B.ning islomga qadar bölgan siyosiy tarixi xususidagi ma'lumotlar mil. 7— 8-a.lar b-n çegaralanadi. B. 6—8-a.lar boşida Buxorxudogplar hokimligi poytaxti edi. 709 y. uni Arab xalifaligi fath etgan, 9—10-a.larda esa usomoniylarpoytaxti bölgan. 999 y. '.niqoraxoniylar, 1220 y. möğullar bosib olgan. 1370 y.dan B. Amir Temurva Temuriylar davlati, 16-a. boşidan şayboniylar (1533 y. bu davlat poytaxti Samarqanddan B.ga köçirilişi tufayli Buxoro xonligi deb atala boşlagan) va 1533 y.dan 1920 y.gaça Buxoro xonligi (amirligi) markazi bölgan, söng B. Buxoro bosqini natijasida şörolar tomonidan bosib olingan. 1920 y. 8 sent. dan B. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) ning poytaxti bölgan. B. 1925 y.dan
ÖzSSR va 1991 y. 1 sent.dan mustaqil Özbekiston Respublikasi tarkibida. B.ni arxeologik jihatdan faol örganiş işlari 70—80-y.larga töğri keladi. Özbekiston FA Arxeologiya in-tining maxsus arxeologik otryadi (A. R. Muhammadjonov, I. Ahrorov, J. Mirzaahmedov, Ş. Odilov) va Özbekiston Madaniyat vazirligining Me'moriy yodgorliklarni ta'mirlaş va asraş in-ti otryadi (Ye. G. Nekrasova boşçiligida) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida hoz. B. viloyati hududida mil. av. 4—3-ming yilliklardayoq ovçilik va baliqçilik b-n şuğullangan, toşdan turli qurol va buyumlar yasaş mahoratlari yuksak darajaga yetgan neolit davriga mansub qabilalar yaşagani aniqpandi. Mil. av. 2-ming yillikning 2-yarmida Zarafşon daryosi özaniga yaqin yerlarga, ayniqsa uning qad. tarmoqlari (Vobkentdaryo, Mohondaryo, Gujayli va b.) havzalariga çorvadordehqon qabilalar kelib joylaşib, ular botqoq yerlarda dehqonçilik qiliş b-n birga yaylovlarda çorvaçilik b-n ham maşğul bölganlar. Arxeologlar Qoraköl tumanidagi Zamonbobo degan joydan mazkur qabilalar manzilgohlaridan birining qoldiqlarini topib örgandilar. Şu bois bu madaniyat fanda Zamonbobo madaniyati deb ataldi. Mil. av. 1-ming yillikda B. vohasida astasekin sun'iy suğoriş tarmoqlari va mustahkamlangan qişloqlar vujudga kela boşlaydi. Zarafşon daryosining kad. tarmoği — Şoxrud böylaridagi dastlabki qişloqlarning, jumladan hoz. B. örnida bölgan qişloqning barpo bölişi aynan ana şu davrga töğri keladi. 70-y.larda B.ning eski şahar qismida olib borilgan arxeologik kazişmalar natijasida B.ni arxeologik jihatdan örganiş tarixida birinçi marta materik qatlamga qadar yetib borişga va madaniy qatlamlaniş çuqurligi 20 m dan ortiq ekanligini aniqlaşga muvaffaq bölindi. Mir Arab madrasasi yaqinidagi arxeologik qazişma çoğida materik qatlam ustida töq jigarrang torf qatlami (40— 70 sm) borligi, uning içida esa yovvoyi va xonaki hayvonlar suyaklari qoldiklari hamda sopol idiş va buyumlar parçalari köp ekanligi ma'lum böldi. Torf qatlami Madrasa tomon tobora qalinlaşib borib, bino ostiga kelganda qalinligi 7,5 m ga yetgan. Bu esa qadimda B. hududidan Zarafşon daryosi tarmoqlaridan biri — ilk örta asr manbalarida qayd etilgan «Rudi zar» («Oltin irmoq») ning ötganligini isbotlaydi. Arxeologik tadqiqotlar keyinçalik qurib qolgan mazkur tarmoqning har ikki qirğoği böylab bir qança mustahkamlangan qişloqlarning vujudga kelgani va ular B.ning eng qad. şahar özagini taşkil qilganini tasdiqladi. Şahar özagi 3 qism — «Oltin irmoqşing öng qirğoğida joylaşgan ark, ya'ni qal'a hamda uning öng va söl qirğoqlaridagi qişloqlardan iborat bölgan. Bu yerdan topilgan köplab aşyoviy dalillar, xususan sopol idiş va buyumlar B. tarixining turli davrlari (mil. av. 1-ming yillikning 3çoragidan 20-a. boşlariga qadar) ga oid bölib, ulardan 2 tasi mil. av. 5-a.ga taallukdi ekanligi aniqlandi. Bundan taşqari, B. arkida olib borilgan arxeologik qazişmalar vaqtida yana köplab yangi va nodir aşyoviy dalillar topildiki, ular şaharning qad. tarixini örganişda muhim ahamiyatga egadir. Bu yerda 13— 15,5 m, şuningdek 16,5—18,5 m çuqurlikdan 2 ta paxsa devor qoldiği topildi. Ular B.ning qad. mudofaa devori xarobalari bölib, biri (mil. 4—5-a.lar) ning bal. 2,5—3 m, ikkinçisi (mil.av. 4—3-a.lar) niki 2—2,5 m.
Şuningdek, şaharning yoşini aniqlaş maqsadida butun B. vohasi böylab, çunonçi yirik arxeologik yodgorliklar — Poykend, Qörğoni Vardonze, Romitan, Varaxşa, Xoja Böston, Qözimontepa, Oqsoçtepa va b. şahar xarobalarida keng arxeologik qazişmalar olib borildi. Konimex tumanida mil. av. 6—5-a.larga doyr yodgorliklar (Çordara şahar xarobasi, Qumrabod — I, Qumrabod — II, Arabon — I, Arabon — II nomli mustahkamlangan qişloqlar, mil. av. 6-a.ga oid Şodibek va Qalqonota qörğonlari) topib örganildi (1975—77). Ulardan yuqori darajada rivojlangan hunarmandçilik va me'morlikka doir köplab aşyoviy dalillar topildi. Öşa davrga taalluqli qişloqlar qoldiqlari Jondor tumanidagi Xojaxotin, Laylakxör, Boştepa, Oqtepa va b. joylardan ham topildi.
Arxeologik tadqiqotlar jarayonida B. xususidagi yozma manbalarda keltirilgan ma'lumotlar b-n arxeologik topilmalar qiyoslanib, quyidagiça xulosaga kelindi. Zarafşon daryosining quyi oqimidagi dastlabki manzilgohlar jyoz davri (mil. av. 2-ming yillikning 2-yarmi) dayoq vujudga kelib, ular sinçli yarim yertölalardan iborat bölgan (qurib qolgan Mohondaryo tarmoği mintaqasida olib borilgan tadqiqotlar buni tasdiqlaydi); mil. av. 6—5-a.larda Zarafşon daryosining yirik tarmogilari deltalari joylaşgan yerlarda mustahkamlanmagan manzilgoxlar paydo bölgan. Mil. av. 4-a.da esa B. arki qurilajak hudud baland mudofaa devori va keng xandaq b-n örab olinib, uning etagida uçta mustahkamlangan manzilgoh joylaşgan (bu xil manzilgohlar mil. av. 1-ming yillik boşidan Örta Osiyoning dehqonçilik qilinadigan viloyatlariga xosdir). Mazkur manzilgohlardan biri Firobdiz, ikkinçisi Navmiçkat, uçinçisi B. deb atalgan. Keyinçalik bu uç manzilgoh özaro birlaşib va töxtovsiz taraqqiy etib borib, kattagina şaharga — B. vohasining savdohunarmandçilik va ma'muriy markaziga aylangan.
B.ning Bukj ipak yöli çorrahasida joylaşganligi ilk davrlardan boşlab hunarmandçilik tarmoqlari (kulolçilik, temirçilik, misgarlik, zardözlik, zargarlik, şişasozlik, kandakorlik, badiiy kaştaçilik va h.k.) va savdo-sotiq işlarining rivojlanişiga turtki böldi.
Rossiya istilosi davrida bir neça mayda qayta işlaş korxonalari vujudga keldi. 20-a. boşida B.da 12 ta mahalla, 360 dan ortiq guzar, 250 dan ziyod Madrasa, 390 ta masjid, qariyb 150 ta karvonsaroy, 350 ta hovuz bölgan. B. madrasalarida 10 mingdan ortiq talaba öqigan. B.da 1920-y.lardan boşlab sanoat korxonalarining soni va salmogi ortib bordi. Viloyat hududida gaz va neft konlarining topilişi şaharda yangi sanoat tarmoklarini rivojlantirişga asos böldi. Uysozlik, madaniymaişiy xizmat tarmoqlarini barpo etiş jadallaşdi. Obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari tubdan yaxşilandi. Xalqaro vamahalliy turizm yölga qöyildi. Hoz. kunda B.da 30 dan ortiq yirik sanoat korxonasi mavjud. Viloyat sanoat korxonalari yalpi mahsulotining yarmidan köproği B.da işlab çiqariladi. Korxonalarda asosan mahalliy xom aşyo qayta işlanadi. Ayrim korxonalar gaz va neft sanoati hamda q.x.ga xizmat qilişga ixtisoslaşgan. Buxoro töqimaçilik k-ti («Buxoroteks»), qoraköl z-di, zardözlik, pillakaşlik fkalari, paxta, yoğekstraksiya, vino, ğişt, remontmexanika z-dlari, un, göşt, uysozlik k-tlari, poyabzal, tikuvçilik fkalari hamda hunarmandçilik tarmoqlari işlab turibdi. Şaharda 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlar b-n hamkorlikda qurilgan qöşma korxonalar faoliyat körsatadi: «BuxTel» (Isroil) mayonez, «OmegaSitora» (Gretsiya) möyna buyumlari, «GufikAvitsenna» (Xindiston) dori-darmon, «Marmar» (AQŞ) quriliş materiallari işlab çiqaradi. 1996 y.da B.da Koreya Respublikasida işlab çiqarilgan telefon st-yalari örnatildi. B.da Özbekiston paxtaçilik i.t. in-tining filiali, boğdorçilik, niholçilik tajriba xujaligi va «Sohibkor» xujaligi joylaşgan.
B.da 20 dan ortiq yönalişda avtomobil transporti katnaydi. 1986 y.dan trolleybus qatnovi yölga qöyiddi. Xalkaro aeroport B.ni Toşkent orqali respublika viloyatlari va 20 dan ortiq xorijiy davlatlar b-n özaro aloqalar örnatişda xizmat qiladi. B.da 100 dan ortiq yirik tarixiy me'moriy yodgorliklar: Buxoro arki, Somoniylar maqbarasi, Çaşmai Ayyub maqbarasi, Matki Attori masjidi, Namozgoh masjidi, Poyi kalon ansambli, Qal'adevor qoldiqlari, Minorai kalon, Masjidi kalon, Mir Arab madrasass, Tim va toqilar, Labihovuz ansambli, Ulutbek madrasasi, Çor minor, Bolohovuz masjidi, Sitorai Mohi Xosa ansambli va b. saqlangan. Bular şaxarning yangi kismidagi zamonaviy köp qavatli binolar (hokimiyat uyi, «Buxoro», «Zarafşon», «Varaxşa», «Guliston» mehmonxonalari) b-n uyğunlaşib ketgan.
B. yirik ilmma'naviyat, ma'rifat markazlaridan. 1996 y. martdan Özbekiston FA Samarqand bölimining Buxoro mintaqaviy markazi faoliyat körsatmoqda. 1997 y.da 3 oliy öquv yurti (davlat unti, oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi inti, tibbiyot inti), 5 kollej, 3 akademik litsey, tarix faniga ixtisoslaşgan maktab, 47 umumiy ta'lim maktabi, 89 maktabgaça tarbiya muassasalari, 28 ommaviy kutubxona, Buxoro davlat me'moriybadiiy muzey körikxonasi, 2 teatr mavjud. «Buxoro haftanomasi» gaz. çiqadi (adadi 2000).
Buxoro zaminida maşhur, donişmand allomalar voyaga yetgan, öqib ijod etgan. Abu Hafsi Kabir Buxoriy (767— 832), Imom alBuxoriy, Ibn Sino, Narşaxiy, Daqiqiy, Rudakiy, Bal'amiy, Abduxolik Ğijduvoniy, Bahouddin Naqşband, Sayfiddin Boxarziy, Nosir Buxoriy, Şamsiddin Buxoriy, Ubaydulloh Buxoriy, Muşfiqiy, Hofiz Taniş Buxoriy, Turdi Faroğiy, Ahmad Doniş, Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xöjayev, Ibrohim Möminov, Jalol Ikromiy şular jumlasidandir. 1997 y.ning okt.da B.ning 2500 yilligi Özbekistonda keng nişonlandi. 50 dan ortiq tarixiyme'moriy obidalar ta'mirlandi, yangi istirohat boğlari, xiyobonlar barpo qilindi.
Manbalar va ad.: Narşaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Istoriya atTabari, T., 1987;Hofiz Taniş Buxori y, Abdullanoma [1 —2j.lar], T., 1999— 2000; Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Mir Muxammad Amin Buxariy, Ubaydullaname, T., 1957; Abduraxmoni Tali, Istoriya Abulfeyzxana, T., 1959; Fazlellax ibn Ruz bixan Isfaxani, Mexmannameyi Buxara, M., 1976; Axmad Daniş, Istoriya Mangitskoy dinastii,
Buxoro şahri. «Uzbekturizm» milliy kompaniyasining «Buxoro» mehmonxonasi.
Duşanbe, 1967; Mirza Abdal Azii Sami, Tarixi salatini mangitiyya, M., 1962; Insoniyatning ilmiy va madaniy merosi — uçinçi ming yillikka (1997 y. 18— 20 okt., BuxoroXiva), T., 1997.
Abdulahad Muhammadjonov, Isroil Nazarov.