Jadidçilik
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 10–18-b. — ziyouz.com
Jadidçilik (arab, jadid - yangi) — 19-a. oxiri 20-a. boşida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, ma'rifiy harakat. J. dastlab 19-a.ning 80-y.larida Krimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrim tatarlari örtasida vujudga keldi. J. harakati namoyandalari köpinça özlarini taraqqiyparvarlar, keyinçalik jadidlar deb ataşgan. Öşa davrning ilğor taraqqiyparvar kuçlari, birinçi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qiliş zaruriyatini tuşunib yetgandilar. J. mohiyat e'tibori b-n avvalo siyosiy harakat edi. Uning şakllaniş va mağlubiyatga uçraş davrlari bölib, ularni şartli ravişda törtga böliş mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-16; 1917-20; 1921-29 y.larni öz içiga oladi.
Birinçi davrda Turkistonda podşo Rossiyasining mustahkam örnaşib olişi kuzatiladi. U öz siyosiy agentlari (vakillari) yordamida mahalliy xon va amir vakolatlarini çeklabgina qolmay, ularni qöğirçoqqa aylantirib, rus va ğarb sarmoyadorlarining işlaşi va yaşaşi uçun şaroit yaratadi, turli kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari manfaatini közlaydi. Ayni çoğda mahalliy aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay qöyildi, diniy e'tiqodlari, urf-odatlari b-n hisoblaşmaslik, ularni mensimaslik kuçaydi. Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori bölgan qozilar tajribasiz kişilar b-n almaştirildi, poraxörlik, ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik avj oldi. Madrasa va maktablar faoliyatini çeklaş, mahalliy joy nomlarini rusça atamalar b-n almaştiriş, mahkama jarayonida qozilar böyniga xoç taqtirişgaça borildiki, yerli aholini bu xilda tahqirlaş hollari mustamlakaçilarning bedodligini yaqqol körsatardi. Öşa davr ahvolini Muxammadali xalfa Sobir öğli (Dukçi eşon) xalqqa qarata öz «Xitobnoma»si (1898) da yaxşi bayon qilgan (yana q. Andijon qözğoloni).
Millat istiqbolini öylovçi taraqqiyparvar kuçlar xalqning deyarli barça tabaqalari — hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab çorizmga qarşi kuraşni xalqni asriy qoloqlikdan uyğotiş — siyosiy-ma'rifiy jabhadan boşlaşga qaror qildilar. J. harakati ana şunday tarixiy bir şaroitda Turkiston mintaqasida rivojlaniş uçun öziga qulay zamin topdi.
Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatçilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetişib çiqib, yurtni obod va Vatanni mustaqil körişni orzu qildilar va şu yölda fidoyilarça kuraşdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uçun kuraşida asosan quyidagi yönalişlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmoğini kengaytiriş; qobiliyatli yoşlarni çet elga öqişga yuboriş; turli ma'rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuziş; gaz. va jur.lar çop qiliş, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltiriş b-n Turkistonda milliy demokratik davlat quriş. Jadid ziyolilarining kuçli partiyasi taşkil qilingan taqdirdagina bu işlarni amalga oşiriş mumkin edi.
J.ning asosiy ğoya va maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni örta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etiş, şariatni isloh qiliş, xalqqa ma'rifat tarqatiş, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etiş uçun kuraş, Buxoro va Xivada konstitutsiyey monarxiya va parlament, keyinçalik demokratik respublika tuzumini örnatiş orqali ozod va farovon jamiyat quriş, barqaror milliy valyutani joriy qiliş va milliy qöşin tuziş. Toşkent, Farğona, Buxoro, Samarkand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kişilarning ayrim guruhlari tomonidan oçilgan madaniy-ma'rifiy yönalişdagi jamiyat va uyuşmalardan J. harakati şakllandi.
Turkistonda J. harakatini vujudga keltiruvçilar tepasida Mahmudxöja Behbudiy, Abduqodir Şukuriy (Şakuriy), Saidahmad Siddiqiy—Ajziy (Samarqand), Munavvarqori Abduraşidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxöjayev (Ubaydulla Xöjayev), Toşpölatbek Norbötabekov (Toşkent), Fitrat, Fayzulla Xöjayev, Usmonxöja Pölatxöjayev, Abdulvohid Burhonov, Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Muhiddinov (Buxoro), Obidjon Mahmudov, Hamza, Çölpon, Isxoqxon Ibrat, Muqammadşarif Söfizoda (Farğona vodiysi), Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimoye (Xorazm) turardi.
Turkiston mintaqasidagi J. harakati, tarqaliş joyi va yönalişiga köra, uçga bölinadi: Turkiston, Buxoro va Xiva jadidçiligi. Turkiston jadidlari b-n Buxoro va Xiva jadidlari örtasida bir munça tafovut bor. Turkiston ölkasidagi J.ning ijtimoiy asosini ziyolilar taşkil qildi. Ular çor Rossiyasi mustamlakaçiligiga qarşi kuraşning oldingi saflarida turib, çorizmning xom aşyo manbaiga aylantirilgan Turkistonning dastlab muxtor, söng mustaqil davlat bölişini yoqlab çikdilar.
Buxorodagi J. Turkistondagiga nisbatan oğir ijtimoiy-siyosiy şaroitda yuzaga keldi. Uning tarkibi asosan Buxorodagi şahar aholisining taraqqiyparvar qismi: ziyolilar, mullavaççalar, mayda dökondorlar va ma'murlar, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi. Jadidlarning dehqonlar va askarlar örtasida nufuzi avvaliga past bölgan. Jadidlar iqtisod va boşqaruv sohasida bir qator talablar, çunonçi, soliqlarni kamaytiriş talabi b-n çiqişdi. Ular dastlab Buxorodagi amirlik tuzumi doirasida islohotlar joriy qilmoqçi bölişdi. Buxoroda vobkentlik dehqon Jöraboy ilk yangi usul maktabini oçgan edi. Buxorodagi J. harakatiga ayrim johil mullalar, har qanday yangilik va islohotlarning duşmani bölgan qadimiylar oqimi qarşi çiqdi. 20-a. boşlarida Buxoro jamiyati 2 guruhga: Ikrom domla rahbarligidagi taraqqiyparvarlar va Mulla Abdurazzoq boşçiligidagi qadimiylarga bölingan edi. 1908 y. «Buxoroi şarif şirkati» tuzilib, darsliklar naşr etiş va kitob savdosi b-n şuğullandi. Ahmadjon Hamdiy (Abusaidov), Usmonxöja Pölatxöjayev (Usmon Xöja), Homidxöja Mehriy, Abdulvohid Burhonov, Abdulqodir Muhiddinov, Sadriddin Ayniy, Abdurahmon Sa'diy şirkatning taşkilotçilari edi. 1909 y. dek.da jadidlar Buxoroda «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») maxfiy jamiyatini tuzişdi (asosçilari: Abdulvohid Burhonov, Homidxöja Mehriy, Ahmadjon Hamdiy, Mukammil Burhonov, Hoji Rafe). Bu jamiyat turkistonlik va buxorolik yoşlarni Istanbuldagi «Buxoro ta'mimi maorif jamiyati» bölimiga öqişga jönatdi. Xorijdagi ta'lim yoşlar dunyoqaraşida tubdan buriliş yasadi. J. Buxoro va Turkistonda bir vaqtda boşlangan bölsa ham, amirlikdagi oğir muhit uning taraqqiyotini tezlaştirdi. 1910 y.dan boşlab Buxoroda J. harakati taşkiliy tuye oldi va «Tarbiyai atfol» maxfiy jamiyati asosida partiya taşkil topdi (q. Yoş buxoroliklar).
20-a. boşlarida Xivada şakllangan J. bir qadar boşqaçaroq tarixiy şartşaroitda vujudga keldi. U bu yerda asosan ikkita oqimdan iborat edi. Uning öng oqimi xonlikda rivojlanayotgan savdo-sanoat korxonalari egalari hamda yirik boylarning vakillarini öziga birlaştirgan edi. Bu oqimga Xiva xoni Asfandiye'rxonnsnt boş vaziri Islomxöja boşçilik qilgan. J.ning öng oqimi öz oldiga mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ötkaziş orqali erkin bozor munosabatlarining rivojlanişiga keng yöl oçib berişni maqsad qilib qöygan edi. Xivada J.ning söl oqimi esa mayda sarmoyadorlar, hunarmandlar va xalqning turli tabaqa vakillarini birlaştirgan bölib, qozikalon Bobooxun Salimov uning rahbari edi. Ular Xiva xonligida yangi usul maktablari taşkil qiliş orqali xalq ommasining siyosiy faolligini östiriş maqsadini qöyişgan edi. 1904 y. «jamiyati xayriya» tuzilib, uning kömagi b-n Xiva ş.da dastlabki yangi usul maktabi oçildi (1904 y. 10 noyab.). Xiva jadidlari ma'rifiy işlar b-n kifoyalanib qolmasdan, xon tuzumiga qarşi kuraş ham olib bordilar. Birinçi jahon uruşigaça Xiva jadidlarining yagona markazi va dasturiy hujjatlari bölmagan. Birok J. harakati Xiva xonligida katta ijtimoiy-siyosiy kuçga aylanib, 1914 y. avg.da u partiya şaklini olgan (q. Yoş xivaliklar).
1904—05 y.lardagi rus-yapon uruşi, 1905—07 y.larda bölgan 1-rus inqilobi, 1905—11 y.lardagi Eron inqilobi, 1908 y. Turkiyada bölgan Yoş gpurklar inqilobi jadidlar dunyoqaraşiga kuçli ta'sir körsatdi. Jadidlar öz gaz. va jur.lari, yangi usul maktablari, turli kutubxona va qiroatxonalar, havaskor teatr truppalari tevaragida töplanişar edi. Ularning köpçiligi şu davrning közga köringan ijodkorlari — şoiru yozuvçilar edi. Ular öz asarlari b-n tarixan yangi milliy adabiyot yaratdilar. Adabiyot davr vokealariga hamohang bordi. 1910-y.lardayoq ma'rifat va ozodlik ğoyalari uning markaziy mavzuiga aylandi. Adabiyotga «millat» va «vatan» tuşunçalari kirib keldi. Milliy şe'rlarga rağbat kuçaydi. Yangi zamonaviy dostonçilik maydonga keldi, publitsistika (Behbudiy, Fitrat, Munavvarkrri, Mirmuhsin) rivojlandi, realistik proza şakllandi. Şuning uçun ham bu davr adabiyoti Özbekiston mustaqilligidan keyin haqli ravişda milliy uyğoniş davri özbek adabiyoti deb davrlaştirildi. Adabiyotdagi bunday uyğoniş, ayni vaqtda, şu davr madaniy hayotida ham röy berdi. Jadidlar özbek xalqi hayotiga tom ma'nodagi milliy teatrik olib kirdi. Milliy matbaaning vujudga kelişi b-n kitob bosiş işi yölga qöyila boşlandi. Yevropa köpovozli musiqa san'ati b-n tanişgan jadidlar özbek an'anaviy musiqa uslublarini ham isloh qilişga da'vat etişgan. 1919 y.da Toşkentning Eski şahar qismi (hoz. «Turon» kutubxonasi yonidagi bino)da jadidlar taşabbusi b-n Turkiston xalq konservatoriyasining milliy (eski şahar) bölimi taşkil etildi. Şu tarzda jadidlar san'at vositasi b-n millat kadrini kötariş, san'atning deyarli barça turlarini yuksaltirişga intildilar («Özbekiston Respublikasi» maxsus jildining tegişli bölimlariga — Adabiyoti, Teatri, Musiqasiga J.ning aksar vakillari yoşlarga dastavval liniy ta'lim b-n bir katorda dunyoviy fanlarni öqitiş masalasini kun tartibiga qöydilar. Ular musulmon maktablarining ta'lim usuli va dasturlarini isloh qilib, yangiça usuldagi maktablarni oçdilar. Behbudiy, Munavvarkrri, A. Burhonov, A. Avloniy va b. yangi usul maktablari uçun darsliklar yozib, naşr etişgan (q. Yangi usul maktablari).
J. harakati davomida ularning öz matbuoti şakllandi. Jadidlar Toşkentda 1905—06 y.larda «Taraqqiy» (muharriri — Ismoil Obiliy), «Xurşid» (muharriri — Munavvarqori), 1907—08 y.larda «Şuhrat» (muharriri — A. Avloniy), «Osiyo» (muxarriri — Ahmadjon Bektemirov), «Tujjor» (muharriri — Saidkarimboy Saidazimboy öğli), Buxoroda 1912 y.da «Buxoroyi şarif» (muxarriri — Mirzo Jalol Yusufzoda), «Turon» (muxarriri — Ğiyos maxsum Husayniy), Samarqandda 1913 y.da «Samarkand» (muharriri — M. Behbudiy), Toşkentda «Sadoyi Turkiston» (muharriri — Ubaydulla Xöjayev), Qöqonda «Sadoyi Farğona» (muharriri — Obidjon Mahmudov) gaz.lari va Samarkandda 1913— 15 y.larda «Oyina» (muharriri — M. Behbudiy), Toşkentda 1915 y. «Al-isloh» (muharriri — Abdurahmon Sodiq öğli) jur.larini naşr qilişdi. Şuningdek, 1917—18 y.larda Toşkentda «Najot» (muxarriri — Munavvarkrri), «Kengaş» (muharrirlari — Ahmad Zakiy Validiy va Munavvarqori), «Turon» (muharrirlari — M. Afandizoda, A. Avloniy), «Uluğ Turkiston» (muharriri — Kabir Bakirov), «Şuroy Islom» (muharriri — Abdulla Battol), «Turk sözi» (muharriri — Temirbek Xudoyorxonov), «Turk eli» (taxriry'ati), Samarqandda «Hurriyat» (muharrirlari — Mardonqul Şohmuhammadzoda, Akobir Şomansurov, Fitrat), Qöqonda «Tirik söz» (muharriri — Obidjon Mahmudov), «El bayroği» (muharriri — Bölat Soliyev) gaz.lari va «Kengaş» (muxarriri — Hamza), «Yurt» (muharriri — Aşurali Zohiriy) jur.lari çop qilindi. Matbuot millat dilidagi gaplarni öz saqifalariga köçiriş b-n kifoyalanmay, qanday işlarni birinçi navbatda amalga oşiriş masalasini örtaga qöydi. 1909 y.da Toşkent yoş ziyolilari tomonidan «Jamiyati xayriya» taşkil etildi. Mahalliy yoşlardan davlat mahkamalarida, sanoat, tijorat sohasida işlaydigan mutaxassislar tayyorlaş, kambağal musulmonlarga madaniy-ma'naviy yordam körsatiş masalasi qöyildi. Bu millatning boşqa xalklar içiga singib ketmasligi yölida körilgan tadbirlar edi.
Bu davrda jadidlar ijtimoiy-siyosiy kuç sifatida körindilar. Xalq ularda öz himoyaçilarini qis etdi. Sirdaryo viloyatidan Peterburgda ötadigan Davlat dumasiga a'zolikka saylangan Abduvohidqori Abduraufqoriyevga Toşkent, Çimkent va b. joylarning aholisidan 12 moddadan iborat talabnomani Davlat dumasiga topşiriş yuklandi. Bu hujjatda köpgina ijtimoiy talablar körsatilgan edi. Abduvohidqori 1907 y. 20 fev.—3 iyunda Peterburgda Sadri Maqsudiy (1879—1957), Muso Jorilloh, Alimardon Töpçiboşev kabi musulmon ziyolilari b-n tanişib, musulmon fraksiyasining raisi Biglovga Turkiston xalqi dardini yetkazdi. Biroq Abduvohidqori, oradan köp ötmay, qamoqqa olindi va Tulaga surgun qilindi.
Illy tarzda, J. harakati 1906—16 y.larda özining asosiy yölini belgilab oldi. Jadidlarning naşrlari xalqni yangi davr boşlangani b-n taniştirar ekan, özligini anglab, uyuşişga çakirdi. Ölka moddiy va ma'naviy boyliklari talanayotganini oşkor qildi. Çölpon şe'r va maqolalarida mustamlakaçilarning asl qiyofalarini oçib taşladi. Maşhur advokat U. Xöjayev oliy öquv yurtini taşkil etiş, soliqlarni tartibga soliş, bolalar tarbiyasiga jiddiy e'tibor beriş masalasini bayon qildi. Lev Tolstoy b-n fikrlaşiş çoğida maşhur yozuvçini yon berişga majbur etgan U. Xöjayev çor hukumati ma'murlarining poraxörligi va zolimligini foş etib, ayrimlarini davlat işidan çetlatişga erişdi. Musulmon aholisiga amaliy tarzda yordam berib, mavjud hokimiyat qonun-qoidalarini tuşuntira bordi.
Jadid matbuoti öz vakillarining fikrlarini e'lon qilar ekan, xalqni «har vaqt ğaflat uyqusidan uyğotuvçi» «millat ongining oçqiçi» ekanligini namoyon etiş b-n birga Turkiston xalqini hur fikrlaşga va katta siyosiy kuraşga hozirlay oldi. Bu davrda «Erk», «Turon», «Öqituvçilar jamiyati» kabi uyuşmalar paydo böldi. Munavvarqori aytganidek, «Ularning butun umidi Rossiyadagi inqilob jarayonida mahalliy aholini milliy, diniy çeklaş va jabrlaşdan ozod qiliş, ularning haqhuquklarini ovrupoliklar b-n tenglaştiriş, xilma-xil maktab va matbuot işlari xamda turli-tuman jamiyatlar taşkil etişga keng imkoniyat yaratib berişga qaratilgan edi».
Jadidlar bu davrda «Ozodlik, tenglik va adolat» şiori ostida işladilar. Ularning 1916 y. mardikorlikka oliş voqeasiga munosabati ğoyatda e'tiborga molikdir. Mardikorlikka oliş — Birinçi jahon uruşi ketayotgan joylardagi işlarga turkistonliklarni jalb qiliş oq podşoning 1916 y. 25 iyun farmoniga muvofiq amalga oşirildi. Bu kutilmagan tadbir, birinçidan, 1865 y. şartnomasiga zid edi. Ikkinçidan, general Kuropatkin (1848— 1925)ning xulosasiga Karaganda, «Aholi va ma'muriyat turar joydan taşqaridagi işlarga mutlaqo tayyorlanmagan va bunday şoşilinç amalga oşirilgan tadbir oğir tartibsizliklarni keltirib çiqargan». Aholi uçun ana şunday musibatli paytda jadidlarning közga köringan namoyandalaridan U. Xöjayev («Turkiston mardikorlikka oliş qömitasi» raisi) va millatparvar boy Mirkomilboy Mirmöminboyev Rossiya jamoatçiligining e'tiborini bu masalaga jalb etiş, farmonni bekor qildiriş uçun Peterburgga yöl oldilar. Davlat dumasining 1916 y. 13 va 15 dek. kunlariötgan majlisida Nikolay II ning 25 iyun farmoni Rossiya imperiyasining qonunçiligida körsatilgan hollarga zid ravişda qabul qilingani tan olindi. Farmon Dumada muxrkama kilingunga qadar iyun—avg. oyida jadidlar harakati orqali bir neça eşelon töxtatib qolindi. Jadidlarning mardikorlarni kaytarişga urinişlari 1917 y. fev. inqilobi boşlanişi b-n töla amalga oşdi. Bu hodisa el orasida ularning obrösini kötardi. Mazkur holat jadidlar ma'rifatparvarlikdan siyosiy kuraşga allaqaçon ötganliklarini bildirar edi.
1917 y. J. harakati özining yangi bosqiçiga qadam qöydi. Fev. inqilobidan söng özbek, tatar va qozoqlar birlaşişga axd qiladilar va «Turon» uyuşmasi zaminida «Şuroy Islomiya» jamiyati tuzildi (asosçilari Munavvarqori, Abduvohidqori Abduraufqoriyev, U. Xöjayev). 1917 y. 14 martda iş boşlagan bu jamiyat qişloq va şaharlarga tarğibotçilar yuborib, ozodlik,
tenglik haqida tuşuntiriş olib boriş, saylov töğrisida ma'lumot beriş b-n şuğullandi. Uning dasturini Munavvarqori yozgan edi. Jadidlar joylarda «Şuroy Islomiya» tizimi yaratilişining taşabbuskori böldilar. Turkistonga muxtoriyat maqomini beriş harakati Turkiston mustaqilligi uçun kuraşga aylandi.
Turkiy xalqlarni birlaştiriş ğoyasi kun tartibidan mustaxkam örin oldi. Özbek, qozoq, qirğiz, qoraqalpoq, boşqird, tatar, turkman kabi negizi bitta xalqlarni birlaştiriş va şu asosda federativ yoki muxtoriyatli davlat quriş masalasi böy körsata bordi. Ammo, Munavvarqori sözi b-n aytganda, köpgina kişilar jumhuriyat b-n muxtoriyat örtasidagi farqni tuşunmagan edi. Xususan, Turkiston namoyandalari çin ma'nodagi respublikani barpo etiş va uning davlat tarkibini taşkil etişga töliq tayyor bölişmagan. Qozoq va boşqird namoyandalari — Mustafo Çöqay, Zakiy Validiy va b. Peterburg ularga heç qaçon mustaqillik ham, muxtoriyat ham bermasligini sezgaç, Turkistonga kelib, mahalliy jadidlar b-n birga iş boşladilar.
Toşkentda «Şöroi Islomiya», «Turon», «Şöroi Ulamo», «Ittifoqi muslimin», Qöqonda «Ğayrat», Buxoroda Yoş buxoroliklar, Xivada Yoş xivaliklardan taşqari, Samarqandda «Ittifoq», «Mirvaj ul-islom», «Miftah ul-maorif» kabi taşkilotlar faoliyat körsata boşladi. Bularning ijtimoiy-siyosiy yönalişini belgilaşda Munavvarqori, U. Xöjayev, M. Beqbudiy, A. Zohiriy, A.Z.Validiy, Mustafo Çöqay, Fitrat, F. Xöjayev, U. Pölatxöjayev, Şerali Lapin, M. Mirmöminboyev, O. Mahmudov, Polvonniyoz hoji Yusupov, T. Norbötabekov va b. faollik körsatdilar.
«Şöroi Islomiya»ning taşabbusi b-n 1917 y. 16—22 apr. kunlari Butun Turkiston musulmonlarining 1-qurultoyi çaqirildi. Qurultoy iştirokçilari bir qança masalalar qatorida Turkiston ölkasining davlat maqomi masalasini ham muhokama qildilar. 1-qurultoyda Turkiston ölka musulmonlari Şörosi (Kraymussovet) — Milliy markazni taşkil etişga qaror qilindi. Milliy markazga rais bölib Mustafo Çöqay, unga örinbosarlar qilib Validiy va U. Xöjayev saylanadi. Bu esa taşkilotlarni birlaştiriş b-n birga milliy ozodlik harakatini izga solib, taşkiliy jihatdan markazlaştirar edi.
Milliy markazning 1917 y. 12 iyunda bölib ötgan yiğilişida barça jamiyat va uyuşmalarning Markaziy musulmon deputatlari Şörosiga böysunişi haqida Nizom qabul qilinadi. Markazning maqsadi xalqning eng quyi qatlamlari — mardikor va dehqonlarga töliq huquq beriş va Turkiston musulmonlarini madaniy, ilmiy, iqtisodiy va ğoyaviy tarbiyalaş edi.
1917 y. apr.—iyun oylari orasida jadidlar köpgina siyosiy masalalarni va ularga öz munosabatlarini belgilab oldilar. Pirovardida hududiy muxtoriyat uçun siyosiy vaziyat pişib yetilganini anglab yetdilar.
1917 y. 1 — 11 mayda Moskvada bölgan Butun Rossiya musulmonlarining 1-qurultoyi bergan turtki natijasida muxtoriyat masalasi yanada jiddiylaşdi. 1917 y. 12—14 iyulda Farğonada bölib ötgan musulmon taşkilotlarining qurultoyida dasturiy masalalar körib çiqildi. Unda «Turk Adami Markaziyat (Federalistlar)» firqasining dasturi (maromnomasi) va 22 moddadan iborat Nizom i qabul qilindi.
1917 y. 17—20 sent.da Toşkentda bölib ötgan Turkiston va Qozoğiston musulmonlarining qurultoyida «Şuroy Islomiya» va «Şöroi Ulamo», «Turon» va b. siyosiy taşkilotlarni birlaştiriş yöli b-n «Ittifoqi muslimin» siyosiy partiyasini tuzişga kelişildi.
Turkistonni boşqariş şakli töğrisidagi masala 1917 y. 26—28 noyab. da Qöqonda bölgan Turkiston ölka musulmonlarining favqulodda 4-qurultoyining diqqat markazida turdi. Muxtoriyat va mustaqillikni e'lon qiliş fikrini hamma qöllabquvvatladi. Turkiston Muxtoriyati hukumati (raisi — Muhammadjon Tinişboyev, söngra Mustafo Çöqay) taşkil qilindi. Fitrat, Çölpon, Hamza singari otaşqalb jadid şoirlari Turkiston Muxtoriyatini alqab, ötli satrlar bitişdi.
1918 y. fev.da Turkiston Muxtoriyati bolşeviklar tomonidan qonga botirilgaç, J. harakati kuçli özgarişga uçradi. Sovet rejimi b-n murosa qilişni xoxlamagan Turkiston jadidlarining katta qismi istiqlolçilik harakati saflarida va yaşirin milliy taşkilotlarda faoliyat körsatgan bölsa, ayrimlari sovet hukumati idoralarida iş boşlaşga majbur böldilar.
Buxoro amirligi va Xiva xonligida ahvol sal boşqaçaroq keçdi. 1920 y.da qizil armiya har ikki davlat hududiga bostirib kirdi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilib, jadidlar hokimiyattepasiga kelişdi. Demak, 1920 y.dan
J. harakati öz taraqqiyotining yangi bosqiçiga, ya'ni sovetlar b-n murosa yöliga qadam qöydi.
1920 y. 1—7 sent.da Bokuda Şarq xalqdari qurultoyi çaqirildi. Qurultoyda qabul qilingan qarorlar Turkiston xalqlarining keyingi taqdirida muayyan rol öynadi. Unda Munavvarqori, Turor Risqulov, Çölpon, Sapimxon Tillaxonov, Rajab Muhamedov, Qudratilla Yunusov, Toşpölatbek Norbötabekov, Obidjon Mahmudov, Töraqul Jonuzoqov, Zayniddin qori Nasriddinov, Hoji Safo Jöraboyev, Ğozi Yunus kabi turkistonlik millat fidoyilaridan jami 90 kişi iştirok etdi. Qurultoy işida Turkiyadan kelgan va şaxsan Leninning özi yuborgan Anvar poşo ham qatnaşdi. Birok, mazkur qurultoy bolşeviklarning Angliyaga qarşi qaratilgan döq-pöpisasi ekanligi majlislarda ayon böldi. Şu bois turkistonlik 40 nafar delegat qurultoy tugagaç, özaro kengaş ötkazib, unda «Turkistondagi sovet hokimiyatiga qarşi taşviqot işlari»ni avj oldirişga va «Oktyabr inqilobining uç yilligi kunida umumxalq qözğoloni kötariş»ga axd qildilar. Biroq, ularning bu rejasi töliq amalga oşmadi.
Turkiston jadidlari faoliyati butun ölkani qamraydigan, inglizlarning skauting maktab dasturiga yaqin dastur asosida işlaydigan «Turon kuçi», «Turk kuçi», «Temur», «Izçilar», «Loçin» kabi guruhlarni tuzdilar. Bu guruxlar örta maktab ta'limi, hunar, san'atdan taşqari, harbiy maşqlar b-n şuğullanib, şörolarga asosiy zarba beruvçi kuç sifatida körina boşladi. 1920 y. sovet rejimi bu guruxlar faoliyatini tugatdi.
Farğona va Toşkentdagi voqealar yakuni jadidlarning umidlarini söndira olmadi. Ular Buxoro respublikasi rahbarlari b-n bir yoqadan boş çiqarib, iş boşladilar. Buxoroda Jadid taraqqiyparvarlar firqasi tuzildi. Bu firqa dasturiga kura, davlatni jumhuriyat raisi (prezident) va parlament boşqarişi közda tutilgan edi.
1921 y. 2—5 avg.da Buxoroda Validiy boşçiligida Turkiston milliy birligi taşkiloti tuzildi. U istiklolçilik harakatini jipslaştirişda muhim rol öynaydi. Turkiston milliy birligi taşkiloti b-n Munavvarqori rahbarligidagi «Milliy ittihod» (1919 i. tuzilgan) taşkiloti özaro hamkorlikda faoliyat körsatdi. Har ikki taşkilotning asosiy maqsadi Buxoro respublikasi, umuman, Turkiston
mintaqasini sovetlaştiriş va ruslaştiriş ta'siridan saqlab qoliş, Turkistonning mustaqilligiga erişiş bölgan. 1925 y. «Milliy ittihod» taşkiloti asosida «Milliy istiklol» taşkiloti tuziladi.
J. harakatining sönggi yillari faol siyosiy kuraşlar b-n ajralib turmaydi. Bu davrda sovet rejimi turli siyosiy işlar («Ön sakkizlar guruhi», «Inoğomovçilik», «Qosimovçilik», «Badriddinovçilik» va b.) tuzib, milliy ziyolilarni ommaviy ravişda qatağon qilişga kirişdi. 1929 y. noyab. da Munavvarqori boşçiligidagi 38 kişining qamoqqa olinişi (keyinçalik ularning soni 87 kişiga yetgan) b-n J. harakatiga kuçli zarba berildi. Biroq istiklol ğoyasi öz kuçida qolaverdi.
J. harakati siyosiy ma'rifatparvarlikdan Jadid taraqqiyparvarlar firqasi darajasiga kötarila oldi. Bu harakat hamda firqa a'zolari öz faoliyati va dasturiga köra, şöro adabiyotlarida aytilganidek, «bir hovuç boylar manfaatiga xizmat qiluvçi liberal burjuaziya vakillari» emas, balki Turkistonning barça xalklari takdirini öylab iş körgan demokratik jarayonning eng savodli, olijanob namoyandalari edi.
Turkistonda sovet xrkimiyati zöravonlik yöli b-n örnatilgaç, jadidlarning bir qismi faol siyosiy xayotdan çetlaşib, fakat badiiy ijod b-n şuğullandi (A. Burxrnov, A. Avloniy, S. Ayniy va b.). Ayrim jadidlar sovet idoralari madaniy-ma'rifiy şoxobçalarida mehnat qilişdi (U. Xöjayev, Munavvarqori, Hamza, S. Tursunxöjayev, T. Norbötabekov va b.). Ba'zi jadidlar «mahalliy kommunistlar» sifatida yuqori davlat va hukumat lavozimlarida işlaşni davom ettirdi (Fayzulla Xöjayev, Abdulqodir Muhiddinov, Nizomiddin Xöjayev va b.). Ayrim jadidlar bölsa, Turkistondagi istiqlolçilik harakati saflariga borib qöşildi va xorijga muhojirlikka jönab ketdi (Usmonxöja Pölatxöjayev, Sadriddinxon Şarifxöjayev, Abdulhamid Oripov va h.k.).
J. harakatining barça tanikli namoyandalari (S. Ayniydan taşqari) 30-y. larda sovet mustabid rejimi tomonidan amalga oşirilgan qirğin natijasida halok böldi. J. harakatiga sovet davrida «millatçilik», panturkizm, panislamizm tamğalari bosilib, nohaq qoralandi. Jadid adabiyotini öqiş taqiklandi.
Uzbekistan Respublikasi mustaqillikka erişgaç, J. harakati va uning namoyandalari nomiga yepiştirilgan tavqi la'nat va soxta yorliklar olib taşlanib, ularning asl nomlari qayta tiklandi. Tarixçi, adabiyotşunos, tilşunos, faylasuf, huquqşunos, san'atşunos va pedagog olimlar jadidlarning boy ilmiy va adabiy merosini örganişda dastlabki natijalarni qölga kiritişdi. Mustaqillik yillarida Fitrat, Çölpon, A. Avloniyning
2 jildli, Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Sidqiy Xondayliqiy, Ibrat, Ajziy, Söfizodaning 1 jildli, şuningdek, Fayzulla Xöjayev, Munavvarqori, P. Yusupovning asarlari çop qilindi. Jadidlarning 20 ta maşhur vakili kiritilgan «Unutilmas siymolar. Jadidçilik harakatining namoyandalari» (T., 1999) albom-kitobi naşrdan çikdi. Ularning serqirra faoliyati darslik va qöllanmalarga kiritildi. 1999 y. 16— 18 sent.da Toşkentda «Markaziy Osiyo 20-a. boşida: islohotlar, yangilaniş, taraqqiyot va mustaqillik uçun kuraş (J., Muxtoriyatçilik, Istiqlolçilik)» mavzuida xalqaro konferensiya ötkazilib, unda AQŞ, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Turkiya, Rossiya, Hindiston va b. mamlakatlardan kelgan nufuzli olimlar J. va istiklolçilik harakatlari töğrisida jahon ilm-fanida töplangan sönggi xulosalar yuzasidan özbekistonlik hamkasblari b-n özaro fikr almaşdilar. J. harakati jahonşumul ahamiyatga molik hodisa ekanligi e'tirof qilindi. Konferensiyada uşbu muammoni tadqiq qiluvçi xalqaro ilmiy kengaş tuzildi.
Ad.: Ayniy S, Buxoro inqilobi tarixi uçun materiallar, M., 1926; Risqulov T., Revolyutsiya i korennoye naseleniye, T., 1926; 3 i yo Sayd, Özbek vaqtli matbuotiga oid materiallar (1870—1927), T., 1927; Programmniye dokumenti musulmanskix politiçeskix partiy (1917—1920), Oksford, 1985; Revolyutsiya v Sredney Azii glazami musulmanskix bolşevikov, Oksford, 1985; Politiçeskaya jizn russkix musulman do fevralskoy revolyutsii, Oksford, 1987; Mustafo Çöqay öğli, Istiqlol jallodlari, T., 1992; Çölpon, Asarlar, 1 — 2-j.lar, T. 1994; Rajabova R. va b., Özbekiston tarixi (1917-1993 y.), T., 1994; Xöjayev F., Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, T., 1997; Validiy, Bölinganni böri yer (Xotiralar), T., 1997, Avloniy A., Tanlangan asarlar, 1—2-j.lar, T., 1998; Özbekiston tarixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar, T., 1998; Jadidçilik: islohot, yangilaniş, mustaqillik va taraqqiyot uçun kuraş, T., 1999; Behbudiy M., Tanlangan asarlar, T., 1999; Fitrat, Tanlangan asarlar, 1—2-j.lar, T., 2000; Alimova D., Djadidizm v Sredney Azii. Puti obnovleniya, reformi, borba za nezavisimost, T., 2000; Özbekistonning yangi tarixi. 1-kitob [Turkiston çor Rossiyasi mustamlakaçiligi davrida], T., 2000; 2-kitob [Özbekiston sovet mustamlakaçiligi davrida], T., 2000; Yusupov P., Yoş xivaliklar tarixi (Xotiralar), Urganç, 2000; Turkestan v naçale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Abduraşidxonov M., Xotiralarimdan, T., 2001; Özbekiston davlatçiligi tarixi oçerklari, T., 2001; Markaziy Osiyo XX asr boşida: islohotlar, yangilaniş, taraqqiyot va mustaqillik uçun kuraş, T., 2001.
Sirojiddin Ahmedov, Qahramon Rajabov.
Q.: Andijon qözğoloni, Yangi usul maktablari, Yoş xivaliklar
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЖАДИДЧИЛИК (араб, жадид - янги) — 19-а. охири 20-а. бошида Туркистон, Кавказ, Қрим, Татаристон ҳаётида муҳим аҳамият касб этган ижтимоий-сиёсий, маърифий ҳаракат. Ж. дастлаб 19-а.нинг 80-й.ларида Кримда Исмоилбек Гаспринский раҳбарлигида қрим татарлари ўртасида вужудга келди. Ж. ҳаракати намояндалари кўпинча ўзларини тараққийпарварлар, кейинчалик жадидлар деб аташган. Ўша даврнинг илғор тараққийпарвар кучлари, биринчи навбатда, зиёлилар маҳаллий аҳолининг умумжаҳон тараққиётидан орқада қолаётганлигини ҳис этиб, жамиятни ислоҳ қилиш заруриятини тушуниб етгандилар. Ж. моҳият эътибори б-н аввало сиёсий ҳаракат эди. Унинг шаклланиш ва мағлубиятга учраш даврлари бўлиб, уларни шартли равишда тўртга бўлиш мумкин. Туркистон, Бухоро ва Хива ҳудудида бу даврлар 1895-1905; 1906-16; 1917-20; 1921-29 й.ларни ўз ичига олади.
Биринчи даврда Туркистонда подшо Россиясининг мустаҳкам ўрнашиб олиши кузатилади. У ўз сиёсий агентлари (вакиллари) ёрдамида маҳаллий хон ва амир ваколатларини чеклабгина қолмай, уларни қўғирчоққа айлантириб, рус ва ғарб сармоядорларининг ишлаши ва яшаши учун шароит яратади, турли компаниялар, акциядорлик жамиятлари манфаатини кўзлайди. Айни чоғда маҳаллий аҳолининг талаб ва эҳтиёжлари назарга олинмай қўйилди, диний эътиқодлари, урф-одатлари б-н ҳисоблашмаслик, уларни менсимаслик кучайди. Ҳаётий, илмий савияси юқори бўлган қозилар тажрибасиз кишилар б-н алмаштирилди, порахўрлик, ижтимоий-сиёсий адолатсизлик авж олди. Мадраса ва мактаблар фаолиятини чеклаш, маҳаллий жой номларини русча атамалар б-н алмаштириш, маҳкама жараёнида қозилар бўйнига хоч тақтиришгача борилдики, ерли аҳолини бу хилда таҳқирлаш ҳоллари мустамлакачиларнинг бедодлигини яққол кўрсатарди. Ўша давр аҳволини Мухаммадали халфа Собир ўғли (Дукчи эшон) халққа қарата ўз «Хитобнома»си (1898) да яхши баён қилган (яна қ. Андижон қўзғолони).
Миллат истиқболини ўйловчи тараққийпарвар кучлар халқнинг деярли барча табақалари — ҳунарманд, деҳқон, савдогар, мулкдор, уламолар орасида мавжуд эди. Зиёлилар дастлаб чоризмга қарши курашни халқни асрий қолоқликдан уйғотиш — сиёсий-маърифий жабҳадан бошлашга қарор қилдилар. Ж. ҳаракати ана шундай тарихий бир шароитда Туркистон минтақасида ривожланиш учун ўзига қулай замин топди.
Жадидлар орасидан етук олимлар, саноат ва зироатчилик соҳаларининг замонавий билимдон мутахассислари, маданият арбоблари етишиб чиқиб, юртни обод ва Ватанни мустақил кўришни орзу қилдилар ва шу йўлда фидойиларча курашдилар. Жадидларнинг Туркистон мустақиллиги учун курашида асосан қуйидаги йўналишлар устувор эди: янги усул мактаблари тармоғини кенгайтириш; қобилиятли ёшларни чет элга ўқишга юбориш; турли маърифий жамиятлар ва театр труппалари тузиш; газ. ва жур.лар чоп қилиш, халқнинг ижтимоий-сиёсий онгини юксалтириш б-н Туркистонда миллий демократик давлат қуриш. Жадид зиёлиларининг кучли партияси ташкил қилинган тақдирдагина бу ишларни амалга ошириш мумкин эди.
Ж.нинг асосий ғоя ва мақсадлари қуйидагилар эди: Туркистонни ўрта асрларга хос қолоқлик ва диний хурофотдан озод этиш, шариатни ислоҳ қилиш, халққа маърифат тарқатиш, Туркистонда мухторият ҳукуматини барпо этиш учун кураш, Бухоро ва Хивада конституцией монархия ва парламент, кейинчалик демократик республика тузумини ўрнатиш орқали озод ва фаровон жамият қуриш, барқарор миллий валютани жорий қилиш ва миллий қўшин тузиш. Тошкент, Фарғона, Бухоро, Самарканд ва Хивада ҳур фикрли ва тараққийпарвар кишиларнинг айрим гуруҳлари томонидан очилган маданий-маърифий йўналишдаги жамият ва уюшмалардан Ж. ҳаракати шаклланди.
Туркистонда Ж. ҳаракатини вужудга келтирувчилар тепасида Маҳмудхўжа Беҳбудий, Абдуқодир Шукурий (Шакурий), Саидаҳмад Сиддиқий—Ажзий (Самарқанд), Мунавварқори Абдурашидхонов, Абдулла Авлоний, Убайдулла Асадуллахўжаев (Убайдулла Хўжаев), Тошпўлатбек Норбўтабеков (Тошкент), Фитрат, Файзулла Хўжаев, Усмонхўжа Пўлатхўжаев, Абдулвоҳид Бурҳонов, Садриддин Айний, Абдулқодир Муҳиддинов (Бухоро), Обиджон Маҳмудов, Ҳамза, Чўлпон, Исхоқхон Ибрат, Муқаммадшариф Сўфизода (Фарғона водийси), Полвонниёз ҳожи Юсупов, Бобоохун Салимое (Хоразм) турарди.
Туркистон минтақасидаги Ж. ҳаракати, тарқалиш жойи ва йўналишига кўра, учга бўлинади: Туркистон, Бухоро ва Хива жадидчилиги. Туркистон жадидлари б-н Бухоро ва Хива жадидлари ўртасида бир мунча тафовут бор. Туркистон ўлкасидаги Ж.нинг ижтимоий асосини зиёлилар ташкил қилди. Улар чор Россияси мустамлакачилигига қарши курашнинг олдинги сафларида туриб, чоризмнинг хом ашё манбаига айлантирилган Туркистоннинг дастлаб мухтор, сўнг мустақил давлат бўлишини ёқлаб чикдилар.
Бухородаги Ж. Туркистондагига нисбатан оғир ижтимоий-сиёсий шароитда юзага келди. Унинг таркиби асосан Бухородаги шаҳар аҳолисининг тараққийпарвар қисми: зиёлилар, муллаваччалар, майда дўкондорлар ва маъмурлар, ҳунармандлар, савдогарлардан иборат эди. Жадидларнинг деҳқонлар ва аскарлар ўртасида нуфузи аввалига паст бўлган. Жадидлар иқтисод ва бошқарув соҳасида бир қатор талаблар, чунончи, солиқларни камайтириш талаби б-н чиқишди. Улар дастлаб Бухородаги амирлик тузуми доирасида ислоҳотлар жорий қилмоқчи бўлишди. Бухорода вобкентлик деҳқон Жўрабой илк янги усул мактабини очган эди. Бухородаги Ж. ҳаракатига айрим жоҳил муллалар, ҳар қандай янгилик ва ислоҳотларнинг душмани бўлган қадимийлар оқими қарши чиқди. 20-а. бошларида Бухоро жамияти 2 гуруҳга: Икром домла раҳбарлигидаги тараққийпарварлар ва Мулла Абдураззоқ бошчилигидаги қадимийларга бўлинган эди. 1908 й. «Бухорои шариф ширкати» тузилиб, дарсликлар нашр этиш ва китоб савдоси б-н шуғулланди. Аҳмаджон Ҳамдий (Абусаидов), Усмонхўжа Пўлатхўжаев (Усмон Хўжа), Ҳомидхўжа Меҳрий, Абдулвоҳид Бурҳонов, Абдулқодир Муҳиддинов, Садриддин Айний, Абдураҳмон Саъдий ширкатнинг ташкилотчилари эди. 1909 й. дек.да жадидлар Бухорода «Тарбияи атфол» («Болалар тарбияси») махфий жамиятини тузишди (асосчилари: Абдулвоҳид Бурҳонов, Ҳомидхўжа Меҳрий, Аҳмаджон Ҳамдий, Мукаммил Бурҳонов, Ҳожи Рафе). Бу жамият туркистонлик ва бухоролик ёшларни Истанбулдаги «Бухоро таъмими маориф жамияти» бўлимига ўқишга жўнатди. Хориждаги таълим ёшлар дунёқарашида тубдан бурилиш ясади. Ж. Бухоро ва Туркистонда бир вақтда бошланган бўлса ҳам, амирликдаги оғир муҳит унинг тараққиётини тезлаштирди. 1910 й.дан бошлаб Бухорода Ж. ҳаракати ташкилий туе олди ва «Тарбияи атфол» махфий жамияти асосида партия ташкил топди (қ. Ёш бухороликлар).
20-а. бошларида Хивада шаклланган Ж. бир қадар бошқачароқ тарихий шартшароитда вужудга келди. У бу ерда асосан иккита оқимдан иборат эди. Унинг ўнг оқими хонликда ривожланаётган савдо-саноат корхоналари эгалари ҳамда йирик бойларнинг вакилларини ўзига бирлаштирган эди. Бу оқимга Хива хони Асфандие’рхоннцнт бош вазири Исломхўжа бошчилик қилган. Ж.нинг ўнг оқими ўз олдига мамлакатда хон ҳокимиятини сақлаб қолган ҳолда ижтимоий-иқтисодий ислоҳотлар ўтказиш орқали эркин бозор муносабатларининг ривожланишига кенг йўл очиб беришни мақсад қилиб қўйган эди. Хивада Ж.нинг сўл оқими эса майда сармоядорлар, ҳунармандлар ва халқнинг турли табақа вакилларини бирлаштирган бўлиб, қозикалон Бобоохун Салимов унинг раҳбари эди. Улар Хива хонлигида янги усул мактаблари ташкил қилиш орқали халқ оммасининг сиёсий фаоллигини ўстириш мақсадини қўйишган эди. 1904 й. «жамияти хайрия» тузилиб, унинг кўмаги б-н Хива ш.да дастлабки янги усул мактаби очилди (1904 й. 10 нояб.). Хива жадидлари маърифий ишлар б-н кифояланиб қолмасдан, хон тузумига қарши кураш ҳам олиб бордилар. Биринчи жаҳон урушигача Хива жадидларининг ягона маркази ва дастурий ҳужжатлари бўлмаган. Бирок Ж. ҳаракати Хива хонлигида катта ижтимоий-сиёсий кучга айланиб, 1914 й. авг.да у партия шаклини олган (қ. Ёш хиваликлар).
1904—05 й.лардаги рус-япон уруши, 1905—07 й.ларда бўлган 1-рус инқилоби, 1905—11 й.лардаги Эрон инқилоби, 1908 й. Туркияда бўлган Ёш гпурклар инқилоби жадидлар дунёқарашига кучли таъсир кўрсатди. Жадидлар ўз газ. ва жур.лари, янги усул мактаблари, турли кутубхона ва қироатхоналар, ҳаваскор театр труппалари теварагида тўпланишар эди. Уларнинг кўпчилиги шу даврнинг кўзга кўринган ижодкорлари — шоиру ёзувчилар эди. Улар ўз асарлари б-н тарихан янги миллий адабиёт яратдилар. Адабиёт давр вокеаларига ҳамоҳанг борди. 1910-й.лардаёқ маърифат ва озодлик ғоялари унинг марказий мавзуига айланди. Адабиётга «миллат» ва «ватан» тушунчалари кириб келди. Миллий шеърларга рағбат кучайди. Янги замонавий достончилик майдонга келди, публицистика (Беҳбудий, Фитрат, Мунавваркрри, Мирмуҳсин) ривожланди, реалистик проза шаклланди. Шунинг учун ҳам бу давр адабиёти Ўзбекистон мустақиллигидан кейин ҳақли равишда миллий уйғониш даври ўзбек адабиёти деб даврлаштирилди. Адабиётдаги бундай уйғониш, айни вақтда, шу давр маданий ҳаётида ҳам рўй берди. Жадидлар ўзбек халқи ҳаётига том маънодаги миллий театрик олиб кирди. Миллий матбаанинг вужудга келиши б-н китоб босиш иши йўлга қўйила бошланди. Европа кўповозли мусиқа санъати б-н танишган жадидлар ўзбек анъанавий мусиқа услубларини ҳам ислоҳ қилишга даъват этишган. 1919 й.да Тошкентнинг Эски шаҳар қисми (ҳоз. «Турон» кутубхонаси ёнидаги бино)да жадидлар ташаббуси б-н Туркистон халқ консерваториясининг миллий (эски шаҳар) бўлими ташкил этилди. Шу тарзда жадидлар санъат воситаси б-н миллат кадрини кўтариш, санъатнинг деярли барча турларини юксалтиришга интилдилар («Ўзбекистон Республикаси» махсус жилдининг тегишли бўлимларига — Адабиёти, Театри, Мусиқасига Ж.нинг аксар вакиллари ёшларга даставвал линий таълим б-н бир каторда дунёвий фанларни ўқитиш масаласини кун тартибига қўйдилар. Улар мусулмон мактабларининг таълим усули ва дастурларини ислоҳ қилиб, янгича усулдаги мактабларни очдилар. Беҳбудий, Мунавваркрри, А. Бурҳонов, А. Авлоний ва б. янги усул мактаблари учун дарсликлар ёзиб, нашр этишган (қ. Янги усул мактаблари).
Ж. ҳаракати давомида уларнинг ўз матбуоти шаклланди. Жадидлар Тошкентда 1905—06 й.ларда «Тараққий» (муҳаррири — Исмоил Обилий), «Хуршид» (муҳаррири — Мунавварқори), 1907—08 й.ларда «Шуҳрат» (муҳаррири — А. Авлоний), «Осиё» (мухаррири — Аҳмаджон Бектемиров), «Тужжор» (муҳаррири — Саидкаримбой Саидазимбой ўғли), Бухорода 1912 й.да «Бухоройи шариф» (мухаррири — Мирзо Жалол Юсуфзода), «Турон» (мухаррири — Ғиёс махсум Ҳусайний), Самарқандда 1913 й.да «Самарканд» (муҳаррири — М. Беҳбудий), Тошкентда «Садойи Туркистон» (муҳаррири — Убайдулла Хўжаев), Қўқонда «Садойи Фарғона» (муҳаррири — Обиджон Маҳмудов) газ.лари ва Самаркандда 1913— 15 й.ларда «Ойина» (муҳаррири — М. Беҳбудий), Тошкентда 1915 й. «Ал-ислоҳ» (муҳаррири — Абдураҳмон Содиқ ўғли) жур.ларини нашр қилишди. Шунингдек, 1917—18 й.ларда Тошкентда «Нажот» (мухаррири — Мунавваркрри), «Кенгаш» (муҳаррирлари — Аҳмад Закий Валидий ва Мунавварқори), «Турон» (муҳаррирлари — М. Афандизода, А. Авлоний), «Улуғ Туркистон» (муҳаррири — Кабир Бакиров), «Шурой Ислом» (муҳаррири — Абдулла Баттол), «Турк сўзи» (муҳаррири — Темирбек Худоёрхонов), «Турк эли» (тахрирйъати), Самарқандда «Ҳуррият» (муҳаррирлари — Мардонқул Шоҳмуҳаммадзода, Акобир Шомансуров, Фитрат), Қўқонда «Тирик сўз» (муҳаррири — Обиджон Маҳмудов), «Эл байроғи» (муҳаррири — Бўлат Солиев) газ.лари ва «Кенгаш» (мухаррири — Ҳамза), «Юрт» (муҳаррири — Ашурали Зоҳирий) жур.лари чоп қилинди. Матбуот миллат дилидаги гапларни ўз сақифаларига кўчириш б-н кифояланмай, қандай ишларни биринчи навбатда амалга ошириш масаласини ўртага қўйди. 1909 й.да Тошкент ёш зиёлилари томонидан «Жамияти хайрия» ташкил этилди. Маҳаллий ёшлардан давлат маҳкамаларида, саноат, тижорат соҳасида ишлайдиган мутахассислар тайёрлаш, камбағал мусулмонларга маданий-маънавий ёрдам кўрсатиш масаласи қўйилди. Бу миллатнинг бошқа халклар ичига сингиб кетмаслиги йўлида кўрилган тадбирлар эди.
Бу даврда жадидлар ижтимоий-сиёсий куч сифатида кўриндилар. Халқ уларда ўз ҳимоячиларини қис этди. Сирдарё вилоятидан Петербургда ўтадиган Давлат думасига аъзоликка сайланган Абдувоҳидқори Абдурауфқориевга Тошкент, Чимкент ва б. жойларнинг аҳолисидан 12 моддадан иборат талабномани Давлат думасига топшириш юкланди. Бу ҳужжатда кўпгина ижтимоий талаблар кўрсатилган эди. Абдувоҳидқори 1907 й. 20 фев.—3 июнда Петербургда Садри Мақсудий (1879—1957), Мусо Жориллоҳ, Алимардон Тўпчибошев каби мусулмон зиёлилари б-н танишиб, мусулмон фракциясининг раиси Бигловга Туркистон халқи дардини етказди. Бироқ Абдувоҳидқори, орадан кўп ўтмай, қамоққа олинди ва Тулага сургун қилинди.
Illy тарзда, Ж. ҳаракати 1906—16 й.ларда ўзининг асосий йўлини белгилаб олди. Жадидларнинг нашрлари халқни янги давр бошлангани б-н таништирар экан, ўзлигини англаб, уюшишга чакирди. Ўлка моддий ва маънавий бойликлари таланаётганини ошкор қилди. Чўлпон шеър ва мақолаларида мустамлакачиларнинг асл қиёфаларини очиб ташлади. Машҳур адвокат У. Хўжаев олий ўқув юртини ташкил этиш, солиқларни тартибга солиш, болалар тарбиясига жиддий эътибор бериш масаласини баён қилди. Лев Толстой б-н фикрлашиш чоғида машҳур ёзувчини ён беришга мажбур этган У. Хўжаев чор ҳукумати маъмурларининг порахўрлиги ва золимлигини фош этиб, айримларини давлат ишидан четлатишга эришди. Мусулмон аҳолисига амалий тарзда ёрдам бериб, мавжуд ҳокимият қонун-қоидаларини тушунтира борди.
Жадид матбуоти ўз вакилларининг фикрларини эълон қилар экан, халқни «ҳар вақт ғафлат уйқусидан уйғотувчи» «миллат онгининг очқичи» эканлигини намоён этиш б-н бирга Туркистон халқини ҳур фикрлашга ва катта сиёсий курашга ҳозирлай олди. Бу даврда «Эрк», «Турон», «Ўқитувчилар жамияти» каби уюшмалар пайдо бўлди. Мунавварқори айтганидек, «Уларнинг бутун умиди Россиядаги инқилоб жараёнида маҳаллий аҳолини миллий, диний чеклаш ва жабрлашдан озод қилиш, уларнинг ҳақҳуқукларини овруполиклар б-н тенглаштириш, хилма-хил мактаб ва матбуот ишлари хамда турли-туман жамиятлар ташкил этишга кенг имконият яратиб беришга қаратилган эди».
Жадидлар бу даврда «Озодлик, тенглик ва адолат» шиори остида ишладилар. Уларнинг 1916 й. мардикорликка олиш воқеасига муносабати ғоятда эътиборга моликдир. Мардикорликка олиш — Биринчи жаҳон уруши кетаётган жойлардаги ишларга туркистонликларни жалб қилиш оқ подшонинг 1916 й. 25 июнь фармонига мувофиқ амалга оширилди. Бу кутилмаган тадбир, биринчидан, 1865 й. шартномасига зид эди. Иккинчидан, генерал Куропаткин (1848— 1925)нинг хулосасига Караганда, «Аҳоли ва маъмурият турар жойдан ташқаридаги ишларга мутлақо тайёрланмаган ва бундай шошилинч амалга оширилган тадбир оғир тартибсизликларни келтириб чиқарган». Аҳоли учун ана шундай мусибатли пайтда жадидларнинг кўзга кўринган намояндаларидан У. Хўжаев («Туркистон мардикорликка олиш қўмитаси» раиси) ва миллатпарвар бой Миркомилбой Мирмўминбоев Россия жамоатчилигининг эътиборини бу масалага жалб этиш, фармонни бекор қилдириш учун Петербургга йўл олдилар. Давлат думасининг 1916 й. 13 ва 15 дек. кунлариўтган мажлисида Николай II нинг 25 июнь фармони Россия империясининг қонунчилигида кўрсатилган ҳолларга зид равишда қабул қилингани тан олинди. Фармон Думада мухркама килингунга қадар июнь—авг. ойида жадидлар ҳаракати орқали бир неча эшелон тўхтатиб қолинди. Жадидларнинг мардикорларни кайтаришга уринишлари 1917 й. фев. инқилоби бошланиши б-н тўла амалга ошди. Бу ҳодиса эл орасида уларнинг обрўсини кўтарди. Мазкур ҳолат жадидлар маърифатпарварликдан сиёсий курашга аллақачон ўтганликларини билдирар эди.
1917 й. Ж. ҳаракати ўзининг янги босқичига қадам қўйди. Фев. инқилобидан сўнг ўзбек, татар ва қозоқлар бирлашишга ахд қиладилар ва «Турон» уюшмаси заминида «Шурой Исломия» жамияти тузилди (асосчилари Мунавварқори, Абдувоҳидқори Абдурауфқориев, У. Хўжаев). 1917 й. 14 мартда иш бошлаган бу жамият қишлоқ ва шаҳарларга тарғиботчилар юбориб, озодлик,
тенглик ҳақида тушунтириш олиб бориш, сайлов тўғрисида маълумот бериш б-н шуғулланди. Унинг дастурини Мунавварқори ёзган эди. Жадидлар жойларда «Шурой Исломия» тизими яратилишининг ташаббускори бўлдилар. Туркистонга мухторият мақомини бериш ҳаракати Туркистон мустақиллиги учун курашга айланди.
Туркий халқларни бирлаштириш ғояси кун тартибидан мустахкам ўрин олди. Ўзбек, қозоқ, қирғиз, қорақалпоқ, бошқирд, татар, туркман каби негизи битта халқларни бирлаштириш ва шу асосда федератив ёки мухториятли давлат қуриш масаласи бўй кўрсата борди. Аммо, Мунавварқори сўзи б-н айтганда, кўпгина кишилар жумҳурият б-н мухторият ўртасидаги фарқни тушунмаган эди. Хусусан, Туркистон намояндалари чин маънодаги республикани барпо этиш ва унинг давлат таркибини ташкил этишга тўлиқ тайёр бўлишмаган. Қозоқ ва бошқирд намояндалари — Мустафо Чўқай, Закий Валидий ва б. Петербург уларга ҳеч қачон мустақиллик ҳам, мухторият ҳам бермаслигини сезгач, Туркистонга келиб, маҳаллий жадидлар б-н бирга иш бошладилар.
Тошкентда «Шўрои Исломия», «Турон», «Шўрои Уламо», «Иттифоқи муслимин», Қўқонда «Ғайрат», Бухорода Ёш бухороликлар, Хивада Ёш хиваликлардан ташқари, Самарқандда «Иттифоқ», «Мирваж ул-ислом», «Мифтаҳ ул-маориф» каби ташкилотлар фаолият кўрсата бошлади. Буларнинг ижтимоий-сиёсий йўналишини белгилашда Мунавварқори, У. Хўжаев, М. Беқбудий, А. Зоҳирий, А.З.Валидий, Мустафо Чўқай, Фитрат, Ф. Хўжаев, У. Пўлатхўжаев, Шерали Лапин, М. Мирмўминбоев, О. Маҳмудов, Полвонниёз ҳожи Юсупов, Т. Норбўтабеков ва б. фаоллик кўрсатдилар.
«Шўрои Исломия»нинг ташаббуси б-н 1917 й. 16—22 апр. кунлари Бутун Туркистон мусулмонларининг 1-қурултойи чақирилди. Қурултой иштирокчилари бир қанча масалалар қаторида Туркистон ўлкасининг давлат мақоми масаласини ҳам муҳокама қилдилар. 1-қурултойда Туркистон ўлка мусулмонлари Шўроси (Краймуссовет) — Миллий марказни ташкил этишга қарор қилинди. Миллий марказга раис бўлиб Мустафо Чўқай, унга ўринбосарлар қилиб Валидий ва У. Хўжаев сайланади. Бу эса ташкилотларни бирлаштириш б-н бирга миллий озодлик ҳаракатини изга солиб, ташкилий жиҳатдан марказлаштирар эди.
Миллий марказнинг 1917 й. 12 июнда бўлиб ўтган йиғилишида барча жамият ва уюшмаларнинг Марказий мусулмон депутатлари Шўросига бўйсуниши ҳақида Низом қабул қилинади. Марказнинг мақсади халқнинг энг қуйи қатламлари — мардикор ва деҳқонларга тўлиқ ҳуқуқ бериш ва Туркистон мусулмонларини маданий, илмий, иқтисодий ва ғоявий тарбиялаш эди.
1917 й. апр.—июнь ойлари орасида жадидлар кўпгина сиёсий масалаларни ва уларга ўз муносабатларини белгилаб олдилар. Пировардида ҳудудий мухторият учун сиёсий вазият пишиб етилганини англаб етдилар.
1917 й. 1 — 11 майда Москвада бўлган Бутун Россия мусулмонларининг 1-қурултойи берган туртки натижасида мухторият масаласи янада жиддийлашди. 1917 й. 12—14 июлда Фарғонада бўлиб ўтган мусулмон ташкилотларининг қурултойида дастурий масалалар кўриб чиқилди. Унда «Турк Адами Марказият (Федералистлар)» фирқасининг дастури (маромномаси) ва 22 моддадан иборат Низом и қабул қилинди.
1917 й. 17—20 сент.да Тошкентда бўлиб ўтган Туркистон ва Қозоғистон мусулмонларининг қурултойида «Шурой Исломия» ва «Шўрои Уламо», «Турон» ва б. сиёсий ташкилотларни бирлаштириш йўли б-н «Иттифоқи муслимин» сиёсий партиясини тузишга келишилди.
Туркистонни бошқариш шакли тўғрисидаги масала 1917 й. 26—28 нояб. да Қўқонда бўлган Туркистон ўлка мусулмонларининг фавқулодда 4-қурултойининг диққат марказида турди. Мухторият ва мустақилликни эълон қилиш фикрини ҳамма қўллабқувватлади. Туркистон Мухторияти ҳукумати (раиси — Муҳаммаджон Тинишбоев, сўнгра Мустафо Чўқай) ташкил қилинди. Фитрат, Чўлпон, Ҳамза сингари оташқалб жадид шоирлари Туркистон Мухториятини алқаб, ўтли сатрлар битишди.
1918 й. фев.да Туркистон Мухторияти большевиклар томонидан қонга ботирилгач, Ж. ҳаракати кучли ўзгаришга учради. Совет режими б-н муроса қилишни хохламаган Туркистон жадидларининг катта қисми истиқлолчилик ҳаракати сафларида ва яширин миллий ташкилотларда фаолият кўрсатган бўлса, айримлари совет ҳукумати идораларида иш бошлашга мажбур бўлдилар.
Бухоро амирлиги ва Хива хонлигида аҳвол сал бошқачароқ кечди. 1920 й.да қизил армия ҳар икки давлат ҳудудига бостириб кирди. Бухоро Халқ Совет Республикаси ва Хоразм Халқ Совет Республикаси тузилиб, жадидлар ҳокимияттепасига келишди. Демак, 1920 й.дан
Ж. ҳаракати ўз тараққиётининг янги босқичига, яъни советлар б-н муроса йўлига қадам қўйди.
1920 й. 1—7 сент.да Бокуда Шарқ халқдари қурултойи чақирилди. Қурултойда қабул қилинган қарорлар Туркистон халқларининг кейинги тақдирида муайян роль ўйнади. Унда Мунавварқори, Турор Рисқулов, Чўлпон, Сапимхон Тиллахонов, Ражаб Муҳамедов, Қудратилла Юнусов, Тошпўлатбек Норбўтабеков, Обиджон Маҳмудов, Тўрақул Жонузоқов, Зайниддин қори Насриддинов, Ҳожи Сафо Жўрабоев, Ғози Юнус каби туркистонлик миллат фидойиларидан жами 90 киши иштирок этди. Қурултой ишида Туркиядан келган ва шахсан Лениннинг ўзи юборган Анвар пошо ҳам қатнашди. Бирок, мазкур қурултой большевикларнинг Англияга қарши қаратилган дўқ-пўписаси эканлиги мажлисларда аён бўлди. Шу боис туркистонлик 40 нафар делегат қурултой тугагач, ўзаро кенгаш ўтказиб, унда «Туркистондаги совет ҳокимиятига қарши ташвиқот ишлари»ни авж олдиришга ва «Октябрь инқилобининг уч йиллиги кунида умумхалқ қўзғолони кўтариш»га ахд қилдилар. Бироқ, уларнинг бу режаси тўлиқ амалга ошмади.
Туркистон жадидлари фаолияти бутун ўлкани қамрайдиган, инглизларнинг скаутинг мактаб дастурига яқин дастур асосида ишлайдиган «Турон кучи», «Турк кучи», «Темур», «Изчилар», «Лочин» каби гуруҳларни туздилар. Бу гурухлар ўрта мактаб таълими, ҳунар, санъатдан ташқари, ҳарбий машқлар б-н шуғулланиб, шўроларга асосий зарба берувчи куч сифатида кўрина бошлади. 1920 й. совет режими бу гурухлар фаолиятини тугатди.
Фарғона ва Тошкентдаги воқеалар якуни жадидларнинг умидларини сўндира олмади. Улар Бухоро республикаси раҳбарлари б-н бир ёқадан бош чиқариб, иш бошладилар. Бухорода Жадид тараққийпарварлар фирқаси тузилди. Бу фирқа дастурига кура, давлатни жумҳурият раиси (президент) ва парламент бошқариши кўзда тутилган эди.
1921 й. 2—5 авг.да Бухорода Валидий бошчилигида Туркистон миллий бирлиги ташкилоти тузилди. У истиклолчилик ҳаракатини жипслаштиришда муҳим роль ўйнайди. Туркистон миллий бирлиги ташкилоти б-н Мунавварқори раҳбарлигидаги «Миллий иттиҳод» (1919 и. тузилган) ташкилоти ўзаро ҳамкорликда фаолият кўрсатди. Ҳар икки ташкилотнинг асосий мақсади Бухоро республикаси, умуман, Туркистон
минтақасини советлаштириш ва руслаштириш таъсиридан сақлаб қолиш, Туркистоннинг мустақиллигига эришиш бўлган. 1925 й. «Миллий иттиҳод» ташкилоти асосида «Миллий истиклол» ташкилоти тузилади.
Ж. ҳаракатининг сўнгги йиллари фаол сиёсий курашлар б-н ажралиб турмайди. Бу даврда совет режими турли сиёсий ишлар («Ўн саккизлар гуруҳи», «Иноғомовчилик», «Қосимовчилик», «Бадриддиновчилик» ва б.) тузиб, миллий зиёлиларни оммавий равишда қатағон қилишга киришди. 1929 й. нояб. да Мунавварқори бошчилигидаги 38 кишининг қамоққа олиниши (кейинчалик уларнинг сони 87 кишига етган) б-н Ж. ҳаракатига кучли зарба берилди. Бироқ истиклол ғояси ўз кучида қолаверди.
Ж. ҳаракати сиёсий маърифатпарварликдан Жадид тараққийпарварлар фирқаси даражасига кўтарила олди. Бу ҳаракат ҳамда фирқа аъзолари ўз фаолияти ва дастурига кўра, шўро адабиётларида айтилганидек, «бир ҳовуч бойлар манфаатига хизмат қилувчи либерал буржуазия вакиллари» эмас, балки Туркистоннинг барча халклари такдирини ўйлаб иш кўрган демократик жараённинг энг саводли, олижаноб намояндалари эди.
Туркистонда совет хркимияти зўравонлик йўли б-н ўрнатилгач, жадидларнинг бир қисми фаол сиёсий хаётдан четлашиб, факат бадиий ижод б-н шуғулланди (А. Бурхрнов, А. Авлоний, С. Айний ва б.). Айрим жадидлар совет идоралари маданий-маърифий шохобчаларида меҳнат қилишди (У. Хўжаев, Мунавварқори, Ҳамза, С. Турсунхўжаев, Т. Норбўтабеков ва б.). Баъзи жадидлар «маҳаллий коммунистлар» сифатида юқори давлат ва ҳукумат лавозимларида ишлашни давом эттирди (Файзулла Хўжаев, Абдулқодир Муҳиддинов, Низомиддин Хўжаев ва б.). Айрим жадидлар бўлса, Туркистондаги истиқлолчилик ҳаракати сафларига бориб қўшилди ва хорижга муҳожирликка жўнаб кетди (Усмонхўжа Пўлатхўжаев, Садриддинхон Шарифхўжаев, Абдулҳамид Орипов ва ҳ.к.).
Ж. ҳаракатининг барча таникли намояндалари (С. Айнийдан ташқари) 30-й. ларда совет мустабид режими томонидан амалга оширилган қирғин натижасида ҳалок бўлди. Ж. ҳаракатига совет даврида «миллатчилик», пантуркизм, панисламизм тамғалари босилиб, ноҳақ қораланди. Жадид адабиётини ўқиш тақикланди.
Узбекистан Республикаси мустақилликка эришгач, Ж. ҳаракати ва унинг намояндалари номига епиштирилган тавқи лаънат ва сохта ёрликлар олиб ташланиб, уларнинг асл номлари қайта тикланди. Тарихчи, адабиётшунос, тилшунос, файласуф, ҳуқуқшунос, санъатшунос ва педагог олимлар жадидларнинг бой илмий ва адабий меросини ўрганишда дастлабки натижаларни қўлга киритишди. Мустақиллик йилларида Фитрат, Чўлпон, А. Авлонийнинг
2 жилдли, Беҳбудий, Абдулла Қодирий, Сидқий Хондайлиқий, Ибрат, Ажзий, Сўфизоданинг 1 жилдли, шунингдек, Файзулла Хўжаев, Мунавварқори, П. Юсуповнинг асарлари чоп қилинди. Жадидларнинг 20 та машҳур вакили киритилган «Унутилмас сиймолар. Жадидчилик ҳаракатининг намояндалари» (Т., 1999) альбом-китоби нашрдан чикди. Уларнинг серқирра фаолияти дарслик ва қўлланмаларга киритилди. 1999 й. 16— 18 сент.да Тошкентда «Марказий Осиё 20-а. бошида: ислоҳотлар, янгиланиш, тараққиёт ва мустақиллик учун кураш (Ж., Мухториятчилик, Истиқлолчилик)» мавзуида халқаро конференция ўтказилиб, унда АҚШ, Германия, Франция, Италия, Нидерландия, Туркия, Россия, Ҳиндистон ва б. мамлакатлардан келган нуфузли олимлар Ж. ва истиклолчилик ҳаракатлари тўғрисида жаҳон илм-фанида тўпланган сўнгги хулосалар юзасидан ўзбекистонлик ҳамкасблари б-н ўзаро фикр алмашдилар. Ж. ҳаракати жаҳоншумул аҳамиятга молик ҳодиса эканлиги эътироф қилинди. Конференцияда ушбу муаммони тадқиқ қилувчи халқаро илмий кенгаш тузилди.
Ад.: Айний С, Бухоро инқилоби тарихи учун материаллар, М., 1926; Рисқулов Т., Революция и коренное население, Т., 1926; 3 и ё Сайд, Ўзбек вақтли матбуотига оид материаллар (1870—1927), Т., 1927; Программные документы мусульманских политических партий (1917—1920), Оксфорд, 1985; Революция в Средней Азии глазами мусульманских большевиков, Оксфорд, 1985; Политическая жизнь русских мусульман до февральской революции, Оксфорд, 1987; Мустафо Чўқай ўғли, Истиқлол жаллодлари, Т., 1992; Чўлпон, Асарлар, 1 — 2-ж.лар, Т. 1994; Ражабова Р. ва б., Ўзбекистoн тарихи (1917-1993 й.), Т., 1994; Хўжаев Ф., Бухоро инқилобининг тарихига материаллар, Т., 1997; Валидий, Бўлинганни бўри ер (Хотиралар), Т., 1997, Авлоний А., Танланган асарлар, 1—2-ж.лар, Т., 1998; Ўзбекистoн тарихи: янги нигоҳ. Жадидлар ҳаракатидан миллий мустақилликка қадар, Т., 1998; Жадидчилик: ислоҳот, янгиланиш, мустақиллик ва тараққиёт учун кураш, Т., 1999; Беҳбудий М., Танланган асарлар, Т., 1999; Фитрат, Танланган асарлар, 1—2-ж.лар, Т., 2000; Алимова Д., Джадидизм в Средней Азии. Пути обновления, реформы, борьба за независимость, Т., 2000; Ўзбекистоннинг янги тарихи. 1-китоб [Туркистон чор Россияси мустамлакачилиги даврида], Т., 2000; 2-китоб [Ўзбекистoн совет мустамлакачилиги даврида], Т., 2000; Юсупов П., Ёш хиваликлар тарихи (Хотиралар), Урганч, 2000; Туркестан в начале XX века: к истории истоков национальной независимости, Т., 2000; Абдурашидхонов М., Хотираларимдан, Т., 2001; Ўзбекистoн давлатчилиги тарихи очерклари, Т., 2001; Марказий Осиё XX аср бошида: ислоҳотлар, янгиланиш, тараққиёт ва мустақиллик учун кураш, Т., 2001.
Сирожиддин Аҳмедов, Қаҳрамон Ражабов.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.