Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 58–60-b. — ziyouz.com

    Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (Özbekiston FA) — mamlakatning oliy ilmiy taşkiloti. Akademiklar va uning xorijiy a'zolarini hamda öz tasarrufidagi ilmiy muassasalar ilmiy xodimlari va mutaxassislarini birlaştiradi. Asosiy vazifasi fan va texnika sohasidagi davlat siyosatining amalga oşirilişini ta'minlaş, davlat va jamiyat taraqqiyotini ta'minlovçi istiqbolli yönalişlar böyiça fundamental ilmiy tekşiriş va ilğor texnologiyalarni rivojlantiriş strategiyasini belgilaş, tabiiy, texnikaviy, tibbiy, ijtimoiygumanitar fanlar sohasida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiytexnikaviy va ma'naviyma'rifiy rivojiga kömaklaşuvçi fundamental tadqiqotlar olib borişdan iborat. FA fan, texnika, madaniyat va ma'rifat sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oşiradi, ilmiy işlanmalarni muvofiqlaştiradi va ularga samarali rahbarlikni ta'minlaydi, davlatning intellektual, iqtisodiy va ma'naviy salohiyatini yuksaltirişga qaratilgan fan va keng qamrovli ilmiy texnologiya yutuqlarini öz vaqtida işlab çiqarişga joriy etadi. Özbekiston FA har yili öz faoliyati tögrisida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqsim etadi.

    Özbekiston FA 1943 yil 4 noyab.da ÖzFANnegizida taşkil etilgan. T.N. QoriNiyoziy uning birinçi prezidenti qilib saylangan. Akademiya taşkil topgan yili uning tarkibida 11 haqiqiy a'zosi, 18 muxbir a'zosi hamda 3 faxriy a'zosi bölib, 10 ilmiy tekşiriş institutini birlaştirgan. 210 ilmiy xodim, jumladan, 28 fan d-ri va 80 ga yaqin fan nomzodi işlagan.

    Akademiya taşkil topgan davrdan beri uning ilmiy tekşiriş muassasalari xodimlarining soni, ilmiy tekşiriş işlarining kölami va salmoği jihatidan katta tarixiy rivojlaniş yölini bosib ötdi. Akademiya olimlari tabiat, jamiyat va insoniyat taraqqiyoti, millatlar, milliy madaniyatlar, davlat va milliy munosabatlarning rivojlaniş muammolari, ta'lim va ma'rifat masalalari, liberallaştiriş şaroitida milliy iqtisodiyotni rivojlantiriş va raqobatbardoşliligini oşirişning metodologik asoslari, mulkiy munosabatlardagi özgarişlar, mehnatni rağbatlantiriş va aholini ijtimoiy himoyalaş muammolari, moliyakredit, soliq va suğurta mexanizmini takomillaştiriş, fuqarolik jamiyati va kuçli demokratik davlatni şakllantiriş masalalari böyiça tadqiqotlar olib boradilar. Akademiya olimlarining Özbekiston ötroq suğorma dehqonçilik madaniyatiga asoslanganligi va eng qadimiy sivilizatsiya öçoqlaridan biri ekanligi, Özbekiston hududida davlatçilikning ilk körinişlari mil. av. 2-ming yilliklarda boşlanganligi töğrisidagi tadqiqotlari katta ahamiyatga ega. Akademiya olimlari fundamental tadqiqotlar ustida işlaş bilan çegaralanibgina qolmay, mamlakat taraqqiyoti uçun zarur bölgan zamonaviy asbobuskunalar, tibbiy jihozlar, doridarmon, foydali ösimliklarning yangi navlari, q.x. ekinlari zararkunandalariga qarşi vositalar, şuningdek, yer osti boyliklarini qazib olişning yangi texnologiyalarini yaratmoqdalar.

    FA ning köpgina muassasalari xorijiy davlatlarning ilmiy muassasalari bilan birgalikda tadqiqotlar olib boradi. Jumladan, Özbekiston FAning Yadro fizikasi, Elektronika, Fizikatexnika, Mikrobiologiya, Biokimyo, Suv muammolari, Umumiy va noorganik kimyo intlari bilan AQŞ, Xitoy, Germaniya, Italiya, Fransiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Hindiston, Turkiyadagi yirik ilmiy markazlar örtasida manfaatli hamkorlik yölga qöyilgan.

    Akademiyaning ilmiy tekşiriş muassasalari özlarining ilmiytaşkiliy faoliyatlarini tegişli fan yönalişlari (fizikamat. va texnika fanlari; kimyo, biol. va Yer haqidagi fanlar; ijtimoiygumanitar fanlar) böyiça vitseprezident xizmati bilan birgalikda olib boradi. Akademiyaning «Akademasbob» ilmiyi.ç. birlaşmasi, «Algoritminjiniring» inti, Arxeologiya instituti, Biokimyo instituti, Bioorganik kimyo instituti, «Botanika» ilmiyi.ç. markazi, Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi instituti, Geologiya va geofizika instituti, «Zamonaviy informatsion texnologiya» ilmiy texnika markazi qoşidagi Kibernetika instituti, Zoologiya instituti, Immunologiya instituti, Iqtisodiyot instituti, Kosmik asbobsozlik instituti, Kosmik tadqiqotlar markazi va uning tarkibidagi Astronomiya instituti, Matematika instituti, Mikrobiologiya instituti, Mexanika va inşootlarning seysmik mustahkamligi instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi inti, Seysmologiya instituti, Suv muammolari instituti, Tarix instituti, Til va adabiyot instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti, Falsafa va huquq instituti, «FizikaQuyoş» ilmiyi.ç. birlaşmasi tarkibidagi Fizikatexnika instituti va Materialşunoslik inti, Fiziologiya va biofizika instituti, Şarqşunoslik instituti, Elektronika instituti, Yadro fizikasi instituti, Ösimlik moddalari kimyosi instituti, Qoraqalpoğiston bölimi (q. Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpoğiston bölimi) hamda Xorazm Ma'mun akademiyasi, Samarqand mintaqaviy bölimi, Buxoro ilmiy markazi, Ilmiyöquv markazi, Asosiy kutubxonasi (q. Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi), Issiqlik fizikasi bölimi, Adabiyot muzeyi, Özbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Qatağon qurbonlari xotirasi muzeyi, Botanika boği, Avtomatlaştiriş va hisoblaş texnikasi böyiça ixtisoslaşgan loyihakonstruktorlik byurosi, «Radiopreparat», «Tezlatgiç» korxonalari, Çirçiq şahridagi «Kompozit» tajribaeksperimental z-di, PT70 radiorasadxonasi, tajriba z-di bor.

    Özbekiston FAning yuqori organi — FA akademiklari va ilmiy tekşiriş muassasalari direktorlaridan taşkil topgan Umumiy majlis. FA Umumiy majlisi ilm-fanni rivojlantiriş va akademiya faoliyatining eng muhim masalalarini körib çiqiş uçun uning Hay'ati tomonidan har yili kamida 1 marta çaqiriladi. Umumiy majlisda ilm-fanni rivojlantirişning ustuvor, istiqbolli va ilğor yönalişlari va ularga taalluqli ilmiy dasturlar loyihalari muhokama etiladi hamda ular böyiça zarur qarorlar qabul qilinadi, akademiya faoliyatining asosiy taşkiliy masalalari hal qilinadi, uning haqiqiy va xorijiy a'zolari saylanadi (q. Akademik).

    Özbekiston FAning 122 a'zosi bor (2005). Akademiya muassasalarida 5259 ilmiy xodim, jumladan, 360 fan d-ri va 860 fan nomzodi işlaydi.

    FA da ilm-fan sohasida yuksak muvaffaqiyatlarga erişgan olimlar uçun AlXorazmiy (1992 yil ta'sis etilgan), Zahiriddin Muhammad Bobur (1993), H.M. Abdullayev (1993) nomida medallar ta'sis etilgan. Akad. lar H. Fozilov, Yo.Töraqulov, prof. F. Abdullayev AlXorazmiy nomidagi, akad. U. Karimov va tarixçi olim R.Sulaymonov Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi, akad.lar I.Hamroboyev, F.Usmonov va prof. NM.Kuçerskiy H.M.Abdullayev nomidagi medalga sazovor bölişgan.

    Özbekiston FA naşriyotçilik işini, asosan, «Fan» naşriyoti orqali amalga oşiradi. FA da «Geliotexnika», «Informatika va energetika muammolari Özbekiston jurnali», «Mexanika muammolari Özbekiston jurnali», «Özbek tili va adabiyoti», «Özbekiston biologiya jurnali», «Özbekiston kimyo jurnali», «Özbekiston matematika jurnali», «Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ma'ruzalari», «Özbekiston tarixi», «Özbekiston fizika jurnali», «Özbekistonda ijtimoiy fanlar» ilmiy jur.lari, «Fan va turmuş» ilmiyommabop jur. naşr etiladi.

    Özbekiston FA prezidentlari: T.N.QoriNiyoziy — 1943—47 yillar; T.A. Sarimsoqov — 1947—52 yillar; T.Z.Zohidov — 1952—56 yillar; H.M. Abdullayev — 1956—62 yillar; U.O. Orifov — 1962—66 yillar; O.S. Sodiqov — 1966—84 yillar; P.Q.Habibullayev — 1984—88 yillar; M.S.Salohiddinov — 1988—94 yillar; JL.Abdullayev (FA prezidenti vazifasini bajaruvçi) — 1994-95 yillar; T.J.Jörayev 1995-2000 yillar; B.S.Yöldoşev 2000 yildan.

    Q.: Akademik, Akademik, Özbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi, Özbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining Qoraqalpoğiston bölimi

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ФАНЛАР АКАДЕМИЯСИ (Ўзбекистон ФА) — мамлакатнинг олий илмий ташкилоти. Академиклар ва унинг хорижий аъзоларини ҳамда ўз тасарруфидаги илмий муассасалар илмий ходимлари ва мутахассисларини бирлаштиради. Асосий вазифаси фан ва техника соҳасидаги давлат сиёсатининг амалга оширилишини таъминлаш, давлат ва жамият тараққиётини таъминловчи истиқболли йўналишлар бўйича фундаментал илмий текшириш ва илғор технологияларни ривожлантириш стратегиясини белгилаш, табиий, техникавий, тиббий, ижтимоийгуманитар фанлар соҳасида жамиятнинг ижтимоий-иқтисодий, илмийтехникавий ва маънавиймаърифий ривожига кўмаклашувчи фундаментал тадқиқотлар олиб боришдан иборат. ФА фан, техника, маданият ва маърифат соҳасида фундаментал ва амалий тадқиқотларни амалга оширади, илмий ишланмаларни мувофиқлаштиради ва уларга самарали раҳбарликни таъминлайди, давлатнинг интеллектуал, иқтисодий ва маънавий салоҳиятини юксалтиришга қаратилган фан ва кенг қамровли илмий технология ютуқларини ўз вақтида ишлаб чиқаришга жорий этади. Ўзбекистон ФА ҳар йили ўз фаолияти тўгрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасига ҳисобот тақцим этади.

    Ўзбекистон ФА 1943 йил 4 нояб.да ЎзФАНнегизида ташкил этилган. Т.Н. ҚориНиёзий унинг биринчи президенти қилиб сайланган. Академия ташкил топган йили унинг таркибида 11 ҳақиқий аъзоси, 18 мухбир аъзоси ҳамда 3 фахрий аъзоси бўлиб, 10 илмий текшириш институтини бирлаштирган. 210 илмий ходим, жумладан, 28 фан д-ри ва 80 га яқин фан номзоди ишлаган.

    Академия ташкил топган даврдан бери унинг илмий текшириш муассасалари ходимларининг сони, илмий текшириш ишларининг кўлами ва салмоғи жиҳатидан катта тарихий ривожланиш йўлини босиб ўтди. Академия олимлари табиат, жамият ва инсоният тараққиёти, миллатлар, миллий маданиятлар, давлат ва миллий муносабатларнинг ривожланиш муаммолари, таълим ва маърифат масалалари, либераллаштириш шароитида миллий иқтисодиётни ривожлантириш ва рақобатбардошлилигини оширишнинг методологик асослари, мулкий муносабатлардаги ўзгаришлар, меҳнатни рағбатлантириш ва аҳолини ижтимоий ҳимоялаш муаммолари, молиякредит, солиқ ва суғурта механизмини такомиллаштириш, фуқаролик жамияти ва кучли демократик давлатни шакллантириш масалалари бўйича тадқиқотлар олиб борадилар. Академия олимларининг Ўзбекистон ўтроқ суғорма деҳқончилик маданиятига асосланганлиги ва энг қадимий цивилизация ўчоқларидан бири эканлиги, Ўзбекистон ҳудудида давлатчиликнинг илк кўринишлари мил. ав. 2-минг йилликларда бошланганлиги тўғрисидаги тадқиқотлари катта аҳамиятга эга. Академия олимлари фундаментал тадқиқотлар устида ишлаш билан чегараланибгина қолмай, мамлакат тараққиёти учун зарур бўлган замонавий асбобускуналар, тиббий жиҳозлар, доридармон, фойдали ўсимликларнинг янги навлари, қ.х. экинлари зараркунандаларига қарши воситалар, шунингдек, ер ости бойликларини қазиб олишнинг янги технологияларини яратмоқдалар.

    ФА нинг кўпгина муассасалари хорижий давлатларнинг илмий муассасалари билан биргаликда тадқиқотлар олиб боради. Жумладан, Ўзбекистон ФАнинг Ядро физикаси, Электроника, Физикатехника, Микробиология, Биокимё, Сув муаммолари, Умумий ва ноорганик кимё интлари билан АҚШ, Хитой, Германия, Италия, Франция, Япония, Корея Республикаси, Ҳиндистон, Туркиядаги йирик илмий марказлар ўртасида манфаатли ҳамкорлик йўлга қўйилган.

    Академиянинг илмий текшириш муассасалари ўзларининг илмийташкилий фаолиятларини тегишли фан йўналишлари (физикамат. ва техника фанлари; кимё, биол. ва Ер ҳақидаги фанлар; ижтимоийгуманитар фанлар) бўйича вицепрезидент хизмати билан биргаликда олиб боради. Академиянинг «Академасбоб» илмийи.ч. бирлашмаси, «Алгоритминжиниринг» инти, Археология институти, Биокимё институти, Биоорганик кимё институти, «Ботаника» илмийи.ч. маркази, Генетика ва ўсимликлар экспериментал биологияси институти, Геология ва геофизика институти, «Замонавий информацион технология» илмий техника маркази қошидаги Кибернетика институти, Зоология институти, Иммунология институти, Иқтисодиёт институти, Космик асбобсозлик институти, Космик тадқиқотлар маркази ва унинг таркибидаги Астрономия институти, Математика институти, Микробиология институти, Механика ва иншоотларнинг сейсмик мустаҳкамлиги институти, Полимерлар кимёси ва физикаси инти, Сейсмология институти, Сув муаммолари институти, Тарих институти, Тил ва адабиёт институти, Умумий ва ноорганик кимё институти, Фалсафа ва ҳуқуқ институти, «ФизикаҚуёш» илмийи.ч. бирлашмаси таркибидаги Физикатехника институти ва Материалшунослик инти, Физиология ва биофизика институти, Шарқшунослик институти, Электроника институти, Ядро физикаси институти, Ўсимлик моддалари кимёси институти, Қорақалпоғистон бўлими (қ. Ўзбекистон Республикаси Фанлар академиясининг Қорақалпоғистон бўлими) ҳамда Хоразм Маъмун академияси, Самарқанд минтақавий бўлими, Бухоро илмий маркази, Илмийўқув маркази, Асосий кутубхонаси (қ. Ўзбекистон Республикаси Фанлар академиясининг асосий кутубхонаси), Иссиқлик физикаси бўлими, Адабиёт музейи, Ўзбекистон тарихи давлат музейи, Темурийлар тарихи давлат музейи, Қатағон қурбонлари хотираси музейи, Ботаника боғи, Автоматлаштириш ва ҳисоблаш техникаси бўйича ихтисослашган лойиҳаконструкторлик бюроси, «Радиопрепарат», «Тезлатгич» корхоналари, Чирчиқ шаҳридаги «Композит» тажрибаэкспериментал з-ди, РТ70 радиорасадхонаси, тажриба з-ди бор.

    Ўзбекистон ФАнинг юқори органи — ФА академиклари ва илмий текшириш муассасалари директорларидан ташкил топган Умумий мажлис. ФА Умумий мажлиси илм-фанни ривожлантириш ва академия фаолиятининг энг муҳим масалаларини кўриб чиқиш учун унинг Ҳайъати томонидан ҳар йили камида 1 марта чақирилади. Умумий мажлисда илм-фанни ривожлантиришнинг устувор, истиқболли ва илғор йўналишлари ва уларга тааллуқли илмий дастурлар лойиҳалари муҳокама этилади ҳамда улар бўйича зарур қарорлар қабул қилинади, академия фаолиятининг асосий ташкилий масалалари ҳал қилинади, унинг ҳақиқий ва хорижий аъзолари сайланади (қ. Академик).

    Ўзбекистон ФАнинг 122 аъзоси бор (2005). Академия муассасаларида 5259 илмий ходим, жумладан, 360 фан д-ри ва 860 фан номзоди ишлайди.

    ФА да илм-фан соҳасида юксак муваффақиятларга эришган олимлар учун АлХоразмий (1992 йил таъсис этилган), Заҳириддин Муҳаммад Бобур (1993), Ҳ.М. Абдуллаев (1993) номида медаллар таъсис этилган. Акад. лар Ҳ. Фозилов, Ё.Тўрақулов, проф. Ф. Абдуллаев АлХоразмий номидаги, акад. У. Каримов ва тарихчи олим Р.Сулаймонов Заҳириддин Муҳаммад Бобур номидаги, акад.лар И.Ҳамробоев, Ф.Усмонов ва проф. НМ.Кучерский Ҳ.М.Абдуллаев номидаги медалга сазовор бўлишган.

    Ўзбекистон ФА нашриётчилик ишини, асосан, «Фан» нашриёти орқали амалга оширади. ФА да «Гелиотехника», «Информатика ва энергетика муаммолари Ўзбекистон журнали», «Механика муаммолари Ўзбекистон журнали», «Ўзбек тили ва адабиёти», «Ўзбекистон биология журнали», «Ўзбекистон кимё журнали», «Ўзбекистон математика журнали», «Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси маърузалари», «Ўзбекистон тарихи», «Ўзбекистон физика журнали», «Ўзбекистонда ижтимоий фанлар» илмий жур.лари, «Фан ва турмуш» илмийоммабоп жур. нашр этилади.

    Ўзбекистон ФА президентлари: Т.Н.ҚориНиёзий — 1943—47 йиллар; Т.А. Саримсоқов — 1947—52 йиллар; Т.З.Зоҳидов — 1952—56 йиллар; Ҳ.М. Абдуллаев — 1956—62 йиллар; У.О. Орифов — 1962—66 йиллар; О.С. Содиқов — 1966—84 йиллар; П.Қ.Ҳабибуллаев — 1984—88 йиллар; М.С.Салоҳиддинов — 1988—94 йиллар; ЖЛ.Абдуллаев (ФА президенти вазифасини бажарувчи) — 1994-95 йиллар; Т.Ж.Жўраев 1995-2000 йиллар; Б.С.Йўлдошев 2000 йилдан.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.