Tabiati. Mamlakat jan. va jan. şarkda Atlantika okeani b-n öralgan. U. qirğoqlari kam parçalangan, past, laguna tipli. Yer yuzasi, asosan, sertepa tekislik. Mamlakat çekka şarqining aksariyati (Atlantika okeani sohili) botqoqlaşgan pasttekislik. U.ning eng baland nuqtasi — çekka jan.dagi PandeAsukar toği (501 m). Foydali qazilmalardan temir, marganets, oltin, kumuş, qörğoşin, mis, talk, qimmatbaho toş, granit, marmar, qönğir kumir bor. Iqlimi subtropik, nam iklim. Örtaça tra iyulda 10°—12°, yanv. da 22°— 24°. Yiliga 1000—1200 mm yoğin yoğadi. Katta daryolari — Urugvay va RioNegro. Preriyalarnpnt qizilqora tuproqlarida ötli subtropik savanna, dare böylarida doim yaşil örmon; jan. da butali savanna, şarkda palmazorlar bor. Hayvonlardan zirhlilar, nutriya, kalamuş, puma, amerika tuyaquşi, tapir, buğu, yovvoyi muşuk, tulki, çumolixör; parrandalardan oqquş, qarqara, turna, kolibri, sudralib yuruvçilardan şaqildoq ilon, qora ilon, alligator köp. KaboPolono, SantaTeresa va b. milliy boğlar taşkil etilgan.
Aholisi. U.ning aksariyat aholisi — urugvayliklar (kreollar, ispan kolonistlari va 19-a.da köçib kelgan italyanlarning avlodlari). 19-a.ning 2yarmida fransuzlar, nemislar, slavyanlar ham köçib kela boşlagan. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning aksariyati xristiankatolik. Şahar aholisi 88,7%. Yirik şaharlari — Montevideo, Salto.
Tarixi. U. hududida qadimdan indeys qabilalari yaşagan, ular dehqonçilik, ovçilik, baliq ovlaş b-n şugullangan. 16-a.ning boşlarida bu yerda ispan mustamlakaçilari paydo böldi. 1750 y. Ispaniya bu hududni butunlay egallab oldi va 1776 y. Şarqiy sohil (mustamlaka davrida U. şunday deb nomlangan) Ispaniyaga qaraşli LaPlata vitseqirolligi tarkibiga kiritildi. Amerika qit'asidagi Ispaniya mustamlakaçilarining mustaqillik uçun olib borgan uruşi yillarida (1810—26) Şarqiy sohil aholisi 1815 y. mustaqillik e'lon qildi. 1816 y. Portugaliya qöşinlari Şarqiy sohilga bostirib kirib, 1817 y. uni batamom egallab oldi. 1821 y. Şarqiy sohil Braziliya tarkibiga qöşib olindi. 1825 y. U. vatanparvarlari X.A. Lavalyexi rahbarligida kuraş boşladilar va Şarqiy sohil Portugaliya b-n Braziliyadan ozod qilinib, mustaqil deb e'lon qilindi (1825 y. 25 avg.), ammo tez orada Argentinaga qaram bölib qoldi. Töla mustaqillik uçun ozodlik kuraşi avj oldi. 1828 y. Braziliya b-n Argentina örtasidagi sulh şartnomasida U. mustaqil davlatini tuziş nazarda tutildi. 1830 y. U. Şarq Respublikasi deb e'lon qilindi. 19-a. oxirida urugvay millati şakllanib böldi.
1-jahon uruşida U. betaraflik e'lon qildi. 1933 y. öng kuçlar mamlakatda töntariş uyuştirib, diktatura rejimini örnatdi. 2-jahon uruşi (1939—45) y.lari U. «öq» pakti davlatlari (Germaniya, Yaponiya, Italiya) b-n aloqasini uzdi (1942). 1945 y. Germaniya b-n Yaponiyaga uruş e'lon qildi. 1951 y. konstitutsiyani isloh qiliş yuzasidan ötkazilgan plebissit natijasida davlat idora usuli özgardi: Milliy hukumat kengaşi davlat boşliği vazifasini bajara boşladi. 1966 y. konstitutsiya islohoti yakunida yana prezident lavozimi tiklandi. 1973 y. qurolli kuçlarning öng qanoti davlat töntarişi ötkazib, parlamentni tarqatib yubordi, siyosiy partiya va kasaba uyuşmalarining faoliyatini taqikladi. 1976 y. iyuldan harbiylar A. Mendesni prezident lavozimiga tayinladilar. 1981 y. sent,da hokimiyat tepasiga kelgan hukumat vazmin siyosat yuritdi. U. — 1945 y.dan BMT a'zosi. ÖzR suverenitetini 1991 y. 26 dek. da tan olgan. Milliy bayrami — 25 avg. — Mustaqillik e'lon qilingan kun (1825).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. «Kolorado» partiyasi, 19-a.da tuzilgan; Milliy partiya («Blanko»), 19-a.da taşkil etilgan; Fuqarolik ittifoqi, 1917 y. asos solingan; U. sotsialistik partiyasi, 1910 y. tuzilgan; Xristiandemokratik partiya, 1962 y. taşkil etilgan. Mehnatkaşlarning kasaba uyuşmalariaro plenumi, 1966 y. asos solingan.
Xöjaligi. U. — industrialagrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda sanoat uluşi 26%, q.x. va baliqçilik uluşi 8%, xizmat körsatiş sohasi uluşi 66%.
Sanoatida oz miqdorda grafit, granit, marmar, quriliş materiallari qazib olinadi. I.ç. sanoatining yetakçi tarmoqlari — oziq-ovqat (göşt, vino, konserva), töqimaçilik (asosan, jun gazlama) sanoati. Metallurgiya, avtomobil yiğuv, neftni qayta işlaş, kimyo, metallsozlik, elektrotexnika, sement, rezina, kunpoyabzal sanoati korxonalari bor. Yogoç tayyorlanadi. Yiliga örtaça 7,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi (asosan, GESlarda).
Qişloq xöjaligining asosiy tarmoği göştbop qoramol va jun olinadigan qöyçilik. Q.x.ga yarokli yerlarning köp qismi ötloq va yaylovlardan iborat. Dehqonçilikda buğdoy, şoli, makkajöxori, tariq, oq jöxori, yemxaşak ekinlari, texnika ekinlaridan yer yonğoq, şakarqamiş, kungaboqar, sitrus mevalar, uzum yetiştiriladi. Baliq ovlanadi.
Transporti. Yuklarning 3/4 şemi avtomobil transportida taşiladi. Avtomobil yölari uz. 51 ming km, t.y. uzunligi 2,1 ming km. Dengiz savdo flotining hajmi 172,5 ming t dedveyt. Asosiy dengiz porti — Montevideo. U. çetga çorva mol, göşt va göşt mahsulotlari, baliq, jun, teri va kunçilik xom aşyosi, sabzavot, töqimaçilik mollari çiqaradi, çetdan mineral xom aşyo (jumladan, neft), kimyoviy mollar, qora metall, maşina va uskuna, transport vositalari oladi. Braziliya, Argentina, AQŞ, XXR, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari b-n savdo qiladi. Pul birligi — urugvay pesosi.
Tibbiy xizmati. Aholiga, asosan, xususiy tibbiy muassasalar xizmat körsatadi. Tibbiyot xodimlari Montevideodagi untning tibbiyot fti va 2 ta tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi.
Maorifi, ilmiy va madaniyma'rifiy muassasalari. Barça tipdagi öquv yurtlarida ta'lim bepul. Boşlanğiç maktab — 6 y.lik, örta maktab ham 6 y. (3+3). Boşlanğiç va kiçik örta maktablarda öqiş — majburiy. Davlat maktablari b-n bir katorda xususiy umumiy ta'lim öquv yurtlari ham bor. Örta maktabning 1bosqiçi negizida 3 y.lik xunartexnika va ped. bilim yurtlari işlaydi. U.da diniy seminariya kuts. Oliy ta'lim, asosan, Montevideodagi Urugvay un-tida (1849 y.da taşkil etilgan) olinadi. Uning xuzurida konservatoriya, kutubxonaçilik maktabi, ijtimoiy yordam maktabi, texnologiya va kimyo inti, nafis san'at maktabi bor. Montevideodagi Mehnat un-ti yuqori tipdagi maxsus öquv yurti hisoblanadi. San'at va hunarmandçilik kolleji va b. öquv yurtilari bor. Ilmiy va texnika tadqiqotlari milliy kengaşi mamlakatdagi i.t. faoliyatini muvofiqlaştirib boradi. Geogr. va tarix inti (1843), Kimyo farmatsevtika uyuşmasi (1888), Meteorologiya boş boşqarmasi (1912), Q.x. tadkiqotlari markazi (1914), astronomiya rasadxonasi (1928), biologiya inti (1923), kimyo sanoati inti (1935), Atom energiyasi milliy komissiyasi (1955), onkologiya inti (1960), Milliy muhandislik akademiyasi (1963) bor. Yirik kutubxonalari: Montevideodagi Milliy kutubxona (1816), Kongress milliy kutubxonasi (1929), Markaziy ped. kutubxonasi (1888). Muhim muzeylari: Montevideodagi Milliy nafis san'at muzeyi (1811), Milliy tarix muzeyi (1900), Tabiattarixi milliy muzeyi (1837), Ped. muzeyi (1888), Takuarembodagi indeyslar muzeyi, Zool. muzeyi.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. Asosiy gaz. va jur.lari: «Diario ofisyel» («Rasmiy kundalik gazeta», 1905 y.dan), «Manyana» («Tong», kundalik gaz., 1917 y.dan), «Ora popular» (kundalik gaz, 1989 y.dan), «Aki» («Şu yerda», siyosiy haftanoma, 1983 y.dan), «Buskeda» («Izlaniş», ijtimoiysiyosiy haftanoma, 1972 y.dan), «Demokrasia» («Demokratiya», haftanoma, 1981 y.dan), «Kronikas ekonomikas» («Iqtisodiy yangiliklar», haftanoma, 1981 y.dan), «Estudios» («Tadqiqotlar», oylik jur., 1956 y.dan). Milliy axborot agentligi yöq. Milliy aloqa boşqarmasi — ANTEL davlat mahkamasi 1974 y. tuzilgan bölib, mamlakatdagi radioeşittiriş va tele kursatuvlarni nazorat qiladi. Telekursatuvlar 1956 y.dan işlaydi.
Adabiyoti ispan tilida. Dastlabki qölyozma yodgorliklari mustamlaka davrida yaratilgan. Peres Kastelyanoning «Memorial» asari (1779 y. yozilgan, 20-a. boşlarida naşr qilingan) maktub tarzidagi tarixiy nasr namunasidir. X. Prego de Oliver, K. Vilyademoros şe'riyati va X. P. Martinesning «Beğubor sadoqat» pyesasi (1808) badiiy adabiyotga asos soldi. Mustakdllik uçun kuraş davrida gauçolar (daşt aholisi)ning xalq oğzaki ijodiyoti negizida gauço adabiyoti vujudga keldi. Uning maşhur namoyandasi B. Idalgo (1788— 1822) şe'rlari ispan mustamlakaçilarini foş etadi va ijtimoiy adolatsizlikni la'natlaydi. Yevropa klassitsizmi an'analariga tayanuvçi «akademik adabiyot»ning şe'riy namunalari «Şarqiy Parnas» antologiyasiga jamlangan. Şu adabiyotning atoqli vakili F. Akunya de Figeroa U. milliy madhiyasining muallifidir. 19-a.ning 30—40-y.laridan U. adabiyotida romantizm oqimi hukmron böldi. Zamonaviy U. nasrining asosçisi E. Asevedo Dias (1851 — 1924) «Ismael», «Şuhrat nidosi» tarixiy romanlarida gauçolarning ayançli hayotini tasvirladi. 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida şoirlardan X. AlonsoiTrelyesa, F. Silva Valdes, Delmira Agustini, Xuana de Ibarburu, adib X. E. Rodo, dramaturg F. Sançes, qissanavis O. Kiroga ijod qildilar. 30-y.lar oxiri va, ayniqsa, 2-jahon uruşidan keyin adabiyotda ijtimoiy illatlarni foş qiluvçi asarlar köplab yaratildi. E. Amorim, A.D.Gravina, M. Benedettining şu ruxdagi romanlari naşr etildi. 70—80-y.larda falsafiy şe'riyat rivoj topib, insonparvarlik va milliylik ğoyalarini tarannum etdi. Ayniqsa, X. Kunya, A. Berenger, M. Biançi, X. Medina Vidal va b. şoirlarning asarlari ilğor ijtimoiy jöşqinligi b-n ajralib turadi.
Me'morligi va tasviriy san'ati. U.da çarrua indeyslari san'atidan odam, hayvon va quşlar qiyofasi tasvirlangan toş va sopol buyumlar bizgaça yetib kelgan. Mustamlaka davridagi me'morlik turli istehkomlar, çerkovlar, barokko va klassitsizm uslubida barpo etilgan şahar binolaridan iborat (Montevideodagi Munitsipal nafis san'at muzeyi, 1804—08, me'mori T. Toribo). 19-a. örtalaridan şaharlar yevropaça eklektizm ruxida, 20-a. boşlaridan modern uslubida kurila boşladi. 20-a. örtalarida Montevideo qayta qurildi, köpgina osmonöpar binolar (şahar ratuşasi, banklar, mehmonxonalar), kurortlar va savdo majmualari qad kötardi. 20-a.ning 2yarmida jamoa turar joylari va savdojamoat markazlari (bozor, dökon, klub, restoran, poçta, poliklinika, maktab, bolalar boğçasi, kutubxona) bölgan şaharçalar qurişga kirişildi. U.ning maşhur me'mori X. Vilamaxo binolarning tevarakatrofdagi tabiiy manzara b-n uyğun bölişiga va ularni qurişda mahalliy materiallardan foydalanişga alohida e'tibor berdi. U BMTning NyuYorkdagi boş binosi qurilişida maslahatçi sifatida qatnaşdi.
U. tasviriy san'atida 19-a.ning 2yarmida, asosan, ajnabiy rassomlar ijod qildilar. U. milliy rangtasvir maktabining şakllanişida X.M. Montevideo şahri.
Blanesning ijodi muhim urin oladi. Uning möyqalamiga mansub köpgina tarixiy kompozitsiyalar, uruş manzaralari, portretlar, gauço siymolari mamlakat tarixi va xalq hayotining yaxlit qiyofasini gavdalantiradi. Milliy haykaltaroşlik san'ati rivojlandi (J. Livi, D. Mora va b.). 20-a. ning 1yarmida D. Ekket, keyinroq K. M. Errera va K. A. Kastelyanos kabi rassomlar yetişib çikdi. Şaklning nozik jihatlarini idrok etuvçi haykaltaroş B. Miçelena mehnat va madaniyat axlining siymolarini gavdalantiruvçi asarlar yaratdi. 1927 y. «Teseo» guruhiga birlaşgan köpgina rassomlar ilğor ijtimoiy ğoyalarni modernizm an'analari b-n boğlab tasvirladilar. R. Peres Barradas, X. Kuneo Perinetti, P. Figari va b. rassomlar birbiridan gözal san'at asarlarini yaratdilar, X. Torres Garsia esa abstrakt san'atning faol tarğibotçisi böldi. 20-a. örtalaridan «Gravyura klubi» (L. Gonsales va b.) san'atda xalq hayoti va taşvişlarini keng aks ettiriş yölidan bordi. X.T. Garsia, I. Dyukas, K. Federiko Saes, P. Figari, R. Barrades, X. Koneo, V. Barkala, M. Espinola, 20-a.ning 2yarmidagi maşhur rassomlardir. 1970—80-y.larda K.Lara, X. Gamarra kabi rassomlar postmodernizm ğoyalarini mahalliy an'analar b-n yuksaltirişga harakat qildilar. Zamonaviy rassomlar orasida A. Ernandes, K. Paes Vilaro, G. Lasarini, L. Massey, E. Dias Yepes, N. Berdiyalar bor. 1957 y. Nafis san'atlar milliy maktabiga asos solindi.
Musiqasi. Indeys musiqasining asosiy şakllari mehnat, uruş va marosim qöşiqlari hamda raqslaridan iborat bölgan. Çolğu asboblari: yoğoç baraban, hayvon şoxi va suyagidan yasalgan buğ, qamiş nay (pinkilo), dengiz çiğanoği, şaqildoq (maraka), ksilofon (marimba) va b. Ispan folklori namunalari (vilyansiko va b.) sayyor qöşiqçilar — payadoralar ijodi orqali 16-a.dan tarqalgan. Milliy (kreol) qöşiq janrlari — triste, vidala, estilo, milonga; raqs turlari — gato, syelito, perikon, kuando, rançera. 18-a.dan Yevropa professional musiqa turlari, jumladan, diniy musiqa şakllaridan — xoral, organ ijroçiligi va b., dunyoviy musiqa janrlaridan musiqali teatr (tonadilya, melodrama) va raqs musiqa (menuet, gavot, vals va b.) namunalari kirib keldi. 19-a.ning 20—50-y.larida 6 ta filarmoniya jamiyati, 1910 y. Montevideoda konservatoriya, kamer musiqasi uyuşmasi tuzildi. 20-a. boşidan milliy kompozitorlik maktabi taşkil topdi (L. Sambuseti, E. Fabini, A. Brokua). Zamonaviy musiqa arboblari: kompozitorlar E. Tosar, L. Birioti, R. Ştorm, K. Estrada, S. Serveti; dirijyor X. Protasi; pianinoçilar U. Balso, N. Marino; gitaraçi X. Oyanguren; xonanda V. Kastro. Musiqa ta'limi sohasida şahar musiqa maktablari tizimi mavjud. Montevideodagi Respublika un-ti xuzurida Milliy konservatoriya oçilgan.
Teatri. Dastlabki teatr tomoşalari Montevideoda 18-a. oxirlarida körsatildi. 1793 y. bu yerda oçilgan Komediya uyida vaqtivaqti b-n B. Idalgo, E. Faxardo, F. X.de Aça kabi dramaturglarning pyesalari sahnalaştirildi. 1856 y. «Solis» teatri qurildi. Milliy teatrning ravnaqtopişida dramaturglar F. Sançes va E. Errera ijodining ahamiyati katta böldi. 20-a.ning 30—40- y.larida «mustaqil teatrlar» harakati boşlandi. «Komediya nasonal», «El Galpon», «Teatro uno», «Teatro universitario» kabilar tijorat teatrlaridan farkli ölaroq milliy va jahon dramaturgiyasining eng yaxşi namunalarini sahnaga olib çiqdilar. Tanikli teatr arboblari — S. Korriyeri, X. Savala Munis, A. del Çopo, X. Ortis, F. Volf, A. Lorreta. 1949 y.dan Drama san'ati maktabi işlaydi.
Kinosi. 1898 y. dastlabki qisqa metrajli «Arrayo Seko velodrom i dagi velopoyga» filmi suratga olindi. «Muştlar va oliyhimmatlik» (1919, rej. X. Borxes) — birinçi töla metrajli film böldi. 1936 y.dan, asosan, hajviy mazmundagi ovozli filmlar çiqarila boşladi. 1950 y. kinematografiya inti taşkil etildi. 60—70-y.larda «Urugvaydek mamlakatni topib böpsiz» (1960, rej. U. Olive), «Pragada» (1964), «Karlos» (1966), «Menga talabalar yoqadi» (1968, hammasining rej. M. Andler), «Saylovlar» (1967, rej. U. Olive va M. Andler) kabi siyosiy yönalişdagi filmlar, turli rej. larning novellalaridan iborat «Oh, Urugvay» (1971) töla metrajli film yaratildi.