MAHMUD TOROBIY QÖZĞOLONI — Buxoroda möğullar zulmiga qarşi kötarilgan xalq harakati (1238). Harbiy rahbari — Mahmud Torobiy, ğoyaviy mafkuraçisi — Şamsuddin Mahbubiy. Çiğatoy ulusida möğullar istibdodi ostida ezilgan va zulmidan töygan mahalliy aholi qözğolon kötarişga bir neça marta xarakat qilgan. Buxorodan 20 km ğarbdagi Torob qişloği (hoz. Buxoro viloyati Jondor tumani hududi) da boşlangan qözğolon bu kuraşning çöqqisi hisoblanadi. Torob qişloği va uning atrofidagi dehqonlar va hunarmandlar majlislarida özaro kengaşib, möğullar zulmiga qarşi oçiq kuraş boşlaşga qaror qilganlar. Qözğolonçilar Maxmud Torobiy boşçiligida Buxoroga yurişdi va şahardagi Malik Sanjar qasri (1206 y.da Buxoroda kötarilgan qözğolon rahbari qurdirgan) ni egallab, uni özlariga qarorgoh qilib olişdi. Ular safiga köplab tarafdorlar va maslakdoşlar kelib qöşilgan. Torobiyning opasi ham qözğolonning faol iştirokçilaridan biri bölib, bu tabib va duoxon ayol öz mardligi, kuç-ğayrati, jasorati va duşmanga nafrati b-n qözğolonçilar orasida alohida ajralib turgan. Juvayniynçng yozişiça, yirik tasavvuf şayxi va aqoid ulamosi Şamsuddin Mahbubiy qözğolonçilarning ğoyaviy rahnamosi sifatida qöşin va xalq örtasida katta taşviqot işlarini olib borgan. Ular möğul bosqinçilari va ular xizmatiga ötgan mahalliy ma'murlarni öldirib, mol-mulkini beva-beçoralarga taqsimlab berişgan. Buxoro butunlay qözğolonçilar qöliga ötgan. Mahmud Torobiy Robia saroyiga joylaşib, sulton qilib kötarilgan, boş sadr Burhoniddin uning talabi b-n Şamsuddin Mahbubiyni şahar sadri etib tayinlagan. Möğul qöşinlari va bosqinçilari bu paytda Karmanaga qoçib, şoşilinç kuç töplay boşlaganlar. Qözğolonni bostiriş uçun Karmanadan yuborilgan möğul qöşinlari Buxoro atrofida tormor keltirilgan, jangda 10 ming möğul askari öldirilgan. Qözğolonçilar möğullarni quvib, Karmanagaça borganlar. Biroq bu jangda Mahmud Torobiy va Şamsuddin Mahbubiy ham halok bölişgan. Qözğolonga Mahmud Torobiyning 2 ukasi: Muhammad va Ali rahbarlik qilganlar. Möğullar ularga qarşi Eldiz Nöyon va Çekan Qurçi boşliq yangi kuçlarni taşlaşgan. Karmana yaqinidagi Raboti Malik (hoz. Navoiy tumani markazi Malik rabot)da bölgan şiddatli jangda qözğolonçilar mağlubiyatga uçragan, ulardan 20 ming kişi, jumladan, Muhammad hamda Ali ham halok bölgan. Qözğolon şafqatsizlarça bostirilgan. Möğullar Buxoroga kirib, şahar va uning atrofidagi kişilarni talaşga va öldirişga kirişgan. Xöjandda turgan Maxmud Yalavoçning bu yerga kelişi b-n Buxorodagi qirğin töxtatilgan. U talangan va vayron etilgan şahardan heç qanday soliq yiğib ,bölmasligiga Çiğatoynn işontira olgan. M.T.q. mağlubiyatga uçrasa ham, u izsiz ketmagan. Möğul ma'murlari endilikda mahalliy aholi b-n ehtiyotkorona munosabatda bölib, ölpon va soliqlarni kamaytirişgan. Ma'lum muddat turli özboşimçaliklarga çek qöyilgan. Çiğatoy ulusini möğul xoqon (qoon)lari nomidan bo-şqargan Mahmud Yalavoç va uning öğli Mas'ud Yalavoç bu paytda ham xoqonlar manfaatini közlaydigan, ham mahalliy xalqqa xayrixoh nozik siyosatni yuritişgan.
Ad.: Buxoro Şarq durdonasi, T., 1997; Tataromongoli v Azii i Yevrope, M., 1970.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 363–364-b. — ziyouz.com