Şaxsni tarbiyalaş, öqitiş va şakllantiriş P.ning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Şaxsni tarbiyalaş P.dagi asosiy tuşunça sanalib, oila va jamiyatning barkamol şaxsni şakllantirişga yönaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Tarbiya yordamida inson şaxsining ma'naviy jihatlarini qaror toptiriş közda tutiladi. Dunyoqaraş, e'tiqod, ezgulik, gözallik, yaxşilik, adolatga doyr qaraş va könikmalarning şaxs sifa-tiga aylantirilişi tarbiya yordamidagina amalga oşiriladi. Insonlar ora-sida yaşaş, hayotda turmuş keçiriş va faoliyat körsatiş uçun zarur bölgan bilim, könikma va malakalar yiğindi-sini özlaştirişga qaratilgan faoliyat öqitiş tuşunçasini ifoda etadi. Öqitiş natijasida şaxs zaruriy bilimlar b-n ta'minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma'lumotni oliş imkoniga ega böladi. Tarbiyalaş va öqitiş natijasida odamda muayyan şaxs sifatlari şakllantiriladi. Şaxe tarbiyalaş va öqitiş orqali özida oldin bölmagan ma'naviy-intellektual sifatlarga ega böladi. Bu hol şaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning rivojlanişiga omil böladi.
Inson va uni şakllantirişga doyr fan sifatida P. falsafa, etika, estetika, madaniyatşunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatşunoslik, demografiya, tarix, adabiyot, tibbiyot, mat. va b. fanlar b-n uzviy boğliq. P. fani va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlaş, taxlil qiliş hamda umumlaştiriş usullaridan foydalanadi.
P.da ta'lim va tarbiya jarayonlarining qaysi jihatlarini örganişdan kelib çiqadigan bir qança soha va bölimlar mavjud. Öqitişning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari b-n şuğullanadigan sohasi didak-tikadir. Şaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptiriş, unda e'tiqod, dunyoqaraş, axloq singari ma'naviy jihatlarni şakllantiriş masalalarini P.ning tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmoği öz içiga oladi. Ta'lim-tarbiyani taşkil etiş, uyuştiriş va uni boşqariş singari taşkiliy-pe-dagogik işlar qonuniyati P.ning mak-tabşunoslik sohasi tomonidan işlab çiqiladi. P. xamişa muayyan yoşdagi, ma'lum hayotiy va akliy tajribaga ega bölgan kişilar b-n iş köradi. Şuning uçun ham P.ning qonuniyatlarini belgilaşda ta'lim-tarbiya oluvçining yoş xususiyatlarini hisobga oliş hal qiluvçi axamiyatga ega böladi. Şu sababli P. oila ped.si, maktabgaça ta'lim ped.si, maktab ped.si, kasb-hunar ta'limi ped.si, oliy ta'lim ped.si, kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş ta'limi ped.si kabi qismlarga bölinadi va umumlaştirilgan holda yoş ped.si deb ataladi.
Ayrim öquv fanlarini öqitiş qonuniyatlari va usullarini örgatuvçi metodika (tadris) fanlari ham P.ning sohalari hisoblanadi. Bularga nisbatan didaktika umumiy metodika hisoblanadi va har bir alohida predmeti metodikasi xususiy didaktika sanaladi. Ammo bu xil çegaralaniş ançagina şartlidir. Çunonçi, adabiyot öqitiş metodikasi didaktikaga nisbatan xususiy didaktika hisoblanadi, ayni vaqtda, u mumtoz adabiyot tarixini örganiş metodikasi, çet el ada-biyotini örganiş metodikasi, xalq oğzaki ijodini örganiş metodikasiga nisbatan umumiy metodika vazifa-sini bajaradi. Xususiy metodikalar umumiy didaktikaga tayangan va uning nazariy umumlaşmalariga asoslangan holdagina rivojlana oladi. Ayni vaqtda, har bir aniq fanga tatbiq etilgan didaktik qonuniyatlar öşa öquv predmetini öqitiş tajribasidagi öziga xoslik b-n boyitiladi, umumiy jihatlarni konkretlaştiradi, har bir öziga xoslikda öqitişning universal jihatlarini namoyon etadi.
P.ning jismoniy yoki ruhiy rivojlanişida nuqsoni bölgan bolalar rivojlanişining ruhiy-jismoniy xususiyatlarini, ularni tarbiyalaş, öqitiş va şakllantirişdagi öziga xosliklarini hisobga olib iş köradigan tarmoği defektologiyapnr. Defektologiya bolaning qanday jismoniy nuqsonga egaligi hamda ularga beriladigan ta'limtarbiyaning yönaltirilganligiga qarab tiflopedagogika, surdopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya singari tarmoqlarga böli-nadi. Jahon yoki milliy tarbiya nazariyasi, didaktika fani hamda amaliyo-ti jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida qanday mazmun-mundarija, şakl-şamoyil kasb etganligi, qaysi usul va şakllardan foydalanib iş körganligi, qanday natijalarga erişganligi kabi masalalar ped. tarixi fani tomonidan tadqiq etiladi.
20-a. boşlaridan qiyosiy ped. fani P.ning alohida tarmoği sifatida dunyoga keldi. Unda jahondagi turli xalqlarning pedagogik qaraşlari va ta'lim-tarbiya tizimi qiyosiy-genetik yösinda bir-biriga soliştirilgan holda örganildi. P.ning bu tarmoği ta'lim-tarbiya borasidagi eng ilgor usul va yondaşuvlarni soliştiriş, maqsadga muvofiklarini muayyan milliy pedagogik fan va amaliyotga tat-biq qiliş imkonini beradi. Mamla-katimizda hozirça qiyosiy ped. alohida fan sifatida şakllanmagan bölsada, bu borada jiddiy izlanişlar amalga oşirilgan.
Tarixi. P. inson faoliyatining eng qad. turidir. U odam b-n birga paydo bölgan va odamning odamligini, uning oila, jamoa hamda jamiyat bölib yaşaşini ta'minlab turgan fan va amaliyotdir. Insoniyat mavjud tajribalarni örganiş va b.ga örgatişni yölga qöya boşlagan vaqtdan, ya'ni P. paydo bölganidan buyon hamda şu tufayligina mavjuddir. Dastlab sof amaliy xarakterga ega bölgan va insoniyat köp yillar mobaynida orttirgan hayotiy tajribalarni yoşlarga qisqa muddatda örgatişni közda tutgan. Bu P. udum, odat, an'ana tarzida namoyon bölgan. Şuning uçun ham oldin xalq pedagogikasi vujudga kelgan. Çunonçi, özbek xalq P. siga muvofiq, kiçik yoşdagilar kattalardan oldin taomga qöl uzatmaydi, körişiş uçun oldin katta qöl çözişi lozim, ota b-n masala talaşilmay-di, kattalarga ran qaytarilmaydi va b.
Odamzodning hayotiy va aqliy tajribasi ortib, turmuş keçiriş tarzi xilma-xillaşib, mehnat taqsimoti yuzaga kelib turli fanlar paydo böla boşlaşi b-n P. ham inson faoliyatining alohida sohasiga aylandi. Ta'lim va tarbiyaga doyr qaraşlar tizimi şakllandi. Lekin bular darhol pedagogik nazariy tizimlar sifatida emas, balki milliy fikr tarbiyaga daxldor qaraşlar, aqidalar, hikmatlar tarzida namoyon böldi. Yozuv paydo bölişi b-n pedagogik qaraşlar yozuvga köçiriladigan böldi. Antik davrdagi mu-tafakkirlarning ta'lim-tarbiya borasidagi fiqolari markazida yetuk insonni şakllantirişga intiliş is-tagi turardi. Şumer, Misr, Xitoy, Hindiston va Örta Osiyodagi turli madaniyma'rifiy obidalar moddiy madaniyat namunalarigina bölib kolmay, öz davridagi buyuk pedagogik meros hamdir. Qadim zamonlarda paydo bölgan pedagogik qaraşlar köproq amaliy xususiyatga ega bölsada, ke-yinçalik P.ning alohida fan sifatida şakllanişiga ulkan xissa qöşdi. P. insoniyatning axloqodobi va ma'naviyatigagina emas, balki akliy rivojiga ham hal qiluvçi ta'sir körsatgani sababli uning taraqqiyot darajasi jamiyatning ravnaqiga muvofiq tarzda röy berdi. Bir qança mamla-katlarning rivojiga ham, boşqalarining esa qolokligiga ham köpinça öşa mamlakatdagi P.ning holati sabab bölgan. Xususan, Şarqxalklari öz vaq-tida eng qad. va ilğor pedagogik qaraşlar tizimini yaratgan bölişlariga qaramay, şu tizimni zamona talablariga muvofiq tarzda takomillaştirib bormaganliklari uçun keyinçalik ilm-fan taraqqiyoti jihatidan qoloq holga tuşib qoldilar.
Aytiş kerakki, marksistik falsafa barça ijtimoiy hodisalar kabi P.ni ham özi öylab topgan ijtimoiy-iqtisodiy qoliplarga muvofiq tarzda izoxlaşga urinib keldi. Şundan kelib çiqib. P.ni partiyaviy-sinfiy xususiyatga ega deb qaraldi va turli sinflarning P.si bir-biridan jiddiy farq qiladi hamda özaro qaramaqarşi böladi, deb izoxladi. Şuning-dek, marksistik yondaşuvga köra, P. ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga muvofiq böladi, ya'ni tuzum özgarişi b-n tubdan özgarib, oldingi pedagogik tizim töliq inkor etiladi. Holbuki, fan insoniyat tarixi marksizmda ay-tilgan beş formatsiyadan iborat emasligini körsatdi. Binobarin, şunga moslab çiqarilgan xulosalarning sun'iy va noilmiy ekanligi ayon böldi.
Özbek P.si juda qad. tarixga ega bölib, uning dastlabki ildizlari Avestota, Urxun-Yenisey bitiklariga, Selungur madaniyatiga borib taqaladi. Ave-stodagi ezgu fikr, ezgu söz va ezgu amal haqidagi, kişilarga köngil ma'rifa-ti beriş borasidagi qaraşlar yozma milliy pedagogik qaraşlarning dastlabki namunasi bölib, yetuk insonni şakllantirişga yönaltirilgan. Milliy P.ning taraqqiyotida islom dini va tasavvuf ta'limoti hal qiluvçi örin tutadi. Çunki Qur'oni karim, Xdsisi şarif va tasavvuf ta'limo-tining markazida axloq, komil inson ma'naviyatini şakllantiriş turardi. Komil inson ta'lim-tarbiya yordamida, ya'ni P. vositasida tarkib toptirilişi mumkin edi. Forobiyning fozil odamlari, Beruniy, Ibn Sino falsa-fiy qaraşlaridan örin olgan yetuk şaxslar, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy asarlarida tasvirlangan be-nuqson odamlar, Abduxoliq Ğijduvo-niy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Na-qşband, Alişer Navoiy, Bobur, Maşrab orzulagan komil inson uzbek P.sining markazida turardi. 17-a.dan boşlab, milliy P.da ta'lim-tarbiyaning mohiyatiga emas, balki taşqi jihatlariga e'tibor kuçaydi, turmuş talablarini hisobga olmay, hayotiy za-mindan uziliş sodir böddi. Natijada, jamiyat taraqqiyoti susaydi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ham tanazzulga yuz tutildi. P.dagi biqiqlik, biryoklamalik kişilar ruhiyatiga köçdi, undan ijtimoiy tartibotlar va siyosiy qurilmalarga ötdi. Butun bir davlat xonliklarga bölinib ketdi. Xonliklarning har birining içida bir-biri b-n kelişmovçilik hamda özaro janjallar avj oldi. Negaki, jamiyat va unda yaşaydigan insonlarning ma'naviy örnaklari puxta tayin etilmagan edi.
Rossiya bosqini va şörolar zamonida milliy P. kuçli tanazzul davrini boşdan keçirdi. Töğri, ayni şu davrda u ilmning alohida sohasi sifatida tarkib topdi. Lekin şöro davridagi özbek P.si töliğiça ğarbiy asoslarga qurilgan, begona tamoyillarga tayangan fan böldi. Unda millat ma'naviy tajribasi, uning asrlar mobaynida şakllangan an'analari, ruhiy tölgamlari hisobga olinmagandi. Şuning uçun ham töliq dahriylik asosiga qurilgan begona P.közlagan nati-jalarga erişa olmadi.
Özbekistonning mustaqillikka erişişi natijasida millim ong böğuvdan, mafkuraviy qolipdan, buyruqqa muvofiq fiqolaş zuğumidan qutuldi. Bu hol P.ning soğlom aql, milliy ruhiyat va an'analarga moye tarzda yölga qöyilişiga imkon yaratdi. Bugungi özbek P.si millat ruhiyatidagi nozik jihatlarni hisobga olgan va dunyo tarbiyaşunosligidagi eng sönggi yutuqlarga tayangan qolda taraqqiy etmoqda. Zamonaviy özbek P.sida barkamol insonni şakllantiriş rasmiy ravişda boş maqsad qilib belgilangan. Bu P. ta'lim-tarbiya jarayonida ta'lim oluvçi va tarbiyalanuvçilarning faol iştirok etişlarini közda tutadi. Bolalar, yoşlar pedagogik jarayonning obyektigina emas, balki subyekti, ya'ni ijroçisi ham ekanligiga alohida e'ti-bor qaratilmoqda. Ayni vaqtda, barça pedagogik tadbirlar ta'lim-tarbiya oluvçilarning mustaqil fiqolaşlarini ta'minlaş, ularda tarbiyalaniş va öqişga ehtiyoj uyğotişga yönaltirilgan xrlda taşkil etilmoqda. Bugungi özbek P.si uçun muayyan bilimlar yi-ğindisi emas, balki bola şaxsi boş qadriyatga aylangan. Şuning uçun ham milliy P.da faqat bilimli öquvçilar tayyorlaşga emas, balki izlanuvçan, taşabbuskor şaxsni şakllantirişga asosiy e'tibor berilmoqda.
Zamonaviy özbek P.si rivojida E. Qodirov, S. Dolimov, Q. Axmedov, D. Şodiyev, A. Zunnunov, F. Musayev, J. Ikromov, K. Hoşimov, J. Yöldo-şev, Y. Abdullayev, N. Şodiyev, M. Quronov, L. Möminova, B. Qodirov sin-gari olimlar tomonidan olib borilgan i.t. işlari muqim örin tutadi.
Ad.: Pedagogika, T., 1996; Özbek pedagogikasi tarixi, T., 1997; Qurbonov Ş., Seytxalilov E., Kadrlartayyorlaş milliy dasturi: pedagogik tadqiqotlar yönalişi va muammolari, T., 1999; Özbek pedagogikasi antologiyasi [tuzuvçilar: K. Hoşimov, S. Oçil], 1-, 2-j.lar, T., 1995, 1999.
Qozoqboy Yöldoşev.