirdi. Kitobga dunyo xaritasi ham ilova qilingan. 13-a. boşida Marv ş.da (hoz. Turkmanistonning Mari ş.dan 30 km şarada) yaşagan Abdulla Yoqut Hamaviy «Mujam ul-buldon» geografik luğatini yozgan. Şim. afrikalik (marokaşlik) arab Ibn Battuta 14-a.ning eng maşhur sayyohidir, u 25 yil mobaynida 100 ming km dan ortiq masofani kezib çiqdi — Arabiston ya. o., Hindiston, Xitoy, Sumatra o., Movarounnahr, Jan. Yevropa va Sahroi Kabirni sayohat qildi. 15-a. boşlarida Samarqand rasadxonasida temuriy hukmdor Mirzo Uluğbek rahbarligida astronomik va geografik jadvallar tuzi l di. Ali Quşçi Samarqandda va Istanbulda geografik asarlar yozdi. 16-a. boşida Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonga kelib, maşhur tarixiy-geografik asar — «Boburnoma»ni yaratdi. 15-a. örtasi — 17-a.da Buyuk geografik kaşfiyotlar natijasida deyarli barça materiklarning şakli belgilandi, yer yuzasining katta qismi tadqiq qilindi, noma'lum mamlakatlarning tabiati va xöjaligi haqida ma'lumotlar olindi. 17-a.ning 1- yarmida yaşagan gollandiyalik geograf B. Vareniusning «Umumiy geografiya» kitobi öşa davrning eng yirik geografik asari böldi. Varenius birinçi bölib Yer haqidagi bilimlar sistemasidan umumiy geografiya va xususiy regional geografiyani ajratdi. 16—17-a.larda xaritagrafiya böyiça katta muvaffaqiyatlarga erişildi, xaritagrafik proyeksiyalar işlab çiqildi (G. Merkator). 18-a. oxiri va 19-a. davomida Afrika, Jan. Amerika, Avstraliyaning içki r-nlarida geografik tadqiqotlar olib borildi. 19— 20-a.larda Markaziy Osiyoda ilmiy tadqiqotlar qilindi. Tabiiy geografiya. Özbekistonda, bu-tun Örta Osiyodagi kabi, ölkaning ta-biiy şaroiti hamda tabiiy resurslarini kompleks tadqiq etiş va geografik ğoyalarning bu jarayon b-n bevosita boğliq holda rivojlanişi 4 asosiy ilmiy yönalişda amalga oşib, takomillaşa bordi. Bular: qiyosiy-tasviriy, tabiiy-tarixiy, ekologik-geografik va regional landşaftşunoslik yunalişlarid i r . Örta Osiyoda tabiiy-geografik tadqiqotlarning qiyosiy-tasviriy (tasviriy geografiya) yönalişi 19-a.ning 2-yarmi — 20-a. boşida vujudga keldi. Turli hududlarning geografik tasvirini yaratişda P. P. Semyonov-Tyanşanskiy, I. V. Muşketov, A. P. Fedçenko. V. A. Obruçev, V. I. Masalskiy va L. S. Berg kabi rus tabiatşunoslari hissa qöşdilar. Bu yönaliş N. L. Korjenevskiyning qiyosiy-tasviriy geografik tadqiqotlarida öz ifodasini topdi. Respublikada bu ilmiy yönalişda N. G. Mallitskiy, O. Yu. Poslavskaya, N. D. Dolimov, M. Q. Qoriyev, O. A. Möminov köp yillar ilmiy faoliyat körsatib, ölkaning turli qismlari va butun Özbekistonni tabiiy geografik tasvirlaşga munosib hissa qöşdilar. Özbekistonda geografik tadqiqotlarningtabiiy-tarixiy yönalişi 20- a. boşida ölkani ruslar tomonidan örganiş jarayonida şakllandi. Bu ilmiy yönaliş turli hududlar tuproq va ösimlik qoplamini landşaftlar fonida majmuali örganiş metodikasi va metodologiyasiga asoslangan va uning yirik markazi Örta Osiyo Davlat un-ti tarkibidagi Tuproqşunoslik va geobotanika in-ti edi. Ekologik-geografik yönaliş 1920—30- y.larda şakllandi. Bu yönalişning vakillari ekolog va geograflar D. N. Kaşkarov (1878— 1941) va Ye. P. Korovin (1891-1963) edi. Örta Osiyo çöllari va baland toğlari öziga xos tabiiy kompleks va «hayot makoni» sifatida qiyosiy ekologik va geografik jihatdan örganildi. Bu maktabning ilmiy ğoyalarini yangi yuqori bosqiçga kötarişda Uzbekiston akademiklari zooekolog T. 3. Zohidov va botanik-geograf hamda ekolog Q. 3. Zokirovlar salmokli hissa qöşdi. T. 3. Zohidov çöllar ekologik biotsenologiyasi, Q. 3. Zokirov esa Örta Osiyo fitoekologiyasi, ösimlik qoplamini ekologik toifalaştiriş hamda integral balandlik mintaqalari (çöl, adir, toğ, yaylov)ni ajratiş masalalari böyiça öz yöriqnomalarini yaratd i l a r . Regional landşaftşunoslik yönalişi yuqoridagi uç kompleks yönaliş va köplab tarmoq geografik yönalişlarning sintezi sifatida vujudga keldi. Bu yönalişga doyr ilk tadqiqotlar 1929—30 y.larda olib borildi. Örta Osiyo kompleks tabiiy-tarixiy rayonlaştirildi va ayrim yirik hududlarning landşaft xaritalari tuzildi. 1943 y. Örta Osiyoning ekologik tamoyillar asosida majmuali geografik rayonlaştiriş konsepsiyasi va sxemasi yaratildi. 1950-y.lar oxiridan Örta Osiyoni tabiiy rayonlaştiriş va landşaft xaritalarini yaratiş b-n Örta Osiyo davlat un-tining geograf olimlari şuğullandilar. 1960—70 y.larga kelib, Özbekistonda mahalliy landşaftşunos olimlarning safi şakllandi. Ular Moskva (P. B. Baratov, A. A. Rafikov, M. U. Umarov, P. N. Ğulomov, A. Mamatov, B.O. Baxriddinov, O. Raxmatullayev, S. Abdullayev, I. Abduğaniyev), Sankt-Peterburg (A. Saidov, M. Rasulov, Ş. Ergaşev, T. Rahimov, Yu. Sultonov), Lvov (L. Alibekov, T. Jumaboyev), Voronej (A. Abdulqosimov), Boku (S. A. Nişonov), Aşxobod (I. Nazarov), Qozon (T. Ollonazarov) va Toşkent (Ş. S. Zokirov, I. A. Hasanov, A. Zayniddinov, A. Soatov) landşaftşunoslik maktablariga mansubdirlar. Ularning har biri muayyan hududlarni rayonlaştiriş va landşaft xususiyatlarini tahlil qiliş, tabiiy resurslarni baholaş b-n şuğullandilar. Meliorativ geografiya (A. A. Rafiqov, I. A. Hasanov), rekreatsiya geografiyasi (3. Mahamatillayev, A. Zokirov), landşaftlar rekultivatsiyasi (H. Vahobov) va geokimyosi (I. N. Stepanov, Ö. Abdunazarov, H. Ma'sudov) böyiça ham tadqiqotlar ötkazdilar. Özbekiston Respublikasi FA Seysmologiya in-ti tarkibidagi Geografiya i. t. bölimi 1958 y.dan boşlab geografik tadqiqotlar olib bordi. Tabiiy geografiya, landşaftşunoslik va ekologiyaga doyr tadqiqotlar Toşkent ş.dan taşqari Samarkand (L. Alibekov, A. Abdulkrsimov. O. Rahmatullayev), Jizzax (S. A. Nişonov), Farğona (O. Yu. Sultonov, A. Maqsudov, I. Abduğaniyev), Buxoro (I. Nazarov), Qarşi (A. Mamatov, S. Abdullayev) va b. şaharlarda ham olib boriladi. Geomorfologiya. Özbekistonda geomorfologiya va u b-n boğliq törtlamçi davr şakllanişi geomorfolog Yu. A. Skvorsov va geolog N. P. Vasilkovskiylar nomi b-n, Respublika geomorfologiyasining keyingi yutuqlari geograf-geomorfologlardan — O. Yu. Poslavskaya, N. A. Kogay, G. F. Tetyuxin, M. M. Mamatqulov, E. D. Mamedovlarning köp yillik tadqiqotlari b-n boğliq. Meteorologiya va iqlimşunoslik. Bu soha böyiça respublikada mumtoz iqlimşunoslik (klimatografiya), sinoptik meteorologiya va dinamik iqlimşunoslik, mikroiqlimşunoslik, agrometeorologik hamda a g r o i q l i m ş u n o s l i k , bioiqlimşunoslik va şahar iqlimşunosligi ilmiy yönalişlari vujudga keddi. Mikroiqlimiy va agrometeorologik tadqiqotlar 20-y.larda Mirzaçölda voha iqlimini örganişga doyr işlar b-n boşlandi. 1950- y.lardan Örta Osiyo davlat un-tida agrometeorologiya, yerga yaqin havo qatlamlari fizikasi böyiça muntazam tadqiqotlar olib borildi va unda L. N. Babuşkin, A. T. Muqminova, M. A. Orifxonova kabi köplab meteorolog hamda iqlimşunoslar iştirok etdi. Agrometeorologik va agroiqlimiy tadqiqot işlarini rivojlantirişga S. A. Sapojnikova, F. A. Muminov, D. Matmurodov, A. S. Hasanov, A. Abdullayev kabi tadqiqotçilar ham munosib hissa q ö ş d i l a r . Sinoptik meteorologiya va dinamik ikdimşunoslikka doyr işlar Toşkentda V. A. Jorjio, V. A. Bugayevlar faoliyati (1930—60 y.lar) b-n boğliq. B. A. Ayzenştat Örta Osiyo landşaftlari, xususan qumli çöllarning balansini örganiş b-n şuğullandi. Gidrologiya. Örta Osiyo gidrologiyasi b-n E. M. Oldekop va L. K. Davidovlar, 1950—70 y.larda toğ gidrologiyasi b-n V. L. Şuls şuğullandi. U Örta Osiyoni geografik-gidrologik tamoyillar asosida rayonlaştirdi va ölka suv oqimining asosiy qonuniyatlarini bayon etdi. V. L. Şulsning rahbarligida L. I. Şalatova, I. R. Alimuhamedov gidrolog tadqiqotçilar yetişib çikdi. Örta Osiyo gidrologiyasi böyiça ilmiy işlar O. P. Şçeglova va uning şogirdlari G. Ye. Glazirin, A. R. Rasulov, R. S. Saidova, F. Hikmatov va b.ning faoliyati b-n boğliq. Respublikada sel oqimlarini geografik va gidrologik örganiş b-n F. K. Koçerga, P. M. Karpov, T. Mustafaqulov, R. G. Vafin, V. P. Puşkarenko, S. Tölaganov va A. Saidovlar şuğullandilar. Gidrologik tadqiqotlar majmuida daryo özanidagi dinamik jarayonlarni örganiş S. T. Altunin va A. M. Muhamedov rahbarligida amalga oşir i l d i . 1960-y.lardan R. A. Alimov, A. 3. Zohidov, V. P. Svetitskiy, N. I. Zudina va b. obikor yerlar suv balansi va tuz rejimini örganiş böiiça işlar olib b o r d i l a r . Xöjalikka xizmat körsatiş nuqtai nazaridan gidrologik başorat böiiça ötkazilgan tadqiqotlar P. M. Maşukov va 3. V. Jorjiolar nomi b-n boğliq. Gidrologik jarayonlarni modellaştiriş muammolari böyiça Yu.N. Ivanov, Yu. M. Denisovning tadqiqotlari diqqatga sazovor. Obikor dehqonçilik b-n boğliq gidrologiya muammolari ham olimlarning diqqat markazida böldi (G. N. Trofimov, N. K. Lukina, Ye. M. Vidineyeva, Q. Domlajonov va b.). N. L. Korjenevskiy 1930 y. Örta Osiyo muzliklarining katalogi (jadvali)ni yaratdi va köpgina toğ muzliklarini birinçi bölib tavsifladi. Keyinçalik Özbekistonda G. Ye. Glazirin, V. G. Konovalov, V. F. Suslov, A. S. Şçetinnikov, V. Nozdryuxin, A. A. Kreyter, M. A. Nosirov, A. Akbarov kabi glyatsiolog mutaxassislar yetişib çiqdi. Örta Osiyo köllarini örganişga olimlardan N. L. Korjenevskiy, L. A. Molçanov, N. G. Mallitskiy, A.M. Nikitin va b. hissa qöşdilar.
Özbekistonda gidrometeorologik tadqiqotlarning asosiy markazlari V.A. Bugayev nomidagi Örta Osiyo regional gidrometeorologiya i. t. instituta (Toşkent), Özbekiston Milliy un-ti, Özbekiston FAning Geologiya va geofizika hamda Suv muammolari in-tlaridir. Ilmiy va amaliy gidrologik tadqiqotlar asosan gidrometriya, suv eroziyasi va özan jarayonlarini örganiş (A. R. Rasulov, T. Jörayev, S. R. Saidova, M. Mirziyotov, F. Xikmatov), gidrokimyo (E. Çembarisov, K. Domlajonov), gidroekologiya (A. Nazarov, A. Abdurahmonov, 3. Sirliboyeva), gidromelioratsiya (Ş. Yunusov, E. Jörabekov) va irrigatsiya tarixi (A. Razzoqov), suv resurslarini örganiş (Ş. Murodov, S. Karimov, U. Tursunov), muzlikşunoslik (M. A. Nosirov, A. Akbarov), kölşunoslik (O. Nuriddinov) kabi yönalişlar böyiça muvaffaqiyatli davom etmoqda. Tuproqlar geografiyasi. 1920 y. Örta Osiyo un-ti tarkibidagi Tuproqşunoslik va geobotanika in-tida tuproqşunos N. A. Dimo rahbarligida tuproq qoplami geografik landşaftlarning tarkibiy qismi va közgusi, ayni vaqtda q. x. işlab çiqarişining asosi hamda resursi sifatida örganildi. Regional tuproqşunoslikning xilma-xil muammolari ustida A. M. Rasulov, A. Maksudov, H. Maqsudov va A. Ne'matov, J. S. Sattorov va L. Tursunovlar tadqiqotlar olib borgan. Özbekistonda geografik tuproqşunoslik Örta Osiyo tuproqlarini geografik, ekologik va geokimyoviy jihatdan örganiş asosida rivojlandi (Ö. Abdunazarov, H. Ma'sudov, L. Kamolov va b.). Biogeografiya. Biogeografik tadqiqotlar maktabining asosçilari zoolog D. N. Kaşkarov b-n botanik Ye. P. K o r o v i n d i r . Özbekistonda biogeografik tadqiqotlar ayni vaktda ularning ikki asosiy tarmoği — botanik geografiya va zoogeografiya yönalişlarida ham şakllandi. 1920—40 y.larda ölka ösimliklari va hayvonoti geografik-ekologik örganildi (M. P. Popov, R. I. Abolin, Ye. P. Korovin, P. A. Baranov, I. A. Raykova, M. M. Sovetkina, I. I. Granitov). Özbekistonda botanik geografiyaning rivojlanişi va milliy ilmiy kadrlarni yetiştirişda akad. K- 3. Zokirov va Özbekiston FA ning muxbir a'zosi I. I. Granitov salmoqli hissa qöşdilar. 1950-y.lardan boşlab ösimliklar geografiyasi, ekologiyasi va fiziologiyasi böyiça özbek botaniklaridan — M. M. Orifxonova, P. Q. Zokirov, X. M. Oxunovning ilmiy asarlari bosilib çiqdi. Şuningdek, botanik-geografik i. t.lar rivojiga D. K. Saidov, M. M. Nabiyev, T. A. Odilov, O. X. Hasanov, A. I. Usmonov, Ö. Pratov, S. S. Soatovlar ham muayyan hissa qöşdilar. Hayvonlar geografiyasiga doyr tadqiqotlarni Özbekistonda zooekolog D. N. Kaşkarov va zoogeograf N. A. Bobrinskiylar olib bordi. Özbekiston zoogeografiyasining keyingi rivoji T. 3. Zohidov, I. I. Kolesnikov, R. N. Meklenbursev, H. Solihboyev, Ğ. S. Sultonov, V. P. Kostin, G. I. Işunin va b.ning ilmiy faoliyati b-n boğliq. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya. Respublikada iqtisodiy va demogra-fik tadqiqotlar 1920-y.lardan boşlangan. Iqtisodçi hamda geograflar G. N. Çerdansev, N. N. Kojanov, N. K. Yaroşeviç, Yu. I. Poslavskiy, A. I. Golovin va b. iqtisodiy rayonlaştirişning nazariy va amaliy muammolari, Örta Osiyo işlab çiqaruvçi kuçlarini hududiy joylaştiriş hamda ri-vojlantiriş masalalari, aholi va qişloq aholi turar joylarini mufassal örganiş muammolari b-n ş u ğ u l l a n d i l a r . 50-y.larda 3. M. Akramov, K. N.Bedrinsev, K. I. Lapkinlar q. x.ni iqtisodiy tahlil qildilar. 50—60-y.larda Özbekistonning hududiy işlab çiqaruvçi kuçlarini joylaştiriş, majmuali rivojlantiriş, rayonlaştiriş hamda başorat qiliş uç asosiy ilmiy yönaliş — q. x. geografiyasi, aholişunoslik, aholi geografiyasi va ijtimoiy geografiya yönalişlarida tadqiqotlar olib borildi. Iqtisodiy rayonlaştiriş va majmuali iqtisodiy geografik tadqiqotlar. Örta Osiyo va Özbekistonni iqtisodiy rayonlaştiriş masalalariga 40-y.larda Toşkentda yaşagan geograf V. M. Çetirkin katta e'tibor berdi. Keyinçalik uning asosiy fikr va ğoyalari Z.M. Akramov, K. N. Bedrinsev, A. K. Bedrinsev, I. K. Narziqulov va b.ning ijodiy izlanişlarida ri-vojlantirildi. Respublika işlab çiqaruvçi kuçlarini majmuali örganişga doyr yirik tadqiqotlar 1950-y.larda Özbekiston FA Işlab çiqaruvçi kuçlarni örganiş kengaşi (SOPS) tomonidan boşlab berildi. Iktisodiy geografik va majmuali geografik tadqiqotlarni olib borişda 1958 y. taşkil etilgan Özbekiston FAning Geografiya bölimi katta rol öynadi. Qişloq xöjaligi geografiyasi. Özbeki ston q. x.ni majmuali örganiş va başorat qiliş, tabiiy şaroit va resurslariga q. x. nuqgai nazaridan baholaşga doyr tadqiqotlar olib borildi (K. I. Lapkin). Özbekistonning çorvaçiligini (Q. A. Abirqulov), agrar-sanoat majmuini (A. R. Röziyev va A. M. Sodiqov), Farğona vodiysining q. x.ni (O. Abdullayev) örganiş böyiça tadqiqotlar amalga oşirildi. Özbekistan q. x.ni turli regionlar va tarmoqlar böyiça taşkil etiş muammolari örganildi (R. A. Xodiyev, T. E. Egamberdiyev, T. Tojimov, S. S Saidkarimov, T. Jumasv, K. K. Qurbonov, Ş. Azimov, R. U. Usmonov). Aholişunoslik va aholi geografiyasi. Aholişunoslik muammolarini ilmiy örganiş N. V. Smirnov, T. I. Raimov, O. B. Otamirzayev, A. S. Soliyev, A.A. Qayumovlarning tadqiqotlarida öz ifodasini topdi. 1960-y.larda Toşkent un-tining geografiya i. t. bölimida M. K. Qoraxonov rahbarligida majmuali aholişunoslik muammolari turli yönalişlarda tadqiq etildi, ayni vaqtda qişloq joylarini örganiş boşlandi (R. Valiyeva, G. R. Asanov, E. Safarov). 1972 y. ToşDU da Aholişunoslik muammolari i. t. laboratoriyasi iş boşladi. Yirik poytaxt şaharlar (T. I. Raimov, E. Toşbekov) va şahar aglomeratsiyalarini (O. B. Otamirzayev, N. X. Mamatqulov) hamda umuman regiondagi aholi punktlari tizimlari, urbanizatsiyaning rivojlanişini (T. I. Raimov, O. B. Otamirzayev, A. S. Soliyev, X. S. Salimov va b.) örganiş ham geograflarning diqqat markazida böldi. Örta Osiyoda qişloq aholi turar joylarining şakllanişi, hududiy taqsimlanişi va rivojlanişi masalalari tadqiq qilindi (G. R. Asanov, A. B. Botirov, A. A. Kayumov, T. D. Jumasv, T. Mallaboyev, E. S. Safarov, M. Ya. Yangiboyev va b.). Aholining migratsiyasi (S. N. Kononenko), tabiiy ösişi (M. Böriyeva, A. Ğaniyev), demografik rivojlanişi (A. Sa'dullayev) masalalari ham örganildi. Ijtimoiy geografiyaning ilmiy-nazariy asoslari ham tadqiq etilmoqda (A. A. Kayumov). Respublikada sanoat geografiyasi (S. Zokirov, N. Sultonov va b.), transport geografiyasi, maişiy xizmat geografiyasi, geoekologiya va ijtimoiy ekologiyaning iqtisodiy geografik jihatlari böyiça tadqiqotlar olib borilmoqda. Geografiya tarixi. Örtaosiyolik örta asr geograflari va sayyohlari ilmiy merosini örganiş b-n H. H. Hasanov şuğullandi. Örta Osiyo tabiatini 17— 18-a.larda örganiş tarixi b-n A. V. Pankov va R. L. Yugay şuğullandilar. 19-a. ning 2-yarmidagi geografik tadqiqotlar tarixini A. A. Azatyan, 3. N. Donsova. N. I. Leonov, A. M. Oçilov örgandilar. Örta Osiyoni 20-a.da geografik va ekologik örganiş tarixi masalalarini R. U. Rahimbekov örgandi. Örta Osiyo geografiyasi tarixining ayrim masalalari (I. Inoğomov, A. M. Oçilov, U. Obidov va b.) ö r g a n i l d i . Xaritagrafiya. Örta Osiyo va Özbekistonning umumiy geografik xaritalarini tuziş b-n geograf N. L. Korjenevskiy şuğullandi. Ye. P. Korovin 1933 y. tuzib, «Urta Osiyo va Kozoğiston ösimliklari» monografiyasiga ilova qilgan geobotanik xarita muhim biogeografik, ekologik va geografik ahamiyat kasb etdi. 1920-y.larda xaritagrafiya b-n R. I. Abolin, 1930—50 y.larda I. I. Granitov şuğullandi. 1940—50 y.larda Özbekistonning geografik jihatdan muhim ahamiyatga molik tuproq va tuproq-iqlim xaritalari naşr etildi. 1960-y.larda «Uz-Giprozem» in-ti işlab çiqariş hamda öquv maqsadlarida 1:1000000 va 1:1500000 masştabli 10 dan ortiq q. x. xaritasini va landşaftlar xaritasini naşr etdi. Uşa yillarda Özbekiston barça viloyatlarining tabiiy-ölkaşunoslik öquv xaritalari çop etildi (T.M. Mirzaliyev). Özbekistan xaritagrafiyasining ilmiy markazlari Özbekistan Millim un-tining Geodeziya va xaritagrafiya kafedrasi va Özbekistan FAning Seysmologiya i-ti tarkibidagi Geografiya bölimidir. ToşDU xaritaşunoslari (T. M. Mirzaliyev, Ye. G. Brodskiy, A. E. Egamberdiyev, L. M. Qöziboyeva, L. G. Soliyeva) taşabbusi va iştirokida 1981 y. Özbekistonning birinçi öquv ma'lumotnomali atlasi rus va özbek tillarida naşr etildi. Geografiya bölimi 1981—2000 y.larda Özbekistonning 70 bosma taboqdan ziyod akademik atlasi, Toşkent şahrining atlasi, paxtaçilik va tibbiy-geografiya atlaslari, «Turkiston — umumiy uyimiz» albom atlasi, Özbekistonning ekologik xaritasidan taşqari tabiatii muhofaza qiliş, çöllaşiş va landşaft xaritalarini naşr qildi. L. X. Ğulomova xaritagrafik tadqiqotlarda kosmik usullardan foydalaniş böyiça, M. Asomov, Ş. Buzrukov, A. Bozorboyev, J. Koraboyev, T. Qoraboyevalar xaritagrafiyaning turli yönaliş va mavzulari böyiça tadqiqotlar olib bormoqdalar. Geografiya bölimi respublika hududini majmuali tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografik örganiş, tabiiy muhitni muhofaza qiliş muammolari va tabiatiing inson ta'sirida özgarişini başorat qiliş, mavzuli va hududiy atlas va xaritalar tuziş masalalari b-n şuğullanadi. Bölim tarkibida ölkani majmuali geografik başoratlaş, atrof muhit muhofazasi, xaritagrafiya va masofadan tadqiq etiş lab.lari faoliyat körsatmoqaa. Bölimda hozirgaça 8 ta doktorlik va 50 dan ziyod fan nomzodligi dissertatsiyalari himoya qilindi. Bölim Rossiya, Xitoy, Fransiya, Germaniya va MDH davlatlari FA larining i. t. muassasalari b-n ijodiy hamkorlik qilmoqda. Özbekistonda geografik tadqiqot işlari va geograf kadrlar tayyorlaş işlari b-n Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston millim un-ti, Alişer Navoiy nomidagi Samarkand davlat un-ti, Nizomiy nomidagi Toşkent davlat ped. un-ti, viloyat un-tlari şuğullanadi. Amaliy geografiya hoz. zamon geografik tadqiqot yönalişlaridan biri. Asosiy maqsadi geografik ilmiy va amaliy bilimlarni yanada çuqurroq taxlil qiliş, tabiat va jamiyatdagi mavjud hamda vujudga kelayotgan turli tabiiy-geografik, geoekologik hamda ijtimoiy va iqtisodiy-geografik muammolarni hal qilişdan iborat. Bu soha tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geogr. hamda xaritagrafiya fanlariga tegişli. Yana q. Amaliy geografiya. Geografiya ta'limi. Özbekistan hududida G. 18—19-a.larda madrasalarda umumiy holda, 19-a.ning 80-y.larida rus-tuzem maktablarida, 1900 y.dan yangi usul maktablarida dastur böyiça öqitildi. 19-a. 90-y.laridan G.dan birinçi öquv qöllanmasi — «Yer xususida ilmdan olingan sözlar» özbek tilida naşr etildi. 1880-y.larda Hoji Yusuf Hay'atiy (1842—1924) geografik globus yasadi. 1905 y.da yangi usul maktablari uçun «Turkiston va unga yondoş mamlakatlarning xaritasi» naşr qilindi. 20-a.da Turkistonda geografiya ta'limi rivojlandi. M. Behbudiyning «Qisqaça umumiy geografiya» (1902), «Aholi geografiyasiga kiriş» (1903), Fotih Karimning «Geografiya» (1914), Muhammad Aminkarimiyning «Jugrofiyai riyoziy» (1914), Munavvarqori Abduraşidxon öğlining «Yer yuzi» (1915), N.I. Balaşovning «Turkiston geografiya öqumligi» (1922) darsliklari naşr etildi. 1930 y.dan 1990 y.gaça umumiy ta'lim maktablarida faqat Özbekiston tabiiy va iqtisodiy geogr.si mahalliy mualliflar yozgan darslik va qöllanmalar asosida öqitildi. G.ni öqitiş metodikasi böyiça öquv qöllanmalari, darsliklari naşr qilindi. G.ga oid O. Ibrohimovning «Geografiya terminlari» (1935), M. Bektemirov va Saidrasulovning «Qisqaça rusça-özbekça geografiya terminlari luğati» (1940), N, Dolimov va b.ning «Geografik terminlarning qisqaça rusça-özbekça luğati» (1953), H.H. Hasanovning «Geografik terminlar luğati» (1964), S. Qorayev, P. Ğulomov, R. Rahimbekovning «Geografik terminlar va tuşunçalar izohli luğati» (1979) yaratildi. Bu davrda oliy geog. ta'limi ham ança rivojlandi. davlat un-tlari va pedagogika in-tlarida G. f-tlari oçildi. Oliy maktablar uçun G.dan darslik va öquv qöllanmalari özbek tiliga tarjima qilindi hamda yangilari yozildi. G. ta'limining yangi davlat standarti, öquv dasturlari işlab çiqildi. Bir qança yangi darsliklar, öquv qöllanmalari, geografik terminlar luğati va xaritalar yaratildi. Ad.: Preobrajenskiy V. S. i dr., Geografiya v menyayuşemsya mire. Vek XX. M., 1997, 274 s; Hasanov H., Örtaosiyolik geograf va sayyohlar, T., 1964; Qoriyev M., Örta Osiyo tabiiy geografiney, 2-naşr, T., 1968. Ziyovuddin Akramov, Asomiddin Rafitsov, Şuhrat Azimov.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 183–191-b. — ziyouz.com