ATEROV VILOYATI (1992 y.gaça Guryev viloyati) — Qozoğiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938 y. 15 yanv. da taşkil etilgan. Mayd. 113,5 ming km2. Aholisi 447,9 ming kişi (1999); asosan qozoqlar, şuningdek ruslar, beloruslar, özbeklar, koreyslar ham yaşaydi. Markazi — Aterov ş.
A.v. Kaspiy böyi pasttekisligida joylaşgan. Barxan qumlari, suv oqmaydigan botiqlar bor. Yanv.ning örtaça t-rasi — 3,4° dan — 10,6° gaça, iyulniki 24°—26°. Yiliga 100—200 mm yoğin tuşadi. Yozda tözonli böronlar va suxoveylar böladi. Asosiy daryolari: Ural, Emba, Uil, Sağiz. Sayoz, asosan şör köllar bor. Yer yuzasining kattagina qismi şörxok, şörtob va qönğir çöl-daşt tuproqlaridan iborat. Ösimliklari çala çöl tipidagi (şöra, şuvoq, betaga, çalov va b.) ösimliklar, daryo qayirlarida daraxt, butazor (töqayzor)lar mavjud.
Töliq öqiş — yana 3 xatboşi
A.v. sanoatida neft qazib çiqariş, neftni qayta işlaş va baliq sanoati muhim örin tutadi. Energetikasi mahalliy va qisman çetdan keltiriladigan neft mahsulotlari va Karaganda kömirida işlaydi. Neft Emba koni va Aterov atrofidan olinadi. Aterovda neftni qayta işlaş z-di, şahar yaqinida baliq konserva k-ti işlab turibdi. Maşinasozlik va metallsozlik (Aterovda maşinasozlik z-di), kimyo, yoğoçsozlik, quriliş materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor, quriliş ma-teriallari işlab çiqariladi.
Q.x.ning yetakçi tarmoği — yaylov çorvaçiligi. Asosan dağal junli qöylar boqiladi. Q.x.ga yaroqli yerlarning ança qismi piçanzor va yaylov. Bahorikor va suğorma dehqonçilik qilinadi. Q.x.da yem-xaşak ekinlari (bir yillik ötlar, silos uçun makkajöxori) ham ekiladi. Ğalla ekinlaridan asosan arpa, tariq yetiştiriladi, Volga va Ural daryolarining quyi oqimida şoli ekiladi. Sabzavot va kartoşka hamda poliz ekinlari ham salmoqli örin tutadi. Kaspiy dengizida baliq ovlanadi.
T.y. orqali boşqa viloyatlar b-n boğlangan. Ural daryosi (Uralskkaça) va Kaspiy dengizida (Aterovdan Astraxongaça va Fort-Şevçenkogaça) kema qatnaydi. Yuklarning bir qismi avtomobil transportida taşiladi. Avialiniyalar Aterovni A.v.ning boşqa joylari b-n boğlaydi.
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 743–744-b. — ziyouz.com