Asosiy mazmunga ötiş

Nima yangi v1.6.4 · 25-oktabr

Hamma versiyalar →
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kabisa yil

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 6-b. — ziyouz.com

    Kabisa yil (arab. — töliq) — oddiy yildan bir kun (fev. oyida) ortiq bölgan kalendar yil. Bunda 4 ga qoldiqsiz bölinadigan yil K.y. dir (faqat ikkita nol b-n tugab, 400ga bölinmaydigan yil bundan mustasno. Mac, 1700, 1800, 1900, 2100 yillar K.y. emas). Qad. Eronda yil 365 kunli (12 oy 30 kundan va yana qöşimça 5 kun) bölib, har 120 yilda bitta qöşimça oy kiritilgan. Umar Xayyom kalendarida har 33 yilning 8 yili (4, 8, 12, 16, 20, 24, 28 va 33-yillari) K. y. hisoblanadi. Bunda har 4500 yilda bir sutkaga teng xato yiğiladi. Bu esa hozir qöllaniladigan Grigoriy kalendaridan ham aniqroq(q. Kalendar).

    Q.: Kalendar, Kalendar

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КАБИСА ЙИЛ (араб. — тўлиқ) — оддий йилдан бир кун (фев. ойида) ортиқ бўлган календарь йил. Бунда 4 га қолдиқсиз бўлинадиган йил К.й. дир (фақат иккита ноль б-н тугаб, 400га бўлинмайдиган йил бундан мустасно. Mac, 1700, 1800, 1900, 2100 йиллар К.й. эмас). Қад. Эронда йил 365 кунли (12 ой 30 кундан ва яна қўшимча 5 кун) бўлиб, ҳар 120 йилда битта қўшимча ой киритилган. Умар Хайём календарида ҳар 33 йилнинг 8 йили (4, 8, 12, 16, 20, 24, 28 ва 33-йиллари) К. й. ҳисобланади. Бунда ҳар 4500 йилда бир суткага тенг хато йиғилади. Бу эса ҳозир қўлланиладиган Григорий календаридан ҳам аниқроқ(қ. Календарь).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.