Asosiy mazmunga ötiş

Nima yangi v1.6.4 · 25-oktabr

Hamma versiyalar →
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Tektonika

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 225–227-b. — ziyouz.com

    Tektonika (yun. tektonikos — qurilişga oid), geotektonika — geologiyaning bölimi; Yer pösti (litosfera)ning strukturasi, harakati, deformatsiyasi va rivojlanişi, Yerning butuniça rivojlanişi bilan boğliqligi töğrisidagi fan (q. Tektonik harakatlar, Tektonik deformatsiyalar). T.ning asosiy vazifasi Yer pöstining hoz. strukturasi, undagi turli toğ jinslarining joylaşişi va yotiş şaroitlari, turliça (kiçik burmalar va siniqlardan tortib qit'a va okeanlargaça) struktura elementlarining qonuniyatli uyğunligini örganişdan iborat. T. geol. ning köp sohalari, ayniqsa strukturalar geologiyasi, stratigrafiya, petrografiya, litologiya, paleogeografiya, foydali qazilmalar haqidagi ta'limot bilan boğliq. T.da bir neça ilmiy yunalişlar mavjud. Umumiy yoki morfologik T. (strukturalar geol.si deb ham ataladi) — litosferaning turli struktura elementlarini örganadi. Regional T. — Yer pöstining ayrim uçastkalari yoki litosferadagi struktura şakllarining tarqalişini örganadi. Tarixiy T. — tektonik harakatlar va Yer pusti ayrim struktura elementlarining şakllanişi va umuman strukturalarni örganadi, taraqqiyotning asosiy etap va bosqiçlarini belgilaydi, uning umumiy qonuniyatlarini aniklaydi. Fatsiyalar va qatlamlar qalinligini analiz qiliş yöli bilan turli tipdagi çökindi jinslar (fatsiyalar)nij maydon böylab taqsimlanişi, turli kesmalar va qatlamlar qalinligining özgarişi örganiladi. Formatsiyey analiz muayyan tektonik şaroitda hosil bölgan tog jinslari formatsiyasining maydonda joylaşişi va vaqtini (kesma böyiça) aniqlaydi. Hajm metodi yordamida Yer pusti taraqqiyotining turli etap va bosqiçlarida hosil bölgan tog jinslari yirik komplekslarining hajmlari aniqlanadi va qiyoslanadi. Çökindi va metamorfik qatlamlar kesmalaridagi tanaffuslar va nomuvofiqliklar analizi teknotik harakatlar faolligi oşgan fazalarni belgilahdan iborat. Regional va tarixiy T. materiallaridan tektonik xaritalar tuzişda foydalaniladi. Genetik yoki nazariy T. Yer pusti va uning strukturasi taraqqiyoti umumiy nazariyasini yaratiş maqsadida ularning regional va tarixiy T. tomonidan aniqlangan taraqqiyet qonuniyatlarini umumlaştiradi. Bunda turli metodlar va, birinçi navbatda, struktura analizi metodi qöllaniladi. Bunda siljiş va boşkalar bilan boğliq burma, yoriq, darzlik, uzilmalar kabi tektonik buzilişlarning hosil böliş şaroitlari va ketma-ketligi qanday bölganligi aniqlanadi. Qiyosiy T. metodi bir sinfga mansub struktura elementlarining tipomorf xususiyatlarini va ularning taraqqiyot izçilligini aniqlaş uçun imkon boriça ularning köpini qiyosiy örganişdan iborat. Turli tipdagi strukturalar genezisini örganişda tobora köproq ahamiyat kasb etayotgan eksperimental metod köpinça örtaça va mayda struktura şakllarini öxşaşlik tamoyiliga asosan fizik modellaş bilan şuğullanadi. T.ning yangi sohasi — tektonofizikaniit taraqqiyoti genetik T. masalalarini işlab çiqişga ta'sir körsatmoqda. Neotektonika Yer tarixining eng yangi (neogenantropogen) davriga oid tektonik harakatlarni va bu davrda hosil bölgan strukturalarni örganadi. Hoz. tektonik harakatlarni örganişda maxsus metodika (asosan, instrumental geodezik metodlar) qöllaniladi. T. bilan seysmologiyaning bir-biriga tutaşib, bir-birini tuldirişidan seysmotektonika vujudga keldi. T. foydali qizilmalarni qidiruv va razvedka işlarini ratsional yunaltirişga imkon beradi.

    T. taraqqiyotining asosiy etaplari va hozirgi holati.

    Antik davrdayoq yer yuzasida sokinlik hukm surmasligi, balandliklar va pastliklar (kötarilmalar va botiqlar) borligi ma'lum edi. Örtaosiyolik buyuk olim Beruniy dengizlar tubi kutarilib quriqlikka aylanişi va aksinça quruklik çukib dengizga aylanişi, Yer pustida ogirlikning muvozanatlaşib turişi haqida aniq fikrlar bildirgan. U toglarning paydo bulişi va yöq bölib ketişi tabiiy omillar natijasida röy berişi haqidagi nazariyani yaratdi. Uyğoniş davrirya Leonardo da Vinçi va b. olimlar dengiz sathidan ança baland bölgan joylarda toşqotgan dengiz çiğanoklarining topilişi quruqlikning kötarilişidan dalolat beradi degan xulosaga kelganlar. 17-a.da N. SĞyayenoning fikriça, çökindi toğ jinslari katlamlari dastlab gorizontal holda joylaşgan, keyinçalik turli harakatlar natijasida qiya holatga kelgan va burmalangan. 18-a. ning 2yarmida M.V.Lomonosov va J. Getton asarlarida Yer pösti taraqqiyotida vertikal harakatlar — kutarilişlar va çökişlar yetakçi rol öynaydi deyilgan. Bu ğoya 19-a.da nemis olimlari L. Bux, A. Gumboldt, B. Ştuder işlarida yanada rivojlantirilgan; bu olimlar «kötariliş kraterlari» haqidagi dastlabki ilmiy tektonik gipotezani şakllantirganlar. Bu gipoteza Rossiyada D. I. Sokolov va G.V.Abix (Kavkaz böyiça) tomonidan quvvatlangan edi. 19-a. örtalaridan kon sanoati taraqqiy etişi bilan Yer pöstidagi burmalar va uzilmalar sistematikasi böyiça tadqiqot olib borilib, dastlabki xulosalar şveysariyalik geolog A. Geym va fransuz geologi E. de Marjerining (1888) struktura terminlarida keltirilgan. Turli yoşdagi burmali zonalar yer yuzasi böyilab notekis joylaşganligi geosinklinalpar nazariyasi (Amerika olimlari J. Xoll, 1859; J. Dena, 1873; fransuz geologi M. Bertran, 1887) bilan izohlanadi. Platformalar, xarakatlar va Yer pöstidagi deformatsiyalar haqidagi ta'limotni işlab çiqişda N. A. Golovkinskiy, A. P. Karpinskiy kabi rus olimlari salmokdi hissa qöşdilar. 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida Yerning taraqqiyoti haqida yangi fikrlar paydo böldi, lekin ularning birontasi ham yagona fikr sifatida köpçilik tomonidan qabul qilingani yöq. Pulsatsion gipoteza tarafdorlari (U.X.Baçer, rus geologlari M.A. Usov va V. A. Obruçev, 1940) kontraksion gipoteza kamçiliklarini tuldirişga urinib, Yer bir siqilib bir kengayib turgan degan fikrni bildirdilar. Yerning kengayişi haqidagi gipoteza 1920—30 y.larda namoyon böldi. Bu gipotezani B. Lindeman (1927), nemis olimi O. Xilgenberg (1933), venger geofizigi L. Edyed (1946) rivojlantirdilar. Avstriyalik geolog O. Amferer (1906) va b. tadqiqotçilar Yer mantiyasi, pust ostidagi konveksion oqimlar Yer pöstidagi tektonik deformatsiyalar manbaidir, degan goyani ilgari surdilar. 1940 y. V. V. Belousov radiomigratsiya gipotezasini yaratdi. Unga binoan, tektonik jarayonlarni asosiy manbai radiogen issiqliqdir. A. Vegener (1912) butunlay özgaçadreyflar gipotezasi bilan çiqdi. Okean plitalarining zaminiga erigan vulkan toğ jinslarining çökişi va surilayotgan plitaning çekkalarini birmunça kötarilişi natijasida toğ tizmalari, okean orollar yoyi zonasi hosil böladi. Aleut va Kuril o.lari, Yaponiya, Indoneziya, Filippin va b. materiklar şunday paydo bölgan. Ularning okeanga karagan qismlarida okean litosfera plitalarining çökiş çiziğida joylaşadigan okean novlari hosil böladi. Okean plitalarining çekkalari çökayotganida çökindilarni özlari bilan novga olib ketadilar. Bunda çökindilarning bir qismi plita bilan pastga ketib, bir qismi kontinentlarni yoki orollar yoyi zonasining çekkasiga kirib toğ tizmalarini hosil qiladi. Kontinentlar ortilgan 2 kalin plitalar bir-biriga çeti bilan tayanib, katta bukilma hosil qiladi. Bukilmaning kötarilayotgan qismida astasekin toğlar, çökayotgan qismida «toğ ildizlari» vujudga keladi (mas., hozirgi kontinentlarda joylaşgan Şim. Pomir, Tyanşan, Kopetdoğ va b.). Litosferaning asosiy oltita ulkan plitalaridan taşqari mayda plitalari ham bor. Bu Arabiston ya.o. va uning şim. qismida joylaşgan Erondagi Zagros tog tizmasidir. Şunday qilib, nazariy T. va Yer pusti palaxsalari gorizontal yunalişda ozmiköpmi surilib turadi degan fiksizmdan farkli ölaroq, yangi oqim — mobilizm dunyoga keldi. Tokembriy geol.si va geoxronologiyasini işlab çiqişdagi muvafaqqiyatlar Yer pösti taraqqiyoti ilk bosqiçlari xususiyatlarini anikdaşga imkon berdi (Ye. V. Pavlovskiy va b.). 20-a.ning 60y.larida Yer pösti yuqori mantiya tuzilişini geofizik usullar bilan örganiş natijasida erişilgan muvaffaqiyatlar bilan boğliq holda T. taraqqiyotida yangi davr boşlandi. Mantiyada kam yopişqoq astenosfera qatlami borligi tasdiklanadi: okeanlarni örganiş natijasida dunyo okean osti tof tizmalari sistemasi va ularni murakkablaştirgan riftlar, şuningdek bu tizmalar böylab çözilgan magnit anomaliyalari kaşf etildi, qad. geologik davrlar magnit maydonini oriyentirlaş metodi işlab çiqildi. Mobilistik tasavvurlarning yangiça kurinişlari paydo böldi (Peyve va b.), Yer moddasi differensiyasi gipotezalarini sof fiksistik yoki mobilistik asosda işlab çiqiş davom etdi.

    Ad.:Buxarin A. K., Brejnev V. D. i dr., Tektonika Zapadnogo TyanŞanya, M., 1989;Djamalov D. B., Ziyaxanov 3. i dr., Çetvertiçnaya tektonika zoni soçleneniya Sredinnogo i Yujnogo TyanŞanya, T., 1986; Ibragimov R. N ., Seysmogenniye zoni Srednego TyanŞanya, T., 1978; Sitdikov B. B., Neotektonika Zapadnogo TyanŞanya, T., 1985.

    Q.: Tektonik deformatsiyalar, Tektonik harakatlar

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТЕКТОНИКА (юн. tektonikos — қурилишга оид), геотектоника — геологиянинг бўлими; Ер пўсти (литосфера)нинг структураси, ҳаракати, деформацияси ва ривожланиши, Ернинг бутунича ривожланиши билан боғлиқлиги тўғрисидаги фан (қ. Тектоник ҳаракатлар, Тектоник деформациялар). Т.нинг асосий вазифаси Ер пўстининг ҳоз. структураси, ундаги турли тоғ жинсларининг жойлашиши ва ётиш шароитлари, турлича (кичик бурмалар ва синиқлардан тортиб қитъа ва океанларгача) структура элементларининг қонуниятли уйғунлигини ўрганишдан иборат. Т. геол. нинг кўп соҳалари, айниқса структуралар геологияси, стратиграфия, петрография, литология, палеогеография, фойдали қазилмалар ҳақидаги таълимот билан боғлиқ. Т.да бир неча илмий йуналишлар мавжуд. Умумий ёки морфологик Т. (структуралар геол.си деб ҳам аталади) — литосферанинг турли структура элементларини ўрганади. Регионал Т. — Ер пўстининг айрим участкалари ёки литосферадаги структура шаклларининг тарқалишини ўрганади. Тарихий Т. — тектоник ҳаракатлар ва Ер пусти айрим структура элементларининг шаклланиши ва умуман структураларни ўрганади, тараққиётнинг асосий этап ва босқичларини белгилайди, унинг умумий қонуниятларини аниклайди. Фациялар ва қатламлар қалинлигини анализ қилиш йўли билан турли типдаги чўкинди жинслар (фациялар)ниж майдон бўйлаб тақсимланиши, турли кесмалар ва қатламлар қалинлигининг ўзгариши ўрганилади. Формацией анализ муайян тектоник шароитда ҳосил бўлган тог жинслари формациясининг майдонда жойлашиши ва вақтини (кесма бўйича) аниқлайди. Ҳажм методи ёрдамида Ер пусти тараққиётининг турли этап ва босқичларида ҳосил бўлган тог жинслари йирик комплексларининг ҳажмлари аниқланади ва қиёсланади. Чўкинди ва метаморфик қатламлар кесмаларидаги танаффуслар ва номувофиқликлар анализи текнотик ҳаракатлар фаоллиги ошган фазаларни белгилаҳдан иборат. Регионал ва тарихий Т. материалларидан тектоник хариталар тузишда фойдаланилади. Генетик ёки назарий Т. Ер пусти ва унинг структураси тараққиёти умумий назариясини яратиш мақсадида уларнинг регионал ва тарихий Т. томонидан аниқланган тараққиет қонуниятларини умумлаштиради. Бунда турли методлар ва, биринчи навбатда, структура анализи методи қўлланилади. Бунда силжиш ва бошкалар билан боғлиқ бурма, ёриқ, дарзлик, узилмалар каби тектоник бузилишларнинг ҳосил бўлиш шароитлари ва кетма-кетлиги қандай бўлганлиги аниқланади. Қиёсий Т. методи бир синфга мансуб структура элементларининг типоморф хусусиятларини ва уларнинг тараққиёт изчиллигини аниқлаш учун имкон борича уларнинг кўпини қиёсий ўрганишдан иборат. Турли типдаги структуралар генезисини ўрганишда тобора кўпроқ аҳамият касб этаётган экспериментал метод кўпинча ўртача ва майда структура шаклларини ўхшашлик тамойилига асосан физик моделлаш билан шуғулланади. Т.нинг янги соҳаси — тектонофизиканиит тараққиёти генетик Т. масалаларини ишлаб чиқишга таъсир кўрсатмоқда. Неотектоника Ер тарихининг энг янги (неогенантропоген) даврига оид тектоник ҳаракатларни ва бу даврда ҳосил бўлган структураларни ўрганади. Ҳоз. тектоник ҳаракатларни ўрганишда махсус методика (асосан, инструментал геодезик методлар) қўлланилади. Т. билан сейсмологиянинг бир-бирига туташиб, бир-бирини тулдиришидан сейсмотектоника вужудга келди. Т. фойдали қизилмаларни қидирув ва разведка ишларини рационал йуналтиришга имкон беради.

    Т. тараққиётининг асосий этаплари ва ҳозирги ҳолати.

    Антик даврдаёқ ер юзасида сокинлик ҳукм сурмаслиги, баландликлар ва пастликлар (кўтарилмалар ва ботиқлар) борлиги маълум эди. Ўртаосиёлик буюк олим Беруний денгизлар туби кутарилиб қуриқликка айланиши ва аксинча қуруклик чукиб денгизга айланиши, Ер пустида огирликнинг мувозанатлашиб туриши ҳақида аниқ фикрлар билдирган. У тогларнинг пайдо булиши ва йўқ бўлиб кетиши табиий омиллар натижасида рўй бериши ҳақидаги назарияни яратди. Уйғониш давриря Леонардо да Винчи ва б. олимлар денгиз сатҳидан анча баланд бўлган жойларда тошқотган денгиз чиғанокларининг топилиши қуруқликнинг кўтарилишидан далолат беради деган хулосага келганлар. 17-а.да Н. СҒяенонинг фикрича, чўкинди тоғ жинслари катламлари дастлаб горизонтал ҳолда жойлашган, кейинчалик турли ҳаракатлар натижасида қия ҳолатга келган ва бурмаланган. 18-а. нинг 2ярмида М.В.Ломоносов ва Ж. Геттон асарларида Ер пўсти тараққиётида вертикал ҳаракатлар — кутарилишлар ва чўкишлар етакчи роль ўйнайди дейилган. Бу ғоя 19-а.да немис олимлари Л. Бух, А. Гумбольдт, Б. Штудер ишларида янада ривожлантирилган; бу олимлар «кўтарилиш кратерлари» ҳақидаги дастлабки илмий тектоник гипотезани шакллантирганлар. Бу гипотеза Россияда Д. И. Соколов ва Г.В.Абих (Кавказ бўйича) томонидан қувватланган эди. 19-а. ўрталаридан кон саноати тараққий этиши билан Ер пўстидаги бурмалар ва узилмалар систематикаси бўйича тадқиқот олиб борилиб, дастлабки хулосалар швейцариялик геолог А. Гейм ва француз геологи Э. де Маржерининг (1888) структура терминларида келтирилган. Турли ёшдаги бурмали зоналар ер юзаси бўйилаб нотекис жойлашганлиги геосинклиналпар назарияси (Америка олимлари Ж. Холл, 1859; Ж. Дэна, 1873; француз геологи М. Бертран, 1887) билан изоҳланади. Платформалар, харакатлар ва Ер пўстидаги деформациялар ҳақидаги таълимотни ишлаб чиқишда Н. А. Головкинский, А. П. Карпинский каби рус олимлари салмокди ҳисса қўшдилар. 19-а. охири — 20-а. бошларида Ернинг тараққиёти ҳақида янги фикрлар пайдо бўлди, лекин уларнинг биронтаси ҳам ягона фикр сифатида кўпчилик томонидан қабул қилингани йўқ. Пульсацион гипотеза тарафдорлари (У.Х.Бачер, рус геологлари М.А. Усов ва В. А. Обручев, 1940) контракцион гипотеза камчиликларини тулдиришга уриниб, Ер бир сиқилиб бир кенгайиб турган деган фикрни билдирдилар. Ернинг кенгайиши ҳақидаги гипотеза 1920—30 й.ларда намоён бўлди. Бу гипотезани Б. Линдеман (1927), немис олими О. Хильгенберг (1933), венгер геофизиги Л. Эдьед (1946) ривожлантирдилар. Австриялик геолог О. Амферер (1906) ва б. тадқиқотчилар Ер мантияси, пуст остидаги конвекцион оқимлар Ер пўстидаги тектоник деформациялар манбаидир, деган гояни илгари сурдилар. 1940 й. В. В. Белоусов радиомиграция гипотезасини яратди. Унга биноан, тектоник жараёнларни асосий манбаи радиоген иссиқлиқдир. А. Вегенер (1912) бутунлай ўзгачадрейфлар гипотезаси билан чиқди. Океан плиталарининг заминига эриган вулкан тоғ жинсларининг чўкиши ва сурилаётган плитанинг чеккаларини бирмунча кўтарилиши натижасида тоғ тизмалари, океан ороллар ёйи зонаси ҳосил бўлади. Алеут ва Курил о.лари, Япония, Индонезия, Филиппин ва б. материклар шундай пайдо бўлган. Уларнинг океанга караган қисмларида океан литосфера плиталарининг чўкиш чизиғида жойлашадиган океан новлари ҳосил бўлади. Океан плиталарининг чеккалари чўкаётганида чўкиндиларни ўзлари билан новга олиб кетадилар. Бунда чўкиндиларнинг бир қисми плита билан пастга кетиб, бир қисми континентларни ёки ороллар ёйи зонасининг чеккасига кириб тоғ тизмаларини ҳосил қилади. Континентлар ортилган 2 калин плиталар бир-бирига чети билан таяниб, катта букилма ҳосил қилади. Букилманинг кўтарилаётган қисмида астасекин тоғлар, чўкаётган қисмида «тоғ илдизлари» вужудга келади (мас., ҳозирги континентларда жойлашган Шим. Помир, Тяньшан, Копетдоғ ва б.). Литосферанинг асосий олтита улкан плиталаридан ташқари майда плиталари ҳам бор. Бу Арабистон я.о. ва унинг шим. қисмида жойлашган Эрондаги Загрос тог тизмасидир. Шундай қилиб, назарий Т. ва Ер пусти палахсалари горизонтал йуналишда озмикўпми сурилиб туради деган фиксизмдан фаркли ўлароқ, янги оқим — мобилизм дунёга келди. Токембрий геол.си ва геохронологиясини ишлаб чиқишдаги мувафаққиятлар Ер пўсти тараққиёти илк босқичлари хусусиятларини аникдашга имкон берди (Е. В. Павловский ва б.). 20-а.нинг 60й.ларида Ер пўсти юқори мантия тузилишини геофизик усуллар билан ўрганиш натижасида эришилган муваффақиятлар билан боғлиқ ҳолда Т. тараққиётида янги давр бошланди. Мантияда кам ёпишқоқ астеносфера қатлами борлиги тасдикланади: океанларни ўрганиш натижасида дунё океан ости tof тизмалари системаси ва уларни мураккаблаштирган рифтлар, шунингдек бу тизмалар бўйлаб чўзилган магнит аномалиялари кашф этилди, қад. геологик даврлар магнит майдонини ориентирлаш методи ишлаб чиқилди. Мобилистик тасаввурларнинг янгича куринишлари пайдо бўлди (Пейве ва б.), Ер моддаси дифференцияси гипотезаларини соф фиксистик ёки мобилистик асосда ишлаб чиқиш давом этди.

    Ад.:Бухарин А. К., Брежнев В. Д. и др., Тектоника Западного ТяньШаня, М., 1989;Джамалов Д. Б., Зияханов 3. и др., Четвертичная тектоника зоны сочленения Срединного и Южного ТяньШаня, Т., 1986; Ибрагимов Р. Н ., Сейсмогенные зоны Среднего ТяньШаня, Т., 1978; Ситдиков Б. Б., Неотектоника Западного ТяньШаня, Т., 1985.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.