Mayd. 43,4 mln. km2 (Kavkaz b-n); şundan 8 mln. km2 yarim orollar (Yamal, Tay-mir, Çukotka, Kamçatka, Koreya, Hindixitoy, Hindiston, Arabiston, Kiçik O.), 2 mln. km2 dan ortiği orollardir (Severnaya Zemlya, Novaya Sibir, Vrangel, Kuril, Saxalin, Yapon, Rkjyu, Tayvan, Xaynan, Malay arxipelagi, Andaman, Şri Lanka, Kipr). O. dunyoda mutlaq balandliklari katta farq qiladigan qit'adir. Dunyodagi eng baland çöqqi (Himolay toğlaridagi Jomolungma çöqqisi, 8848 m), eng çuqur botiqlar — köl bölib qolgan bo-tiqlar ham (eng çuqur joyi 1620 m bölgan Baykal köli, dengiz satxidan 392 m past bölgan Ulik dengiz), oçiq botiklar ham (mutlaq belgisi — 154 m bölgan Turfon soyligi) O.dadir (7-jild 472-betdagi Osiyo xaritasiga q.).
Tabiati. Orografiyasining asosiy xususiyatlari. O. maydonining 3/4 qismi toğlar va yassitoğlardir. Eng baland toğlar Markaziy va Örta O.dadir. Tibet, Tyanşan, Po-mir, Himolay, Hindukuş, K°Ra~ qurum va Örta O.dagi bir qança toğ tizmalarining bal. 7000 m dan oşadi. Kiçik O.dagi, Ar-maniston, Eron toğliklari, Hin-dixitoy ya.o., Yapon o.lari va b. orollardagi toğlar ham ança baland. Keng Örta Sibir yassi-toğligi jan.dan Oltoy, Ğarbiy va Şarqiy Sayan toğlari b-n öralgan; undan şarkda Baykal-böyi va Zabaykalye toğlari, Stanovoy va Aldan toğliklari joylaşgan. RFning şim.-şarqida Yuqori Yana, Çerskiy tizmalari, Kolima toğligi, Çukotka va Kamçatka toğlari bor. Kamçatkada, Şa-rqiy O. orollarida va Malay arxipela-gida sönmagan vulkanlar bor.
O. maydonining 1/4 qismi tekisliklardan iborat. Eng yirik tekisliklari: Ğarbiy Sibir, Turon, Buyuk Xi-toy, Hind-Gang, Mesopotamiya. Toğlar orasidagi balandroq tekisliklar — Qaşqar, Junğoriya, Gobi, Saydam va Farğona vodiylari.
Relyefi. Toğlar va tekisliklarning asosiy xususiyatlari mezozoy va alp toğ burmalanişlarida tarkib topgan. Neogen va antropogen davrlardagi vertikal harakatlar Markaziy O.da, ayniqsa, kuçli bölgan (Pomir, Tibet, Himolay toğlari 4000 m dan köproq kötarilgan, materikning şarqiy çek-kasi 700 m gaça çökkan). Kopetdoğ, Fa-rğona tizmalari, Tyanşan, Hisor-Olay toğlari ham ançagina kötarilgan. Eroziya ta'sirida köpgina qad. yassitoğliklar juda öydimqir toğli ölkalarga aylanib qolgan. Örta va Markaziy O.da keng maydonlar lyoss b-n qoplangan.
Antropogen davrida şim.-ğarbiy O.ning 60° ş.k.dan şim. qismini yoppasiga bir neça bor muzlik bosgan va qaytgan. Öşa zamonlarda toğlarni muz qoplagan. Qoraqurum, Pomir, Tyanşan, Hindukuş, Himolay toğlarida hozir ham muzliklar bor. 47° ş.k.gaça zamin qişin-yozin muzlab yotadi. O. relyefining tarkib topişida vulkan hodisalari katta rol öynagan. Hindiston ya.o. va Örta Sibir qad. vulkan jinslari (trapplar) yer yuzasiga çiqib yotadi. Şarqiy O.dagi qator orollarda, Kamçatka ya.o., Filippin, Katta va Kiçik Zond o.larida yoş vulkan relyefi şakllari va zamonaviy vulkanizm hodisalari uçraydi.
Geologik tuzilişi va foydali qazil malari. O. proterozoy erasining oxiridan buyen bur-malanmagan bir qança yirik tokembriy platformalaridan hamda bu plat-formalar orasida joylaşgan va qis-man dengiz tubiga kirib ketgan burmali keng ölkalardan iborat. To-kembriy platformalarining eng yiriklari: şim.da Sibir platformasi, şarqda Xitoy-Koreya platformasi va Jan. Xitoy platformasi, jan. va jan.- ğarbda Hindiston platformasi. Bular O. materigining qad. qismlaridir. Plat-formalar yoki platformalarning ayrim qismlari orasida paleozoy, mezozoy va kaynozoy geosinklinallarida paydo bölgan burmali toğ mintaqalari materiklarning ana şu qad. yad-rolarini bir butun qilib birlaştirgan. O. ğarbiy qismining geologik tarixida Şarqiy Yevropa platformasi muhim rol öynagan — paleozoy oxirida şu platformaning şarqiy çekkasi böylab Ural va Markaziy Qozoğiston burmali toğlari kötarilgan, oqibatda Yevropa b-n O. bir-biriga qöşilib Yevrosiyo paydo bölgan.
Gersin burmali toğlari Şarqiy Yevropa va Sibir platformalari orasida şim.-şarqiy va meridian yönalişda (Taymir, Ural), Qozoğiston, Salair va Jan. Oltoyda şim.-ğarbiy yönalişda, Tyanşan, Mon-goliyada, Xitoyning ğarbiy qismlarida kenglik böylab (Kunlun, Nanşan), Dunbeyda şim.- şarqiy yönalişda çözilgan.
Alp burmalanişi Alp (Alp-Himolay) burmali oblastini öz içiga oladi. Bu yerda mezozoy erasida Te-tis geosinklinali 2 mustaqil materik — Angarida va Gondvanani bir-biridan ajratib turgan. Kavkaz, Turkmaniston-Xuroson, Paropamiz, Hindukuş, Pomir, Hisor-Olay, Tavr, Zagros, Makron, Sulaymon, Himolay toğlari alp burmalanişida paydo bölgan.
O.ning eng şarqiy çekkasi hoz. zamon geosinklinal mintaqasidan iborat bölib, materikni Tinç okean qa'ridan ajratib turadi.
Neogen va antropogenda O. materigida Yer pusti vertikal va gorizontal yönalişda harakat qilgan. Baland toğ-yaar 1—4 km va undan ham köproq kötarilgan (mas, Tibet, Pomir), toğlar orasidagi botiklar va çekka dengizlar (Yapon, Oxota va b.) esa hiyla çökkan.
Şunday qilib, O. qit'asi qiyosan yaqin geologik davrlarda şakllangan. Paleozoy boşlarida Şarqiy Yevropa, Sibir, Xitoy-Koreya va Jan. Xitoy platformalari quruqlik bölgan yoki sayoz dengiz tubida yotgan. Hindiston platformasi va Arabiston ya.o. plat-formasi Gondvana materigining tarkibiy qismi bölib, ular Tetis geosinklinali parçalanib ketgandan söng Angaridaga qöşilib, O. materigini hosil qilgan.
O. foydali qazilmalari nihoyatda xilma-xil. Qozoğiston (Qarağanda havzasi va b.), Sibir (Kansk-Açinsk, Lena, Kuznetsk, Minusinsk, Tunguska havzalari), Uzok, Şarq (Saxalin o., Primorye), Xitoy, Koreya, Hindis-ton, Örta O., Vyetnam va Yaponiyada kumir konlari bor. O.dagi Zakavkazye, Ğarbiy Sibir tekisligi, Turkmanis-ton, Manğişloq ya.o., Kaspiy böyi payettekisligi, Saxalin, Fors qöltiği sohili — Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Katar, Iroq, Eron, BAA neftga boy r-nlar; Xitoy (Gansu viloyati), Indoneziya (Sumatra o.), Xindiston, Bruney, Yaponiya (Xonsyu o.) va b. ba'zi mamlakatlarda ham neft qazib olinmokda. Yonuvçi gaz konlari Özbekiston (Gazli, Buxoro depressiyasidagi boşka konlar), Ğarbiy Sibir tekisligi, Manğişloq ya.o., Yaqin va Örta Şarqning yuqorida tilga olingan mamlakatlarida joylaşgan. Oş tuzi konlari Sibir platformasi, Pokiston, Eron, Kaspiy böyi payettekisligi, Örta O.da. Temir rudasi konlari — Oltoy landşafti.
Qozoğiston, Sibir, Xitoy, Şim. Koreya, Hindistonda. Hindiston, Zakavkazyeda yirik marganets konlari bor. Xrom rudasi konlari — Krzoğiston şim.-garbi, Turkiya, Filippin, Eronda. Nikel — Norilskda, mis rudasi — Qozoğiston (Jezqazğan, Qönğirot va b.), Sibir şim., Yaponiyada; polimetall rudalari — Örta O. (Kr-ramozor, Qoratov va b.), Rudali Oltoy, Yaponiya, Şarqiy Xitoy, Myanma, Vyetnamda. Boksit — Krzoğiston, Krasnoyarsk ölkasi, Hindiston, Myanma, Indoneziyada; fosforit — Qozoğiston; qalay — Şarqiy Sibir, Uzoq Şarqda. Oltin — Şim.- Şarqiy Sibir, Aldan, Lena daryosi boş tomoni, Amur-böyi, Qozoğistonning şim., Özbekiston, Koreya ya.o., Yaponiyada va h.k. Olmos konlari Yakutiyaning ğarbiy Femida işga tuşirilgan.
Iqlimi. Quruqyaik maydonining kengligi, toğ tösiqlari va berk botikdarning köpligi, quyoş radiatsiya-si, atmosferadagi harakatlar ikdimning xilma-xil bölişiga imkon bergan. O.da barça iklim zonalari — tundra ikdimi zonasidan ekvatorial va jan. tropik iklim zonalarigaça uçraydi. O. köp qismining iklimi kontinental. Atlantika havosi O.ga yetganda kontinental havoga aylanadi. Tinç okeanning dengiz havosi O.ning şarqiy çekkasiga ta'sir etadi. Şim.dan O.ga Arktika havosi bemalol kirib keladi. O. jan.da tropik va ekvatorial havo massalari hukmron. Yozda suv yuzasiga nisbatan qurukdikning tezroq isişi va qişda kuçliroq sovişi atmosfera harakatlarida mavsumiy özgarişlarga olib keladi. Qurukdikning qişda sovib keti-şi Şim. va Markaziy O.da köp oylar davomida ayozli antitsiklon turişiga sabab böladi. Eng past t-ra Şim. yarim şarning sovuqlik qutbi joylaşgan şim.-şarqdadir (Verxoyansk, Oymyakon), bu yerda ayrim hollarda sovuq —70° ga yetadi, yanv.ning örtaça t-rasi —50° dan xam past. Yezda Ğarbiy, Örta va Markaziy O.da jazirama va quruq kon-tinental tropik havo tarkib topadi. Yezda butun O. ustida, xususan, jan. qismida bosim past böladi. Osiyo depressiyasi (past bosim) markazi Hindiston ya.o.ning ğarbiy qismidadir. Depressiyaning jan. çetlari böylab, O.ga yozgi musson kirib kelib, Hindiston ya.o., Himolay jan. va Hindixitoy ya.o.da köplab yomğir yoğişiga sabab böladi. Şarqiy O. yozda Tinç okean qutb fron-ti ta'sirida turadi. Yozgi musson köplab yogin olib keladi. Kuzda şarqiy O. qir-ğoklari yaqinida qattiq dovul — tropik siklon (tayfun) turib, jala yoğadi.
Sibirning köpgina qismida yanv.ning örtaça t-rasi —20°, Verxoyanskda —50°, Tinç okeanning Şim. O. qir-ğoklari yaqinida esa —15°, —5°. O. yanv. izotermasi Samarkand, Nankin va Tokiodan ötadi. Tropiklarda qişda t-ra 20°—25°. Iyulda Ğarbiy O. va Örta O. (örtaça t-ra 30° va undan baland), Taklamakon va Tar çöllari ayniqsa isib ketadi. 20° izoterma 55—60° ş.k. gaça yetib bo-radi. Şim. O.da doimiy töng yer köp. Ekvatorial mintakada yiliga 2000 mm, Jan. va Şarqiy O.ning dengiz so-hilidagi şamolga röpara yon bağirlarda 2000 — 3000 mm (ba'zi joylarda 8000-12000 mm) yoğin yoğadi. 1861 y. Çe-rapunjida 22900 mm yoğin yoqqan. Şar-qiy Sibirda 350 mm dan kam, Örta, Markaziy va Ğarbiy O. çöllarida 150— 200 mm, ba'zi joylarda 100 mm dan kam yoğin yoğadi.
Içki suvlari.O. — azim daryolar ölkasi. Ob (Irtiş b-n), Yenisey (Angara b-n), Lena (Aldan, Vilyuy b-n), Yana, Indigirka, Kolima Şim. Muz okeaniga, Anadir, Amur (Sungari, Ussuri b-n), Xuanxe, Yanszi, Sits-zyan, Mekong, Menam Tinç okeanga, Saluin, Iravadi, Brahmaputra, Gang, Hind, Şatt ul-Arab Hind okeaniga quyiladi. O.da kiçikroq daryolar Azov, Qora, Örtadengizlargaquyiladi. Kura, Amudaryo, Sirdaryo, Ili daryolari Kaspiy, Orol dengizlari va Balxaş köliga quyiladi. Berk havza daryolarining bir qismi köllarga quyiladi, bir qismi qum yoki şörxoklarga singib ketadi yoki butunlay suğorişga sarf böladi (Tarim, Çuy, Hilmand).
O.ning eng yirik köllari Kaspiy va Orol dengizlaridir. Hozir Orol qurib, juda kiçrayib qolgan. Baykal, Issiqköl, Xubsugul köllari, Ulik dengiz, Van, Urmiya, Telets köllari tektonik botiqlardadir. Bir qança köllar toğlarning qulaşidan (Sarez köli), karst nati-jasida (Ğarbiy Tavr köllari) pay-do bölgan, şuningdek, şör köl köp (Kukunor, Tuz va b.). Daryolarga GESlar qurilişi na-tijasida yirik suv omborlari vujudga kelgan: Bratsk (Angara), Krasnoyarsk (Yenisey), Novosibirsk (Ob), Buxtarma (Irtiş), Farhod, Qayroqqum, Çordara (Sirdaryo) suv omborlari va h.k. Qurğoqçil ölkalarda yer osti suvlari katta ahamiyatga ega. Örta, Markaziy va Ğarbiy Osiyodagi vohalarda buloq, quduq va artezian suvlaridan keng foydalaniladi.
O.ning dare va köllari muhim transport yöllaridir. Köpgina daryolar katta gidroenergiya zaxirasiga ega. RF, Tojikiston, Yaponiya, Koreya va Xitoyda energiyadan, ayniqsa, köp foydalaniladi.
Tuproqlari. O.da Yer şaridagi barça tuproq tiplari uçraydi. Şim.dan jan. ga tomon issiklikning orta borişi va namlik rejimining özgarişi b-n tuproqlar ham almaşina boradi. O.da podzol tuproq ayniqsa köp maydonni egallagan. Ğarbiy, Markaziy va Örta O.da böz tuproklar, qönğir örmon tuproklari eng köp maydonni egallagan. Subtropik toğlarda va mö'ta-dil mintaqaning jan. qismi, şarqi va garbida toğ örmon könğir tuproklari, Tibet toğligida baland çöl tuproklari va toğ ötloqi tuproklari asosiy tup-roqtiplaridir. Xitoyning çekka jan.-şarqida Yaponiya, Xindiston, Hindi-xitoy va Indoneziyada kizil tuproklar asosiy örin tutadi. Vodiylar va deltalarda ötloq va allyuvial ötloqi tuproklar keng maydonni egallagan.
Ösimliklari. O. ikki fitoge-ografik oblastga — Golarktika oblasti b-n Paleotropik oblastiga kiradi. Paleotropik flora doimiy issiq ikdim şaroitida rivojlangan bölib, turlarga nihoyatda boy. Golarktika flo-rasi muz bosişlar, toğ kötarilişlari ta'siridan ança kamayib ketgan. Şim.dan janubga tomon iklimning uzgari-şi b-n ösimlik tiplari ham özgara bo-radi — bu yerda tundradan tortib Jan. yarim şardagi sernam ekvatorial urmonlar va savannalargaça uçraydi.
Çekka şim.da tundra zonasi joylaşgan. Tundrada örmon yöq. Tundra buğular yaylovi (lişaynikli tundra — qişki yaylov, ötli va butali tundra —yozgi yaylov) hisoblanadi. Tundradan jan.da örmonli tundra joylaşgan; örmonli tundrada tundra b-n birga siyrak pakana yel ösadigan örmonli joylar ham uçraydi. Undan jan.da örmonlar zonasi joylaşgan; urmonlar zonasi aksari tayga urmonlaridan iborat; mayda bargli va keng bargli örmonlar (şarqda) kamroq maydonni egallagan. Sibirning jan.- ğarbiy hududlarida, Zabaykalye va Mongoli-yaning şim. qismlarida, şuningdek, Xitoyning şim.-şarqida örmonli daşt va daşt ösimliklari; Kozoğis-tonning jan.da, Örta va Markaziy O.da, şuningdek, Ğarbiy O. toğliklarida va Arabiston ya.o.da çala çöl va çöl ösimliklari ösadi. O.ning ğarbiy qismlarida Örta dengiz tipidagi ösimliklar uçraydi. Şarqiy O.ning subtropiklarida doim yaşil va aralaş musson örmonlari hamda savannalar tarqalgan, dengiz sohilidagi şamolga röpara yon bağirlarni doim yaşil örmonlar qoplab olgan. Toğlarda ösimliklar balandlik mintaqalarini hosil qilgan, toğ tundrasi, toğ taygasi, toğ örmonlari, toğ daştlari va çöllari, toğ subtropik va tropik ösimliklari uçraydi.
Hayvonot dunyosi. O. faunasi materik faunasidan iborat. Endemik hayvonlardan hind fili, ulkan panda, ikki örkaçli tuya, Tailand ğorlarida juda kiçik körsiçqon-uzuntumşuq, Yaponiyaning jan. sohillari yaqinida çangallari uz. 2 m li örgimçak va b. bor. Köpgina hayvonlari Yevropa, Şim. Amerika va Afrika hayvonlariga öxşaydi. Arabiston ya.o.ning janubi Afrika b-n birgalikda Efiopiya zoo-geofafik oblastiga kiradi. Fil, karkidon, buğu, tovuslar ana şu oblastga xos hayvonlardir. Kiçik Zond o.lari Avstraliya zoogeografik oblasti tarkibida. Jan. O.ning boşka r-n- lari Hindiston-Malay oblastiga kiradi. O.ning qolgan qismi Golarktika oblastining Yevrosiyo qismiga — Palearktikaga mansub. Şim. soxillar, tundra, tayga, daşt, çöl, toğ çöllari, Markaziy O. toğlari, Uzok, Şarkning keng bargli va subtropik örmonlari, Jan. O. tropik örmonlari zoogeofafik zonalari bor. Keng maydonlarda inson ta'sirida hayvonot dunyosi özgarib, kamayib qolgan (Şar-kiy Xitoy, Hindiston, Yava o., Ğarbiy Sibirning jan.). Keyingi vaqtda amalga oşirilgan tadbirlar bir qança noyob hayvonlar (sobol, sayğoq, los va b.)ni köpaytiriş va areallarini tiklaşga imkon berdi. Örta O.da asosan, çöl hay-vonlari yaşaydi. Bu yerda YUNESKOning «Kizil kitobi»ga yozilgan noyob xayvonlardan kulon, Buxoro buğusi — xongul, oq tirnoqli ayiq, menzbir suğuri qörikdanadi.
Qad. zamonlarda os-suriylar, bobilliklar, hindlar, xitoylar, misrliklar va b. O. geo-grafiyasidan ozmi-köpmi tasavvurga ega bölganlar. Qad. Misr, Yunoniston —Fors uruşlari (mil. av. 477— 449), M akedoniyal ik Aleksandr yurişlari (mil.av. 4-a.), Misrning Hindiston b-n dengiz or-qali savdo ^lişi, Xitoy elçisi Çjan Syanning Örta O.da bölişi (mil.av. 2-a.), Ipak yölining oçilişi, rimliklarning harbiy yurişlari natijasida O. töfisida ma'lumotlar töplandi. Örta asrlarda O. hakida örta-osiyoliklar va arablar (Mas'udiy, Idrisiy, Beruniy, Mahmud Koşğariy, Muhammad Xo-razmiy, Ibn Bat-tuta va b.), xitoylar (Syuan-Szan va b.), yevropaliklar (salib yurişlari, Karpini, Rubruk) ançagina ma'lumotlar ber-dilar. Xususan, 10-a. oxirida yozilgan «Xudud ul olam» asarida O. geografiyasi öşa zamonga nisbatan ança töğri bayon etilgan. 13-a. oxirida venetsiyalik Marko Polo Markaziy O.ni kesib ötdi va öz safarlari haqida asar yezdi. Şim. Muz okeanining O. sohilini ruslar örgandi. 1441— 44 y.larda Abdurazzoq Samarqandiy Hirot ş.dan Eron orqali Hindistonga sa-far qilgan va körganlarini yozib qoldirgan. Rus savdogari Afanasiy Nikitin ham 1466—72 y.larda Erondan ötib, Hindistonga bordi. Portugallar dengiz orqali Hindistonga (1498, Vas-ko da Gama), Yaponiyaga (1542) bordilar, 1520 y. Makaoda örnaşib qoldilar. 1521 y. Magellan Filippin o.lariga yetib bordi. Zahiriddin Boburning «Boburnoma» asarida hoz. Özbekiston, Afğoniston va Hindiston geografiyasi batafsil va qiziqarli tasvirlangan. 1581—82 y.larda Yermak Sibirga yuriş qildi. 1639 y. I. Moskvitin Oxota dengiziga, 1643 y. V. Poyarkov Amur daryosiga yetib bordi. 1649—52 y.larda Ye. Xabarov Amur böylab sayohat qildi. 1697—99 y.larda V. Atlasov Kamçatkani tadqiq qildi. 17-a.ning 2-yarmida P. I. Godunov va S. U. Remezov Sibirning dastlabki xaritalarini tuzdilar. 1768—74 y.larda Rossiya akademik ekspeditsiyasi Şim. O. va Kavkazni örgandi. Eversman (1820—25) va G. S. Karelin (1832—42) Örta O. tekisliklarini, A. F. Middendorf (1877—78) Farğona vodiysini örgandi. 1848—63 y.larda A. I. Butakov Orol dengizi, Amudaryo va Sirdaryo haqida asar yozdi. 19-a. örtalaridan turli ilmiy taşkilotlar va harbiy muassasalarda tadqiqot işlari rivojlana boşladi. O.ning ayrim ölkalari haqida davriy naşrlar va monografiyalar soni köpaydi. Rossiya Geogr. jamiyati to-monidan Sibir, Uzoq Şarq, Kavkaz, Markaziy O., Örta O.ga köplab ekspeditsiyalar uyuştirildi va bu ölkalar tabiati ança mukammal 19-a. oxiri va 20-a. I. V. Muşketov, L.S.Bergning Örta O., V. A. Obruçevning Sibir, V. L. Komarovning Kamçatka, A. N. Krasnov va A. I. Voyeykovning Şarqiy va Jan. O.ga doir tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega.
20-a.da tadqiqotlar natijasida O.da bir qança muhim kaşfiyotlar qilindi. O.ning Arktika kismi tabiati mukammal örganildi (Arktikada bir qança orollar kaşf etildi, Şim.-Şarkiy Sibir, Pomirning orografik sxema-si yangidan tuzildi va h.k.).
Aholisi. O.da 3720 mln. aholi yaşaydi (2001), bu Yer şari aholisining 60,6%ni taşkil etadi.
Antropologik tarkibi. Ğarbiy Osiyo, Jan., Şarqiy va Jan.-Şarqiy O.ning asosiy qismlarida insoniyat tarixining ilk davrlaridayoq odamlar yaşagan, kuyi paleolit davrida Jan.-Ğarbiy Oda extimol, hoz. tipdagi odam (Homo Sapiens) tarkib topgan. O.ning katta qismida odamlar yuqori paleolit va mezolit davridan yaşay boşlagan. O.dan odamlar Amerika, Avstraliya, Okeaniyaga ötgan. O.da yevropoid, mongoloid, avstroloid irklari kelib çiqqan. Aholining köp qismi 55,4% mongoloid irkining turli guruxlariga kiradi. Ğarbiy O., Şim. Hindiston, Örta O. xalklari (tojiklar) yevropoid irqiga mansub. Bir kança kam sonli xalkdar avstroloid irqi vakillaridir. Ğarbiy Sibir past-tekisligi, Jan. Ural, Oltoy, Qozoğiston, Örta O., Şim. Hindistondagi bir qança xalklar (30 mln.ga yaqin) yevropoid-mongoloid aralaş irkiga mansub.
O. aholisining etnik tarkibi nihoyatda xilma-xil. Bu yerda köplab til oilalari va guruxlariga mansub bir neça yuz xalq yaşaydi.
Aholisining joylaşişi. O.da aholi notekis joylaşgan. 1 km2 da aholining örtaça ziçligi 87 kişi. Yaponiya (1 km2 da 336 kişi), Livan (430 kişi), Koreya Respublikasi (493 kişi), Şri Lanka (295 kişi), Hindistonda (314 kişi) aholi ziç. Jan. va Markaziy Xitoydagi sohillar va yirik daryolarning vodiylari, Yaponiyaning jan. qismida, Gang daryosi böyida va Brahmaputra etaklarida, Hindiston ya.o.ning şarqiy sohili, Mekong daryosi vodiysi, Yava o.da 1 km2 ga 1000—1500 kişi, ba'zi joylarda undan ham köp kişi töğri keladi. Şu b-n bir qatorda Markaziy O., Şim. va Ğarbiy O.ning köp joylarida aholi juda siyrak. Çöllarda (Rub ul-Holiy, Daş-ti Kabir, Taklamakon, Gobi) va Tibet, Himolay, Hindukuş toğlarining baland joylarida aholi deyarli yaşamaydi.
Demografik tarkibi. 2000— 01 y.larda har 1000 kişi hisobidan tuğiliş 22, ölim 8, tabiiy ösiş 14 nafarni taşkil qildi. Yevropada esa tabiiy köpayiş —1 ga, Afrikada +24 ga, Amerikada +13 ga, Okeaniyada +11 ga, butun dunyo böyiça esa +13 ga teng. O.da örtaça umr uzunligi erkaklarniki 65 va ayollarniki 68 yoş. Lekin bolalar orasida ölim ança yuqori: har 1000 ta bolaga 55 ta töğri keladi (qiyoslaş uçun: Afrikada 88 ta, Amerikada 25 ta, Okeaniyada 28 ta, Yevropada 9 ta). O.da 15 yoşgaça bölgan bolalar butun aholining 30%ni, Yevropada 18%ni, Amerikada 28%ni, Afrikada 43%ni taşkil etadi. 64 yoşdan katta kişilar O.da 6% bölgani holda Yevropada 15%, Amerikada 8%, Afrikada 3%, Okeaniyada 10%dir.
Siyosiy bulinişi. Ilk sivilizatsiya markazlari qadimda O.da yuzaga kelgan. Bu yerda asrlar davomida buyuk davlatlar (Bobil, Şumer, Ossuriya, Xarap-pa, Urartu va b.) hamda saltanatlar (Boburiylar, Usmonlilar) yuzaga kelgan va parçalanib ketgan. 19-a.larda O. hududidagi bir qança mamlakatlar yev-ropaliklarning mustamlakalari bölgan. O. siyosiy xaritasida 20-a. da juda katta özgarişlar röy berdi. Milliy ozodlik kuraşi oqibatida Mongoliya (1921), Vyetnam (1945), Koreya (1948), şuningdek, Britaniyaning sobiq mustamlakalari mustaqillikka erişdi (Hindiston, Pokiston, Bangladeş, Şri Lanka, Iordaniya, Maldiv o.lari, Malayziya, Singapur, Yaman, Indoneziya, Suriya, Livan, Laos, Kambodja). Falastinning bir qismida Isroil davlati va Falastin muxtoriyati paydo böldi. 1971 y. Abudabi, Dubay, Şarja, Al-Fujayra, Umm al-Kayvayn, Ajman amirliklarining birlaşuvidan BAA davlati tuzildi. 1991 y.da Rossiya imperiyasining parçalanib ketişi oqibatida Örta Osiyoda Özbekiston, Turkmaniston, Qirğiziston, Tojikiston va Qozoğiston Respublikalari mustaqillikka erişdi. O. hududining 1/4 qismidan köproği, uning şim. qismi RF tarkibida. 2000 y.da Şarqiy Timor davlati taşkil topdi.
Ad.: Novojenin I. V., Fiziçeskaya geografiya, M., 2001; Strani Mira, M., 2001.