Tabiati. Ya. mö'tadil, subtropik va tropik mintaqalarda joylaşgan. Qirğoq çiziğining umumiy uz. 30 ming km ga yaqin. Xonsyu o.ning jan. sohili, Sekoku va Kyusyu o.larining qirğoqlarida qöltiq köp; bu yerda murakkab qirğoq çiziğiga ega bölgan Içki Yapon dengizi joylaşgan. Ryukyuning jan. orollari marjon riflari bilan öralgan.
Ya. hududining 3/4 qismi qir va toğlardan iborat; pasttekisliklar sohil böylab ayrimayrim joylaşgan. Xokkaydo o.dagi tizmalarning ba'zi çöqqilari 2000 m dan oşadi (Asaxi çöqqisi — 2290 m). Xonsyu o.ning şim. qismida 3 ta böylama toğ tizmalari bölib, ular vodiy va soyliklar bilan bölingan; orolda bir qança vulkan, jumladan, Ya.dagi eng baland vulkan — Fudziyama (bal. 3776 m) qad kötargan. Xonsyu o.ning markaziy qismidagi tizmalarning çöqqilari alp selyefli va yilning köp qismida qor bilan qoplanib turadi. Sekoku o.ning eng baland joyi 1981 m (Isidzuti çöqqisi), Kyusyu o.niki 1788 m (Kudzyu vulkani). Ya. hududi kuçli seysmik zonada joylaşgan (1855, 1891, 1897, 1923, 1995 yillarda falokatli zilzilalar bölgan). Ya.dagi 150 vulkandan 40 taçasi sönmagan. Vulkanli r-nlarda mineral va termal buloklar köp. 26 mingdan ortiq issiq suv manbalari bor. Foydali qazilmalardan kömir, gaz, temir rudasi, oltingugurt, marganets, qörğoşinrux, mis rudalari neft, xromit, oltin, kumuş, pirit, kaolin, talk va simob konlari mavjud.
Iqlimi mussonli, şim.da mö'tadil, jan.da subtropik, Ryukyu o.larida asosan tropik ikdim. Xokkaydo o.da, Sapporoda yanv.ning örtaça t-rasi —5°, iyulniki 22°, Okinavada yanv.ning örtaça t-rasi 16°, iyulniki 28°. Materikdan esgan qişki musson Ya. hududiga sovuq havo olib keladi va köp yoğin keltiradi. Yiliga 30 martagaça tayfun böladi; bu vaqtda kuçli şamol esib, jala quyadi, örtaça yillik yoğin 1800 mm; Xokkaydo o.ning şarqida yillik yoğin 800—1200 mm, Sekoku va Kyusyu o.larida 3000 mm, ba'zi joylarda 4000 mm gaça.
Ya.ning daryolari qisqa, sersuv va tez oqadi. 24 ta eng katta daryosidan faqat 6 tasining uz. 200 km dan oşadi, jumladan, Sinano daryosining uz. 367 km. Tayfun vaqtida daryolar toşadi. Köpgina daryolarning suvi suğorişga va gidroenergiya resurslari sifatida sarflanadi. Mayda köl köp va ular içimlik suvi manbai bölib xizmat qiladi. Eng katta köl — Biva (mayd. 670,2 km2, çuq. 103,8 m).
Tuproqlari şim.da podzol va ötloqibotqoq, jan.da qönğir örmon, subtropik va tropiklarda sariq va qizil tuproq. Tekisliklarda allyuvial tuproqlar tarqalgan. Ya. hududining 67% örmon va butazorlardan iborat; örmonlarining 41,4% ekib östirilgan. Jami 700 turdan köp daraxt va buta hamda 5599 tur öt ösimligi ösadi. Endemik ösimlik köp. Örmonlar, asosan, igna bargli va keng bargli daraxtlardan iborat.
Ya.da sut emizuvçi hayvonlarning 132 turi, quşlarning 490 turi, sudralib yuruvçilarning 110 turi mavjud. Ya. qirğoqlariga tutaş dengiz suvlarida baliqlarning 3000 ga yaqin turi, mollyuskalarning 1200 dan ortiq turi yaşaydi.
Aholisining 99% dan köpi yaponlar. Xokkaydo o.da mamlakatning eng qadimiy aholisi — aynlar (50 ming kişi atrofida) saqlanib qolgan. Şuningdek, koreys, xitoy va boşqalar yaşaydi. Rasmiy til — yapon tili. Asosiy dinlari — sintoizm va buddizm; konfutsiylik va daosizm aqidalari katta ta'sirga ega. Xristianlik, islom va hinduizmga e'tiqod qiluvçilar ham mavjud. Xristianlik 16-asr örtalaridan, islom 19-asr oxiridan kirib borgan; xristianlar 1,5 mln.ga yaqin, musulmonlar 100 ming kişi çamasida. 1935 yil Tokio va Kobe şahrilarida dastlabki masjidlar qurilgan. 1956 yildan Ya. musulmonlar uyuşmasi va 1966 yildan Ya. islom markazi mavjud. Aholining 77% şaharlarda yaşaydi (2002). Yirik şaharlari: Tokio, Yokoxama, Osaka, Nagoya, Sapporo, Kobe, Kioto.
Tarixi. Ya. hududida qadimiy odam izlari paleolit davriga oid. Taxm. mil. av. 8000—300 yillarda neolit davri madaniyati — dzyomon (idişlarga bitilgan ipsimon naqşlarga qarab nomlangan) mavjud bölgan. Öşa davr moddiy yodgorliklarini örganiş Ya.ning qadimiy aholisi, asosan, Janubiy Şarqiy Osiyodan kirib borganini körsatadi. Mil.av. 2-ming yillik mobaynida jan. möğul tipidagi qabilalar kelgan. Mil.av. 1 ming yillik arafasida Ya.da asosiy qismini aynlar taşkil etgan etnik aholi tarkib topdi. Mil. av. 5—4-asrlarda dehqonçilik, çorvaçilik rivojlangan, metall qurollar qöllanilgan. Mil.ning boşlarida ijtimoiy tabaqalaniş kuçaydi; qulçilik paydo böldi. 4-asr örtalarida taşkil topgan yirik qabilalar ittifoqi — Yamato asosida ilk yapon davlati tarkib topdi. 5-asrdan iyeroglif yozuvi, 6-asrdan buddizm tarqaldi. Yamato hukmdorlari taşqi aloqalarda «tenno» unvonini qöllay boşlagan. Bu unvon hozirgaça ham saqlangan va Yevropa tillariga «imperator» sözi bilan tarjima qilinadi. 646 yil yer davlat mulki deb e'lon qilindi, aholi esa davlat çek yerlari egasiga aylandi. Yarim erkin dehqonlar zodagonga qaram dehqonlar bilan tenglaştirildi. Xitoydagi Tan davlati tipida markaziy ma'muriyat tuzildi. 710 yilda birinçi doimiy poytaxt — Nara qurildi, 794 yilda poytaxt Kioto (Xeyan)ga köçirildi. 8-asrda mamlakat jan. dagi avstronezlarning singdirilişi natijasida yapon millati şakllandi. 10-asrda davlat çek yer egaligi tizimi barham topib, aslzoda va ibodatxonalarning yermulklari (syoen) yerga egalikning asosiy şakliga aylandi. 11-asrdan sardorlar boşçiligida harbiy zodagonlar guruhlari taşkil topa boşladi. 12-asrning örtalarida Xonsyudan şim.şarqda Minamoto, jan.ğarbda Tayra ulardan eng yirigi edi. Bu xonadonlarning özaro kuraşi 1185 yilda Tayraning mağlubiyati bilan tugadi. 1192 yilda şim.şarqliklar öz sardorlari Yoritomo Minamotoni syogun (sarkarda) unvoni bilan davlatning hukmdori deb e'lon qildilar. Imperator sulolasi syogunlar hukmronligini xalq oldida qonuniy bölişini kafolatlab turiş uçun nomigagina saklab qolindi. Qarorgohi Kamakura şahrida joylaşgan syogunlarga harbiylar tabaqasi (busi) va şaxsiy vassallar (ular ma'muriy mansablarni egalladilar) asosiy tayanç böldi. Busi tabaqasining quyi qismi mayda harbiy dvoryanlar — samuraylardan iborat edi. Xitoy va Koreyani zabt etgan möğullar 1274 va 1281 yillarda Ya.ga qarşi ekspeditsiyalar uyuştirdilar, lekin bu yurişlar muvaffaqiyatsiz çiqdi. Dengizda paydo bölgan kuçli tayfun möğul qöşinlarini halok qildi. Ya. tarixida bu tayfun «kamikadze» («ilohiy şamol») nomini oddi. 13-asrdan savdo va hunarmandçilik korporatsiyalari (dza) soni orta boşladi. 14—16-asrlarda syoendan yirik zamindorlik — knyazlikka ötildi. 15—16-asrlarda deyarli uzluksiz dehqonlar qözğolonlari bölib turdi. 1485—93 yillarda bölib ötgan Yamasiro qözğoloni ulardan eng yirigi edi. 15—16-asrlarda Ya. bilan Xitoy va Koreya örtasida savdosotiq avj oldi. 16-asrning örtalaridan Ya.ga kirib kelgan yevropalik missionerlar xristianlikni tarqata boşladilar. 1603 yil Ieyasu Tokugava (1542—1616) syogun deb e'lon qilindi va uning qarorgohi Edo (hoz. Tokio)ga köçirildi. Tokugava syogunlari sulosasi mamlakatni 1867 yilgaça boşqardi. Ularning hukmronligi davrida Ya. markazlaşgan monarxiya davlatiga aylandi. Hukumat qat'iy qoidalar bilan 4 tabaqa tizimi (samuray, dehqon, hunarmand va savdogarlar) ni örnatdi. Tokugava hukumatining yevropaliklar ekspansiyasi va xristianlik xalq harakatining mafkurasiga aylanayotganligiga qarşi qator tadbirlarni körişi natijasida Ya. qariyb 2,5 asr mobaynida «yopiq» davlatga aylandi. Şu yöl bilan mamlakat mustamlaka bölişdan saqlanib qoldi. 17-asr oxiri — 18-asr boşlari Tokugavalar Ya.si uçun eng yuksaliş davri böddi. Bu davrda aholining savodxonlik darajasi jahon miqyosida ham ilğor öringa çiqdi. 18-asr oxiri — 19-asrning 1-yarmida manufakturalar paydo böla boşladi. 1854—58 yillarda AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya bilan tuzilgan Ansey şartnomalariga köra, Ya. öz holiça ajralib yaşaş siyosatidan voz keçişga majbur böddi va suvereniteti çeklangan holda jahon bozoriga qöşildi. 1867—68 yillarda Ya.da dehqonlar, şahar kambağallari, savdosanoat korçalonlari, dvoryanlarning quyi tabaqalari, saroy aslzodalari va muxolifatdagi ba'zi yirik zodagonlardan iborat keng omma syogunlarga qarşi çiqdi. Natijada burjua inqilobi — Meydzi isin sodir böldi, syogun hukumati ağdarildi va hokimiyat imperator Mutsuxito (1867—1912 ylarda hukmronlik qilgan) qöliga ötdi. Şu davrdan boşlab Ya. imperator va uning hukumati boşçiligida tub ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy islohotlar yöliga ötib, tezlaşgan modernizatsiya orqali ğarb davlatlari darajasiga yetişni öz oldiga maqsad qilib qöydi.
1869 yilda poytaxt rasman Tokioga köçirildi. 1871—72 yillarda knyazliklar tugatilib, örniga prefekturalar taşkil etildi, avvalgi 4 tabaqa örniga 3 tabaqa [oliy dvoryanlar (sobiq zodagon knyazlar, saroy aslzodalari), dvoryanlar (barça sobiq samuraylar), oddiy xalq (bunga savdosanoat korçalonlari ham kiritildi)] ta'sis etildi. Barça tabaqalarning tengligi, kasb tanlaş va mamlakat böylab köçib yuriş erkinligi haqida qonunlar qabul qilindi. 1872 —73 yillarda ötkazilgan yer islohotidan keyin yer, asosan, dvoryan yer egalari va boy dehqonlar qöliga ötdi. 1873 yildan mamlakatda yil sanasini belgilaşda imperator hukmronlik qilgan davr nomi bilan bir qatorda grigoriy kalendari ham joriy etildi. 1879 yil birinçi siyosiy partiya tuzildi. 1868—85 yillarda xususiy sarmoya yordamida q.x. xom aşyosiga işlov beradigan 1300 korxona qurildi. 1889 yil imperatorga mutlaq vakolatlar beruvçi konstitutsiya qabul qilindi, 1890 yilda parlament ta'sis etildi.
19-asr oxiri — 20-asr boşlarida Ya.ning hukmron doiralari agressiv taşqi siyosat tuta boşlab, 1894 yilda Koreyada qötarilgan dehqonlar qözgolonini bostiriş niqobi ostida u yerga qöşin yubordi va Xitoy bilan bölgan uruş (1894—95) natijasida Tayvan va Penxuledao o.larini, rusyapon uruşi (1904—05) oqibatida esa Şim. Saxalinni egalladi. Ya. va Buyuk Britaniya örtasida 1902, 1905 va 1911 yillarda imzolangan şartnomalar asosida özaro hamkorlik harbiy-siyosiy ittifoq darajasiga qögarildi va ikki tomon Koreya hamda Xitoyda öz mavqelarini yanada mustahkamladi. 1910 yil avg.da Ya. Koreyani öz mustamlakasiga aylantirdi. Yapon monopoliyalari Janubiy Manjuriyani, keyinroq Xitoyning boşqa r-nlarini öz ta'sir doirasiga kiritdi.
1-jahon uruşi boşlanişidan Ya. hukmron doiralari Uzoq Şarqdagi öz mavqelarini yanada mustahkamlaş va kengaytiriş uçun foydalandilar. 1914 yil 23 avg.da Ya. Germaniyaga qarşi uruş oçdi va oktyabrda Germaniyaga qaraşli Marşall, Mariana, Karolina o.larini, şuningdek, Xitoyning Şan'dun provinsiyasini u yerda Germaniya ijaraga olgan hudud bilan birga bosib oldi. Ya.ning mustamlakaçilik siyosati kuçayib 1918—22 yillarda Uzoq Şarqdagi Rossiyaga qaraşli bir qança ölkalarni işğol etib turdi. 1920 yildan Ya. iqtisodiyotida tuşkunlik boşlanib, u 1925 yilgaça davom etdi. 1925 yil 20 yanv. dan Ya. bilan sobiq SSSR örtasida özaro munosabatlarning asosiy tamoyillari töğrisida Pekin konvensiyasi imzolandi. 1926 yil 25 dek.da Ya. taxtiga imperator Xiroxito (1901—89) ötirdi. 1929—33 yillarda bölgan jahon iqtisodiy inqirozi natijasida vujudga kelgan holatda Ya.da harbiyfaşistik diktatura örnatişga intiluvçi öta reaksion «yoş ofitserlar» guruhi faollaşdi. 1931 yil Ya. Manjuriyani bosib olişga kirişdi. 1933—36 yillarda Xitoyga qarşi agressiyani kuçaytirdi. 1936 yil 25 noyab.da Ya. faşistlar Germaniyasi bilan «Antikomintern pakti»ni imzoladi. 1937 yil iyulda Xitoyni bosib oliş uçun uruş boşladi va 1938 yil uning butun şarqiy qismini bosib oldi. Ya. qöşinlari şöro armiyasi tomonidan Hasan köli yonida (1938) va XalxinGol jangi (1939)da tormor keltirilgaç, Ya. hukumati Yevropa davlatlari va AQŞ ning Janubiy Şarqiy Osiyodagi mustamlakalariga hujum qilişga ötdi. 1940 yil Hindixitoyning şim. qismini bosib oldi. Şu yil 27 sentyabrda Germaniya, Italiya va Ya. örtasida «Uçlar pakti» imzolandi. 2-jahon uruşida Germaniya va Italiya ittifoqçisi sifatida qatnaşdi.
1941 yil 7 dek.da Ya. AQŞning Pyorl-Xarbordagi harbiy bazasiga hujum qilişi bilan 2-jahon uruşiga kirdi. 1942 yilYa. imperiyasi Buyuk Britaniya va Fransiyaning Janubiy Şarqiy Osiyodagi köplab mustamlakalarini egallab ulkan hududni öz nazoratiga oldi. Ammo 1943 yildan egallagan hududlarini yöqota boşladi. 1945 yil AQŞ harbiyhavo kuçlari Ya.ning Xirosima (6 avg.) va Nagasaki (9 avg.) şahrilariga atom bombasi taşladi. Sovet hukumati 1945 yil 9 avg.da Ya.ga qarşi Manjuriya strategik operatsiyasini boşladi. 1945 yil 2 sentyabrda Ya. sözsiz taslim bölganligi töğrisidagi aktga imzo çekdi va uning hududini ittifoqçilar nomidan AQŞ qöşinlari okkupatsiya qildi. 1946—48 yillarda bölib ötgan Tokio sud jarayonida asosiy yapon harbiy jinoyatçilari jazoga tortildi.
Uruşdan söng Ya.da tub siyosiy va ijtimoiyiqgisodiy islohotlar ötkazilib, qurolli kuçlar va öng taşkilotlar tarqatib yuborildi, dvoryan yer egaligi tugatildi, avvalgi monopolistik konsernlar qayta taşkil etildi. 1947 yilgi konstitutsiyaga binoan mamlakat xalqaro mojarolarni qurol kuçi bilan hal qilişdan va şu maqsadda qurolli kuçlar tuzişdan voz keçdi.
1951 yil 8 sentyabrda Ya. bilan AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya va boşqalar davlatlar örtasida SanFransisko sulh şartnomasi imzolanib, mamlakat suvereniteti tiklandi hamda Ya. bosib olgan barça mustamlakalaridan voz keçdi. Şu yili Ya. bilan AQŞ örtasida imzolangan xavfsizlikni kafolatlaş töğrisidagi şartnomaga köra, Ya.da AQŞ harbiy bazalari joylaştirildi. 1956 yil 19 oktyabrda SSSR bilan Ya. örtasida uruş holatiga barham beriş, diplomatiya munosabatlarini tiklaş töğrisida qöşma bayonot imzolandi.
1950-y.lar boşidan Ya. iqtisodiyoti tez sur'atlar bilan rivojlandi. 1960-y.larning oxiriga kelib «yapon mö'jizasi» atamasi paydo böldi va u yalpi milliy mahsulot va sanoat işlab çiqariş hajmi böyiça kapitalistik dunyoda 2-öringa çiqdi. 1990-y.larda Ya. jahon miqyosidagi eng katta sarmoyador davlatga aylandi. Ya. — 1956 yildan BMT a'zosi. Milliy bayrami — 23 dek. — imperator tuğilgan kun (1933). ÖzR suverenitetini 1991 yil 28 dek.da tan olgan va 1992 yil 26 yanv.da diplomatiya munosabatlarini örnatgan.
Siyosiy partiya va kasaba uyuşmalari. Liberaldemokratik partiya, 1955 yil asos solingan; Yaponiya demokratik partiyasi, 1996 yil tuzilgan; Yangi Komeyto partiyasi, 1964 yil taşkil etilgan; Ya. Sotsialdemokratik partiyasi, 1945 yil asos solingan; Ya. Kommunistik partiyasi, 1922 yil taşkil etilgan; Yangi konservativ partiya, 2002 yil tuzilgan. Ya. kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi — Sinrengo, 1989 yil 21 noyab.da Ya. kasaba uyuşmalari Boş kengaşi (1950 yil tuzilgan) va Umumyapon xususiy korxonalar xodimlari kasaba uyuşmasi (1987 yil taşkil etilgan)ning qöşilişi natijasida tuzilgan.
Xöjaligi. Ya. — iqtisodiy qudrati böyiça jahonda AQŞdan keyingi örinda turadigan yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Sanoat işlab çiqarişning umumiy hajmi böyiça jahonda oldingi örinlardan birini egallaydi. Ulkan korxonalar bilan birga mayda korxonalar ham mavjud (ayniqsa, yengil va oziq-ovqat sanoatida). Ya. iqtisodiyoti çetdan keltiriladigan xom aşyo va yoqilğiga asoslangan. Ya. jahon bozoriga sanoatning fanga asoslangan murakkab tarmoqlari mahsulotlari, zamonaviy konstruksion materiallar yetkazib beruvçi mamlakat. Ya. jahon yalpi milliy mahsulotining 13% dan ortiğini işlab çiqariş bilan birga, yirik xalqaro iqtisodiy, savdo va moliya taşkilotlari hamda «sakkizlik» davlatlarida yetakçi mavqega ega. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 38%, qişloq, örmon xöjaligi va baliq ovlaşniki 2%, xizmat körsatiş tarmoğiniki 60% ni taşkil etadi. Yalpi içki mahsuloti 4,3 trillion AQŞ dollariga teng (2003).
Sanoatida iqtisodiy faol aholining 25% band. Energetika, metallurgiya, avtomobilsozlik, kemasozlik, kimyo, neft kimyosi, quriliş materiallari sanoati kabi tayanç tarmoqlar çetdan olinadigan xom aşyo hamda texnologiyaning eng yangi yutuqlari asosida deyarli butunlay yangidan barpo etildi. Energetika sanoati ham asosan, çetdan keltirilgan neftga asoslangan. Yiliga örtaça 1,097 trillion kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi; uning 706,4 mlrd. kVtsoati issiqlik elektr st-yalarida, 91,8 mlrd. kVtsoati GESlarda, 295 mlrd. kVtsoati atom elektr st-yalariga töğri keladi (2002). 2003 yil 52 atom elektr st-yasi işladi. I.ç. sanoatida qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Kon sanoatida kömir, gaz, temir va mis rudasi, pirit, rux, qörğoşinrux, marganets, kumuş, oltin, simob, kaolin, talk va h.k. qazib olinadi. Maşinasozlik va kimyo sanoati yuksak taraqqiy etgan. Avtomobillar, maişiy texnika, elektron asboblar, aloqa vositalari, kema, pölat, sement, plastmassa, sintetik tola, robot işlab çiqariş, neftni qayta işlaş, biotexnologiya mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor tarmoqlaridandir. Ya. sanoati 4 asosiy r-n: Keyxin (Tokio, Kanagava), Tyukyo (Ayti, Mie), Xansin (Osaka, Xiogo), KitaKyusyu (Fukuoka)ga bölingan. Mazkur r-nlarda jami sanoat mahsulotining 40% dan ortiği işlab çiqariladi.
Qişloq xöjaligida hosildorlik böyiça dunyoda oldingi örinlardan birida bölib, u yuqori darajada mexanizatsiyalaşgan va avtomatlaştirilgan. Iqtisodiy faol aholining 4,2% q.x.da band. Hududining 12,9% yoki 4,8 mln. gektarida dehqonçilik qilinadi. Dehqonçilikda asosiy ekin — şoli (2002 yil 11 mln. t şoli yetiştirilgan). Şuningdek, kartoşka, sabzavot, oz miqdorda buğdoy va dukkakli don ekinlari ekiladi. Mevaçilik, boğdorçilik, çorboğ xöjaligi rivojlangan. Çorvaçilikda qoramol, çöçqa, parranda boqiladi; pillaçilik va baliqçilik rivojlangan. Ya.da 3000 dan ortiq baliq ovlaş portlari bölib, dunyo böyiça ovlanadigan baliq va dengiz jonivorlarining 15% şu portlarga töğri keladi.
Transporti. Içki yuk aylanmasida avtomobil transportining roli katta (yiliga örtaça 5,5 mlrd. tonna yuk taşiladi). Umumiy va ekspress yöllarning uz. 1,2 mln. km, şu jumladan, 4,4 ming km tezyurar magistrallar. T.y.larning uzunligi 43,7 ming km. Deyarli 1/2 qismi elektrlaştirilgan. 1964 yildan tezligi soatiga 270 km gaça yetadigan «Sinkansen» poyezdlari harakati yölga qöyilgan. 9 şahardagi metropolitenning uz. 540 km. Ya.da suv osti va yer usti tunnellari va köpriklar köp. Dunyoda eng katta Seykan tunneli (53,9 km) Xonsyu va Xokkaydo o.larini birlaştiradi. Içki suv yöllarining uz. 1770 km ga yaqin. Dengiz savdo floti 5473 kemaga ega va uning umumiy tonnaji 40 mln. brutto reg. tonnaga yetadi. Asosiy portlari — Kobe, Tiba, Yokoxama, Nagoya, Osaka, Kavasaki, Tokio, Xakodate. Tokio, Osaka, Niigata şahri yaqinida xalqaro aeroportlar bor. Mamlaktda neft quvurlari 400 km dan ziyod, gaz quvurlari 1800 km.
Taşqi savdosi. Ya. çetga maşina va uskunalar, metall buyumlar, elektronika, kimyo mahsulotlari, elektr asboblar çiqaradi; çetdan sanoat xom aşyosi, mineral yoqilği, oziq-ovqat va töqimaçilik mahsulotlari oladi. 2003 yil Ya.ning importi 383,3 mlrd. AQŞ dollarini, eksporti 417,8 mlrd. AQŞ dollarini taşkil etdi. Taşqi savdoda AQŞ, Yevropa Ittifoqi hamda Janubiy va Janubiy Şarqiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — iyena.
Tibbiy xizmati. Aholi salomatligining körsatkiçlari böyiça Ya. jahonda yetakçi örinda turadi. 2001 yil 1,85 mln. örinli 167,5 ming şifoxona va poliklinika bölgan (har 100 ming aholiga 1458 örin). Ya.da 255,7 ming vraç, 90,8 ming tiş vraçi, 217,4 ming farmatsevt faoliyat olib boradi. Har 100 ming kişiga 201,5 vraç töğri keladi. Ya.da öz issiq suv manbalariga ega bölgan 3023 kurort bor.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. Ya.da maorif tizimi Maorif, madaniyat, sport, fan va texnologiya vazirligi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan muvofiklaştirib turiladi. Maktabgaça tarbiya bolalar boğçalarida (8389 xususiy boğçada 1,4 mln., 5785 davlat boğçasida 367,8 ming tarbiyalanuvçi) amalga oşiriladi. 6 yoşdan 15 yoşgaça bölgan bolalar uçun öqiş majburiy va bepul. Ta'limning birinçi bosqiçi 6 yillik boşlanğiç maktab (2003 yil 23,6 ming maktabda 7,2 mln. öquvçi). Ikkinçi bosqiç 3 yilliq kiçik örta maktab (2003 yil 11,1 ming maktabda 3,74 mln. öquvçi). 16—18 yoşli bolalar 3 yillik katta örta maktab (2003 yil 5,4 ming maktabda 3,8 mln. öquvçi) da ta'lim oladi. Oliy ta'lim unt, professional kollej va texnika intlaridan iborat. 2004 yil mamlakatdagi 709 untda 2,8 mln. talaba öqidi, 84,2 ming öqituvçi işladi. Untlarning 542 tasi xususiy. Yirik untlari: Tokio universiteti, Kioto universiteti, Osaka un-ti (1886 yil taşkil etilgan) va boşqalar Ya.da ilmiy tekşiriş işlariga yiliga qariyb 100 mlrd. AQŞ dollari hajmida mablağ sarflanadi va bunda xususiy sektor yetakçi mavqega ega. I.t. sohasida 756,3 ming kişi band. Ulardan 430,6 ming kişi i.t.larni xususiy kompaniyalar, 280,7 ming kişi untlar, 44,9 ming kişi ijtimoiy taşkilotlarda olib boradilar. Yirik ilmiy tekşiriş institutlari: aviakosmik texnika, metallar, elektronika böyiça kompleks tadqiqotlar, kosmos va astronavtika, elektr energetikasi, avtomobilsozlik, ixtiro va yangiliklar, Nomura kompleks, Mitsubisi kompleks intlari. Ya.da 2711 ommaviy kutubxona, 3599 muzey, 79 hayvonot boği, 79 akvarium, 90 botanika boği bor. Yirik kutubxonalari: Milliy parlament kutubxonasi (7,9 mln. asar), Tokio un-ti kutubxonasi. Yirik muzeylari: Tokiodagi milliy muzey(1871 yil taşkil etilgan), Milliy ilmiy muzey, Imperator saroyi, Kiotodagi milliy muzey (1889) va Milliy hoz. zamon san'at muzeyi (1963), Nagoyadagi Tokugava badiiy muzeyi va boşqalar
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. Ya.da 70,8 mln. nusxada 166 milliy va mahalliy kundalik gaz. çiqadi. Yiriklari: «Iomiuri» («Reportyor», 1874 yildan) «Asaxi» («Çiqayotgan quyoş», 1879 yildan), «Mayniti» («Kundalik gazeta», 1872 yildan), «Nixon keydzay simbun» («Yaponiya iqtisodiy gazetasi», 1876 yildan), «Sankey simbun» («Sanoatiqtisodiy gazetasi», 1950 yildan). Şuningdek, 4178 oylik va haftalik jur., byulleten çiqadi. Yiriklari: «Bungey syudzyu» («Adabiybadiiy almanax», 1923 yildan), «Dziyu minsyu» («Liberaldemokratiya», 1955 yildan), «Kurasi to seydzi» («Hayot va siyosat»), «Sekay» («Koinot», 1946 yildan), «Tyuo koron» («Markaziy şarh», 1886 yildan), «Ekonomisuto» («Iqtisodçi», 1923 yildan), «Bunka xyoron» («Madaniy şarh»), «Gekkan syakayto» («Sotsialdemokratik partiya oynomasi», 1957 yildan). Umummilliy axborot agentliklari: Kiodo Susin (1945 yildan) va Dzidzi Susin (1945 yildan). Radioeşittiriş 1925 yildan va telekörsatuvlar 1953 yildan olib boriladi. Ya. radiotelevideniye korporatsiyasi yarim hukumat taşkiloti hisoblanadi. 1925 yil taşkil etilgan. 222 xususiy a'zoni birlaştirgan Tijorat eşittirişlar milliy assotsiatsiyasi 6900 teleradiostyani boşqaradi (1996).
Adabiyoti qadimdan mavjud bölgan xalq oğzaki ijodi (qöşiq, afsona va boşqalar) zaminida vujudga kelgan. Afsona, ertak, tarixiy rivoyat va qöşiqlardan iborat «Kodziki» («Qadimgi hodisalar yilnomasi», sintoizmning muqaddas kitobi hisoblanadi) töplami ilk marta 712 yilda tuzilgan. Bu asar yapon tilida bitilgan birinçi manba hisoblanadi. 759 yil 4516 folklor va 500 ga yaqin muallifning asarlaridan iborat yapon şe'riyati antologiyasi — «Manyosyu» («Köp asrlik qöşiqlar töplami») yaratildi. 9-asrning örtalarida birinçi adabiy nasriy asar — «Taketorimonogatari» yaratiddi. 10-asr oxiri — 11 a. boşlarida adiba Murasaki Sekibu (978—1016) yaratgan «Gendzimonogatari» («Şahzoda Gendzi haqida qissa») asari Ya. mumtoz adabiyotining çöqqisi böldi. 12—16-asrlarda harbiy epopeyalar yaratildi, badiiy kundaliklar keng tarqaldi, şe'riyat antologiyalari tuzildi. 14— 15-asrlar xalq ijodiyoti va Budda rivoyatlari asosida bir .pardali dramalar (niqob teatrlari uçun) yozildi. 16-asrdan şahar adabiyoti paydo böldi. Hunarmandlar, savdo ahliga mansub şoirlarning töplamlari tuzildi. 17—19-asrning 60-y.larida adabiyotda demokratik ğoyalar avj oldi. 17-asr oxiri — 18-asr boşlarida yirik dramaturg Takamatsu Mondzaemon samarali ijod qildi. Matsuo Basyo (17-asr), Kobayasi Issa (18-asr oxiri — 19-asr boşi) şe'riyatning xokku janrida asarlar yaratdilar. 18-asr oxiri — 19-asr boşlarida nasr yanada yuksaldi. 19-asrning örtalaridan yapon adabiyotida sentimental roman janri vujudga keldi, yevropalik mualliflarning asarlari tarjima qilina boşlandi. Simey Ftabatey (1864—1909) «Suzuvçi bulutlar» romani bilan yapon adabiyotida tanqidiy realizmga asos soldi. Roka Tokutomi, Soseki Natsume va boşqalarning asarlarida ham tanqidiy realizm ğoyalari öz aksini topdi. 20-asrning boşlaridan şe'riyatda Yevropa şe'riyatining ta'siri va romantik ğoyalar közga taşlandi. Realist yozuvçilar asarlarida ijtimoiy tanqid asosiy örin oldi. E.Zolya ijodi ta'sirida naturalizm uçun kuraş harakati boşlandi. 1930—40 yillar adabiyotida «muqaddas uruş»ni yoqlovçi apologetik ğoya hukmron böddi. 2-jahon uruşidan keyingi davrda bir qança yapon yozuvçilari öz asarlarida «barqaror qadriyatlarni» izlaş maqsadida milliy adabiyotning köp asrlik an'analariga murojaat qildilar. Dzyun'itiro Tanidzakining «Mayda qor» (1943—48), Yasunari Kavabataning «Mingta turna» (1951), «Eski poytaxt» (1961—62) romanlari şu toifadagi asarlar bölib, ularda kuçli içki lirizm va gözallikning mumtoz talqini aks etdi. Şu bilan birga 1967 yil Yukio Misimaning göyoki yapon madaniyatiga xos bölgan jangovarlik an'analarni tiklaşga çorlovçi trilogiyasi («Vatanparvar», «Xrizantema» va «Şahid bölgan qahramon ovozi») yaratildi. Adabiyotda sengoxa oqimi qaror topgaç, şu oqim vakillari bölgan turli goyaviyestetik yönalişdagi yozuvçilar öz ijodlarida inson şaxsiyatini qaror toptiriş manfaatlari yölida militarizm va an'anaviylikni inkor etdilar. Şu oqim vakillarining uruş mavzuiga oid asarlari, jumladan, Syoxey Ookaning «Daladagi olovlar» (1951), Xirosi Nomaning «Böşliq mintaqasi» (1952), Syusaku Endoning «Dengiz va zahar» (1957) romanlari yaratildi. Yosie Xottaning «Yolğizlik maydoni» asarida (1951) uruşdan keyingi yapon ziyolilari haqida hikoya qilinadi. 1950— 60 yillar yapon adabiyotining maşhur namoyandalaridan biri Yasusi Inouedir. Uning «Tempyoning çerepitsali tomi» (1957) va «Samarqandga sayohat» (1969) tarixiy asarlari Buyuk ipak yölida amalga oşirilgan ma'naviy muloqot va Örta Osiyoning qadimiy şaharlariga bağişlangan. 1960—70 yillarda ilmiy fantastika va detektiv roman janri rivojlandi. 1960—80 yillar yapon adabiyoti realistik va modernistik ğoyalarning özaro harakat va kuraşlarida rivojlandi. Bu davrda adiblardan Gomikava Dzyumpey, Isikava Takudzo, Kayko Takesi, Oe Kendzaburo öz roman va qissalarida ijtimoiy va axloqiy muammolarni kötardilar. Ya. adabiyotida Xirosima fojiasi mavzusi keng örin oldi (Xotta Yosiyo, Ibuse Masudzi, Oda Makoto). Kobo Abe asarlarida realizm va fantastika uyğunlaşgan holda falsafiy masalalar bayon etildi. Ya.da xitoy madaniyati ta'sirida xitoy tilida ham adabiyot rivoj topgan. 14— 15-asr va 17—19-asr boşlarida yuksalgan. Ya. adabiyotning yirik vakillari bölgan Ryunoske Akutagava, Kobo Abe, Yasunari Kavabata (1968 yil Nobel mukofoti sohibi), Kendzaburo Oe (1994 yil Nobel mukofoti sohibi) Murakami Xaruki, B.Yosimoto kabi yozuvçilarning asarlari jahonda maşhur.
Me'morligi. Qadimiy yaponlarning turar joylari yarim yertölalar bölgan va uning tomi yoğoç va qamiş bilan yopilgan. Mil. boşlarida yoğoç sinçli uylar qurila boşladi. (Ise şahridagi sintoistlar ibodatxonasi, 3—7-asrlar). 3—6-asrlarda podşolar uçun aylana va taqa şaklida ulkan qörğon (kafun) lar bunyod etilgan. 6-asrda buddizm tarqalişi munosabati bilan xitoy va koreys me'morligi uslubida monastir, pagoda, ibodatxona va saroylar bunyod etilgan (Nara şahridagi Xoryudzi monastiri, 7-asr; Kito şahri yaqinidagi Byodoin saroyi, 11-asr). 8-asrda Xitoy şaharsozligi uslubida Xeydzyokyo (hoz. Nara) va Xeyan (hoz. Kito) şahrilariga asos solindi. 14—16-asrlarda landşaft me'morligi, xitoyça boğparklar bunyod etiş san'ati, qal'a va saroy devorlariga rasm çiziş rivojlandi. 16-asrdan şahar mudofaa inşootlari xandaq va ğişt devorlar bilan öraldi. Şu davrda hoz.gaça saqlanib qolgan an'anaviy yapon turar joyi şakllandi. 16-asrdan Edo (hoz. Tokio) şahrida quriliş avj oldi. 19-asr oxiridan şaharsozlik rivojlandi, sanoat korxonalari quriş köpaydi, qurilişda ğişt, keyinçalik temirbeton va metall işlatila boşlandi. Yapon me'morlari (Tatsuno Kingo, Katayama Otokuma) binokorlikda Yevropa uslubidan foydalandilar yoki an'anaviy yapon uysozligi şakllarini Ğarbiy Yevropa me'morligi şakllari bilan uyğunlaştirdilar. 20-asrning 20-asrlari oxiri Le Korbyuzye ta'sirida funksionalizm uslubi yoyila boşladi. 2-jahon uruşi yillari (1939—45) Ya. şaharlari vayron böldi; 50-y.lardan quriliş keng kölamda avj oldi. Milliy me'morlik şakllarini zamonaviy konstruksiyalar bilan uyğunlaştiriş natijasida yapon me'morligi jahonda maşhur böldi (Xirosimadagi Tinçlik memorial parki, 1949—56; Okayama şahridagi Kurasiki şahar zali, 1960; Kofudagi Yamanasi binosi, 1966; hammasining me'mori Tange Kendzo; Tokiodagi Metropoliten festival xoll, 1960—61, me'mor Mayokava Kunio; Tokioning Sindzyuku r-nidagi maydon ansambli va transportyölovçilar tuguni, 1960—67, me'mor Sakakura Jundzo; Kioto şahridagi Xalqaro konferensiyalar markazi saroyi, 1966—70 yillar boşi, me'mor Satio Otani). 18yozgi olimpiada öyinlari (1964) va «EKSPO70» körgazmasining ötkazilişi munosabati bilan yirik şaharlar, jumladan, Tokio va Osaka markazlari rekonstruksiya qilindi, Tokioda ikki olimpiada majmuasi (Yoyogi, me'mor Tange Kendzo; Komadzava, me'morlar Murata Masasiko va Aşixara I.), Osakada boş pavilon körgazmasi (me'mor Tange Kendzo) qurildi. 1960-y.lar oxirida yuksak seysmik hududligiga qaramay, osmonöpar binolar bunyod etildi (Tokio, Osaka va boşqalar şaharlarda). Ya.da milliy me'morlik an'analarining rivojlanişi K.Maekava, Yo.Taniguti, K. Tange, K. Kurokava va boşqalar maşhur me'morlar faoliyati bilan boğliq.
Tasviriy san'ati. Ya. san'atining qadimiy yodgorliklari dzyomon madaniyati davri (mil.av. 8—1-ming yilliklar örtalari)ga mansub. Mil.av. 1-asrda tayyorlangan bronza buyumlar, sopol idiş namunalari saqlangan. 6-asrda buddizm tarqalişi munosabati bilan ibodatxonalar yaratildi va ular budda dinidagi maşhur personajlar tasvirlangan haykalçalar bilan bezatildi (Nara şahridagi Xoryudzi, Yakusidzi monastirlaridagi haykallar). Ilk örta asrlarda rang-tasvir va haykaltaroşlikda portret janri şuningdek, teatr niqoblari san'ati rivojlandi. Ya. rang-tasviri buddizm hamda Xitoy san'ati ta'sirida taraqqiy etdi. 11—12-asrlarda öziga xos milliy xususiyatlarga ega böldi.
Bu davrda Fudzivara Takayosi, Fudzivara Nobudzane va Toba Sodzyo kabi rassomlar maşhur böldilar. 12—13-asrlar rang-tasviridagi portretlar oddiyligi va ifodaliligi bilan ajralib turadi (Fudzivara Takanobuning «Minamoto Yoritoma portreti»). 14—15-asrlarda budda sektasining dzen maktablarida tuş rang-tasviri rivoj topdi [Dzyosetsu, Syubun, Toy Oda (Sessyu taxallusi bilan maşhur) manzaralari]. 15-asrda dunyoviy professional rang-tasvir şakllandi. Kano maktabi (asosçisi Kano Masanobu) va Tosa maktabi (asosçisi Tosa Matsunobu) asarlarida xitoy mumtoz rang-tasviri öz aksini topdi. 15—17-asrlarda bezak yozuvi san'ati yuqori darajaga erişdi (Sotatsu Tavaraya, Ogata Korin). Bu davrda çoy tarqalişi munosabati bilan kulollik va çinni buyumlar tayyorlaş avj oldi. 17-asr boşlarida yoğoçga rangli gravyura işlaş san'ati — ukiyyoe yapon san'atining yetakçi turiga aylandi (Moronobu Xisikava, Xarinobu Sudzuki, Utamaro Kitagava, Xokusay Katsusika, Xirosige Ando kabi ustalar). 17—19-asrlarda miniatyura haykaltaroşligining öziga xos turi hamda kiyimlar uçun tugmailgak bezaklar yasaş rivojlandi. Yapon amaliy bezak san'ati (kaştadözlik, mato töqiş, loklangan buyumlar tayyorlaş. tör töqiş) buyumlari katga mahorat bilan tayyorlandi. 19-asr oxirlaridan Yevropa san'ati ta'sirida moyböyoq rang-tasvir — «yoga» rivojlana boşladi (Asai Tyu, Kuroda Seyki va boşqalar). Bu sohalagi rassomlar ijodida impressionizm, fovizm ta'siri yaqqol közga taşlanadi (Umexara Ryudzaburo, Yasun Sotaro.). 20-asr 1-yarmida abstrakt san'at, ekspressionizm, syurrealizm ta'siri seziladi. «Nixonga» rang-tasvir ustalari Tomioka Tessey, Yokoyama Taykon, Takueti Seyxo kabilar milliy an'analar ruhida asarlar yaratdilar. 1920—30 yillarda Okamoto Toki, Otsuki Gendzi, Yorimoto Sirin, Yanase Masamu, Sudzuki Kendzi kabi rassomlar samarali ijod qildilar. 2-jahon uruşidan keyin rassomlar ijodidan ijtimoiy muammolar keng örin oldi; köp asarlar Xirosima va Nagasakidagi atom bombasidan halok bölganlar fojiasiga bağişlandi (Maruki Iri va Tosiko, Mita Gendziro, Sakurai Makoto, Fukuda Sinsey, Ono Tadasige, Ueno Makoto). Zamonaviy yapon tasviriy san'atida grafika demokratik va ommaviy san'at turi sifatida maşhur. Taniqli rassom N.Xirayama ijodida Buyuk ipak yöli manzaralari muhim örin tutadi. Tasviriy san'atda turli oqim va yönalişlarning köpligi közga taşlanib turadi.
Musiqasi qadimiy an'analarga boy bölib, öz taraqqiyoti jarayonida xitoy va koreys, hind va Janubiy Şarqiy Osiyo mamlakatlari xalqlari musiqa madaniyati ta'sirida boyigan; u mehnat, turmuş, diniy marosimlar bilan boğlangan. Qöşiqlar bir ovozli, qöş metrlar ustun. Musiqiy çolğu asboblari xilmaxil: çertib çalinadigan — syamisen (lyutnya), koto (13 torli sitra); puflama — nokan, syakuxati (fleytalar), soo (lab organi), xitiriki (goboy turi); zarbli — tayko, kotsudzumi, otsulzumi (barabanlar), syoko (gong). Professional musiqa diniy harakatlar va teatr bilan boğliq bölgan; uning sarçaşmalari 6—7-asrlarga borib taqaladi. 14-asrda teatrning noo san'ati (qöşiq, raqs, çolğu asboblar jörligida ijro etiladigan deklamatsiya), 16— 17-asrlarda dzyoruri qöğirçoq teatri musiqasi va kabuki (mumtoz yapon teatri turlaridan biri) musiqasi şakllandi. Ya.da musiqa san'atini rivojlantirişda Musiqa tadqiqotlari instituti (1879 yil taşkil etilgan, 1886 yildan Tokio musiqa maktabi) muhim rol öynadi. 1897 yil yapon simfonik orkestrining birinçi konserti bölib ötdi. Yevropada musiqa ta'limini olgan Yamada Kosaku, Nobutoki Kiyosi, Kiyose Yasudzi, Matsudayra Yoritsune kabi kompozitorlar kompozitorlarning yangi federatsiyasi (1930 yildan Ya. zamonaviy musiqa uyuşmasi)ni tuzdilar. Öz ijodlarida milliy an'analarga suyangan holda,
Yevropaning kompozitsion usullariga ham murojaat etdilar. 1960—80 yillarda Mamiya Mitio va Akutagava Yasusi kabi kompozitorlar folklor va yapon mumtoz musiqasidan keng foydatandilar. 1940-y.larning oxiridan Seki Akiko rahbarligida antiimperialistik xarakterdagi «Yaponiyaning kuylovçi ovozlari» ommaviy xor harakati keng yoyildi. 1950-y.larning oxiridan avangardizm ta'siri közga taşlana boşladi, eksperimental musiqa turlari tarqaddi. Hoz. davrda ommaviy va mumtoz musiqa bilan birga milliy musiqa turlari yoyilgan. Folklor musiqasini yiğiş, örganiş va tarqatişga alohida e'tibor beriladi. 1970-y.larda karaoke (böş orkestr) havaskorlar ijroçiligi paydo bölib, u aholi orasida juda ommalaşdi. Kompozitorlardan Noda Teruyaki, Xatimura Yosio, Ikebe Sinitiro, ijroçi dirijyorlardan Abe Komei, Masasi Ueda, Vatanabe Akeo, Ivaki Xiroyuki, Moro Takasi, pianinoçi Tanaka Keyko, skripkaçi Kubo Yoko maşhur. Ya.da 20 dan ortiq simfonik orkestr, kamer çolğu ansambli, xor jamoalari va boşqalar bor. Tokioda Davlat musiqa akademiyasi (1887 yildan), 20-asr musiqasi instituti (1957 yildan), Milliy nafis san'at va musiqa unti, Toxo oliy musiqa maktabi faoliyat körsatadi.
Teatr sarçaşmalari qadimiy xalq dehqonçilik bayramlarida körsatilgan tomoşalardan boşlanadi. 7—8-asrlarda gigaku va bugaku deb nomlangan musiqali raqs tomoşalari paydo böldi; ular yapon mumtoz teatrining şakllanişiga yordam berdi. 8—12-asrlarda sangaku musiqali raqs tomoşalari keng yoyildi. 12-asr boşlarida musiqali tomoşalarning yangi turlari'— dengaku va sarugaku rivojlandi. 14-asr oxiri — 15-asr boşlarida yapon teatrining yangi turi — noo teatri (musiqa, raqs va dramatik harakatlardan iborat) vujudga keldi. 16-asr oxiri — 17-asr boşlarida Kiotoda dzyoruri qöğirçoq teatri va kabuki teatri, 19-asr oxiri — 20-asr boşlari teatrning yangi turlari — simpa va sinkokugeki paydo böldi. 20-asr boşlarida Yevropa teatri ta'sirida singeki teatr yönalişi (hoz. drama teatri) şakllandi. 20-asrning 1-çoragida Tokioda «Rodo gekidan» nomidagi birinçi işçi teatri faoliyat körsatdi. Keyinçalik Tokioda «Sukidzi syogekidzyo» va «Xayyudza» teatrlari vujudga keldi; ularning repertuaridan milliy dramaturglar Kobo Abe, Koyama Yusi pyesalari örin oldi. 1947 yil «Mingey» teatri öz faoliyatini boşladi. Teatr qoşida «Mingey» kinostudiyasi işladi. 1966 yil Tokioda «Kokuritsu gekidzyo» milliy teatr markazi taşkil etildi va u an'anaviy janrlarni saqlaş va rivojlantirişda muhim rol öynadi. Ya.ning zamonaviy teatr san'ati an'anaviy teatr (bugaku, noo, kabuki, dzyoruri) va Yevropa tipidagi teatr (drama, opera, balet)ga bölinadi. Bugaku teatrining an'analari mumtoz musiqa va raqsning rivojlanişida asos böldi. Teatr artistlaridan Kita Minoru, Xosyo Motomasa Kuro, Itimura Mandzeamon, Nakamura Kandzaburo, Nakamura Utaemon, Nakamura Bungori, Matsumoto Kosiro, Midzutani Yaeko, Simada Syogo, Tatsumi Ryutaro va boşqalar maşhur.
Kinosi. Ya.da birinçi badiiy film 1899 yilsuratga olingan. 1903 yil Tokioda birinçi doimiy kinoteatr, 1908 yil birinçi kinostudiya tuzildi. 1923 yildan Kioto şahri kino markaziga aylandi. 1931 yil birinçi ovozli film («Qöşni ayol va xotinim», rej. Gosyo Xeynosku) yaratildi. 1936 yil Midzoguti Kendzi «Elegiya Naniva» va «Gionlik opasingillar» filmlarini yaratdi. 1930-y.larda «Ya. filmlar işlab çiqariş böyiça jahonda 2-örinni egallab turdi. Uruşgaça bölgan kinofirmalar («Toxo», «Sinko» va boşqalar) ning asosiy filmlari militaristik mazmunda bölgan. Uruşdan keyingi yillarda yapon kinosida Imai Tadasi, Yamomoto Satsuo, Kinosita Keysuke va boşqalar rej.lar ijodi bilan boğliq bölgan ilğor ğoyalar öz aksini topdi. Ular öz filmlarida Xirosima fojiasi, mehnatkaşlarning oğir hayoti haqida hikoya qildilar. 1950—60 yillardagi eng yaxşi filmlar: «Rasyomon» (1950), «Qizil soqol» (1964; ikkalasining rej. Kurasava Akira), «Har qalay biz yaşayapmiz» (1951, rej. Imai Tadasi), «Xirosima bolalari» (1952) va «Yalang orol» (1960; ikkalasining rej. Sindo Kaneto). 1960-y.lardagi maşhur rej.lar: Yamamoto Satsuo, Koboyasi Masaki, Imai Tadasi. 1960—70-y.larda köproq hujjatli filmlar şuhrat qozondi. S.Ogava, N. Sutimoto, M.Miyagi kabi ijodkorlar öz filmlarida zamonning nizoli muammolarini kötarib çikdilar. 1958 yildan boşlab «Toey» kinokompaniyasi işlab çiqara boşlagan multiplikatsion filmlar butun jahonga tarqaldi. 1970—80 yillarda yapon kinosi televideniye bilan raqobat natijasida inqirozli holatda bölsada, «19 yoşli yalanğoçlar» (1970, rej. Sindo Kaneto), «Jangçi şarpasi» (1982, rej. Kurosava Akira), «Loyqa daryo» (1981, rej. Koxay Oguri), «Narayama haqida afsona» (1983, rej. Imamura Soxey) kabi filmlar yaratildi. Keyingi yillarda T. Kitano, M.Syou, S.Ivai, N.Takenaka kabi maşhur kino ijodkorlari yetişib çiqdi. 1969— 96 yillar davomida namoyiş etilgan «Janob Tora» seriali yaponlar orasida maşhur. Yapon kinosida Yamada Isudzu, Mifune Tosiro kabi aktyorlar şuhrat qozongan. «Nikkatsu», «Syotiku», «Toxo», «Toey» va boşqalar kinokompaniyalar faoliyat yuritadi.
Özbekiston — Ya. munosabatlari. Ikki davlatning özaro munosabatlari tarixi qadimiy asrlarga borib taqaladi. Buyuk ipak yöli orqali özbek va yapon xalqlari örtasida savdoiqtisodiy va madaniy aloqalar bölganligi i.t.larda ham öz tasdiğini topmoqda. Olimlarning tadqiqoti va özbekyapon arxeologik ekspeditsiyalari natijasiga köra, Özbekiston hududida mavjud bölgan Kuşon podşoligining asosiy dinlaridan biri bölgan buddizm Örta Osiyo xalqlari milliy qadriyatlari va an'analari bilan boyigan holda 6-asrda Xitoy va Koreya orqali Ya. orollarida tarqalgan. Özbekistonda topilgan qadimiy budda ibodatxonalarining hoz. Ya.dagi ibodatxonalar bilan muştarakligi namoyon bölmoqda.
Ya.ning birinçi poytaxti Nara şahridagi Xorudzi ibodatxonasi xazinaxonasida 8-asrda Samarqand va Toşkentda tayyorlangan osoriatiqalar, 9—10-asrlarga oid ud musiqa asbobi saqlanmoqda. Afrosiyobdagi arxeologik qazilmalar vaqtida topilgan va 12-asrga mansub nafis yapon çinni idişi ham özbek va yapon xalqlari örtasida aloqalar bölganini körsatadi. Ya. 19-asrning 2-yarmidan Örta Osiyo regioni bilan jiddiy qiziqa boşlagan. 1880 yilning yozida yapon diplomati Nisi Tokudziro (keyinçalik u taşqi işlar vaziri bölgan) ölkamiz böylab sayohat qilgan. U Toşkent, Samarqand, Buxoro şahrilari va Farğona vodiysida bölgan. Buxoroda amir Muzaffar bilan uçraşgan. Bu hodisa yaponlarning musulmon ölkalari bilan dastlabki rasmiy aloqalaridan biri edi. 1886 yilda Nisi Tokudzironing «Turkiston sayohatnomasi» kitobi yapon tilida bosilib çiqqan. 19-asr oxiri — 20-asr boşlarida Örta Osiyoga Yasumasi Fukusima, Kadzuo Otani, Masaji Inoue, Zuiço Toşibana kabi yapon tadqiqotçilari sayohat qilgan.
Özbekiston Milliy un-tining Ilmiy kutubxonasida 1927—41 yillarda Ya.da çop etilgan kitob va jur.larning katta fondi mavjud. 1930-y.larda Özbekiston bilan Yaponiya örtasida pillaçilik va tutçilik sohasida hamkorlik örnatilgaç, Ya.ga borgan bir guruh özbekistonlik mutaxassislar tomonidan bu sohadagi ilğor yapon tajribasi atrofliça örganilgan va respublikada joriy qilingan. Ya.dan önlab madaniylaştirilgan serbargli tut navlari va mahsuldor pilla qurtining uruğlari keltirilib mahalliy şaroitlarga moslaştirilgan. Bundan taşqari, ipakçilik sanoati ehtiyojlari uçun yapon maşina va uskunalari xarid qilingan. 1929 yil Örta Osiyo un-ti prof. E.F.Poyarkov Ya.da pillaçilar anjumanida ma'ruza qilgan.
Ma'lumotlarga köra, 1920-y.larda Ya.ga borib qolgan Volgaböyi tatarlari orasida özbeklar ham bölgan. Ular Tokio şahrida masjid qurilişi va islom dinini yoyilişida öz hissalarini qöşişgan. 1945 yildagi sovetyapon uruşi natijasida asir olingan 24 mingga yaqin yapon 1945—50 yillarda Özbekistonning Andijon, Buxoro, Toşkent va Farğona viloyatlarida uşlab turildi. Ular köplab sanoat korxonalari, q.x., quriliş va boşqalar sohalarda mehnat qildilar. Jumladan, Toşkent şahridagi Alişer Navoiy nomidagi akademik katta teatr binosi qurilişida 600 ga yaqin yapon iştirok etgan. Özbekistonda vafot etgan 812 yapon fuqarosi respublikamiz hududidagi 13 qabristonda dafn etilgan. 1990 yil may oyida Toşkentning Yakkasaroy qabristonida 2-jahon uruşi (1939—45) dan keyin Toşkentda vafot etgan 79 ta yapon harbiy asiri xotirasiga memorial örnatildi.
1960—80 yillarda Ya. Özbekistondan paxta tolasi, çigit, şirinmiya ildizi, asal, ipak va boşqalar mahsulotlar xarid qilgan. 1970-y.lar boşidan Ya. yiliga 190 mln. AQŞ dollari hajmida paxta tolasi sotib olgan. Xususan, Sumitomo kompaniyasi 1971—93 yillar 547,3 mln. AQŞ dollariga paxta tolasi xarid qilgan. Şu yillar Ya.ning qator kompaniyalari Özbekistonning yengil, kimyo va neft sanoatini modernizatsiya qilişga jalb etildi. Farğona va Çirçiq şahrilarida ammiak işlab çiqariş uçun yapon texnologiyalari örnatildi. Toşkent, Samarqand, Buxoro, Marğilon, Namangan, Şahrisabz va Urgançdagi ipakçilik fkalarida Yamato firmasining pilla quritiş maşinalari qöllandi. 1989 yil Özbekistonda xorijiy firmalar orasida birinçi bölib Ya.ning «Çori» kompaniyasi öz vakolatxonasini oçdi.
Ilmiy va madaniy sohalarda ham özaro hamkorlik yölga qöyildi. Yapon va özbek olimlari tomonidan zilzilani oldindan aniqlaş, sanoat mahsulotlarini statistik qabul qiliş nazorati usullari atrofliça örganildi va amaliyotga tatbiq etildi. Ayniqsa, tarix, tilşunoslik va arxeologiya fanlari böyiça samarali hamkorlik amalga oşirildi. Itaro Kumatsuning yaponlar uçun «Özbek tili» qöllanmasi (1978), «Özbekça sözlaşuv» (1983), «Özbekçayaponça luğat» (1980, 1985) kitoblari köp ming nusxada naşr etildi. 1950—80 yillarda adabiyot sohasida ham salmoqli aloqalar böldi. Xususan, 1956 yil Özbekistonga kelgan tanikdi yapon yozuvçisi va tarjimoni Man Inoue atoqli şoir Ğafur Ğulom bilan uçraşgan hamda Ya.da çop etilgan «Toşkentda bir oqşom» asarida özbek va yapon xalqlari madaniyati, an'ana va turmuş tarzidagi muştaraklik haqida hikoya qilgan. Şu davrda Yosie Xotta, Kobo Abe, Yasunari Kavabata, Ryunoske Akutagava, Takeo Arisima, Masudzi Ibuse va boşqalar maşhur yapon ijodkorlarining 30 ga yaqin roman, qissa, şe'r va hikoyalari özbek tilida çop etilgan. Öz navbatida, Ya.da Alişer Navoiy, Ş. Raşidov, Zulfiya, Ramz Bobojon ijodi namunalari, Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asari yapon tiliga tarjima qilinib, bir neça marta naşr qilingan.
1991 yil Yaponiya ÖzR mustaqilligini tan olib, 1992 yil diplomatiya munosabatlari örnatgaç, 1992 yilda Ya.ning Toşkentdagi elçixonasi, 1996 yilda esa ÖzRning Tokiodagi elçixonasi öz faoliyatini boşladi. Ikki mamlakat örtasida teng huquqli aloqalar örnatildi. Ötgan 14 yil mobaynida ikki davlat örtasida köplab rasmiy hujjatlar imzolandi. Şu davr davomida ÖzR Prezidenti I.Karimov 2 marta (1994, 2002) rasmiy taşrif bilan Yaponiyada böldi. Bundan taşqari, ikki davlat taşqi işlar vazirlari, hukumatning rahbar va mas'ul xodimlari, Parlament delegatsiyasi va boşqalarning özaro taşriflari amalga oşirildi. ÖzR Prezidenti I.Karimovning 1994 yilning mayida Ya.ga qilgan birinçi taşrifi özaro siyosiy muloqotni faollaştirdi.
Ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga kötarişda ÖzR Prezidenti I.Karimovning 2002 yil 28—31 mayda Ya.ga qilgan ikkinçi rasmiy taşrifi muhim rol öynadi. Taşrif çoğida 14 hujjat imzolandi. Bular qatoriga Özbekiston bilan Ya. örtasida döstlik, strategik şeriklik va hamkorlik töğrisida deklaratsiya, Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş va Özbekistondagi iqtisodiy islohotlarga kömaklaşiş haqida qöşma bayonot va boşqalar hujjatlar kiradi. Taşrif çoğida I.Karimov Özbekistonning Yaponiya bilan hamkorlik qömitasi va Ya.ning Özbekiston bilan hamkorlik qömitasini taşkil etiş taşabbusi bilan çiqsi. Qömitalar taşkil etilib, uning birinçi qöşma majlisi 2004 yil iyulda Tokio şahrida ötkazildi.
Bugungi kunda Ya.ning mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan moliyaviy resurslarining umumiy qiymati 1,9 mlrd. AQŞ dollariga yaqinlaşdi. Bundan taşqari, Özbekistonga 160 mln. AQŞ dollari mikdorida beğaraz va insonparvarlik yordami körsatilib, u, asosan, maorif va soğliqni saqlaş sohasiga sarflandi. Yapon sarmoyasi mamlakat iqtisodiyotining yoqilğienergetika, transport va kommunikatsiya, yengil sanoat tarmoqlarini, kadrlar tayyorlaş va boşqalar sohalarni yuksaltiriş, xususan, respublikaning telekommunikatsiya tizimini rivojlantiriş, Toşkentdagi t.y. vagonlarini ta'mirlaş z-di, Samarqand, Buxoro, Urganç şahrilari aeroportlarini modernizatsiya qilişga sarflandi.
Ya. xalqaro hamkorlik bankining imtiyozli qarzlari tufayli Kökdumaloq neftgaz konini jihozlaş, Buxoro viloyatida neftni qayta işlaş z-dini quriş, Farğona neftni qayta işlaş z-dini modernizatsiyalaş, Şörtan gazkimyo majmuasini quriş, töqimaçilik sanoatini rivojlantiriş işlari amalga oşirildi. Ğuzor— Boysun—Qumqörğon t.y.ni qurişda içki resurslar bilan bir qatorda Ya. sarmoyasi ham qatnaşmoqda.
1993—2004 yillar qariyb 300 yaponiyalik mutaxassis iqtisodiyot, telekommunikatsiya, turizm, transport infratuzilmasi, ipakçilik sohalari va xorijiy investitsiyalarni jalb qilişda faoliyat körsatdi.
1994 yil mayda Toşkentda Özbekyapon iqtisodiy hamkorlik qömitasi, Tokioda esa Yaponözbek iqtisodiy hamkorlik qömitasi taşkil etildi. Yaponözbek iqtisodiy hamkorlik qömitasi Ya.ning 30 ga yaqin yirik kompaniya, firma va banklarini birlaştiradi. Hozirgaça qöşma qömitalarning 8 majlisi bölib, unda ikkala mamlakatdagi sanoat korxonalari, moliya muassasalari va tadbirkorlarining töğridantöğri aloqalarini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Ayni vaqtda Özbekistonda 10 ta özbekyapon qöşma korxonasi, 3 ta 100% Ya. sarmoyasi hisobidagi korxona, yapon kompaniyalarining 22 vakolatxonasi faoliyat körsatmoqda. Ikki mamlakat örtasidagi savdoiqtisodiy aloqalar kengayib, 2004 yilda tovar ayirboşlaş hajmi 102 mln. AQŞ dollariga yaqin böldi. Özbekiston Ya.ga paxta va ipak mahsulotlari, gazlama, noorganik kimyo mahsulotlari eksport qiladi, turli sayyohlik xizmatlari körsatadi. Ya.dan esa elektr va mexanik uskunalar, kauçuk va rezina buyumlar va boşqalar oladi. «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi 2001 yildan Toşkent — Osaka, 2002 yildan Toşkent—Tokio yönalişida doimiy havo qatnovini yölga qöydi.
Ya. bilan Özbekiston örtasidagi özaro hamkorlik yönalişlaridan biri kadrlar tayyorlaşdir. Hozirgaça respublikaning turli vazirlik va idoralaridan 800 ga yaqin kişi Ya.da tajriba orttirib qaytdi, 98 yoş mutaxassis Ya.ning yetakçi untlarida magistratura kursini bitirdi. 2000 yildan boşlab Ya. xalqaro hamkorlik markazi stipendiyasi asosida yiliga özbekistonlik 20 magistrant Ya.ga ikki yillik öqişga bormoqda. 2001 yil Toşkentda Özbekiston — Ya. inson resurslarini rivojlantiriş markazi taşkil etildi. Hozirgaça uşbu markazning biznes, yapon tili va kompyuter kurslarini 1500 dan ortiq kişi tugatdi. Umuman markaz ötkazgan turli madaniy-ma'rifiy dasturlarda 100 mingdan ortiq kişi iştirok etdi.
Özbekyapon ilmiy aloqalari ham kengayib bormoqda. Toşkent, Samarqand, Buxoro, Farğona va boşqalar şaharlardagi oliy öquv yurtlarining öquv dasturiga yapon tilini örganiş ham kiritilgan. Özbekiston FAning elektronika, seysmologiya, immunologiya, biokimyo, umumiy va noorganik kimyo, fiziologiya va biofizika, şarqşunoslik, arxeologiya intlari, «Botanika» ilmiyi.ç. markazi bilan Ya.ning tegişli unt, in-t va boşqa taşkilotlari örtasida muntazam hamkorlik yölga qöyilgan. Xususan, elektronika in-tida yaratilgan metallurgiya sohasiga oid ekologik toza texnologiya Ya.ning «Nippon stil korporeyşn» firmasi tomonidan litsenziyali şartnoma asosida sotib olingan. 1989— 98 yillarda San'atşunoslik instituti xodimlari Soka un-ti prof. Kyudzo Kato boşçiligida Surxondaryo viloyatining Şörçi tumanida joylaşgan Dalvarzintepada buddizm yodgorliklarini örganiş böyiça tadqiqotlar olib bordilar.
Ikki mamlakat örtasida madaniy aloqalar ham keng rivojlanmoqda. Xususan, Tokiodagi milliy nafis san'at va musiqa un-ti bilan hamkorlikda Toşkentda Xalqaro madaniyat karvonsaroyining işga tuşirilişi, «Jahon tinçlik qönğiroği»ning barpo etilişi, Ya.dagi bir qança ijtimoiy taşkilotlar kömagida Osaka, Fukusima, Maebasi şahrilarida doimiy faoliyat olib boruvçi Özbekiston madaniyat uylarining oçilişi bunga yorqin misoldir. Ya. va Özbekistonda köplab körgazma, takdimot, kinofestival, milliy musiqa va raqs guruhlarining konsertlari, şuningdek, 1996 yildan Özbekistonda Ya. madaniyati kunlari muntazam ötkazib kelinmoqda.
1996 yil ÖzR Prezidenti I.Karimovning «Özbekiston iqtisodiy islohotlarni çuqurlaştiriş yölida» va 1999 yil «Özbekiston XXI asr bösağasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik şartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarlari Ya.da yapon tiliga tarjima qilinib çop etildi. Davlatni boşqariş, özbekyapon hamkorligini rivojlantiriş va mustahkamlaşga qöşgan ulkan hissasi uçun ÖzR Prezidenti Ya.dagi Vaseda va Soka untlarining faxriy d-ri unvoniga sazovor böldi.
Özbekyapon döstlik aloqalarini rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun san'atşunos Ikuo Xirayama Özbekiston Respublikasi BAning faxriy xorijiy a'zosi etib saylandi (2002), prof. Kyudzo Kato va Vaseda un-ti prezidenti Takayasi Okuşima ÖzRning «Döstlik» ordeni bilan mukofotlangan (2002). 2004 yil martda Tokiodagi Soka untida buyuk özbek şoiri Alişer Navoiyga haykal örnatildi ^haykaltaroş R. Mirtojiyev). 2004 yil Özbekistonga 3000 yapon sayyohi kelgan. Ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanişiga Ya.da «YaponiyaÖzbekiston» döstlik jamiyati (|998 yil taşkil etilgan), FukusimaÖzbekiston iqtisodiy va madaniy aloqalar uyuşmasi, «FukuokaÖzbekiston» jamiyati, «OtaToşkent» döstlik jamiyati, ÖzRda «ÖzbekistonYaponiya» döstlik jamiyati (1999 yil taşkil etilgan) munosib hissa qöşib kelmoqda. 2002 yil apr.da Ya. parlamentida mamlakatning nufuzli siyosiy arboblari Taro Aso, Yosiro Mori va boşqalar taşabbusi bilan «Yaponiya liberaldemokratik partiyasi — Özbekiston» döstlik ligasi taşkil etilgan.
Siroj Azizov.