Tabiati. F. arxipelagi 7107 oroldan iborat, şundan 800 tasida odam yaşaydi. Yiriklari: Luson, Mindanao, Samar, Negros, Palavan, Mindoro, Sebu, Leyte. Mamlakat yer yuzasining aksariyati toğli (eng baland joyi — 2954 m, Mindanao o.dagi Apo vulkani). Harakatdagi va söngan vulkan köp. Teztez zilzila bölib turadi. Hududning 1/4 qismi pasttekislik. Toğlar oraliğida soyliklar va dengiz sohillarida ensiz tekisliklar joylaşgan. Foydali qazilmalardan temir rudasi, xromit, marganets, nikel, mis, şuningdek, simob, oltin, kumuş, turli quriliş materiallari bor. Iklimi tropik va subekvatorial mussonli. Örtaça oylik t-ra 24—28°, toğlarda 19°gaça. Yillik örtaça yoğin miqdori 1000—4000 mm. Tayfunlar bölib turadi. RioGrandedeMindanao, Agusan, Kagayan va b. daryolari sersuv va seroyetona. Köl kam, eng kattasi Luson o.dagi Bay köli.
Tuproği, asosan, laterit tipli qizil va sariq, toğlarda toğkaştan, dare vodiylarida allyuvial tuproq. 10 ming tur ösimlikning 40% endemik. Hududining 46% tropik urmondan iborat. Qimmatbaho yoğoç olinadigan doim yaşil daraxt turi köp. Dengiz sohillarida mangro urmonlari mavjud. 1200 m dan baland joylar butazor va ögloq b-n band. Hayvon turi kup emas. Iirik sut emizuvçilar yöq. Buğuning bir neça turi, yovvoyi tunğiz, mangust uçraydi. Quşlarning 750 dan ortiq turi yaşaydi. Sudralib yuruvçi hayvon kup. MayonVolkano, Kanlaon, MauntApo va b. milliy boğlari va quriqxonalari bor.
Aholisi. F.da özaro yaqin til va şevalarda sözlaşuvçi 90 dan ziyod elat va qabilalar yaşaydi. Ularning yiriklari: bisayya, tagal, ilok, bi . kol, pampangan, pangasinan va b. Bundan taşqari, xitoy, osiyolik, yevropalik va amerikaliklar ham bor. Şahar aholisi 56%. Rasmiy tillar — tagal va ingliz tillari. Dindorlari xristian, islom dinlariga e'tiqod qiladilar. Yirik şaharlari: Manila, KesonSiti, Sebu, Davao.
Tarixi. F. xududida mil. av. 2ming yillikda Osiyo qit'asidan, mil. av. 1ming yillikda Hindixitoydan borgan, keyinroq Indoneziyadan kelgan jan. mongoloidlar mahalliy negravstraloidlarni siqib çiqarganlar, qisman ular b-n qorişib ketganlar. 14—15-a.larda Indoneziya orqali Luson, Sebu o.larida, Sudu arxipelagida islom dini tarqaldi. Bu yerlarda mayda tarqoq hokimliklar, Sulu arxipelagida esa Xolo sultonligi vujudga keldi. 1521 y. Magellan boşçiligidagi Ispaniya ekspeditsiyasi Filippin o.lariga yetib keldi. Bu ekspeditsiyani Maktano hokimi Lapulapu tormor etgaç (F.da uni mustaqillik uçun kuraşning birinçi qahramoni sifatida e'zozlaydilar), Ispaniya 1564 y. Legaspi boşçiligida yana ekspeditsiya yubordi. Uning otryadi F.ning markaziy va şim. qismidagi asosiy orollarning sohillarini bosib oldi, aholining köpçiligini (jan.dagi musulmonlardan taşqari) xristian diniga kiritdi. 1756—63 y.lardagi 7 y.lik uruş davrida ingliz qöşinlari Manila ş. va bir qança joylarni bir yilgaça egallab turdilar. 19-a.ning 2yarmida xorijiy sarmoya yordamida savdosanoat işlari rivojlana boşladi, ziyolilar voyaga yetdi. Islohot tarafdorlari (X. Risal, M. del Pilar va b.) dastlabki vatanparvarlik taşkilotlarini tuzdilar. 1892 y. A. Bonifasio va b. rahbarligida Katipunan deb ataluvçi yaşirin vatanparvarlik taşkiloti vujudga keldi, tez orada keskin çoratadbirlar köriş tarafdori bölgan ziyolilar bu taşkilotga qöşildi. Katipunan çaqiriği b-n milliy ozodlik inqilobi (1896—98) boşlandi. Inqilobçilar 1897 y. 22 martda mustaqil respublikani e'lon qildilar. AQŞ 1898 y. apr.da Ispaniya mustamlakalarini egallaş uçun uruş boşladi. 1898 y. 12 iyunda F. 2marta mustaqil deb e'lon qilindi. 1899 — 1901 y.lardagi Amerika — Filippin uruşi natijasida AQŞ F.ni bosib oldi. 1934 y. F. muxtoriyatga ega böldi. 2-jahon uruşi yillarida F. hududini Yaponiya okkupatsiya qildi. 1946 y. 4 iyulda F. mustaqil respublika deb e'lon qilindi. F. 1945 y.dan BMT a'zosi. ÖzR suverenitetini 1992 y. 22 yanv.da tan olgan va öşa yil 13 apr. da diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami — 12 iyun — Mustaqillik kuni (1898).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. Liberal partiya, 1946 y. tuzilgan; Millatçilar partiyasi, 1907 y. asos solingan, 1972 y. taqiqlangan, 1978 y. yana faoliyat boşlagan; F. kommunistik partiyasi, 1930 y. taşkil etilgan; «F. vatanparvar ommasining demokratiya uçun kuraşi» partiyasi, 1997 y. tuzilgan; Lakas-Xristian demokratlar milliy ittifoqi — partiya bloki, 1992 y. taşkil etilgan. F. kasaba uyuşmalari kongressi, 1975 y. asos solingan, 39 tarmoq kasaba uyuşmasini birlaştiradi.
Xöjaligi. F. — agrarindustrial mamlakat. Yalpi içki mahsulotda q.x. ning uluşi 22%, sanoatniki 32%, xizmat körsatiş sohasiniki 48%.
Qişloq xöjaligida kiçikkiçik dehqon xöjaliklari köpçilikni taşkil qiladi. Yirik plantatsiya xöjaliklari ham bor. Q.x.ga yarokli yerlar 9 mln. gektar (mamlakat hududining 30%), şundan 1 mln. gektar yer suğoriladi. Dehqonçilik ustun. Eksport uçun şakarkamiş, abaka, geveya, kokos palmasi, yer yonğoq, kofe, kakao, tamaki, tropik va sitrus mevalar yetiştiriladi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari — şoli, makkajöxori, batat, maniok, sabzavot. Çorvaçiligi rivojlangan: qoramol va buyvol, çöçqa, eçki, parranda boqiladi, baliq ovlanadi. Örmonlarda qimmatbaho eksportbop puşti va kizil daraxt yoğoçlari tayyorlanadi.
Sanoatida konçilik rivojlangan: nikel, rux, mis, temir, marganets, xrom rudalari, şuningdek, toşkömir, neft, simob, oltin, kumuş qazib olinadi. I.ç. sanoati qand, şoli oklaş, tamaki, yoğmoy, meva konservalaş, kopra, arqon va b. korxonalardan iborat. Yoğoçsozlik, mebel va kön-poyabzal sanoati ham rivojlangan. Sanoatning kimyo, radioelektronika tarmoklari yuksak sur'atda taraqqiy etmokda. Metallurgiya, metallsozlik, maşinasozlik (jumladan, avtomobil yiğiş), televizor, radiopriyomnik, elektr asboblar, mineral öğit, rezinatexnika buyumlari işlab çiqaradigan, neftni qayta işlaydigan, neft kimyosi, töqimaçilik, tikuvçilik, «oyna, sement z-dlari bor. Hunarmandçilik kds. tarmoq hisoblanadi. Yiliga örtaça 26,4 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Manila, Sebu, Davao. Yuklar, asosan, dengiz transportida taşiladi. T.y. uzunligi 0,9 ming km, avtomobil yöllari uz. 161 ming km. Asosiy dengiz portlari: Manila, Sebu, Batangas, Davao. Manilada xalkaro aeroport bor. F. çetga kandşakar, kopra, kokos moyi, metall rudalari, yoğoç, maşina va uskunalar, kimyoviy moddalar çiqaradi, çetdan neft va neft mahsulotlari, maşina va uskuna, transport vositalari oladi. Yaponiya, AQŞ, Avstraliya, Indoneziya, Singapur, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni b-n savdo qiladi. Pul birligi — Filippin pesosi.
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniyma'rifiy muassasalari. Vraçlar un-t va tibbiyot intlarida tayyorlanadi. F.da örta maktablarning yarmidan köproği va boşlanğiç maktablarning bir qismi xususiy. Davlatga karaşli va xususiy maktablarda pul tölab öqiladi. Boşlanğiç maktabda öqiş majburiy va bepul bölib, unga bolalar 7 yoşdan qabul qilinadi va 6 y. öqitiladi. Örta maktablarda ökiş muddati 4 y. Darslar ingliz va mahalliy tagal tillarida olib boriladi. Hunar ta'limi boşlanğiç maktab negizidagi q.x., sanoat, savdo maktablarida amalga oşiriladi. Boşlangiç maktablarning öqituvçilari ped. kollejlarida tayyorlanadi. Ularning eng kattasi Maniladagi F. normal (ped.) kollejidir. Oliy öquv yurtlarining kupi xususiy. Yirik oliy öquv yurtlari: Maniladagi Katolik SantoTomas un-ti (1611), Manila un-ti, Uzok, Şarq un-ti (1928), Şarq un-ti (1946), KesonSiti ş.dagi Filippin un-ti (1908). Yetakçi ilmiy muassasalar un-tlar xuzurida taşkil etilgan. Davlat ilmiy muassasalari — Yadro tadqiqotlari markazi (1958), F.taraqqiyot akademiyasi (1973), Kokos palmasi i.t. instituta, F. fanlar akademiyasi (1976) va b. Xalkaro şoli i.t. instituta bor. Untlar xuzurida yirik kutubxonalar, Manilada Milliy kutubxona işlaydi. Manilada SantoTomas muzeyi (1682), F. Milliy muzeyi (1901) va Metropoliten san'at muzeyi mavjud.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. F.da bir qança gaz. va jur. naşr etiladi. Yiriklari: «Balita» («Yangiliklar», tagal tilida çikadigan kundalik gaz., 1972 y.dan), «Manila bulletin» («Manila byulleteni», ingliz tilida çiqadigan kundalik gaz., 1972 y.dan), «Manila ivning post» («Manila oqşom poçtasi», ingliz tilida çikadigan kundalik keçki gaz., 1975 y.dan), «Manila tayms» («Manila vaqti», ingliz tilida çiqadigan kundalik gaz., 1945 y.dan), «Piplz djornel» («Xalq gazetasi», tagal va ingliz tillarida çikadigan gaz., 1979 y.dan), «Tempo» («Sur'at», tagal va ingliz tillarida çikadigan kundalik gaz., 1983 y.dan), «Yunayted deyli nyus» («Kun yangiliklari», ingliz va xitoy tillarida çiqadigan kundalik gaz., 1973 y.dan), «Sulong» («Olğa», oylik byulleten). F. yangiliklar agentligi — davlat axborot mahkamasi bölib, 1973 y.dan faoliyat körsatadi. Radioeşittiriş 1952 y.dan, telekörsatuv 1953 y.dan boşlangan. Mamlakatdagi barça radio va telestyalar faoliyati «Neşnl telekommyunikeyşne kommişn» hukumat mahkamasi tomonidan nazorat qilinadi.
Adabiyoti. F. xalklari va elatlari adabiyoti tagal va b. mahalliy tillarda, şuningdek, ispan va ingliz tillarida rivojlanib kelmoqda. F. xalq oğzaki ijodiyoti va, ayniqsa, qaxramonlik dostonlarida malayya va indonezyava adabiy an'analarining ta'siri seziladi. 16—19-a.lardagi Ispaniya hukmronligi davrida ispan tilida diniynasihat ruhidagi adabiyot vujudga keldi. Zamonaviy tagal adabiyoti ning asosçisi F. Baltasar (taxallusi Balagtas)ning «Florante va Laura» dostoni (1838) maşhur. 1856 y. M. de Kastroning tagal tilida bosilib çiqqan birinçi romani «Urban va Felisa» (1863)dan keyin 20-a. ning 1yarmida V. ErnandesPenya, L.K. Santos romanlari, X. Korasan de Xesus, A.V. Ernandes şe'rlari, A. V. Ernandes, D. Rosario, F. Galauran hikoyalari paydo böldi. 2-jahon uruşidan keyin şe'riyat va hikoya navislik yanada rivoj topdi. A.V. Ernandesning «Şayton yiği», «Vahşiy quşlar», F. Galauranning «Bir qisim guruç», N. Karavananing «Kizil uydagi farişta» romanlari ijtimoiy va maişiy mavzularga bagaşlandi.
Ispan tilidagi adabiyot rivojida X. Risal romanlari («Menga tegişma», «Flibustyerlar») katta ahamiyatga ega böldi. 20-a.ning 1yarmida S. Apostol, F. Gerrero, K.M.Rekto va b.larning vatanparvarlik şe'riyati maşhur böldi. Xuddi şu davrda X.G. Vilya, M.E. Argilya, N.V.M. Gonsales, K. Bulosan kabilar ingliz tilida novella va şe'rlar yaratişdi. 2jaxrn uruşidan keyingi davrda E. Okampo, N. Xoakin, E. L. Tyempo va b. adiblar yetişib çikdi.
Me'morligi va tasviriy san'ati. Mahalliy aholining an'anaviy uylari qoziqlar ustiga çaylasimon qilib quriladi, usti palma bargi b-n yopiladi. Mustamlaka davrida şaharlar, istehkomlar, çerkov va saroylar barokko hamda klassitsizm uslubida qurila boşladi (Luson o.dagi SanNikolas çerkovi, 17-a.; Maniladagi SantoTomas un-ti, 1608—15 i.). 19-a. 2yarmi va 20-a. 1yarmida Manila ş.da Yevropa va Amerika me'morligi uslubida binolar barpo etildi. F. me'morlaridan P. Antonio, S. Konso, L. V. Loksin, A. Nakpil öz ijodida ispan me'morligi uslubidagi bino va inşootlarni millim ruxda bezaşga ahamiyat bera boşladilar (Panay o. Iloilo ş.dagi Miagao ibodatxonasi; Maniladagi F. madaniyat markazi, 1969, me'mor L.V. Loksin).
F. hududida mil. av. 2—1ming yillikka oid san'at yodgorliklari saklanib qolgan. Qadimdan yoğoç va bambuk öymakorligi, töqimaçilik, metallsozlik, kaştaçilik, zargarlik kabi kasblar maşhur bölgan. Maniladagi SanAgustin çerkovining öymakor yoğoç eşiklari (1606) va SanIgnasio çerkovining ibodat qilinadigan qismidagi öyma naqşlar F. san'atining ilk namunalaridir. 19-a.ning 2yarmi va 20-a.ning 1yarmida dastgoh rangtasviri (X. de Luna, F. Idalgo, F. Amorsolo), haykaltaroşlik (G. Tolentino) paydo böddi. F. Roxas portret va manzara, X. Risal rangtasvir va haykaltaroşlik sohasida unutilmas asarlar yaratişdi. F. Amorsolo asos solgan «An'anavii maktab» 20-a. örtalariga kelib F. rassomlari akademiyasiga aylandi. 50—60k.larda K.V. Fransisko ijodi kamol topdi. U afsona va rivoyatlarga, ozodlik harakati qaxramonlariga, şuningdek, dehqonlar, baliqçilar, konçilar hayotiga bağişlangan köpgina devoriy rayem va manzaralar yaratdi. A. MagsaysayXo ismli ayol rassom qişloq xotinqizlarining lobar siymosini tasvirlovçi gözal asarlari b-n e'tibor qozondi. V. Manansala, R. Tabuena, M. Malang Santos, U. Yonson, E. Okampo, A. R. Lus, F. Sobel kabi rassomlar, X. Alkaptara va A.M. Imao, N. Abue kabi haykaltaroşlar milliy realistik an'analarni davom ettirdilar.
Musiqasi. Marosim (harbiy, töy), mehnat va b. xalq qöşiq hamda raqslari azaldan davom etib keladi. Toğlik va musulmon xalqlarning qad. musiqasi deyarli özgarişsiz saklangan. 16— 18-a.larda xristian diniga kirgan va ispanlar ta'sirida bölgan xalqlarda esa biroz mahalliylaşgan ispança raqslar (xota, xabanera) tarqala boşlagan. Çolgu asboblari: bambuk va yogoç fleytalar, gonglar, gitarasimon kudyapi, gitgit (skripka turi) va b.lar. Rondalya deb ataluvçi torli milliy orkestr şuhrat qozongan. Professional musiqa 19-a.dan rivoj topdi. 1916 y. F. universiteti huzurida konservatoriya oçildi, keyinroq Manila va KesonSiti ş.larida musiqa muassasalari va jamoalari taşkil topdi. Kompozitorlar orasida X. Silos, X. Estelya, A. Molina, F. Buenkamina, F. de Leon, J. A. Dadap va b. mapghur. Manilada Milliy filarmoniya jamiyati, «Bayanixan» (1956), «Filippineskas» (1958), «Barangay» aşularaqs ansambllari, F. universitetining «Madrigal» kamer xori, Manila simfonik orkestri, F. Madaniyat markazining orkestri, Konsert orkestri işlaydi. Milliy musika kengaşi, kompozitorlar jamiyati mavjud.
Teatri. Qadimdan davom etib kelayotgan va aşula, raqslar b-n ötadigan taomil, rasmrusumlar va ularda gavdalantiriladigan mehnat jarayonlari, töy udumlari teatr san'ati uçun manba bölgan. F. professional teatri xitoy, hind, indonez, keyinroq ispan va amerika madaniyati ta'sirida şakllandi. 19-a. örtalarida Manilada havaskorlik teatrlari: Eskosur truppasi (1848) va Lopes Aris truppasi (1852) vujudga kelib, ularda ispan tilidagi sevgi pyesalari (sarsuelalar) sahnalaştirildi. 1914 y. Manilada ingliz tilidagi «Litl tietr» taşkil topdi. Uning aktyorlari ham, tomoşabinlari ham asosan, Manila un-tining talaba va muallimlari edi. F. mustaqillikka erişgaç, tagal tilidagi dramaturgiya va teatr rivojlana boşladi. «Barangay teatr gildiyasi» (1939), F. aktyorlar lab. (1959), Meralko teatri, Raj Soliman teatri va b. yarim professional jamoalari milliy san'at (moromoro, sarsuela va b.) an'analarini jahon teatrining eng yaxşi namunalari yutuqlari b-n birga qöşişga intiladi. 1972 y. Manilada köçma bolalar teatri taşkil etildi. Kinosi. 1919 y. rejissyor va aktyor X. Nepomuseno milliy kino firma taşkil etganidan söng kinofilmlar doimiy işlab çiqarila boşladi. Tagal tilida «Qişloqi qiz» nomli dastlabki badiiy film yaratildi. «Uç maqtançoq» (1926) ovozeiz filmlar orasida eng yaxşisi buldi. 1932 y. dastlabki ovozli filmlar («Qallob», rej. J. P. Musser; «Oltin xanjar», rej. X. Nepomuseno) çikarildi. 30-y. lardagi eng yirik kino birlaşmalari — «Sampagita» va «LVN» çiqargan filmlarda milliy tarix va mifologiya syujetlaridan foydalanildi. şuningdek, «Yirtilgan bayroq», «Zulmat va nur» komediyalari ham yaratildi. 1946 y. taşkil etilgan «Premyer prodakşn» studiyasi köngiloçar ruxdagi filmlar b-n bir qatorda toğli qabilalar hayotini tasvirlovçi filmlarni ham suratga oldi. 50—60-y.larda «Xarana», «Dunyoning oxirigaça» (ikkalasining rej. J. de Leon), «Parij romanei», «Badayo» (ikkalasining rej. L.V. Avelyana) ekranga çiqarildi. 20-a. oxirlarida yaratilgan «Qaqroq yerni suğor» (rej. O. Buenaventura), «Narkotik çayqovçilarini öldiringlar» (rej. J. Estrada) filmlari dolzarb zamonaviy mavzularga bağişlangan. 1960-y.larning örtalaridan Manila kinofestivali utkazib kelinadi.