Uilyam Jems
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 121–122-b. — ziyouz.com
Jems Uilyam JEMS (James) Uilyam (1842.11.1, Nyu-York— 1910.26.8, Çokorua, Nyu-Xempşir) — amerikalik faylasuf va psixolog. Garvard un-ti prof. (1872— 1907). Materializmga qarşi «radikal empirizm» namoyandasi va pragmatizm asosçisi. J. erkin ijodiy şaxs hamda voqelikning köp şaklliligi (q. Plyuralizm) ğoyalarini ilgari surdi. Psixologiyada assotsiativ nazariya (q. Assotsiatsiya)ga qarşi böldi. Asosiy asarlari: «Psixologiyaning ilmiy asoslari» (1890), «Pragmatizm» (1902), «Koinot plyuralistik nuqtai nazardan» (1909), «Diniy tajribaning xilma-xilligi» (1902).
Q.: Assotsiatsiya, Assotsiatsiya, Assotsiatsiya, Assotsiatsiya, Plyuralizm
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЖЕМС (James) Уильям (1842.11.1, Нью-Йорк— 1910.26.8, Чокоруа, Нью-Хэмпшир) — америкалик файласуф ва психолог. Гарвард ун-ти проф. (1872— 1907). Материализмга қарши «радикал эмпиризм» намояндаси ва прагматизм асосчиси. Ж. эркин ижодий шахc ҳамда воқеликнинг кўп шакллилиги (қ. Плюрализм) ғояларини илгари сурди. Психологияда ассоциатив назария (қ. Ассоциация)га қарши бўлди. Асосий асарлари: «Психологиянинг илмий асослари» (1890), «Прагматизм» (1902), «Коинот плюралистик нуқтаи назардан» (1909), «Диний тажрибанинг хилма-хиллиги» (1902).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.