Migratsiya
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 506-b. — ziyouz.com
Migratsiya (lot. migratio — köçaman, joyimni özgartiraman) — 1) aholining bir joydan ikkinçi joyga köçişi (q. Aholi migratsiyasi); 2) hayvonlarning yaşaş muhiti şaroiti yoki rivojlaniş sikli özgarişi b-n bir geografik hududdan ikkinçisiga köçişi (q. Hayvonlar migratsiyasi); 3) kimyoviy elementlarning yer qobiğida yoki yer yuzasida öz joyini özgartirişi (q. Elementlar migratsiyasi); 4) energiyaning bir zarraçadan boşqasiga ötişi (q. Energiya migratsiyasi); 5) kapitalning qöşimça qiymat oliş va siyosiy maqsadlarda bir mamlakatdan boşqasiga muntazam çiqib turişi.
Q.: Aholi migratsiyasi, Elementlar migratsiyasi, Hayvonlar migratsiyasi
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
МИГРАЦИЯ (лот. migratio — кўчаман, жойимни ўзгартираман) — 1) аҳолининг бир жойдан иккинчи жойга кўчиши (қ. Аҳоли миграцияси); 2) ҳайвонларнинг яшаш муҳити шароити ёки ривожланиш цикли ўзгариши б-н бир географик ҳудуддан иккинчисига кўчиши (қ. Ҳайвонлар миграцияси); 3) кимёвий элементларнинг ер қобиғида ёки ер юзасида ўз жойини ўзгартириши (қ. Элементлар миграцияси); 4) энергиянинг бир заррачадан бошқасига ўтиши (қ. Энергия миграцияси); 5) капиталнинг қўшимча қиймат олиш ва сиёсий мақсадларда бир мамлакатдан бошқасига мунтазам чиқиб туриши.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.