GUJAROT — Hindiston ştata, mamlakatning ğarbida, Arabiston dengizi sohilida. 1960 y.da Bombay ştatidan aholisining aksariyatini gujarotlar taşkil etgan viloyatlarni ajratib taşkil etilgan. Mayd. 196 ming km2. Aholisi 50,6 mln. kişi (2001), 90% xindular, 8,4% musulmonlar. Ma'muriy markazi — Gandinagar ş. Yirik şaharlari: Axmadobod, Baroda, Surat, Rojkut, Bhavnagar, Jamnagar, Kandla. G. yer yuzasining köp qismi allyuvialdengiz qumli gillardan tuzilgan yassi payettekislik. Iqlimi subekvatorial, yoğinlar barqaror emas. Yanv.ning örtaça t-rasi 16—23°, iyulniki 28°. G.ning katta qismida örtaça yillik yogin 500—1000 mm. Ösimliklari ştatning ğarbida tropik savannalardan, şarqida tropik quruq örmon va tikanli butazorlardan iborat. Yirik daryolari — Tapti, Narbada, Maxi. G. kuçli seysmik zonada joylaşgan (q. Gujarot zilzilasi). Qadimda va örta ayerlarda G. hududida bir neça davlat mavjud bölgan. 1297— 1396 y.larda G. yerlari Dexli sultonligiga karam edi. 1406 y. Dexli sultonligining G.dagi noibi Muzaffarxon G.ni mustaqil sultonlik, Ahmadobodni uning poytaxti deb e'lon qildi. Mahmud I Begara davrida (1459—1511) G. ança rivojlandi, savdo-sotiq kuçaydi. 16- a. boşlarida portugallarning G. portlarini qamal qilişi natijasida sultonlik iqtisodiy tuşkunlikka uçradi. 1572 y.da Akbar G.ni öz davlatiga qöşib oldi. 18-a. örtalarida G. hududi marath peşvolari qöliga ötdi. 19-a. boşlarida esa inglizlar uni Bombay (Mumbay) viloyatiga qöşib yubordi. Hindiston mustaqillikka erişgaç (1947), G. aloqida ştatga aylantirildi (1960). G. Hindistonning muhim paxtaçilik rni va sanoati rivojlangan ştatlaridan. Butun Hindistondagi paxta maydonining 1/5 qismi va hosilining 1/4 qismidan köproği, yer yonğoqning 1/3 qismidan köproği G. hissasiga töğri keladi. Oziq-ovqat uçun şoli, içki viloyatlarda va şim.da jovar (tariqning bir turi), makkajöxori, buğdoy, ştatning hamma joyida dukkaqli ekinlar eqiladi. Çorvaçilikda qoramol, qöy, eçki boqiladi. Kaç qöltiğidan tuz olinadi. Şuningdek, marganets, ohaktoş, boksit, neft ham qazib çiqariladi. Yetakçi sanoat tarmoği—töqimaçilik. Umumiy va elektrotexnika maşinasozligi, kimyo, sement i. ç. sanoatlari ham rivojlangan.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 475-b. — ziyouz.com