Tabiati. Q.ning hududi ğarbda Volga daryosi quyi oqimidan şarqda Oltoygaça va şim.da Ğarbiy Sibir tekisligidan jan.da Tyanşan toğlarigaça çözilgan. Ğarbda Kaspiyböyi pasttekisligi va Manğişloq ya.o. bor; bu yerda dengiz sathidan past botiqlar (mas, Qoragiyo — 132 m) uçraydi. Manğişloqdan şarqda Ustyurt platosi (bal. 340 m gaça) joylaşgan. Kaspiyböyi pasttekisligi şim.-şarqda Ural toğlarining jan. tarmoqlari va Muğojar toği bilan çegaralangan. Muğojar toğidan şim.- şarqda Törğay platosi bor. U jan.da Turon pasttekisligi (Qizilqum çöli)ga tutaşib ketadi. Orol dengizidan şim. da Katta va Kiçik Börsiq qumli çöllari va Orolböyi Qoraqumi joylaşgan. Q.ning markaziy qismini Krzoğiston past toğlari (Sariorqa) egallagan. Bu yerda Qizilray (1565 m), Qarqarali (1366 m), Uluğtov (1133 m) kabi alohida toğ massivlari bor. Qozoğiston past toğlaridan jan.da Betpaqdala çöli, undan jan.da Möyinqum çöli joylaşgan. Betpaqdaladan şarqda katta maydonni egallagan Yettisuv hududi mavjud. Q.ning şarqi va jan.-şarqida Oltoy toğlarining jan. tarmoqlari, şuningdek, Saura, Tarbağatay, Junğariya Olatovi tizmalari, Şim. va Ğarbiy Tyanşanning ayrim tizmalari joylaşgan.
Q.da foydali qazilmalardan Muğojar toği tokembriy va paleozoy burmali va metamorfozlaşgan qatlamlari orasida mis kolçedani, Törğay bukilmasi zaminida magnetit rudalari (Sokolov, Sarbay va b.) hamda qönğir temirtoş (Qöstanay viloyati), qönğir kömir, boksit uçraydi. Q.ning burmali paleozoy zaminida rudali va noruda foydali qazilmalar (mis, polimetall va b.)ning yirik konlari bor. Şuningdek, toşkömir (Qaraganda, Ekibastuz) va qönğir kömir (Maykuba) konlari mavjud. Muğojar toğining vulkanogen jinslarida xromit, nikel, kobalt, oltin, asbest bor. q. hududida qörğoşin, rux, molibden, volfram, fosforit. barit, kadmiy, vismut, profillit, neft, gaz, yonuvçi slanets. marganets. titan, vanna-diy, temir, alyuminiy, qalay rudalari, oltingugurt, mirabilit, flyuorit ham bor.
Iqlimi keskin kontinental. Qiş şim.da sovuq, markazi va jan.da mö'tadil sovuq, çekka jan.da yumşoq. Yanv. da örtaça t-ra şim.da —18°, tekislik qismining jan.da — 3°. Şim. va markaziy r-nlarda qişda — 45° gaça, jan. da — 35° gaça sovuq böladi. Yozi şim.da iliq, jan.da issiq. Iyulda örtaça t-ra şim.da 19°, jan.da 28—30°. Yillik yoğin daşt va örmonli daştlarda 250— 400 mm, çöl va çala çölda 100—200 mm. Balxaşböyi, Orolböyi Qizilqumi va Ustyurt jan.da 100 mm dan kam. Toğ oldi va toğlarda yillik yoğin 400— 1600 mm. q. hududining hamma qismida kuçli şamollar böladi. q. jan.dagi toğlarda muzliklar bölib, ularning soni 2700 dan ziyod, umumiy mayd. 2000 km2 çamasida.
Q.da 85 mingdan ziyod daryo va soy bölib, şundan 328 tasining uz. 100 km dan ortiq. Daryolarining aksariyati içki berk havzalar (Kaspiy va Orol dengizlari, Balxaş köli va b.)ga oqadi. Tekisliklardan oquvçi daryolarning köpi yozda qurib qoladi. Toğ daryolari sersuv va gidroenergiyaga boy. Asosiy daryolari — Irtiş, Ural, Çu, Ili, Sirdaryo. Çordara, Buxtarma, Qopçiğay va b. suv omborlari bor.
Q.da 48,3 mingga yaqin köl bor; ularning umumiy mayd. 45 ming km2 dan ortiq. Yirik köllari: Balxaş, Zaysan, Olaköl, Tengiz, Sassiqköl, Marqaköl va b.
Tuproqlari şim.da 52° ş.k.gaça qoratuproq, 52—48° ş.k.lar orasida kaştan tuproq, undan jan.da qönğir va bözqönğir çöl tuproqlari bilan birga qumli va taqir tuproqlar, toğlarda toğ qönğir, toğ kaştan, qora tuproq, böz örmon va toğ-ötloqi qoramtir tuproqlar tarqalgan. Toğ tepalarida toğ-ötloqi subalp va alp tuproqlar mintaqasi joylaşgan.
Q.da ösimliklarning 15 ming turi bor. Tekislik qismi ösimlik qoplamining xarakteriga qarab 3 asosiy zonaga: daşt, çala çöl va çöl zonalariga bölinadi. Daşt zonasida har xil boşoqli ösimliklar ösadi, şim. roqda qayinzorlar uçraydi. Çala çöl zonasida şuvoq-boşoqli ösimliklar köproq. Çöl zonasi eng katta maydonni egallagan. Qizilqum çölida qora saksovulzorlar bor. Yirik daryo vodiylarida töqay örmonlari (jiyda, turanğil, tol, çinğil) ösadi, daryo va köl böylari qamişzor. Toğ etagi tekisliklari va toğ oldilarida efemer va efemeroidlar. toğ yon bağirlarida butalar (na'matak, zirk va b.), yovvoyi mevali daraxtlar ösadi. Toğlarning örta mintaqasi igna bargli örmonlar bilan qoplangan, toğ tepalari subalp va alp ötloklaridan iborat.
Hayvonot dunyosida sut emizuvçilarning 180 turi, quşlarning 500 turi, sudralib yuruvçilarning 52 turi, suvda va quruqda yaşovçilarning 12 turi, baliqlarning 104 turi yaşaydi. Umurtqasiz hayvonlar köp. Kemiruvçilar, asosan, çöl va daşt yerlarda tarqalgan. Çöl va çala çöllarda sayğoq, jayran, toğlarda maral, toğ takasi, arxar, yovvoyi çöçqa, yirtqiçlardan böri, tulki, börsiq, toğ örmonlarida qönğir ayiq, qor qop-loni, silovsin, rosomaxa, kolonok, tiyin va b. yaşaydi. Suv parrandalaridan yovvoyi ğoz, ördak, Tengiz kölida qizil ğoz, qamişzorlarda laylak, birqozon, turna, daştda burgut va h.k. bor. Sudralib yuruvçilar köp. Daryo va köllari baliqqa boy. Oqsuv-Jabalğa, Olmaota, Borsakelmas, Qurğalja, Marqaköl, Naurzum qöriqxonalari, Bayanovul milliy boği bor.
Aholisi. Q.da 131 millat va elat istiqomat qiladi. Asosiy aholisi qozoqlar (55,7%). Şuningdek, rus, ukrain, nemis, özbek, tatar, uyğur va b. ham yaşaydi. Davlat tili — qozoq tili. Şahar aholisi 56%. Dindorlarning aksariyati musulmon-sunniylar, pravoslavlar (8,2%), protestantlar (2,1%) ham bor. Yirik şaharlari: Olmaota, Qarağanda, Çimkent, Pavlodar, Semipalatinsk.
Tarixi. Hozirgi Q. hududida mil. av. 4—3-ming yilliklarda (eneolit davri) yaylov çorvaçiligi paydo böldi. Mil.av. 1-ming yillik örtalarida köpgina daşt qabilalari yaylov çorvaçiligi bilan şuğullana boşladi. Bu qabilalar, asosan, qöçmançi va yarim köçmançi çorvaçilik bilan şuğullangan, hunarmandçilik va qisman dehqonçilik ham qilgan. Mil. av. 3—1-a.larda hozirgi Q. hududida Qanğ davlati vujudga keldi. Mil. 6-a. örtalarida Turk xoqonligi, 8-a. boşlarida Ili va Çu daryolari oraliğidagi hudullarda turgaşlar, 766 y. qarluqlar davlati taşkil topdi. Turgaşlar, keyinçalik Qarluqlar xoqonligida (766— 940) hunarmandçilik va savdo markazlari bölgan şaharlar (Taroz va b.) paydo böldi. 8—10-a.larda Q. jan. da islom dini tarqaldi. 9—11-a.larda Q.ning ğarbiy va jan.-ğarbiy hududlari öğuzlar davlati tarkibida bölgan. 8—11-a.larda şim.-şarqiy va markaziy hududlarda kimaklar va qipçoqlar yaşagan (bu katta hudud Daşti Qipçoq deb atalgan).
10-a.ning 1-yarmida Yettisuvga şarqiy Turkistondan yağmolar bostirib kirdi. Ularning hujumi natijasida Qarluq xoqonligi parçalanib, uning örnida Qoraxoniylar davlati paydo böldi. 1219—21 y.larda Q. möğullar tomonidan bosib olinib, Çingizxon öğillari örtasida taqsimlandi. Möğullar hukmronligi davrida Q. Oltin Örda tarkibida, u parçalangaç, Oq Örda va Möğuliston tarkibida bölgan. Amir Temur 1391 y. Töxtamişta qarşi yurişi çoğida Q.dagi Uluğtoğ (Ulutov)da qarorgoh qurgan va toştaroşlarga safari haqida xarsang toşga bitik bitişga farmon bergan. Oradan 200 yil ötgaç, Abdullaxon II ham Daşti Qipçoqqa yurişidan yodgorlik sifatida Uluğtoğda masjid qurdirgan. Katta hududni birlaştirgan Oq Örda 14-a. oxiri — 15-a. boşlarida bir neça mulklarga ajralib ketdi (asosiy hududlarni birlaştirgan Nöğay Örda va Özbek xonligi ularning eng yiriklari bölgan). 15-a. oxirida Yettisuvda Qozoq xonligi vujudga keldi. 16-a. boşlarida qozoq elatining uzoq davom etgan şakllanişi nihoyasiga yetdi. Qosimxon davri (1511 — 23)da Qozoq xonligi mustahkamlanib, çegarasi kengaidi, aholi soni ortdi. 16-a. örtalarida Nöğay Ördasi, keyinroq Möğuliston va Sibir xonliklari parçalanib ketdi. Qozoq xonligi juzlarga bölinib, Katta juz (Yettisuv), Örta juz (Markaziy Q.) va Kiçik juz (Ğarbiy Q.) deb atala boşladi. 17-a.da juzlar hududlarida mustaqil xonliklar paydo böldi. 18-a. boşlarida Q.ga Junğariya xonligi xavf solib turdi (1729 y. junğarlar Katta juzning talay yerlarini bosib oldi). 1726 y. Abulxayrxon Kiçik juz oqsoqollari nomidan Rossiya podşosiga fuqarolikka olişni iltimos qilib murojaat qildi. 1731 y. Kiçik juz Rossiya tarkibiga kira boşladi. 1731—40 y.larda Örta juzning ayrim xon va sultonlari Rossiya fuqaroligini qabul qildilar. 18-a. örtalarida qozoq sultonlari orasida nizo kuçayib, pirovardida Abulxayrxon öldirildi (1748). Uning öğli Nurali kiçik juz xoni bölib, podşo ma'muriyatiga tayandi va öz hokimiyatini Örta juzning bir qismiga, şuningdek, Xivaga ham yoyişga urindi. Ammo u muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Junğarlarning Xitoydan mağlubiyatga uçraşi (1758) natijasida hududining katta qismi junğarlar hokimiyati ostida bölgan Katta juzda manjurlar hukmronligi örnatilişi xavfi paydo böldi. Q.ning jan. hududlari, jumladan, Çimkent ham Qöqon xonligi tarkibiga kirdi. 19-a. boşlarida Örta juz xonlari Buke (1815), Vali (1819) vafotidan söng podşo hukumati xon hokimiyatini tugatib, 1822 y.dan yan-giça boşqariş tizimini joriy etdi. 1824 y. Kiçik juzda ham xon hokimiyati tugatildi; uruğ oqsoqollari hokimiyatini çeklaydigan hududiy boşqaruvga ötildi. Daşt yerlarning jan. hududlari Köqon va Xiva xonliklari tarkibida qoldi. 1853 y. Orenburg va Samara general-gubernatori V.A.Perovskiy Qöqon xonligiga qaraşli Oqmaçit qal'asini işğol qilib, uni tayanç punktga aylantirdi. 1854 y. Verniy istehkomi (hoz. Olmaota) qurildi.
Rossiyaning ta'siri kuçayib borayotganligidan xavfsiragan Köqon xoni Xudoyorxon 1860 y.ning kuzida ruslarning Verniy istehkomini bosib oliş uçun 20 ming askar yubordi. Öşa yilning okt. da rus qöşinlari qozoq otryadlarining yordamida Uzunoğoç darasida Qöqon xoni askarlarini mağlubiyatga uçratdi. Natijada Yettisuvning barça qismi Rossiyaga qöşib olindi. 19-a.ning 60-y.larida qozoq yerlarining Rossiyaga qöşib olinişi tugallandi. Podşo hukumati ölkada ma'muriy islohotlar ötkazdi. 1867 y. turkiston general-gubernatorligi tarkibida Yettisuv va Sirdaryo viloyatlari, 1868 y. Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Ural va Törğay viloyatlari, Ğarbiy Sibir (keyinçalik Daşt) general-gubernatorligi» tarkibida Akmolinsk va Semipalatinsk viloyatlari taşkil etildi. Viloyatlar uyezdlarga, uyezdlar volos-tlarga, volostlar ovullarga bölindi. Barça yerlar davlat mulki deb e'lon qilindi. 1867—68 y.lardagi islohotlar qozoq jamoalarining barça tabaqalarida norozilik tuğdirdi. Natijada mustamlakaçilik zulmiga qarşi qözğolon kötarildi. U şafqatsiz bostirildi. Q. Rossiya sanoati uçun öz tovarlarini sotiş bozori va xom aşyo bazasi bölib qoldi.
1-jahon uruşi yillari (1914— 18) da q.x. mahsulotlari va çorva mollarini ommaviy ravişda tortib oliş, soliqlarning köpayişi, qimmatçilik, qozoq aholisining mardikorlikka safarbar qilinişi (1916) aholi orasida ğalayonlarning avj olişiga sabab böldi. 1916 y.ga kelib ğalayonlar Q.ning butun hududini qamrab olgan milliy ozodlik harakatiga aylandi. Ayniqsa, bu harakat Törğay viloyatida uzoq davom etib, unga xalq qahramoni Omongeldi Imonov rahbarlik qildi. 1917 y. noyab. — 1918 y. fev.da Q.da sovet hokimiyati örnatildi. Q.ning Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari 1918 y. apr.da taşkil etilgan Turkiston ASSR tarkibiga kiritildi. 1920 y. 26 avg.da RSFSR tarkibida Qirğiziston (Qozoğiston) ASSR tuzildi. 1920 y. 4—12 okt. da Orenburgda bölib ötgan Q. Sovetlarining ta'sis syezdi RSFSR tarkibida Qozoğiston ASSR tuzilganligini e'lon qildi. 1936 y. Qozoğiston ASSR SSSR tarkibidagi ittifoqdoş respublikaga aylantirildi. 1990 y. 25 okt.da davlat suvereniteti töğrisida deklaratsiya qabul qilindi. 1990 y. 10 dek. da q. Respublikasi deb nomlandi. 1991 y. 16 dek.da respublika Oliy Kengaşi davlat mustaqilligi töğrisida qonun qabul qildi. 1991 y. 21 okt.da MDH tarkibiga kirdi. Q. — 1992 y.dan BMT a'zosi. 1992 y. 23 okt.da ÖzR suverenitetini tan olgan va diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami — 16 dek. — Mustaqillik kuni (1991).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyuşma birlaşmalari. Q. agrar partiyasi, 1999 y. yanv.da tuzilgan; q. fuqarolik partiyasi, 1998 y. noyab.da asos solingan; Q. demokratik partiyasi, 2004 y. apr.da taşkil etilgan; q. «Aq jol» («Oq yöl») demokratik partiyasi, 2002 y. martda tuzilgan; Q. «Auml» («Qişloq») sotsial-demokratik partiyasi, 2000 y. yanv.da asos solingan; q. xalq kommunistik partiyasi, 2004 y. apr.da taşkil etilgan; Q. kommunistik partiyasi, 1991 y. tuzilgan; «Qozoğistonning demokratik tanlovi» xalqpartiyasi, 2001 y. noyab.da asos solingan; Q. vatanparvarlar partiyasi, 2000 y. taşkil etilgan; Respublika «Otan» («Vatan») siyosiy partiyasi, 1999 y. yanv.da asos solingan; «Ruhoniyat» partiyasi, 2003 y. apr.da tuzilgan. Q. erkin kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi, 1991 y. avg.da tuzilgan; Q. mehnat konfederatsiyasi, 2004 y. 2 martda taşkil etilgan; q. Respublikasi kasaba uyuşmalari federatsiyasi, 1990 y. okt.da asos solingan.
Xöjaligi. Q. — industrial-agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda sanoat 22,2%, savdo va umumiy ovqatlaniş 18,1%, qişloq xöjaligi va örmon xöjaligi 12,7%, transport va aloqa 11,8% ni taşkil etadi.
Sanoatida yonilği-energetika, qora va rangli metallurgiya, oziq-ovqat, maşinasozlik va metallsozlik, kimyo va neft kimyosi, yengil, quriliş materiallari sanoati yetakçi tarmoqlardir. Qora metallurgiya sanoati markazlari Temirtov, Oqtöba, Qarağanda, Oqsuv ş.lari. Rangli metallurgiya sanoati mis (Balxaş va Jezqazğan kon-metallurgiya k-tlari), qörğoşin-rux (Ust-Kamenogorsk, Çimkent), alyuminiy (Pavlodar) sanoatini öz içiga oladi; titan-magniy işlab çiqariladi. Maşinasozlik (temirpress uskunalari, stanok, ekskavator, traktor, q.x. maşinalari i.ç.) korxonalari Qarağanda, Olmaota, Ostana, Pavlodar, Ust-Kamenogorsk ş.larida joylaşgan. Kimyo sanoati korxonalari mineral öğit, fos-for, plastmassa, sintetik kauçuk, kimyoviy tola va b. işlab çiqaradi (Qoratov, Çimkent, Taroz, Aterov). Aterov, Pavlodar ş.larida neftni qayta işlaş z-dlari bor. Quriliş materiallari sanoatida sement, ohak, ğişt, temir-beton konstruksiyalari i.ç., yengil sanoatning kön-poyabzal, terimöyna, jun, trikotaj, ip-gazlama i.ç. tarmoqlari rivojlangan. Oziq-ovqat sanoatida göşt, yoğ, qand-şakar va konserva işlab çiqariladi. Toşkömir (Ekibastuz, Qarağanda havzalari), neft va tabiiy gaz (Manğişloq ya.o.), temir rudasi (Sokolov-Sarbay koni), polimetall, mis, uran, xrom, qörğoşin, nikel rudalari, rux, vismut, kadmiy, molibden, boksit qazib olinadi. yiliga örtaça 58,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi - I (85,7% issiqlik elektr st-yalarida). Irtiş (Ust-Kamenogorsk, Buxtarma), Sirdaryo (Çordara), Ili (Qopçiğay) daryolarida yirik GESlar bor.
Qişloq xöjaligida mamlakat hududining 44% dan foydalaniladi; uning 19% haydaladi, 1% ga yaqini suğoriladi. 1954—60 y.larda qöriq va böz yerlarning özlaştirilişi natijasida Q. ğalla yetiştiruvçi yirik respublikaga aylandi. Lalmi va suğoriladigan yerlarda ğallaçilik bilan birga göşt-jun qöyçiligi va göşt-sut çorvaçiligi ham rivojlangan. Ğallaçilikda, asosan, buğdoy yetiştiriladi. Şuningdek, paxta, kungaboqar, ziğir, yem-xaşak ekinlari ekiladi. Mevaçilik, tokçilik, polizçilik rivojlangan. Çorvaçilikda qoramol, çöçqa, qöy va eçki, uy parrandasi, tuya va yilqi boqiladi.
Transportida t.y.lar uzunligi 13,5 ming km, avtomobil yöllari uz. 87,4 ming km. Kaspiy va Orol dengizlari, Balxaş köli, Irtiş, Ural, Sirdaryo daryolarida kema qatnaydi. Truboprovod transporti rivojlangan. «Eyr Qazaqstan» havo yöllari kompaniyasi mavjud.
Q çetga neft, tabiiy gaz, qora metall, mis, ğalla, kömir va b. çiqaradi. Çetdan oziq-ovqat va sanoat mollari, maşina va jihozlar oladi. Taşqi savdoda Rossiya, Ukraina, Qirğiziston, Germaniya, Xitoy bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — tenge.
Tibbiy xizmati. 2005 y. Q.da 50,6 ming vraç (10 ming aholiga 33,9 vraç), 104,4 ming örta tibbiyot xodimi (10 ming aholiga 74,1 örta tibbiyot xodimi) işladi. Vraçlar mamlakatdagi ixtisoslaştirilgan 6 oliy öquv yurtida tayyorlanadi. q. hududida «Borovoye», «Olma-Arasan», «Sarioğoç» kurortlari, Ola-tov, Bayanovul, Kapal-Arasan, Möyaldi, Yangiqörğon kurort joylar bor.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. 19-a. 2-yarmigaça q. hududida faqat musulmon maktab va madrasalari bölgan. 19-a.ning 2-yarmidan dunyoviy maktablar, xususan, 1850 y. Orenburg çegara komissiyasi huzurida qozoq bolalari uçun 7 y.lik maktab oçildi. 1864 y. Törğayda qozoq demokrat-ma'rifatparvar pedagogi N.Oltinsarin taşabbusi bilan qozoq maktabi va uning qoşida internat taşkil etildi. 1879—89 y.larda Q.ning turli uyezdlarida 2 sinfli rus-qozoq maktablari, 1888 y. Orskda muallimlar maktabi oçildi. 1929 y. lotin alifbosi asosida qozoq yozuvi yaratildi. 1940 y. rus alifbosi asosidagi yozuvga ötildi. 1992 y. dan ta'lim tizimida islohotlar amalga oşirildi. Umumiy örta ta'lim maktablari kabi örta ma'lumot beradigan litsey, gimnaziya, hunar-texnika maktablari, kollejlar paydo böldi. 2003 y. respublikada 108 gimnaziya, 63 litsey, litsey va gimnaziya sinflari bölgan 289 maktab, iqtidorli bolalar uçun möljallangan 30 maktab işladi. 312 hunar-texnika maktabida 89 mingdan ziyod, 382 kollejda 207 mingdan ortiq öquvçi öqidi. Q.da birinçi oliy öquv yurti — Qozoğiston ped. instituti 1928 y. Olmaota ş.da oçilgan. 2005 y. Q.da 43 davlat oliy öquv yurti işladi. Yiriklari: Qozoq milliy universiteti, Yevrosiyo milliy un-ti, Qozoğiston milliy agrar un-ti, Qozoğiston milliy texnika un-ti, Qozoğiston milliy konservatoriyasi, Qaraganda un-ti, Olmaota texnologiya un-ti va b. Q.da ilmiy tadqiqotlar Qozoğiston Respublikasi milliy fanlar akademiyasi i.t. institut va muassasalarida, mamlakat oliy öquv yurtlari hamda turli vazirlik, muassasalar ixtiyoridagi soha i.t. institutlarida olib boriladi. Q.da bir qança kutubxona (eng yirigi Q. Respublikasi milliy kutubxonasi), klub muas-sasasi, 12 muzey (yiriklari: Qozoğiston Respublikasi davlat muzeyi, San'at muzeyi, Muxtor Avezov uy muzeyi, Abay Qunonboyev memorial muzeyi va b.) bor.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. Q.da bir qança gaz. va jur. naşr etiladi. Yiriklari: «Aqiqat» («Haqiqat», qozoq tilidagi oylik jur., 1921 y.dan), «Atameken» («Va-tan», qozoq tilidagi gaz., 1991 y.dan), «Veçernyaya Astana», rus tilida haftada 3 marta çiqadigan gaz., 1991 y.dan), «Jas alaş» («Yoş millat», qozoq tilidagi kundalik gaz., 1921 y.dan), «Juldmz» («Yulduz», qozoq tilidagi oylik jur., 1922 y.dan), «Qazaqstan ayelderi» («Qozoğiston xotin-qizlari», qozoq tilidagi oylik jur., 1925 y.dan), «Kazaxstanskaya pravda» («Qozoğiston haqiqati», rus tilidagi kundalik gaz., 1920 y.dan), «Narodnoye xozyaystva Kazaxstana» («Qozoğiston xalq xöjaligi», rus tilidagi oylik jur., 1926 y.dan), «Prostor» («Kenglik», rus tilidagi oylik jur., 1933 y. dan), «Qazaqstannş aunl şarua-şmlnğm» («Qozoğiston qişloq xöjaligi», qozoq tilidagi oylik jur., 1936 y.dan), «Ara» («Ari», qozoq tilidagi oylik jur., 1956 y.dan). «Qozoğiston axborot agentligi» milliy kompaniyasi, oçiq aksiyadorlik jamiyati, 1921 y. taşkil etilgan. «Xabar» agentligi, aksiyadorlik jamiyati, 1996 y. tuzilgan. «Qozoğiston» respublika teleradiokorporatsiyasi, Q. radiosi (1920 y.dan faoliyat körsatadi) va «Qozoğiston» milliy telekanali (1958 y.dan faoliyat yuritadi)ni birlaştiradi. «Xabar» teleradiokompani-yasi, 1995 y.da taşkil etilgan. Q.da radioeşittirişlar 1921 y.dan, telekörsatuvlar 1958 y.dan boşlangan.
Adabiyoti. Qozoq xalqi adabiyoti xalq oğzaki ijodi (qöşiq, ertak, maqol va matal, qahramonlik va lirik-epik dostonlar)dan boşlanadi. «Er Tarğin», «Qambar batir» va boşqa qad. dostonlarda xalq ozodligi, erki va mustaqilligi yölida kuraşgan xalq qahramonlari madh etiladi. «Qiz Jibek», «Bayan Suluv», «Ayman-şolpan» dostonlarida qozoq xalqining erksevarligi kuylanadi. Xalq ertaklarining Aldar kösa, Jirenşi, Tazşa, Ayozbi kabi qahramonlarning sarguzaştlari aks ettirilgan ertaklar keng tarqalgan. 15-a.da Asan Kayği, Sipira, Qaztuğan, 16-a.da Döstpambet, Şalkiiz, 17-a.da Jiyembet, Marğaska Jirov, Aqtamberdi, 18-a.da Tetiqora, Buqar kabi jirovlar öz dostonlari bilan maşhur böldilar. 18—19-a.larda qozoq madaniyati, jumladan, qozoq adabiyoti taraqqiyotida yangi davr boşlandi. Janaq Soğindiq öğli, Şöji Qarja-ubay öğli, Suyunbay Aron öğli, Şortanboy Qanay öğli, Murat Mönke öğli, Abubakir Şöqon öğli va b. taraqqiyparvar xalq oqinlarining asarlari paydo böldi. 19-a. örtalarida B. Qöjagulov, A.Naymanboyev kabi oqinlar, şoira T.Tansanbekova, Jambul Jabayev va b.ning asarlari ommalaşdi. Bu davrda etnograf va folklorşunos Ç.Valixonov adabiyotda ma'rifatparvarlik ğoyalarini yoydi. 19-a. 2-yarmida tanqidiy realizm adabiyoti — qozoq yozma badiiy adabiyot rivojlandi. Uning asosçisi, şuningdek, milliy adabiy tilning yaratuvçisi Abay Qönonboyev böldi. I.Oltinsarin ma'rifatparvarlik ğoyalarini yaratdi va rus grafikasi asosida qozoq alfavitini işlab çiqdi. 20-a.da yozuvçilardan S.Kubayev, S.Törayğirov, S.Dunentayev, M.Seralin, B.Kuleyev, B.Utetileuov, T.Iztileuov, Ğ.Qaraş, N.Ormanbot öğli, T.Jömartboyev va b. ma'rifatçidemokratlarning realistik an'analarini davom ettirdilar. 20-a.ning 20-y. larida qozoq adabiyotida Saken Sayfullin yetakçi örin egalladi. Bu davrda şe'riyat (Jambul jabayev, N.Bayganin, N.Bayzakov, T.Jarokov, A.Tojiboyev, Ğ.Örmonov. A.Toqmağambetov va b.) va nasr (M.Avezov, S.Muqonov, Ğ.Musrepov, Ğ.Mustafin va b.) rivojlandi. 1930-y. larda qozoq adabiyotida mavzu kengaydi (S.Sayfullin, B.Maylin, AAbişev, I. Jonsuğurov, Ş.Husainov asarlari). 2-jahon uruşi yillari (1939—45)da qozoq adabiyotida qozoq xalqining jang maydonidagi qahramonligi va mamlakat içkarisidagi mehnat jasoratini aks ettiruvçi asarlar maydonga keldi. S.Muqonov, A.Toqmağambetov, T.Jarokov, Ğ.Örmonov, K.Abdiqodirov, X.Bekxojin, J.Möldağaliyev, X.Erğaliyev kabi şoirlar, Ğ.Mustafin, A.Nurpeisov, M.Avezov, A.Abişev va b. adiblarning vatanparvarlik ruhi bilan suğorilgan asarlari yaratildi. Uruşdan keyingi yillarda ham vatanparvarlik mavzui davom ettirildi va bu davrda M.Avezov, Ğ.Musrepov, A.Nurpeisov, T.Jarokov, G.Kairbekov, A.Tojiboyev, Ğ. Örmonov, Ş.Husainov, S.Muqonov va b. samarali ijod qildilar. 1948 y. S.Muqonovning «Sirdaryo», 1953 y. «Hayot maktabi», 1953 y. Ğ.Musrepovning «Uyğongan ölka», 1952 y. Ğ.Mustafinning «Qarağanda» romanlari yaratildi. 1956 y. M.Avezov «Abayning yöli» tetralogiyasini yozib tugatdi (1-kitobi 1942 y.da naşr etilgan). 1960-y.larda adabiyotga X.Yesenjakov, I. Yesenberlin, A.Olimjonov, T.Axtanov, Ş.Murtazayev, A.Nurşaixov, M.Sundetov, A.Kekilbayev, S.Sanbayev. S.Muratbekov, S.Junusov kabi yozuvçilar, J.Muldagaliyev, S.Mavlenov, Ö.Sulaymonov, K.Mirzaliyev, T.Muldagaliyev, S.Jiyenboyev, M.Makatayev, J.Najmiddinov kabi şoirlar kirib keldi. 1960—90 y.larda I.Yesenberlin. Ş. Murtozayev, A.Kekilboyev, A.Olimjonov. S.Junusov, S.Smatayevlarning tarixiy romanlari paydo böldi.
Me'morligi. Q. hudulida yaşagan qabilalarning jez davridagi turar joy qoldiqlari (q. Andronovo madaniyati), mozorqörğonlar va h.k. saqlangan. Mil. av. 1-ming yillik va mil. dastlabki asrlarda q. hududida yaşagan qabilalar köçma kigiz ötov uylar bilan birga paxsa, xom ğiştdan x.am uylar qurgan. Urta asrlarda şaharlar [Isfijob (11- a.dan Sayram), Taroz va b.] barpo etildi, qal'a va qörgonlar qurildi. 8-a. dan hoz. Qozogistonning jan. qismida islom dini tarqalişi munosabati bilan masjid, mad-rasa kabi yangi tipdagi binolar, sardoba, hammom, karvonsaroy, konussimon maqbaralar qurildi. 10-a.dan memorial inşootlar (Taroz ş. yaqinidagi Babaji xotin maqbarasi, Oyşabibi maqbarasi) barpo etildi. 13- a. 2-yarmidan şaharlar (Siğnoq. Taroz, Sayram va b.) qayta tiklandi. 14—16-a. larda şaharlar quriş avj oldi, monumental binolar (K.a-rağanda viloyatidagi Alaşa xon maqbarasi, 13-a. 2-yarmi; Turkiston ş.dagi Ahmad Yassaviy maqbarasi — Yassaviy majmuasi, 14-a. oxiri — 15-a. boşi) bunyod etildi. 17— 18-a.larla Q. hududi çegarasi böylab harbiy istehkomlar — Yoyiq ş.çasi (Uralsk), Guryev, Orsk. Semipalatinsk, Orenburg qal'alari qurildi. 19-a.da eklektika ruhida qal'a, ma'muriy va savdo inşootlari, maqbaralar qurildi. 1920-y.larda turar joy va jamoat binolari me'morligida milliy an'anaviy me'morlik unsurlaridan foydalanildi. Balxaş, Qarağanda, Jezqazğan kabi yangi şaxarlar barpo etildi. 1920—30 y.lardagi me'morlikda konstruktivizm ğoyalari öz aksini topdi. 1950-y.larning 2-yarmidan quriliş işlari keng kölamda davom ettirildi (Olmaotada Hukumat uyi). 1960—70 y.larda köp qavatli turar joy binolarining qavati soni oşirildi, yangi me'moriy şakllar {«Medeo» sport majmui, 1951, 1971—72 y.larda rekonstruksiya qilingan, me'morlar V.Katsev, A.Qaynarboyev va b.; Şevçenko (hoz. Oqtov) ş.ning me'moriy majmuasi; Olmaotadagi «Qozoğiston» mehmonxonasi, 1978, me'morlar Yu.Ratuşniy, L.Uxobotov] yaratildi. 1935 y. Q. Me'morlar uyuşmasi tuzilgan.
Tasviriy san'ati. Q. hududida eng qad. tasviriy san'at yodgorliklaridan paleolit davrida hayvonlarning qoyaga işlangan rasmlari (Qoratov va Xontovda) va neolit davriga mansub ğor rasmlari (Pavlodar viloyatidagi jasiboy ğorida) topilgan. Jez davridan Andronovo madaniyatiga mansub yodgorliklar: hayvon (buğu, eçki va b.)lar haykalçalari, ov manzaralarining qoyaga işlangan tasvirlari (Olmaota viloyatidagi Tamğalidara rasmlari) saqlangan, sopol idişlar topilgan. Q.ning örta asrlarga mansub tasviriy san'ati namunalaridan er-kak, ayol va hayvonlarning toş haykalçalari, ayollarning bronza haykalçalari saqlangan. Öşa davr amaliy bezak san'ati yodgorliklaridan öyma, qolipaki naqş bilan bezatilgan sirsiz va sirlangan sopol idişlar, çarm, metall buyumlar ma'lum.
19-a.da qozoqlar hayoti aks ettirilgan tasviriy san'at asarlari yaratila boşladi (Ç.Valixonov, T.G.Şevçenkoning rasm va akvarellari, V.V.Vereşçagin rasmlari). 20-a.ning 20—30-y.larida milliy rassom va grafiklar (A.Toşboyev, H. va Q.Xojikov va b.) yetişib çikdi. 40—50-y.larda tasviriy san'atning barça turlari, jumladan, rangtasvir san'ati rivojlandi (A.Ismoilov, A.Kasteyev, A.Çerkas-skiy, M.Lizogub). 1960—70-y.larda M.S.Kenboyev, K.T. Teljonov, K.M.Şayahmetov, S.A.Aytboyev, S.Mambeyev kabi rassomlar, X.I.Navrözboyev, B.A.Tulekov, T.S.Döstmahambetov kabi haykaltaroşlar, R.Saxi, Ye.Sidorkin kabi grafiklar, L.Xojikova, R.Sansenbin kabi amaliy-bezak san'ati ustalari va b. yetişib çiqsi. 1940 y. Q.Rassomlar uyuşmasi tuzilgan.
Musiqasi qozoq oila va aymoqlarining tarixan qaror topgan turmuş tarzi (asosan, yarim köçmançi çorvaçilik va dehqonçilik), dunyoqaraş va e'tiqodlari (şomonlik, tangriçilik va b.) asosida rivoj topgan. An'anaviy musiqa amaliyotida qozoq baqsi (şomon-baxşi), termeşi, olenşi, jirov, oqin, kuyşi, 18-a.dan sal-sere (sayyor ijodiy guruhlari taşkil etgan professional sozanda, xonanda)larning ijodi alohida örin tutadi. Har bir baqsining özi ijod etgan şaxsiy sarin (kuy)lari ilohiy hisoblangan, odamlar ruhiga afsun-jodu, fol oçiş, tabobat va b. marosimlar jarayonida katta ta'sir ötkazgan. Xalq qöşiqlari mavsum va diniy («tasattiq», «navriz-olen», «jaramazan», «sahar-olen»), tabobat (badik, «arbau»), oilaviy marosim qöşiqlari («jar-jar», «sinsu», «bet oşar», «tanisu», «qoştasu», «joqtau» va b.), inson hayoti turkumiga oid «besik jiri», «tusau kesu», «jubatu», «jiirma bes» va b., terma, ölan, jirlarlyan ibo-rat. Xalq musiqa çolğulari orasida baqsi va jirovlarning asosiy çolğusi hisoblangan qöbiz, çöponlar hamda professional sozandalar (Sarmalay va b.) tomonidan keng qöllanilgan sibizğa ommalaşgan. Xalqning eng sevimli çolgusi bölgan dömbirat turli mazmundagi (öynoqi «akjelen», falsafiy «tolğau», dramatik «qosbosar», lirik «qonir» va b.) kuylarni Birjansal, Dauletkerey, Tattimbet, Jayau-Musa, Qurmonğozi, Dina Nurpeisova kabi sozanda va bastakorlar ijro etgan. qozoqlarda, şuningdek, çangqöbiz, yaqin ötmişda şerter, jetigen (torliçertma), karnay, dovul kabi çolğular tarqalgan.
1930-y.larda yangi (köp ovozli) musiqa şakl va janrlari rivoj topa boşladi. 1934 y. Qozoq xalq çolğulari orkestri (1944 y.dan Qurmonğozi nomida), Qozoq musiqali teatri (1937 y.dan opera va balet teatri), 1935 y. Jambul nomidagi Qozoq davlat filarmoniyasi, 1939 y. Qozoğiston kom-pozitorlar uyuşmasi taşkil topdi. Ye.Brusilovskiy birinçi qozoq ope-ralarini («Qiz-Jibek», 1934; «Jalbir», 1935; «Er Tarğin», 1937), simfonik asarlar («Sari arka» 3-simfoniyasi, 1944 va b.), kantata («Qozoğiston», 1947), V.Velikanov birinçi milliy balet («Kalkaman va Mamir», 1938)larni yaratişgan. «Joldastar» (R.Yelebayev), «Qozoq valsi» (L.Xamidi) kabi ommaviy qöşiqlar ijod etilgan. 1944 y. Olmaotada konservatoriya oçildi. Xalq musiqa ijodini örganiş va töplaş işlarida A.Zatayeviçning xizmatlari («Qozoq xalqining 1000 kuylari», 1925; «Qozoq xalqining 500 kuylari», 1931) katta.
20-a.ning 2-yarmida simfoniya (M.Tölaboyev, K.Kujamyarov, G.Jubanova va b.), opera va balet (S.Muhamedjonov, G.Jubanova, Ye.Rahmadiyev, A.Serkebayev va b.), kamer musika (Brusilovskiy, Jubanova va b.), qöşiq (N.Tlendiyev) va b. janrlar rivoj topdi. Musiqa san'ati arboblari orasida dirijyorlar Ş.Kajgaliyev, N.Tlendiyev, A.Molodov, F.Mansurov, xonandalar R. Abdulin, K.Bayseitova, A. Dnişev, R.Baglanova, Ye.Serkebayev, B. Tulegenova, B.Do-simjonov, döbmiraçilar K.Jontleutov, R.Omarov, K. Ahmadiyarov, A.Yeskaliyev, B.Karabalina maşhur. Hozir qozoğistonda Q. davlat filarmoniyasi (1935), Abay nomidagi akademik opera va baletteatri (1934), simfonik orkestr (1937), xor kapellasi (1937), Qozoq konsert birlaşmasi (1960), Qozoğiston televideniyesi kamer orkestri, «Otrar sozi» folklor-etnografik orkestri (1981), Olmaota konservatoriyasi va Ostona musiqa akademiyasi, 10 dan ortiq musiqa bilim yurti faoliyat körsatmokda.
Teatri. Teatr san'ati unsurlari qadimdan xalq marosimlarida, sayillarda körsatilgan tomoşalarda, masxa-rabozlik, oqinlarning aytişuvlarida mavjud bölgan. 20-a.ning 20-y.laridan Semipalatinsk, Qöstanay, Petropavlovskda havaskorlik truppalari tuzildi. 1922 y. Orenburgda Qozoqxalq maorif in-ti huzurida birinçi doimiy teatr tögaragi taşkil etildi. 1926 y. Qizilördada birinçi professional qozoq teatri oçilib, u 1928 y. Olmaotaga köçirildi (1961 y.dan M.Avezov nomidagi Qozoq drama teatri). 1930- y.larda M.Oqinjonovning «Isatoy va Mahambet», M.Avezovning «Tungi momaqaldiroq», Ğ.Musrepovning «Omongeldi» pyesalari, şuningdek, S.Sayfullin, B.Maylin, J.Şanin, A.Tojiboyev, Ş.Husainov, A.Abişevlarning zamonaviy mavzudagi pyesalari sahnalaştirildi. 2-jahon uruşi yillari qozoq teatrlari sahnalarida vatanparvarlik ruhidagi tarixiy, folklor asarlar namoyiş etildi. 1940—50-y.lar qozoq teatri uçun mahorat oşiriş yölida betinim izlaniş davri böldi, tarixiy va zamonaviy mavzularda Ğ.Mustafinning «Millioner», A.Tojiboyevning «Yaşnayver, çöl», «Mayra», S.Muqonovning «Çöqon Valixonov», M.Avezovning «Yenlik va Kebek», K.Muhammadjonovning «Telpak tagidagi börivaçça» asarlari muvaffaqiyatli sahnalaştirildi. Q. teatr san'ati rivojiga Ş.Aymanov, S.Qojamqulov, Q.Quanişpayev, R.Qöyçiboyeva, X.Bukeyeva, S.Murodova, S.Maykanova, Ye.Umirzaqov, Q. Badirov, I.Noğayboyev, Ş.Jandarbekova, B. Rimova va b. katta hissa qöşdilar.
Kinosi. 1928 y. Olmaotada «Vostokfilm» trestining bölimi (kinojur. tayyorlangan, «Turksib» hujjatli filmi yaratilgan, 1929, rej. V.Turin), 1934 y. kinoxronika studiyasi taşkil etilgan. 1938 y. «Lenfilm» kinostudiyasida qozoq aktyorlari iştirokida «Omongeldi» badiiy filmi (rej. M.Levin) yaratildi. 1941 y. okt.da Olmaota badiiy filmlar studiyasi işga tuşdi, u 1942 y. Q.ga evakuatsiya qilingan «Mosfilm», «Lenfilm» studiyalari bilan birga Birlaşgan markaziy kinostudiya nomi bilan işlay boşladi. 1944 y. «Mosfilm» va «Lenfilm» Moskva va Leningradga qaytgaç, Olmaotada qolgan studiya kinoxronika studiyasi bilan qöşildi (1960 y.dan «Qozoqfilm» kinostudiyasi). 1950-y.larda qozoq kinematografçilari turli janrlarda filmlar yaratdilar. Rej. E.I.Fayk «Qanotli sovğa» (1956), rej. V.P.Voytetskiy «Sening döstlaring» (1960), rej. M.S.Begalin «Notinç bahor» (1959), «Yerga qaytiş» (1959) filmlarini suratga tuşirdilar. «Qozoqfilm»ning eng yaxşi filmlari: «Mening ismim Xöja» (1963, rej. A.Qarsaqbayev), «Aldar kösa» (1964), «Avlodlar yeri» (1966, ikkalasining rej. Ş.Aymanov), «Maşuq töğrisida qöşiq» (1970, rej. M.Begalin), «Qiz Jibek» (1972, rej. S.Xojikov), «Battol» (1973, qirğiz rej. T.Okeyev), «Alpamis maktabga boradi» (1976, rej. A.Qarsaqbayev), «Transsibir tezyurari» (1978, rej. E.Örazboyev). Rej. A.Haydarov multiplikatsion filmlar, rej. lar O.Abişev. I.Vereşçagin hujjatli filmlar yaratganlar. Qozoq kinosining yetakçi aktyorlari Ye.Umirzaqov, A.Umirzaqova, K.Kojabekov, F.Şaripova, A.Moldabekov va b. 1958 y. Q. Kinematografçilari uyuşmasi tuzilgan.
Özbekiston — Q. munosabatlari. Özbekiston mustaqillikka erişgaç, 1992 y. ikkala davlat örtasida diplomatiya munosabatlari örnatildi. 1997, 2001, 2002 y.larda ÖzR Prezidenti I.Karimovning Q.ga, 1994, 1998 y.larda Q.Prezidenti N.Nazarboyevning Özbekistonga taşrifi bölib ötdi. 1998 y. 31 okt. da ikki davlat örtasida imzolangan Abadiy döstlik töğrisidagi şartnoma davlatlar örtasidagi munosabatlarning şartnomaviy-huquqiy asosi hisoblanadi.
Davlatlar örtasida gumanitar sohadagi hamkorlik mana şu şartnoma, 1994 y. 10 yanv.da imzolangan Madaniyat, soğliqni saqlaş, fan, ta'lim, turizm va sport böyiça hamkorlikni çuqurlaştiriş töğrisidagi hukumatlararo bitim, 1998 y. 31 okt. da ÖzR Xalq ta'limi vazirligi bilan Q. Respublikasining Ta'lim, madaniyat va soğliqni saqlaş vazirligi örtasida ta'lim sohasida hamkorlik töğrisidagi muassasalararo bitimiga muvofiq amalga oşiriladi. 2005 y.gaça ikki davlat örtasida ikki tomon uçun ahamiyatli bölgan 166 hujjat imzolangan. 2004 y. ÖzR bilan q. örtasidagi tovar aylanmasi 425,9 mln. AQŞ dollarini, jumladan, eksport 184,7 mln. AQŞ dollarini, import 241,2 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi.